TERAFLYU EKSTRATAB N10 tabletkalar plyonka qobiqli

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

TERAFLYU EKSTRATAB N10 tabletkalar plyonka qobiqli

Kategoriya: - Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi: - Turkiya
Faol modda: - Fenilefrin, - Xlorfenamin, - Parasetamol
Ishlab chiqaruvchi: - Новартис Урунлери
Shifokor konsultatsiyasi: - Каталог терапевтов в Ташкенте
Ushbu dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestriga kiritilmagan.
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10

RINOMAKS AKTIV TAB tabletkalari N10



Mahsulot haqida tafsilotlar


TERAFLYU EKSTRATAB N10 tabletkalar plyonka qobiqli qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASHBO‘YICHAYO‘RIQNOMA

TERAFLYU®LAR

THERAFLU®LAR

 

Preparatning savdo nomi: Teraflyu® LAP

Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun sprey

Tarkibi:

1 ml sprey quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 2 mg benzoksoniy xloridi, 1,5 mg lidokain gidroxloridi,

yordamchi moddalar: etanol, qalampiryalpiz moyi, mentol, gliserin, xlorid kislotasi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yalpiz hidli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun vosita

ATX kodi: R02AA20

Farmakologik xususiyatlari

Benzoksoniy xloridi – to‘rtlamchi ammoniy tuzi (N-benzil N-dodesil N, N-di (2-gidroksietil) ammoniy xloridi), o‘zining kation strukturasi tufayli membranatrop faollikka ega va grammusbat va kamroq darajada grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi yaqqol antibakterial ta‘sir ko‘rsatadi. Benzoksoniy, shuningdek zamburug‘larga va membranali viruslariga (shu jumladan gripp viruslariga, paragripp va gerpesga) qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Lidokain mahalliy anestetik bo‘lib, u yallig‘lanish jarayonlarida yutish vaqtida tomoqdagi og‘riq hissini kamaytiradi.

 

Farmakokinetikasi

Benzoksoniy xloridi deyarli so‘rilmaydi. Odamda yuborilgan dozaning taxminan 1% siydikda aniqlanadi, moddaning konsentrasiyasi qonda aniqlanmaydi. Moddani organizmning to‘qimalarida to‘planishi aniqlanmagan.

Lidokain sprey ko‘rinishida qo‘llanganda og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali so‘riladi. Jigar orqali «birinchi» o‘tishda metabolizmga uchraydi, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq chayilganida uning biokiraolishligi taxminan 35% ni tashkil qiladi. Metabolitlari siydik bilan chiqariladi, 10% dan kamroq modda o‘zgarmagan holda chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq infeksiyalari: shamollashda tomoq og‘riganida, faringit, laringit, stomatit, yarali gingivit. Tonzillitlarda, shu jumladan o‘tkir (angina) va surunkali tonzillitlarda yordamchi vositalar sifatida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy qo‘llanadi. Ballonchani vertikal holatda ushlab og‘iz bo‘shlig‘iga purkaladi.

Kattalar: har bir muolajani o‘tkazishda 4 marta purkaladi (taxminan 0,5 ml), sutkada 3-6 marta.

Bolalar (4 yoshdan boshlab) – har bir muolajani o‘tkazishda 2-3 purkashdan oshmasligi kerak, sutkada 3-6 marta purkaladi.

Davolash davomiyligi 5 kundan oshmasligi kerak.

Agar preparatni qabul qilish boshlanganidan keyin 5 kun davomida kasallik belgilarini yengillashishi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ba‘zida Teraflyu®LAR qo‘llanganida vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lgan mahalliy ta‘sirlanish kuzatiladi, u. Allergik reaksiyalar kam kuzatiladi.

Preparat 2 haftadan ko‘proq muddatda qo‘llansa, tilning yoki tishlarning qaytuvchi jigarrang rangga bo‘yalishi kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Lidokainga yoki ammiak birikmalariga yuqori sezuvchanlik.

Preparatni 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homiladorlikning birinchi uch oyligida va emizish davrida ishlatish tavsiya qilinmaydi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Benzoksoniy xloridining anion-faol agentlarni masalan, tish pastasini bir vaqtda qabul qilinganda uni samarasi pasayadi.

Alkogol benzoksoniy xloridining so‘rilishini oshiradi (davolashni o‘tkazish vaqtida spirtli ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish kerak).

Mahsus ko‘rsatmalar

Preparatni homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanilishi.

Klinik oldi tadqiqotlari (eksperimentda) preparatning reproduktiv faoliyatga va homilaning rivojlanishiga ta‘siri aniqlanmagan. Homilador ayollarning ishtirokida nazoratli tekshirishlar o‘tkazilmagan, shu sababli Teraflyu®LAR ni homiladorlikning ayniqsa I uch oyligigacha qo‘llash tavsiya etilmaydi. Faol komponentni ona sutiga o‘tishi to‘g‘risida klinik ma‘lumotlar mavjud emas. Shunga qaramay emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin mumkin emas.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Teraflyu®LAR ni boshqa ammiak birikmalari kabi katta dozalarda tasodifan qabul qilish, ko‘ngil aynishi yoki qusishni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Zaharlanishda sut ichish yoki suvda chayqatilgan xoldagi tuxum oqini yeyish lozim.

Teraflyu®LAR da lidokainning miqdori oz bo‘lgani tufayli, uning dozasi oshirib yuborilishini belgilovchi jiddiy simptomlari namoyon bo‘lishi mumkin emas.

 

Chiqarilish shakli

30 ml dan preparat past zichlikli va himoya qalpoqli yuqori zichlikli polietilen flakonda polietilen purkagich qurilmasi bilan. Flakon komplektda polipropilen purkagich uchlik va qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Analoglar

ANAKOLD tabletkalar N30

Narx: 7 800 so'mdan Batafsil

ANTIFLU kukun rastvorimiy N5

  • Ishlab chiqarilish joyi:AQSh
  • Faol modda:parasetamol,fenilefrin,xlorfenamin
  • Ishlab chiqaruvchi:Bayer Consumer Care AG, Швейцария произведено: Contract Pharmacal Corporation

ANAKOLD tabletkalar N10

Narx: 7 800 so'mdan Batafsil

Gripxot vishillovchi granulalar

Narx: 3 400 so'mdan Batafsil