Ташкент
logo
SavatKirish

KLOTRIMAZOL krem vaginalniy 20g 2%

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Kategoriya:Dermatologik
Faol modda:Klotrimazol
Ishlab chiqaruvchi:Farma Vernigerode GmbX
ATX kodi:D01AC01
Barcha Klotrimazol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KLOTRIMAZOL krem vaginalniy 20g 2% o'xshash dorilari

BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•126 ta dorixonada bor
Narxi
69 900 so'm dan
BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•131 ta dorixonada bor
Narxi
67 000 so'm dan
SINAFLAN maz 15g 0,025%
SINAFLAN maz 15g 0,025%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
3 200 so'm dan
GERPEVIR maz 15g 2,5%
GERPEVIR maz 15g 2,5%
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
Kievmedpreparat, PAO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
39 000 so'm dan

KLOTRIMAZOL krem vaginalniy 20g 2% qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Klotrimazol intravaginal qo'llanilganda absorbsiya kiritilgan dozaning 3 - 10 % ini tashkil qiladi. Vaginal sekretdagi yuqori konsentratsiyalar va qondagi past konsentratsiyalar 48 - 72 soat davomida saqlanib turadi. Jigarda organizmdan buyraklar orqali va ichak orqali chiqariladigan nofaol metabolitlargacha metabolizmga uchraydi.

Nojo'ya samaralari

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tez-tezligiga qarab quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100, <1/10), tez-tez emas (> 1/1000, <1/100), kam hollarda (> 1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (< 1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha tez-tezlikni baholab bo‘lmaydi).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma'lum: eshakemi, hushdan ketish, arterial gipotenziya, hansirash kabi simptomlar bilan allergik reaksiyalar.

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tezligi noma'lum: qorinda og‘riq.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma'lum: faol moddaga yoki setostearil spirti kabi preparatning boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganda, allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma'lum: tez-tez siydik chiqarish, interkurrent tsistit.

Jinsiy a'zolar tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma'lum: qin shilliq qavatining qichishishi, achishishi, giperemiyasi va shishi, qin shilliq qavatining yaralanishi, toshma, kichik tos sohasida og‘riq.

Boshqalar:

tez-tezligi noma'lum: bosh og‘rig‘i, gastralgiya.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni qo'llashni boshlashdan oldin qo'llash bo'yicha yo'riqnomani diqqat bilan o'qib chiqing. Yo'riqnomani saqlab qo'ying, u yana kerak bo'lib qolishi mumkin. Agar sizda savollar tug'ilsa, shifokorga murojaat qiling.

Siz davolanayotgan dori vositasi shaxsan sizga mo'ljallangan va uni boshqa shaxslarga bermaslik kerak, chunki u hatto sizdagi kabi simptomlar bo'lsa ham, ularga zarar yetkazishi mumkin.

Allergik reaktsiyalar yoki preparat yuborilgan joyda ta'sirlanish paydo bo'lganda davolash to'xtatiladi.

Preparatni hayz ko'rish vaqtida qo'llash mumkin emas, davolashni hayz ko'rishdan keyin boshlash maqsadga muvofiq.

Jinsiy lablar va yondosh sohalarning bir vaqtda infektsiyasi (kandidozli vulvit) bo'lganda qo'shimcha ravishda klotrimazol preparati bilan mahalliy davolash o'tkazish kerak.

Homiladorlik davrida vaginal krem bilan davolash applikatorsiz o'tkaziladi.

Infektsiyalanishni oldini olish uchun jinsiy sheriklarni bir vaqtda davolash zarur.

Davolash davrida jinsiy aloqalardan saqlanish tavsiya etiladi.

Davolash vaqtida kontratseptsiya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Prezervativ yoki diafragmaning yorilish xavfi ular preparatni qo'llash bilan bir vaqtda ishlatilganda ortadi. Ishonchli kontratseptsiya usullaridan foydalanish zarur.

Reinfektsiyalanishni oldini olish uchun gigiena qoidalariga rioya qilish kerak.

Agar davolash tugagandan so'ng infektsiyaning klinik belgilari saqlanib qolsa, tashxisni tasdiqlash maqsadida takroriy mikrobiologik tekshiruv o'tkazish kerak. Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- klotrimazolga yoki preparatning boshqa komponentlariga, ayniqsa setostearil spirtiga yuqori sezuvchanlik;

- hayz ko'rish davri;

- homiladorlikning I trimestri.

Ehtiyotkorlik bilan

Ko'krak suti bilan emizish davri.

Homiladorlikda va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlikning I trimestrida qo'llash mumkin emas. Preparatni homiladorlikning II-III trimestrlarida qo'llash maqsadga muvofiqligi masalasi shifokor maslahatidan so'ng individual ravishda hal qilinishi kerak.

Preparatni ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llashga faqat shifokor fikriga ko'ra ona uchun kremni qo'llashdan kutilayotgan potentsial foyda bola uchun mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan holdagina yo'l qo'yiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Vaginal yuborilganda klotrimazol amfoteritsin B va boshqa polien antibiotiklarining faolligini pasaytiradi.

Natamitsin va nistatin bilan bir vaqtda qo'llanilganda klotrimazol faolligi pasayishi mumkin.

Klotrimazolni intravaginal va takrolimus, sirolimusni peroral bir vaqtda qo'llash qon plazmasida oxirgilarining kontsentratsiyasi oshishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bemorlarni ularning dozasini oshirib yuborish simptomlari rivojlanishi yuzasidan kuzatish, zarurat tug'ilganda qon plazmasida kontsentratsiyasini o'lchash kerak.

Dozirovkasi
DozalashMahalliy. Faqat intravaginal qo'llash uchun.

Ketma-ket 6 kun davomida, sutkasiga bir marta kechqurun yotishdan oldin to'ldirilgan aplikator tarkibini (taxminan 5 g) qin ichiga imkon qadar chuqurroq, chalqancha yotgan holda, oyoqlarni biroz bukib kiritish kerak.

Vaginal kremni bir martalik aplikator yordamida qo'llash:

1. Tubani oching va bir martalik aplikatorni burang.

2. Tubani ehtiyotkorlik bilan siqib, porshen to'liq chiqquncha bir martalik aplikatorni to'ldiring.

3. Aplikatorni tubadan burab oling. Aplikatorni qin ichiga imkon qadar chuqurroq kiriting (afzalrog'i chalqancha yotgan holda) va porshenni bosib aplikator tarkibini chiqaring.

4. Bir martalik aplikatorni ishlatgandan so'ng chiqarib oling va tashlab yuboring.

Preparatni faqat qo'llash bo'yicha yo'riqnomada ko'rsatilgan qo'llash usuli va dozalarda qo'llang.

Takroriy davolash kursi davolovchi shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng mumkin.

Agar davolashdan keyin yaxshilanish bo'lmasa yoki yangi simptomlar paydo bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborishda quyidagi simptomlar bo'lishi mumkin: bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, qusish. Davolash. Maxsus antidot yo'q. Tasodifan ichga qabul qilinganda simptomatik davolashni o'tkazish kerak.

Klotrimazol boshqa chiqarish shakllari

MR KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
MR KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm,SP,OOO
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
KLOTRIMAZOL krem 20 g 1%
KLOTRIMAZOL krem 20 g 1%
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
S.C.Rompharm Company S.R.L., Ruminiya proizvedeno: S.C.Hyperion S.A.
KLOTRIMAZOL 0,1 tabletkalari N6
KLOTRIMAZOL 0,1 tabletkalari N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FARMAKOR PRODAKSHN OOO
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Glakso Smit Klyayn Farmasyutikalz S.A.
KLOTRIMAZOL eritma 15ml 1%
KLOTRIMAZOL eritma 15ml 1%
Armaniston
Ishlab chiqaruvchi:
Medana-PolPharma S.A
•4 ta dorixonada bor
Narxi
16 900 so'm dan
KLOTRIMAZOL 0,1 tabletkalari N6
KLOTRIMAZOL 0,1 tabletkalari N6
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Glakso Smit Klyayn Farmasyutikalz S.A.
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•80 ta dorixonada bor
Narxi
4 500 so'm dan
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•80 ta dorixonada bor
Narxi
4 500 so'm dan
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
SEDEYT XELSKER (P) LTD
•16 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan
KLOTRIMAZOL krem 15 g 1%
KLOTRIMAZOL krem 15 g 1%
Moldova
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim, OOO
•38 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
GlaxoSmithKline Export Limited., Velikobritaniya proizvedeno: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
KLOTRIMAZOL AKRIXIN maz 1%
KLOTRIMAZOL AKRIXIN maz 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO

KLOTRIMAZOL krem vaginalniy 20g 2% analoglari

KANDID eritma 15ml 1%
Retseptsiz
KANDID eritma 15ml 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
•8 ta dorixonada bor
Narxi
109 900 so'm dan
KANDID 20,0 krem
Retseptsiz
KANDID 20,0 krem
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
KANDID eritma 20ml 1%
Retseptsiz
KANDID eritma 20ml 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
KANDID V6 0,1 tabletkalari N6
Retseptsiz
KANDID V6 0,1 tabletkalari N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
KANDID 30,0 vaginal gel 2%
Retseptsiz
KANDID 30,0 vaginal gel 2%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
KANDID 30,0 poroshok dlya narujnogo primeneniya 1%
Retseptsiz
KANDID 30,0 poroshok dlya narujnogo primeneniya 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
KANDID 0,5 tabletkalari N1
Retseptsiz
KANDID 0,5 tabletkalari N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
SEDEYT XELSKER (P) LTD
•16 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
KLOTRIMAZOL krem 20g 1%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Glakso Smit Klyayn Farmasyutikalz S.A.
KLOTRIMAZOL 0,1 tabletkalari N6
KLOTRIMAZOL 0,1 tabletkalari N6
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Glakso Smit Klyayn Farmasyutikalz S.A.
KLOTRIMAZOL AKRIXIN maz 1%
KLOTRIMAZOL AKRIXIN maz 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
KLOTRIMAZOL AKRIXIN 0,1 tabletkalari N6
KLOTRIMAZOL AKRIXIN 0,1 tabletkalari N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO

KLOTRIMAZOL krem vaginalniy 20g 2% haqida savollar

KLOTRIMAZOL krem vaginalniy 20g 2% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil