PENTOKSIFILLIN POLITVIST 0,02/ML konsentrat 5ml N10

PENTOKSIFILLIN POLITVIST 0,02/ML konsentrat 5ml N10 o'xshash dorilari


PENTOKSIFILLIN POLITVIST 0,02/ML konsentrat 5ml N10 qo'llanmasi
Preparat yuborilgandan so'ng jigarda tez metabolizmga uchraydi. Metabolizm jarayonida ikkita asosiy metabolit: 1-(5-gidroksigeksil)-3,7-dimetilksantin (I metabolit) va 1-(3-karboksipropil)-3,7-dimetilksantin (V metabolit) hosil bo'ladi, ular pentoksifillinga o'xshash faollikka ega. Infuziyadan 1,5-2 soat o'tgach qon plazmasidagi I va V metabolitlarning kontsentratsiyasi dastlabki moddaning kontsentratsiyasiga qaraganda mos ravishda 5 va 8 baravar yuqori bo'ladi. 8-soatga kelib qonda pentoksifillin va uning metabolitlari kontsentratsiyasi sezilarli darajada pasayadi (boshlang'ich darajadan 10% gacha).
Yarim chiqarilish davri 30 daqiqadan 1,5 soatgacha. Asosan buyraklar (94%) orqali metabolitlar ko'rinishida (asosan V metabolit), ichak (4%) orqali chiqariladi, dastlabki 4 soat ichida dozaning 90% gachasi chiqariladi. O'zgarmagan holda preparatning 2% i chiqariladi. Pentoksifillin va uning metabolitlari qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanmaydi.
Ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Buyrak funktsiyasi og'ir buzilgan hollarda metabolitlarning chiqarilishi sekinlashadi.
Jigar funktsiyasi buzilganda yarim chiqarilish davri uzayishi va biokiraolishligi oshishi kuzatiladi.
Quyida sanab o‘tilgan mumkin bo‘lgan nojo‘ya effektlar tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (? 1/10); tez-tez (? 1/100 dan
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: trombotsitopeniya, trombotsitopenik purpura, aplastik anemiya, pantsitopeniya.
Kam hollarda: qon ketishlar (sh.j. burun qonashlari, me’da-ichakdan qon ketishlar, siydik chiqarish yo‘llaridan qon ketishlar va b.).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Juda kam hollarda: pentoksifillin yuborilgandan so‘ng bir necha daqiqa ichida sodir bo‘ladigan og‘ir anafilaktik yoki anafilaktoid reaksiyalar, Kvinke shishi, bronxospazm, anafilaktik shok.
Ruhiyat buzilishlari:
Tez-tez emas: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: bosh aylanishi, tremor, bosh og‘rig‘i.
Juda kam hollarda: paresteziya, tirishishlar, kalla ichi qon ketishi, aseptik meningit.
Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: ko‘rish buzilishi, kon’yunktivit.
Juda kam hollarda: ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi, ko‘z to‘r pardasining ko‘chishi.
Yurak tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: yurak ritmining buzilishi, taxikardiya.
Kam hollarda: stenokardiya, hansirash.
Tomirlar tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: yuz terisi giperemiyasi.
Kam hollarda: arterial bosimning pasayishi, periferik shishlar.
Juda kam hollarda: arterial bosimning oshishi.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, qorin dam bo‘lishi, me’dada og‘irlik hissi, diareya.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: jigar ichi xolestazi, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: teri qichishishi, eritema, eshakemi.
Juda kam hollarda: toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, terlashning kuchayishi.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar:
Tez-tez emas: tana haroratining oshishi.
Davolash arterial bosim nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.
Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qon aylanish kompensatsiyasiga erishish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan, gipoglikemik vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda pentoksifillinnning katta dozalarini tayinlash yaqqol gipoglikemiyani chaqirishi mumkin (gipoglikemik vositalar dozasini to‘g‘irlash va glikemik nazorat o‘tkazish talab etilishi mumkin).
Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda tayinlanganda qon ivish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish zarur.
Yaqinda jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda gemoglobin va gematokritni muntazam nazorat qilish zarur.
Yuboriladigan doza past va beqaror arterial bosimga ega bemorlarda, shuningdek koronar va/yoki serebral arteriyalarning yaqqol aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda kamaytirilishi kerak, chunki oxirgi holatda arterial bosimning qo‘shimcha pasayishi yurak va/yoki miyaning qon bilan ta'minlanishi yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Keksa bemorlarda dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin (biokiraolishlikning oshishi va chiqarilish tezligining pasayishi).
Chekish preparatning terapevtik samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Pentoksifillin eritmasining boshqa infuzion eritmalar bilan mosligini har bir aniq holatda tekshirish kerak.
Terapiya vaqtida qon plazmasida natriy miqdorini nazorat qilish talab etiladi, ayniqsa osh tuzi cheklangan dietaga rioya qiluvchi bemorlarda (5 ml hajmli ampuladagi natriyning umumiy miqdori - 11,8 mg).
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Ehtimoliy nojo‘ya ta'sirlarni (masalan, bosh aylanishi) hisobga olib, transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
- Pentoksifillinga yoki boshqa ksantin hosilalariga, shuningdek preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- yaqqol koronar yoki serebral ateroskleroz;
- yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti;
- gemodinamik ahamiyatli yurak ritmining buzilishi;
- nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipotenziya;
- massiv qon ketishlar (qon ketishining kuchayishi xavfi);
- ko‘z to‘r pardasiga keng ko‘lamli qon quyilishlari (qon ketishining kuchayishi xavfi);
- bosh miyaga qon quyilishi;
- me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi;
- qon ivish tizimi ko‘rsatkichlarining buzilishi;
- 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan:
Labil arterial qon bosimi, arterial gipotenziyaga moyillik, surunkali yurak yetishmovchiligi, gemorragik diatez, qon ketishlarga moyillik (shu jumladan me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligida), yaqinda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlaridan keyingi holat, og‘ir jigar va/yoki buyrak (kreatinin klirensi 10 ml/daq dan kam) yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga.
Pasient
Pentoksifillinni bevosita va bilvosita antikoagulyantlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak, chunki oxirgilarining ta’siri kuchayadi.
Homiladorlik va laktatsiya:
Pentoksifillin homiladorlikda qo‘llash mumkin emas, chunki homiladorlarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan.
Laktatsiya davrida pentoksifillinni tayinlash zarur bo‘lganda, pentoksifillin ko‘krak sutiga o‘tishi sababli emizishni to‘xtatish kerak.
Pentoksifillin qon ivish tizimiga ta'sir qiluvchi dori vositalari (bevosita va bilvosita antikoagulyantlar, trombolitiklar), antibiotiklar (shu jumladan sefallosporinlar - sefamandol, sefoperazon, sefotetan), valproat kislotasining ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Pentoksifillin ketorolak bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ketishlar va/yoki protrombin vaqtining uzayishi xavfi ortadi. Ushbu preparatlarni birga buyurish istalmagan.
Gipotenziv preparatlar, insulin, ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar samaradorligini oshiradi.
Simetidin qon plazmasida pentoksifillin konsentratsiyasini oshiradi (nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi xavfi).
Boshqa ksantinlar bilan birga buyurish asabning haddan tashqari qo'zg'alishiga olib kelishi mumkin.
Ba'zi bemorlarda pentoksifillin va teofillin bir vaqtda qo'llanilganda qonda teofillin konsentratsiyasining oshishi kuzatiladi. Keyinchalik bu teofillin bilan bog'liq nojo'ya ta'sirlarning ko'payishiga yoki kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ba'zi bemorlarda pentoksifillin va siprofloksatsin bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida pentoksifillin konsentratsiyasining oshishi kuzatiladi. Keyinchalik bu ushbu kombinatsiyani qo'llash bilan bog'liq nojo'ya ta'sirlarning ko'payishiga yoki kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Infuziya o'tkazishda bemor "yotgan" holatda bo'lishi kerak.
Preparatni 100 mg dozada 250-500 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasi yoki Ringer eritmasida vena ichiga tomchilab sekin yuboriladi (yuborish davomiyligi - 90-180 daqiqa). 100 mg pentoksifillin vena ichiga kamida 60 daqiqa davomida yuborilishi kerak. Vena ichiga yuborishda sutkalik doza maksimal - 300 mg/sut gacha oshirilishi mumkin.
Arteriya ichiga - avval 100 mg dozada 20-50 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasida, keyingi kunlarda esa - 200-300 mg dan 30-50 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasida (yuborish tezligi - 10 mg/daq).
Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozida preparatni uyqu arteriyasiga yuborish mumkin emas.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga (kreatinin klirensi 30 ml/daq dan kam) odatdagi dozaning 50-70% i tayinlanadi.
Keksa bemorlarda dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin (biokiraolishlikning oshishi va chiqarilish tezligining pasayishi).
Individual o'zlashtirishni hisobga olgan holda dozani kamaytirish jigar funksiyasining og'ir buzilishi bo'lgan bemorlarda zarur.
Yuboriladigan doza past va beqaror arterial bosimga ega bemorlarda kamaytirilishi kerak.
Polimer ampula bilan ishlash tartibi:
1. Ampulani olish va uni bo'yni qismidan ushlab silkitish.
2. Ampulani qo'l bilan siqish, bunda preparat ajralib chiqmasligi kerak, va aylanma harakatlar bilan klapanni burash va ajratish.
3. Hosil bo'lgan teshik orqali shpritsni darhol ampula bilan ulash.
4. Ampulani to'ntarish va uning ichidagisini shpritsga sekin tortib olish.
5. Shpritsga ignani kiygizish.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: holsizlik, bosh aylanishi, arterial bosimning yaqqol pasayishi, taxikardiya, uyquchanlik, hushni yo'qotish, tonik-klonik talvasalar, yuqori asabiy qo'zg'aluvchanlik, gipertermiya, arefleksiya, oshqozon-ichak qon ketishi belgilari ("kofe quyqasi" turidagi qusish).
Davolash: simptomatik, nafas olish funksiyasi va arterial bosimni ushlab turishga qaratilgan.
Xususiyatlar PENTOKSIFILLIN POLITVIST 0,02/ML konsentrat 5ml N10
Pentoksifillin boshqa chiqarish shakllari





PENTOKSIFILLIN POLITVIST 0,02/ML konsentrat 5ml N10 analoglari
















