METROGIL DENTA gel 5g

METROGIL DENTA gel 5g o'xshash dorilari


METROGIL DENTA gel 5g qo'llanmasi
Mahalliy qo'llanilganda Metrogil Denta® geli deyarli so'rilmaydi.
Majmuaviy mikroblarga qarshi preparat, samaradorligi uning tarkibida ikkita antibakterial komponent mavjudligi bilan bog'liq.
Metronidazol parodont kasalliklarini keltirib chiqaruvchi anaerob bakteriyalarga nisbatan faol: Porphyromonas gingivalis, Prevotella intermedia, Fusobacterium fusiformis, Wolinella recta, Eikenella corrodens, Borrelia vincentii, Bacteroides melaninogenicus, Selenomonas spp.
Xlorgeksidin - antiseptik va mikroblarga qarshi vosita, grammanfiy va grammusbat aerob va anaerob bakteriyalarga nisbatan faol: Treponema spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas spp., Chlamydia spp., Ureaplasma spp., Bacteroides fragilis. Xlorgeksidinga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ba'zi shtammlari kuchsiz sezgir, shuningdek bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalar sporalari rezistent. Laktobakteriyalarning funktsional faolligini buzmaydi.
Bo'lishi mumkin: bosh og'rig'i, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok).
Metrogil Denta® gelini qo'llash tishlarni gigienik tozalash o'rnini bosmaydi, shuning uchun preparat bilan davolash kursi vaqtida tishlarni tozalash davom ettirilishi kerak.
Bola tomonidan preparat tasodifan yoki qasddan yutib yuborilganda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.
Agar dori vositasi yaroqsiz holga kelgan bo'lsa yoki yaroqlilik muddati tugagan bo'lsa, uni oqova suvlarga yoki ko'chaga tashlamaslik kerak. Dori vositasini paketga solib, chiqindi konteyneriga tashlash kerak. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'siri to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
- qon tizimi kasalliklari, sh.j. anamnezda;
- periferik va markaziy asab tizimi kasalliklari;
- 18 yoshgacha;
- metronidazolga, xlorgeksidinga, nitroimidazol hosilalariga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tavsiya etilgan dozalarda mahalliy qo'llanilganda Metrogil DentaВ® gelining boshqa dori vositalari bilan tizimli o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Mahalliy, faqat stomatologiyada qo‘llash uchun.
Gingivitda Metrogil Denta® milk sohasiga kuniga 2 marta yupqa qatlam qilib (barmoq bilan yoki paxta tayoqchasi yordamida) surtiladi, gelni yuvib tashlash tavsiya etilmaydi. Terapiya kursi davomiyligi o‘rtacha 7-10 kunni tashkil qiladi. Gelni qo‘llagandan keyin 30 daqiqa davomida ichimlik va ovqat qabul qilishdan tiyilish kerak.
Parodontitda tish toshlari olib tashlangandan so‘ng parodontal cho‘ntaklar preparat bilan ishlov beriladi va milk sohasiga gel applikatsiyasi qilinadi. Ekspozitsiya vaqti - 30 daqiqa. Muolajalar soni kasallikning og‘irligiga bog‘liq. Keyinchalik bemor gel applikatsiyalarini mustaqil ravishda o‘tkazishi mumkin: preparatni milk sohasiga 7-10 kun davomida kuniga 2 marta surtish kerak.
Aftoz stomatitda gel og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining zararlangan sohasiga 7-10 kun davomida kuniga 2 marta surtiladi.
Surunkali gingivit va parodontit zo‘rayishining oldini olish uchun gel milk sohasiga 7-10 kun davomida kuniga 2 marta surtiladi. Profilaktik kurslar yiliga 2-3 marta o‘tkaziladi.
Postekstraksion alveolit profilaktikasi uchun tish olingandan keyin chuqurchaga preparat bilan ishlov beriladi, keyin gel ambulator sharoitda 7-10 kun davomida kuniga 2-3 marta qo‘llaniladi.
Xususiyatlar METROGIL DENTA gel 5g
Metrogil boshqa chiqarish shakllari









METROGIL DENTA gel 5g analoglari











