Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Yurak-qon tomir  / LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05%

LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05%

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Pentoksifillin
Ishlab chiqaruvchi:TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
ATX kodi:C04AD03
Barcha Laksfen dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05% o'xshash dorilari

TELMISTA tabletkalari 80mg N28
Retseptli
TELMISTA tabletkalari 80mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•110 ta dorixonada bor
Narxi
67 400 so'm dan
LORTENZA tabletkalari 50mg/10mg N30
Retseptli
LORTENZA tabletkalari 50mg/10mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•125 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan
ARTAMAKSAN tabletkalari 50mg N30
Retseptli
ARTAMAKSAN tabletkalari 50mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•38 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
ATORIS tabletkalari 60mg N30
ATORIS tabletkalari 60mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
177 000 so'm dan

LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05% qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

• faol modda: 0,05 g pentoksifillin;

Yordamchi moddalar: 

• natriy xloridi 0.9% li 100 ml. gacha

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 0,0005 g/ml, 100 ml , 200 ml yoki 250 ml flakonlarda.

Farmakodinamikasi

Laksfen® eritrotsitlarning deformatsiyasini oshiradi, trombotsitlar va eritrotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi, qonda fibrinogen konsentratsiyasini kamaytiradi, leykotsitlar faolligini pasaytirish orqali leykotsitlarni qon tomirlariga yopishishini kamaytiradi va qonning reologik xususiyatlarini (suyuqligini) yaxshilaydi.

Laksfen® ning faol moddasi, pentoksifilin, ksantin hosilasidir. Uning ta’sir qilish mexanizmi fosfodiesterazani bloklash va qon tomir silliq mushak hujayralarida va qon hujayralarida s-AMF to‘planishi bilan bog‘liq.

Kuchsiz miotrop vazodilatator ta’sirga ega bo‘lgan pentoksifillin umumiy qon tomirlar qarshiligini biroz pasaytiradi va koronar tomirlarni biroz kengaytiradi.

Pentoksifilin yurakka zaif ijobiy inotrop ta’sir ko‘rsatadi.

Qon aylanishi buzilgan joylarda mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Pentoksifillin metilksantinning hosilasi hisoblanadi. Pentoksifillinning ta’sir mexanizmi fosfodiesterazani susayishi va qon tomirlarning silliq mushak hujayralarida, shuningdek boshqa to‘qima va a’zolarda s-AMF ni to‘planishi bilan bog‘liq. Pentoksifillin trombotsitlar va eritrotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi, ularning egiluvchanligini oshiradi, qon plazmasida oshgan fibrinogen konsentratsiyasini kamaytiradi va fibrinolizni kuchaytiradi, bu qonning qovushqoqligini kamaytiradi va uning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi. Bundan tashqari, pentoksifillin miotrop tomirlarni kuchsiz kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, umumiy periferik tomirlar qarshiligini biroz kamaytiradi va ijobiy inotrop samara ko‘rsatadi. Pentoksifillinni qo‘llash oqibatida asosan qo‘l va oyoqlarda, markaziy nerv tizimida, kamroq – buyraklarda mikrotsirkulyatsiyani va to‘qimalarni, kislorod bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Pereparat koronar tomirlarni biroz kengaytiradi.

 

Nojo'ya samaralari

Quyida klinik tekshiruvlar natijasida va postmarketing davrda kuzatilgan nojo‘ya ta’sirlar keltirilgan. Yuzaga kelish chastotasi ma’lum emas. 
Asab tizimidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, aseptik meningit tutqanoq.
Ruhiy kasalliklar: qo‘zg‘alish, uyqu buzilishi, tashvish.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya, qon bosimining pasayishi. 
Terida qonning qizarishi, qon ketishi (shu jumladan teri, shilliq pardalar, oshqozon, ichak tomirlaridan qon ketish).
Ovqat hazm qilish tizimidan: kserostomiya (quruq og‘iz), anoreksiya, ichak atoniyasi, oshqozonda bosim va to‘liqlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ich qotishi, gipersalivatsiya (so‘lakning ko‘payishi).
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan: intragepatik xolestaz, jigar transaminazalarining faolligi, gidroksid fosfataza faolligi oshishi.
Gemopoyetik tizimdan: leykopeniya / neytropeniya, trombotsitopeniya, pansitopeniya, gipofibrinogenemiya.
Ko‘rish organi tomonidan: loyqa ko‘rish, skotoma.
Teri va teri osti to‘qimalaridan: qichishish, teri toshmasi, eritema (terining qizarishi), tirnoqlarning mo‘rtligi, shishishi.
Immunitet tizimidan: anafilaktik / anafilaktoid reaksiyalar, angioedema, anafilaktik shok, bronxospazm.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Qo'llanilishi

Aterosklerotik ensefalopatiya; ishemik serebral insult; dissirkulyator ensefalopatiya, ateroskleroz, qandli diabet (jumladan diabetik angiopatiya), yallig‘lanish; venalarni shikastlanishi, mikrotsirkulyatsiyani buzilishi yoki periferik qon aylanishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimalarda trofik o‘zgarishlar (posttromboflebit sindromi, trofik yaralar, gangrena, sovuq urishi) obliteratsiyalovchi endoarterit; angioneyropatiyalar (Reyno kasalligi), ko‘zda qon aylanishini buzilishi (ko‘zning to‘r pardasida va tomirli pardasida qon aylanishini o‘tkir, surunkali yetishmovchiligi), eshitishni pasayishi bilan kechuvchi ichki quloqning qon tomiridagi o‘zgarishlar oqibatida faoliyatini buzilishi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

· Pentoksifillinga va preparatning boshqa komponentlariga yoki metilksantin hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

· Massiv qon ketish bo‘lgan bemorlarga (qon ketish xavfini oshiradi);

· Ko‘zning to‘r pardasiga, ko‘p qon quyilishi, miyaga qon quyilishi (qon ketishini kuchayishi xavfi). Agar pentoksifillin bilan davolash vaqtida ko‘z to‘r pardasiga qon quyilsa, dori vositasini qo‘llashni zudlik bilan to‘xtatish zarur; 

· Miokard infarkti o‘tkir davri; 

· Me’da yarasi va/yoki ichak yaralari;

· Gemorragik diatezli patsiyentlar;

· Homiladorlik va laktatsiya davri. 

· 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Pentoksifillin antigipertenziv preparatlar bilan qo‘llanilganda gipertenziya xavfini oshirishi mumkin.

Pentoksifillin qon ivish tizimiga ta’sir qiluvchi va antibiotiklardan sefalosporinlar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Insulinga yoki diabetga qarshi peroral vositalar qand darajasini kamaytirish samarasini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun, qandli diabetda midikamentoz davolanayotgan patsiyentlar sinchkov nazorat ostida bo‘lishlari lozim.

Pentoksifillin va K antivitaminlari bilan bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlarda antikoagulyant faolligining oshishi haqida ma’lumotlar bor. Pentoksifillin buyurilganida yoki dozalash o‘zgarganida ushbu guruh patsiyentlarida antikoagulyant faollikning nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi. 

Pentoksifillin va teofillinni bir vaqtda qo‘llanishi ayrim patsiyentlarda qonda teofillin darajasini o‘sishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli teofilinning nojo‘ya reaksiyalar tezligini oshishi va kelib chiqishi kuchayishi mumkin. 

Ba’zi patsiyentlarda siprofloksatsin bilan birga qo‘llanilganda qon zardobida pentoksifillin konsentratsiyasini ko‘payshiga olib kelishi mumkin. Natijada preparatlarni birga qo‘llanilganda nojo‘ya ta’sirlarining oshib ketishi kuzatilishi mumkin.

Trombotsitlar agregatsiyasining ingibitorlari (masalan, klopidogrel, eptifibatid, tirofiban, epoprestenol, iloprost, absiksimaba, anagrelid, NPVS, SOG-2 selektiv ingibitorlaridan tashqari, atsetilsalitsilatlar, tiklopidin, dipiridamol) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon ketishi xavfini oshishi sababli ularni pentoksifillin bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. 

Simitidin bilan bir vaqtda qo‘llash pentoksifillinni va uning metabolitini qon plazmasida oshishiga olib kelishi mumkin. 

Nomutanosibligi. Preparatni bitta hajmda boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Ta'rifi

Rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli tiniq suyuqlik.

Dozirovkasi

Qo‘llash usuli va dozalari qon aylanish buzilishining og‘irligiga, shuningdek Laksfen® preparatiga individual tolerantlik asosida belgilanadi.

Kattalarga quyidagi davolash sxemasi tavsiya etiladi: 

1. Vena ichi infuziyasi 100–600 mg pentoksifillin sutkada 1-2 marta. Vena ichiga infuziya davomiyligi 60–360 minutni tashkil qiladi, bunda 100 mg pentoksifilinni yuborish kamida 60 minutga davom etishi lozim.

2. Bemorning holati og‘ir bo‘lganida (asosan, gangrena yoki trofik yaralarda doimiy og‘riqlar) pentoksifillin infuziya ko‘rinishida yuborishni 24 soat davomida o‘tkazish mumkin. Quyidagi yuborish sxemasida dozani soatiga 0,6 mg/kg hisobidan aniqlanadi. Quyidagi shaklda hisoblanganida tana vazni 70 kg bo‘lgan patsiyent uchun sutkalik doza 1000 mg ni tashkil qiladi, tana vazni 80 kg bo‘lgan patsiyent uchun – 1150 mg. Patsiyentning tana vaznidan qat’iy nazar, maksimal sutkalik doza 1200 mg ni tashkil qiladi. Infuzion eritmaning xajmi yondosh kasalliklarni hisobga olgan xolda, bemorning holatiga qarab, shaxsiy ravishda hisoblanadi va sutkada o‘rtacha 1–1,2 l ni tashkil qiladi. Parenteral davolash kursining davomiyligi davolash o‘tkazayotgan shifokor tomonidan belgilanadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Pentoksifillinni dozasini o‘tkir oshirib yuborishning boshlang‘ich belgilari bo‘lib, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi yoki arterial bosimni pasayishi bilan ifodalanadi. Undan tashqari isitma, qo‘zg‘alish, issiqlik hissi (issiqlik quyilishi) taxikardiya, hushdan ketish, gipertermiya, arefleksiya, aritmiya, tonik-klonik tirishishlar, me’da – ichakdan qon ketishi belgisi bo‘lgan “qon quyqasidek” qayt qilish.

Davolash: Dozani o‘tkir oshirib yuborishni davolash va asoratlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida umumiy va maxsus intensiv tibbiy kuzatuv va davolash chora tadbirlarini o‘tkazish zarur.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik

Homilador ayollarda qo‘llash tajribasi yetarli emas. Shuning uchun homiladorlik davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Emizish davrida

Pentoksifillin ko‘krak sutiga kam miqdorda o‘tadi. Preparat bilan davolanish tavsiya etilsa, emizishni to‘xtatish zarur.

Ehtiyot choralari

Anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalarni rivojlanishini ilk belgilarida preparat bilan davolashni darhol to‘xtatish va yordam olish uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparat qo‘llagan hollarda avval qon aylanishini kompensatsiya bosqichiga erishish kerak.

LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05% boshqa chiqarish shakllari

LAKSFEN infuziya uchun eritma 200ml 0,05%
LAKSFEN infuziya uchun eritma 200ml 0,05%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO

LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05% analoglari

TRENTAL 400 tabletkalari 0,4g N60
Retseptli
TRENTAL 400 tabletkalari 0,4g N60
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi Indiya Limited
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
G.L.Farma GmbX
•105 ta dorixonada bor
Narxi
57 500 so'm dan
PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60
PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmproekt, AO

LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05% savollari

LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05% fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil