KLOTRIMAZOL krem 20g 1%

KLOTRIMAZOL krem 20g 1% haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Klotrimazol teri va shilliq qavatlar orqali yomon so'riladi va deyarli tizimli ta'sir ko'rsatmaydi. Epidermisning chuqur qavatlaridagi konsentratsiyasi dermadagiga va teri osti kletchatkasidagiga qaraganda yuqori va dermatofitlar uchun minimal bostiruvchi konsentratsiyadan oshadi.
Nojo'ya samaralari
Kamdan-kam hollarda mahalliy allergik reaksiyalar (preparat surtilgan joylarda qizarish, achishish, qichishish, sanchish) kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Agar davolash boshlangandan 4 hafta o'tgach klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashxisni tasdiqlash va kasallikning boshqa sababini istisno qilish uchun mikrobiologik tekshiruv o'tkazish zarur.
Agar preparatni qo'llashda yuqori sezuvchanlik yoki ta'sirlanish rivojlansa, davolashni to'xtatish va boshqa terapiyani tanlash kerak.
Preparatni ko'z sohasidagi teriga surtish tavsiya etilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Klotrimazolni klotrimazolga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik mavjud bo'lganda qo'llash mumkin emas.
Homiladorlikning I trimestri.
Ehtiyotkorlik bilan:
Ehtiyotkorlik bilan - laktatsiya davri.
Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo'llanilishi
Klinik va eksperimental tadqiqotlarda klotrimazolni homiladorlik davrida yoki emizish davrida qo'llash ayol yoki homila (bola) salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi aniqlanmagan. Biroq, preparatni tayinlash maqsadga muvofiqligi masalasi shifokor maslahatidan so'ng individual ravishda hal qilinishi kerak.
Ko'krak suti bilan emizishda klotrimazolni bevosita sut beziga surtish mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparatni mahalliy qo'llashda boshqa dori vositalari bilan salbiy o'zaro ta'sirlar noma'lum.
Nistatin bilan bir vaqtda qo'llanilganda klotrimazol faolligi pasayishi mumkin.
Dozirovkasi
Muvaffaqiyatli davolash uchun kremni muntazam ravishda qo'llash muhimdir.
Terapiya davomiyligi individual bo'lib, kasallikning og'irligi va lokalizatsiyasiga bog'liq. To'liq tuzalishga erishish uchun krem bilan davolashni yallig'lanishning o'tkir simptomlari yoki sub'ektiv shikoyatlar yo'qolganidan keyin darhol to'xtatmaslik kerak. Terapiya davomiyligi o'rtacha 4 hafta bo'lishi kerak.
Kepaklanuvchi temiratki asosan 1-3 hafta ichida, eritrazma esa 2-4 hafta ichida tuzaladi. Oyoq terisining zamburug'li kasalliklarida terapiyani kasallik simptomlari bartaraf etilgandan keyin taxminan 2 hafta davom ettirish tavsiya etiladi.Dozani oshirib yuborishKremni yuqori dozalarda qo'llash hayot uchun xavfli bo'lgan har qanday reaktsiyalar va holatlarni keltirib chiqarmaydi.
KLOTRIMAZOL krem 20g 1% o'xshash dorilari



Klotrimazol boshqa chiqarish shakllari
KLOTRIMAZOL krem 20g 1% analoglari













