Momat rinoni nafas yo'llarining faol yoki latent tuberkulyoz infektsiyasi, shuningdek davolanmagan zamburug'li, bakterial infektsiyasi, tizimli virusli infektsiyasi yoki ko'zlarni shikastlanishi bilan herpes simplex infektsiyasi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi yoki qo'llash mumkin emas.
Momat Rino preparati bilan 12 oy davolagandan keyin burun shilliq qavatining atrofiyasi belgilari kuzatilmagan; bundan tashqari, mometazon furoati burun shilliq qavatining gistologik manzarasini normallashishiga olib kelgan. Momat rinoni bir necha oy yoki undan ko'proq qo'llayotgan pasientlar burun shilliq qavatini kuzatilishi mumkin bo'lgan o'zgarishlari yuzasidan muntazam tekshiruvdan o'tishlari kerak. Burun yoki halqumning mahalliy zamburug'li infektsiyasi rivojlangan hollarda momat Rino preparati bilan davolashni to'xtatish yoki maxsus davolashni o'tkazish kerak. Uzoq vaqt davomida saqlanayotgan burun va halqumning shilliq qavatini ta'sirlanishi ham preparat bilan davolashni to'xtatish uchun ko'rsatma bo'lishi mumkin. Dori preparati tarkibila benzalkoniy xloridi bo'lganligi tufayli bronxospazm holatlari kuzatilishi mumkin.
Momat Rino preparati bilan uzoq vaqt davolaganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi faoliyatini susayishi belgilari kuzatilmagan. Tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolagandan keyin momat Rino nazal spreyi bilan davolashga o'tayotgan pasientlarni sinchkov shifokor kuzatuvi talab etiladi. Bunday bemorlarda tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlarni qabul qilishni to'xtatish buyrak usti bezi po'stloq qismining faoliyatini etishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu tizimli kortikosteroidlar Bian davolashni tiklash va boshqa tegishli davolashni qo'llashni talab etishi mumkin.
Tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan davolashdan momat Rino preparati bilan davolashga o'tish vaqtida ayrim bemorlarda burundagi simptomlarni engillashishi bilan bir qatorda kortikosteroidlarni bekor qilish simptomlari (masalan bo'g'imlar va/yoki mushaklarda og'riq, toliqish hissi va depressiya) paydo bo'lishi mumkin. Davolashni o'zgartirish shuningdek avval rivojlangan va tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlar bilan niqoblangan allergik kasaliklari (allergik kon'yunktivit, ekzema va boshqalar kabi) aniqlash imkonini berishi mumkin.
Kortikosteroidlarni qabul qiluvchi pasientlar pasaygan immun reaktivlikka potentsial ega bo'lishlari mumkin va ayrim infektsion kasalliklari (masalan suvchechak, qizamiq) bo'lgan bemorlar bilan kontaktda bo'lgan hollarda zararlanishning yuqori xavfi haqida, shuningdek agar bunday kontakt bo'lgan bo'lsa shifokor bilan maslahatlashish kerakligi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak.
Pasientlarni tana haroratini oshishi, yuzning bir qismi kuchli og'riq yoki tish og'rig'i, orbital yoki periorbital shish yoki dastlabki yaxshilanishdan keyin holatni yomonlashishi kabi og'ir bakterial infektsiyalarning belgilari yoki simptomlari paydo bo'lgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish kerakligi haqida ogohlantirish kerak.
Intranazal kortikosteroidlarni qo'llagandan keyin burun to'sig'i perforasiyasi va ko'z ichki bosimini oshishi holatlarini paydo bo'lishi haqida xabar berilgan.
Bolalarda qo'llanishi
Kichik yoshdagi bolalarda preparatni qo'llash faqat kattalar nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Nazal kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalarda bo'yini muntazam tekshirish kerak. O'sishni sekinlashishi aniqlangan hollarda nazal kortikosteroidning dasini simptomlarni samarali nazorat qilish tutib turiladigan eng past darajagacha kamaytirishni ko'rib chiqish kerak. Bunday hollarda pediatr bilan maslahatlashish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Preparatni homiladorlik vaqtida qo'llash tavsiya etilmaydi. Laktasiya davrida qo'llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda bola uchun bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday yuqori bo'lgandagina oqlangan.
Dori vositasining transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi.
Momat Rino tavsiya etilgan dozada transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.