NO SHPA inyeksiya uchun eritma 2ml 40mg/2ml N5

NO SHPA inyeksiya uchun eritma 2ml 40mg/2ml N5 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Taqsimlanishi
In vitro drotaverin plazma oqsillari bilan (95-97%), ayniqsa albumin, γ- va β-globulinlar, shuningdek α-YuZLP bilan yuqori bog'lanishga ega.
Drotaverin va/yoki uning metabolitlari yo'ldosh to'sig'i orqali arzimas miqdorda o'tishi mumkin.
Metabolizmi
Odamda drotaverin O-dezetillanish yo'li bilan deyarli to'liq metabolizmga uchraydi. Metabolitlar glyukuron kislotasi bilan tez kon'yugatsiyalanadi. Asosiy metabolit 4'-dezetildrotaverin bo'lib, undan tashqari 6-dezetildrotaverin va 4'-dezetildrotaveraldin identifikatsiya qilingan.
Chiqarilishi
Odamda drotaverin farmakokinetikasi ko'rsatkichlarini baholash uchun ikki kamerali matematik modeldan foydalanilgan. Plazma radioaktivligining yakuniy Т i 16 soatni tashkil qilgan.
Т 8-10 soatni tashkil qiladi. 72 soat ichida organizmdan deyarli to'liq, 50% dan ortig'i buyraklar orqali (asosan metabolitlar ko'rinishida) va taxminan 30% ichak orqali chiqariladi. O'zgarmagan drotaverin siydikda aniqlanmaydi.
Farmakologik ta'siri
Drotaverin izoxinolin hosilasi bo'lib, fosfodiesteraza (FDE) fermentini ingibirlash hisobiga silliq mushaklarga kuchli spazmolitik ta'sir ko'rsatadi. FDE fermenti s-AMF ni AMF gacha gidroliz qilish uchun zarur. FDE ingibirlanishi s-AMF kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi, bu quyidagi kaskadli reaktsiyani ishga tushiradi: s-AMF ning yuqori kontsentratsiyasi miozin yengil zanjirlari kinazasining (MYZK) s-AMF-ga bog'liq fosforillanishini faollashtiradi. MYZK fosforillanishi uning kaltsiy (Sa2+)-kalmodulin kompleksiga affinligini pasayishiga olib keladi, natijada MYZK ning inaktivlangan shakli mushak bo'shashishini qo'llab-quvvatlaydi. s-AMF, bundan tashqari, Sa2+ ning hujayradan tashqari bo'shliqqa va sarkoplazmatik retikulumga tashilishini rag'batlantirish orqali Sa2+ ning sitozol kontsentratsiyasiga ta'sir qiladi. Drotaverinning s-AMF orqali Sa2+ kontsentratsiyasini pasaytiruvchi ushbu samarasi drotaverinning Sa2+ ga nisbatan antagonistik samarasini tushuntiradi.
In vitro drotaverin FDE3 va FDE5 izofermentlarini ingibirlamasdan, FDE4 izofermentini ingibirlaydi. Shuning uchun drotaverinning samaradorligi to'qimalardagi FDE4 kontsentratsiyasiga bog'liq bo'lib, uning miqdori turli to'qimalarda farq qiladi. FDE4 silliq mushaklarning qisqarish faolligini bostirish uchun eng muhim hisoblanadi, shu munosabat bilan FDE4 ni selektiv ingibirlash giperkinetik diskineziyalarni va OIT ning spastik holati bilan kechuvchi turli kasalliklarni davolash uchun foydali bo'lishi mumkin.
Miokard va tomirlar silliq mushaklarida s-AMF gidrolizi asosan FDE3 izofermenti yordamida sodir bo'ladi, bu drotaverinning yuqori spazmolitik faolligida yurak va tomirlar tomonidan jiddiy nojo'ya ta'sirlar va yurak-qon tomir tizimiga nisbatan yaqqol samaralar yo'qligini tushuntiradi.
Drotaverin neyrogen va mushak kelib chiqishiga ega silliq mushaklar spazmlarida samarali. Vegetativ innervatsiya turidan qat'i nazar, drotaverin OIT, o't yo'llari, siydik-tanosil tizimi silliq mushaklariga bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Nojo'ya samaralari
Quyida klinik tadqiqotlarda kuzatilgan noxush reaksiyalar a’zolar tizimlari bo‘yicha va uchrash tezligi ko‘rsatilgan holda quyidagi gradatsiyalarga muvofiq keltirilgan: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% va <10%); tez-tez emas (≥0.1% va <1%); kam hollarda (≥0.01% va <0.1%), juda kam hollarda, shu jumladan alohida xabarlar (<0.01%), tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha tezlikni aniqlab bo‘lmaydi).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda - yurak urishining tezlashishi, AB pasayishi.
Asab tizimi tomonidan: kam hollarda - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda - ko‘ngil aynishi, qabziyat.
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda - allergik reaksiyalar (angionevrotik shish, eshakemi, toshma, qichishish); tezligi noma’lum - preparat qo‘llanilganda o‘lim bilan yakunlangan va o‘lim bilan yakunlanmagan anafilaktik shok rivojlanishi haqida xabar berilgan.
Mahalliy reaksiyalar: kam hollarda - yuborilgan joyda reaksiyalar.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparat disulfit saqlaydi, u allergik turdagi reaktsiyalarni, shu jumladan sezgir shaxslarda, ayniqsa astmasi yoki anamnezida allergik kasalliklari bo'lgan shaxslarda anafilaktik simptomlar va bronxospazmni chaqirishi mumkin. Disulfitga yuqori sezuvchanlik bo'lganda preparatni parenteral qo'llashdan saqlanish kerak.
Kollaps rivojlanish xavfi tufayli drotaverin v/i yuborilganda past AB bo'lgan bemorlar gorizontal holatda bo'lishlari kerak.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida transport vositalarini boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish zarur.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- og'ir jigar yetishmovchiligi;
- og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi;
- og'ir surunkali yurak yetishmovchiligi;
- bolalar yoshi (bolalarda drotaverinni qo'llash klinik tadqiqotlarda o'rganilmagan);
- laktatsiya davri (ko'krak suti bilan emizish);
- natriy disulfitga yuqori sezuvchanlik;
- ta'sir etuvchi moddaga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan preparat arterial gipotenziyada (kollaps xavfi), homiladorlikda buyurilishi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Papaveringga o'xshash fosfodiesteraza ingibitorlari levodopaning parkinsonizmga qarshi ta'sirini susaytiradi. Drotaverin levodopa bilan bir vaqtda buyurilganda rigidlik va tremor kuchayishi mumkin.
Drotaverin papaverin, bendazol va boshqa spazmolitiklar, shu jumladan m-xolinoblokatorlarning spazmolitik ta'sirini kuchaytiradi.
Tritsiklik antidepressantlar, xinidin va prokainamid keltirib chiqaradigan gipotenziyani kuchaytiradi.
Morfinning spazmogen faolligini kamaytiradi.
Fenobarbital drotaverinning spazmolitik ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Kattalarda o'rtacha sutkalik doza 40-240 mg drotaverin gidroxloridini (sutkasiga 1-3 dozaga bo'lingan holda), m/i tashkil qiladi.
O'tkir sanchiqlarda (buyrak yoki o't toshi) - 40-80 mg v/i sekin (yuborish davomiyligi taxminan 30 sek).
NO SHPA inyeksiya uchun eritma 2ml 40mg/2ml N5 o'xshash dorilari




NO SHPA inyeksiya uchun eritma 2ml 40mg/2ml N5 xususiyatlari
No-shpa boshqa chiqarish shakllari




NO SHPA inyeksiya uchun eritma 2ml 40mg/2ml N5 analoglari















