LORATADIN sirop 90ml 1mg/1ml

LORATADIN sirop 90ml 1mg/1ml haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Terapevtik dozada ichga qabul qilinganda loratadin MITYdan tez so'riladi va organizmda deyarli to'liq metabolizmga uchraydi. Loratadinning plazmadagi Cmax ga 1-1,3 soatdan keyin, asosiy faol metabolit - dezkarboetoksiloratadinnikiga esa - taxminan 2,5 soatdan keyin erishiladi.
Bir vaqtning o'zida ovqat qabul qilinganda loratadin va dezkarboetoksiloratadinning biokiraolishligi mos ravishda taxminan 40% va 15% ga oshadi, Cmax ga erishish vaqti taxminan 1 soatga uzaydi, ushbu moddalar uchun uning qiymatlari o'zgarishsiz qoladi.
Loratadinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi yuqori - taxminan 98%, faol metabolitniki - kamroq ifodalangan.
Loratadinning o'rtacha T 8,4 soatni, dezkarboetoksiloratadinniki - 28 soatni (8,8-92 soat) tashkil qiladi.
Loratadinning taxminan 80% 10 kun ichida teng nisbatda siydik va axlat bilan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi, taxminan 27% - birinchi sutka davomida siydik bilan.
Farmakologik ta'siri
Gistamin H1-retseptorlari blokatori. Allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi, antiekssudativ ta'sir ko'rsatadi. Kapillarlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi, to'qimalar shishi rivojlanishini oldini oladi, gistamin ta'siri bilan bog'liq silliq mushaklarning yuqori qisqarish faolligini kamaytiradi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish, gastrit; ayrim hollarda - jigar faoliyatining buzilishi.
MNT tomonidan: kamdan-kam hollarda - charchoqning kuchayishi, bosh og'rig'i, qo'zg'aluvchanlik (bolalarda).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - taxikardiya.
Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - teri toshmasi; yakka hollarda - anafilaktik reaksiyalar.
Dermatologik reaksiyalar: ayrim hollarda - alopetsiya.
Maxsus ko‘rsatmalari
Loratadin qo'llanilganda tirishishlar rivojlanishini to'liq istisno qilib bo'lmaydi, ayniqsa moyil bemorlarda.
Buyrak yoki jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga dozalash tartibini korreksiya qilish talab etiladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Homiladorlik, laktatsiya, 2 yoshgacha bo'lgan bolalar, loratadinga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Loratadin CYP3A4 va CYP2D6 izofermentlarini ingibitsiya qiladigan yoki jigarda ular ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar (shu jumladan simetidin, eritromitsin, ketokonazol, xinidin, flukonazol, fluoksetin) bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida loratadin va/yoki ushbu preparatlar kontsentratsiyasining o'zgarishi mumkin.
Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, ziksorin, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) samaradorlikni pasaytiradi.
Dozirovkasi
Hajm/og'irlik
LORATADIN sirop 90ml 1mg/1ml o'xshash dorilari


Loratadin boshqa chiqarish shakllari
LORATADIN sirop 90ml 1mg/1ml analoglari












