Apteka.uz
SavatKirish

NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Faol modda:Nimesulid
Ishlab chiqaruvchi:Dentafill Plyus, OOO
Teglar:Og'riqdan, Kuchli og'riqdan
ATX kodi:M01AX17
Barcha Nimesulid dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi.
Ichga qabul qilinganda absorbsiya – yuqori (ovqat qabul qilish so'rilish tezligini pasaytiradi, uning darajasiga ta'sir qilmaydi). Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (TSmax) - 1,5 - 2,5 soat. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 95 %, eritrotsitlar bilan – 2 %, lipoproteinlar bilan – 1 %, kislotali alfa1-glikoproteinlar bilan – 1 %. Dozaning o'zgarishi bog'lanish darajasiga ta'sir qilmaydi.

Taqsimlanishi.
Maksimal kontsentratsiya – 3,5 - 6,5 mg/l. Taqsimlanish hajmi – 0,19 - 0,35 l/kg. Ayol jinsiy a'zolari to'qimalariga kiradi, u yerda bir martalik qabuldan keyin uning kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyaning taxminan 40 % ni tashkil qiladi. Yallig'lanish o'chog'ining kislotali muhitiga (40 %), sinovial suyuqlikka (43 %) yaxshi kiradi. Gistagematik to'siqlar orqali oson o'tadi.

Metabolizmi.
Jigarda to'qima monooksidazalari tomonidan metabollanadi. Asosiy metabolit – 4-gidroksinimesulid (25 %), o'xshash farmakologik faollikka ega, ammo molekulalar hajmining kichikligi tufayli siklooksigenaza-2 ning gidrofob kanali bo'ylab metil guruhining bog'lanish faol markaziga tez diffuziyalanishga qodir. 4-Gidroksinimesulid suvda eruvchan birikma bo'lib, uni chiqarish uchun glutation va II faza metabolizm kon'yugatsiya reaktsiyalari (sulfatlanish, glyukuronlanish va boshqalar) talab etilmaydi.

Chiqarilishi.
Nimesulidning yarim chiqarilish davri – 1,56 - 4,95 soat, 4-gidroksinimesulidniki – 2,89 - 4,78 soat. 4-Gidroksinimesulid buyraklar orqali (65 %) va safro bilan (35 %) chiqariladi, enterogepatik retsirkulyatsiyaga uchraydi.

Farmakologik ta'siri

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP), yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va antiagregant ta’sir ko‘rsatadi.
Boshqa NYAQP lardan farqli o‘laroq, siklooksigenaza-2 ni tanlab bostiradi, yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandin sintezini tormozlaydi; siklooksigenaza-1 ga kamroq ifodalangan susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi (sog‘lom to‘qimalarda prostaglandin sintezining susayishi bilan bog‘liq nojo‘ya samaralarni kamroq chaqiradi).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- nimesulidga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- asetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYQP, shu jumladan nimesulidni qo'llash bilan bog'liq anamnezdagi giperergik reaksiyalar (bronxospazm, rinit, eshakemi);
- bronxial astma, burun yoki burun yondosh bo'shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va asetilsalitsil kislotasi hamda boshqa NYQP ni o'zlashtira olmaslikning to'liq yoki qisman kombinatsiyasi (shu jumladan anamnezda);
- anamnezda nimesulidga gepatotoksik reaksiyalar;
- potensial gepatotoksiklikka ega boshqa dori preparatlari (masalan, boshqa NYQP) bilan bir vaqtda qo'llash;
- zo'rayish bosqichidagi ichakning surunkali yallig'lanish kasalliklari (Kron kasalligi, yarali kolit);
- aortokoronar shuntlash o'tkazilgandan keyingi davr;
- shamollash va o'tkir respirator-virusli infeksiyalardagi isitma sindromi;
- o'tkir jarrohlik patologiyasiga shubha;
- zo'rayish bosqichidagi me'da yoki o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi; me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishi; anamnezdagi perforatsiyalar yoki me'da-ichakdan qon ketishlar;
- anamnezdagi serebrovaskulyar qon ketishlar yoki yuqori qonash bilan kechuvchi boshqa kasalliklar;
- qon ivishining og'ir buzilishlari;
- og'ir yurak yetishmovchiligi;
- og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/daq), tasdiqlangan giperkaliemiya;
- jigar yetishmovchiligi yoki har qanday faol jigar kasalligi;
- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik va emizish davri;
- alkogolizm, giyohvandlikka qaramlik;
- irsiy fruktoza o'zlashtira olmaslik, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi;
- irsiy laktoza o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza so'rilishining buzilishi, laktaza yetishmovchiligi.

Ehtiyotkorlik bilan:
- Arterial gipertenziya;
- qandli diabet;
- kompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi;
- yurak ishemik kasalligi;
- serebrovaskulyar kasalliklar;
- dislipidemiya/giperlipidemiya;
- periferik arteriyalar kasalliklari;
- gemorragik diatez;
- chekish;
- kreatinin klirensi 30- 60 ml/daq;
- anamnezda me'da-ichak traktining yarali shikastlanishi;
- anamnezda Helicobacter pylori chaqirgan infeksiya;
- keksa yosh;
- uzoq muddat oldingi NYQP qo'llash;
- og'ir somatik kasalliklar.
- Quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash: antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, asetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), peroral glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon), serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar (masalan, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin).

Dozirovkasi

Ichga. Paketcha tarkibi taxminan 100 ml xona haroratidagi suvda eritiladi (oq rangdagi, sarg'ish-kulrang tusli suspenziya hosil bo'ladi). Tayyorlangan eritma saqlanmaydi. Nimesulid preparati faqat 12 yoshdan oshgan bemorlarni davolash uchun qo'llaniladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1 paketchadan sutkasiga ikki marta ovqatdan keyin.

Keksa yoshdagi bemorlar: keksa bemorlarni davolashda sutkalik dozani to'g'irlash zarurati shifokor tomonidan boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sir qilish ehtimolidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar: yengil va o'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 30 - 60 ml/daq) dozani to'g'irlash talab etilmaydi, og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda esa (kreatinin klirensi <30 ml/daq) Nimesulid preparati qarshi ko'rsatilgan.

Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar. Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda Nimesulid preparatini qo'llash qarshi ko'rsatilgan. Nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi ehtimolini kamaytirish uchun minimal samarali dozani maksimal qisqa vaqt davomida qabul qilish tavsiya etiladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun maksimal sutkalik doza 200 mg ni tashkil qiladi. Davolash kursining maksimal davomiyligi – 15 kun.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30 o'xshash dorilari

VRAGGRIPP P sirop 100ml N1
Retseptsiz
VRAGGRIPP P sirop 100ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
Narxi
22 000 so'm dan
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek d.d.
•121 ta dorixonada bor
Narxi
31 200 so'm dan
Aviten kukuni 20mg N1
Aviten kukuni 20mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Montage Laboratories Pvt. Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
61 000 so'm dan
FORSIL LIGHT kapsulalar  400mg N10
Retseptsiz
FORSIL LIGHT kapsulalar 400mg N10
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
•38 ta dorixonada bor
Narxi
28 000 so'm dan

NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30 xususiyatlari

NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30 analoglari

NAYZ gel 50 g 1%
NAYZ gel 50 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
62 600 so'm dan
NAYZ gel 20 g 1%
NAYZ gel 20 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan
NIMULID gel 30 g 1%
Retseptli
NIMULID gel 30 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Panacea Biotec Ltd
•22 ta dorixonada bor
Narxi
27 000 so'm dan
NAYZ tabletkalari 100mg N20
Retseptli
NAYZ tabletkalari 100mg N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
•116 ta dorixonada bor
Narxi
30 492 so'm dan
NIMID tabletkalari 100mg N10
Retseptli
NIMID tabletkalari 100mg N10
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
SUARON poroshok 100mg N10
Retseptsiz
SUARON poroshok 100mg N10
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
SUARON tabletkalari 100mg N20
SUARON tabletkalari 100mg N20
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•20 ta dorixonada bor
Narxi
28 710 so'm dan
NIMID gel 30 g 10 mg/g
NIMID gel 30 g 10 mg/g
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
NAYZ gel 20g 1%
Retseptli
NAYZ gel 20g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan
NIMESIL granuli 100mg N30
Retseptli
NIMESIL granuli 100mg N30
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Italiya proizvedeno: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
•105 ta dorixonada bor
Narxi
4 434 so'm dan
NIMID tabletkalari 100mg N100
Retseptli
NIMID tabletkalari 100mg N100
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•48 ta dorixonada bor
Narxi
68 530 so'm dan
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•57 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan

NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30 haqida savollar

NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil