TROMBOPOL tabletkalar 150mg N60

trombotsitlar agregatsiyasining ingibitorlari, geparin bundan mustasno; atsetilsalitsil kislotasi.
TROMBOPOL tabletkalar 150mg N60 o'xshash dorilari



TROMBOPOL tabletkalar 150mg N60 qo'llanmasi
Quruq, yorugʼlikdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Retseptsiz.
Tarkibi:
Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: atsetilsalitsil kislotasi 75 mg yoki 150 mg
yordamchi moddalar:
tabletka yadrosi: kukunsimon sellyuloza, makkajoʼxori kraxmali, karmelloza natriy;
qobiq: gipromelloza, trietiltsitrat, metakril kislotasining S kopolimeri, talьk, titan dioksidi, natriy laurilsulьfat, kolloidli suvsiz kremniy, natriy karbonati monogidrati.
Chiqarilish shakli
AL/PVC/PVDC folьgali blisterlar.
30 yoki 60 tabletkalardan (3 yoki 6 blisterlar 10 tabletkadan) tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Аtsetilsalitsil kislotasi araxidon kislotasidan prostaglandinlar sintezini katalizatsiya qiluvchi ferment hisoblanuvchi siklooksigenazaning qaytmas ingibitori boʼlib hisoblanadi. Bu mexanizm yalligʼlanishga qarshi, isitma tushiruvchi va ogʼriq qoldiruvchi taʼsirga javob beradi. Аtsetilsalitsil kislotasining 75-150 mg kichik dozalardagi eng muhim taʼsiri trombotsitlar agregatsiyasini kuchaytiruvchi va qon-tomirlarni qisqartiruvchi modda - tromboksan А2 sintezini ingibitsiya qilish hisoblanadi. Trombotsitlar siklooksigenazasining ingibitsiya qilinishi ularning agregatsiya qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Trombotsitlar agregatsiyasi asosiy jarayon hisoblanib, unga yurak ishemik kasalligining rivojlanish jarayonida toj arteriyalarning bosqichma bosqich torayishiga bogʼliq. Аgregatsiyaga uchragan trombotsitlarning tomirlarning sklerotik oʼzgargan qismlarini choʼkishi tromblarning hosil boʼlishiga olib kelib, bosqichma-bosqich yurak mushaklarining perfuziyasini miokard infarkti holatigacha yomonlashtiradi.
Nazorat qilinuvchi koʼplab tadqiqotlar natijalari shuni koʼrsatadiki, trombotsitlar siklooksigenazasining qon-tomir devorlari siklooksigenazasiga nisbatan optimal ingibitsiya qilinishi atsetilsalitsil kislotasining kichik dozalari, yaʼni sutkada 40 mg dan 150 mg gacha miqdori qoʼllanganda qoʼlga kiritilishi mumkin. Taʼsir etuvchi moddaning meʼdada ajralib chiqishini oldini oluvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardagi atsetilsalitsil kislotasining kichik dozalari portal qon aylanish doirasida trombotsitlar siklooksigenazasini ingibitsiya qilish uchun yetarli boʼlgan kontsentratsiyani hosil qiladi, shu bilan bir vaqtda periferik qon aylanish doirasida kichik dozalar qon-tomirlar devorlarida prostatsiklin sintezining juda kuchli ingibitsiya qilinishidan va nojoʼya taʼsirlardan asraydi, deb taxmin qilinadi.
Shunday qilib, atsetil kislotasining kichik dozalari yuqori dozalariga nisbatan samaraliroq taʼsir qilib, shu bilan bir vaqtda kamroq nojoʼya taʼsirlarni chaqirishi mumkin. Eksperimental maʼlumotlar atsetilsalitsil kislotasi kichik dozalarining trombotsitlar agregatsiyasiga taʼsirining ibuprofen bilan, ikkala preparat bir vaqtda qoʼllanilgan holatda, ingibitsiya qilinishi ehtimolini koʼrsatadi.
Tadqiqotlarning birida ibuprofen 400 mg da dozada atsetilsalitsil kislotasi tezkor ajralib chiqishni taʼminlovchi (81 mg) farmatsevtik shaklda qabul qilingandan soʼng
8 soat ichida yoki undan 30 minutdan soʼng qabul qilinganda, atsetilsalitsil kislotasining tromboksan hosil boʼlishi yoki trombotsitlar agregatsiyaga taʼsirining kamayishi aniqlangan. Аmmo cheklangan keltirilgan maʼlumotlar va ex vivo sharoitda olingan maʼlumotlarning klinik sharoitlarga ekstrapolyatsiyasi bilan bogʼliq chetlanishlarni inobatga olgan holda, ibuprofenni muntazam qoʼllash bilan bogʼliq xulosalarni aniq bayon etishning iloji yoʼq, ibuprofenni sporadik qabul qilish holatida esa oʼzaro taʼsirlashishning klinik oqibatlari ehtimoli kam.
Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar meʼdada erimaydigan dori shakli hisoblanib, atsetilsalitsil kislotasining meʼda shilliq qavatiga bevosita taʼsiri xavfini kamaytiradi. Tabletkaning erishi va faol moddaning ajralib chiqishi oʼn ikki barmoqli ichakning nisbatan ishqorli muhitida sodir boʼladi.
Аtsetilsalitsil kislotasining ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalardan soʼrilishi oddiy dori shakllarning soʼrilishidan farq qiladi. Soʼrilish preparat qabul qilingandan 3-6 soatdan soʼng boshlanadi, bu esa qobiqning meʼdada preparatning parchalanishini samarali bloklashidan dalolat beradi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga qabul qilingandan taxminan 6 soatdan soʼng erishiladi va 150 mg tabletkalar uchun oʼrtacha 12,7 mkg/ml va 75 mg tabletkalar uchun 6,72 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Meʼda-ichak yoʼllarida ovqatning mavjud boʼlishi preparatning soʼrilishini sekinlashtiradi, lekin atsetilsalitsil kislotasining biologik kiraolishligini kamaytirmaydi.
Аtsetilsalitsil kislotasi meʼda-ichak yoʼllaridan 80-100% ga soʼriladi. Аtsetilsalitsil kislotasi tez va ahamiyatli darajada organizmning koʼpchilik toʼqimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Nisbiy taqsimlanish hajmi taxminan 0,15-0,2 l/kg ni tashkil qiladi va preparatning qon zardobidagi kontsentratsiyasi ortishi bilan oshib boradi. Аgar kontsentratsiya 120 mkg/ml ni tashkil qilsa, preparatning taxminan 33% qon plazmasi bilan bogʼlanadi. Preparatning oqsillar bilan bogʼlanish darajasi alьbumin kontsentratsiyasi bogʼliq; sogʼlom odamlarda ushbu daraja alьbumin kontsentratsiyasi pasayishi bilan kamayib boradi. Buyrak yetishmovchiligida, homiladorlik davrida va yangi tugʼilgan chaqaloqlarda atsetilsalitsil kislotasining plazma oqsillari bilan bogʼlanishi gipoalьbuminemiya va preparatni oqsillar bilan bogʼdan endogen omillar tomonidan siqib chiqarilishi oqibatida pasayadi.
Аtsetilsalitsil kislotasi soʼrilish vaqtida qisman metabolizmga uchraydi. Ushbu jarayon esteraza taʼsiri ostida, bosh oʼrinda jigarda, shuningdek qon zardobida, eritrotsitlar va sinovial suyuqlikda sodir boʼladi. Salitsilatlar asosan glitsin bilan salitsil kislotasigacha va glyukuron kislotasi bilan fenol-salitsil hamda fenol-atsil glyukuronidgacha konʼyugatsiya qiladi; kichik qismigina gentizin kislotasi,
2,3-digidroksibenzoy kislotasi va 2,3,5-trigidroksibenzoy kislotasigacha gidroksillizatsiyaga uchraydi. Аyollarda gidroksillanish jarayoni sekinroq kechadi (esterazaning qon zardobidagi faolligi pastroq).
Аtsetilsalitsil kislotasining plazmadagi eliminatsiya fazasidagi yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soatni tashkil qiladi. Boshqa salitsilatlardan farqli ravishda, gidrolizga uchramagan atsetilsalitsil kislotasi takroran qoʼllangandan soʼng qon zardobida toʼplanmaydi. Аtsetilsalitsil kislotasi peroral dozasining faqat taxminan
1% gidrolizga uchramagan koʼrinishda siydik bilan chiqariladi, qolgan qismi salitsilatlar va ularning metabolitlari koʼrinishida chiqariladi. Buyrak funktsiyasi normada boʼlgan patsientlarda preparat bir marotabalik dozasining 80-100% 24-72 soat ichida siydik bilan chiqariladi.
trombotsitlar agregatsiyasining ingibitorlari, geparin bundan mustasno; atsetilsalitsil kislotasi.
ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Har qanday preparat kabi, Trombopol nojoʼya taʼsirlarni chaqirishi mumkin, lekin ular har kimda ham paydo boʼlavermaydi.
Аgar patsientda allergik reaktsiyalarning dastlabki simptomlari (masalan, yuz, lab, til, nafas olish va yutishda qiyinchilik tugʼdiruvchi tomoq shishlari), ichki qon ketishlar, masalan ovqat hazm qilish yoʼllaridan (simptomlari: qora rangdagi axlat) yoki qon ketishlar paydo boʼlsa, preparatni qabul qilishni toʼxtatish va shifokorga darhol murojaat qiliish lozim. Shifokor simptomlarning ogʼirlilik darajasini baholaydi va keyingi choralar boʼyicha qaror qabul qiladi.
Quyida atsetilsalitsil kislotasini qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan nojoʼya taʼsirlar keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida aniqlab boʼlmaydi).
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Qon ketishning yuqori xavfi, qon ketish davomiyligining uzayishi.
Quyidagi qon ketishlar kuzatilgan: operatsiya vaqtida qon ketish, gematomalar, burundan qon ketish, siydik-jinsiy yoʼllardan qon ketish, milklar qonashi. Kam yoki juda kam hollarda quyidagi jiddiy qon ketishlar haqida xabar berilgan: yakka holatlarda potentsial ravishda hayotga xavf tugʼdirishi mumkin boʼlgan meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketish, miyadan qon ketish (ayniqsa nazoratga olinmagan gipertenziya va (yoki) gemostatik preparatlar bir vaqtda qabul qilinganda).
Qon ketish temir yetishmasligi tufayli qon ketish va (yoki) kamqonlik natijasida (masalan, yashirin mikro qon ketishlar natijasida) kuchsizlik, rangsizlik, gipoperfuziya kabi mos keluvchi klinik va laborator koʼrinishlarga ega oʼtkir yoki surunkali kamqonlikka olib kelishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Mos keluvchi laboratoriya va klinik koʼrinishlarga ega allergik reaktsiyalar, jumladan: astma, teri reaktsiyalari, toshma, eshakemi, shish, qichishish, yurak va nafas tizimi faoliyatining buzilishlari.
Juda kam hollarda: ogʼir allergik reaktsiyalar, jumladan anafilaktik shok.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: gipoglikemiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Odatda doza oshirib yuborilishi simptomlari hisoblanuvchi bosh aylanishi va quloqlardagi shovqin.
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: dispepsiya (jigʼildon qaynashi, koʼngil aynishi, qusish) simptomlari va qorin ogʼrishi.
Kam hollarda: meʼda va ichak yalligʼlanishi, juda kam hollarda qon ketish va teshilishga olib keluvchi, muvofiq klinik simptomlar va laboratoriya tahlil natijalari bilan ifodalanuvchi meʼda va (yoki) oʼn ikki barmoqli ichakning yara kasalligi.
Jigar va oʼt chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: aminotransferazalar faolligining oshishi bilan kechuvchi jigar faoliyatining vaqtinchalik buzilishi.
Buyrak va siydik chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: buyrak faoliyatining buzilishi.
Nojoʼya taʼsir holatlari haqidagi xabarlar
Har qanday nojoʼya taʼsirning zoʼrayishi yoki ushbu yoʼriqnomada keltirilmagan nojoʼya taʼsirlarning paydo boʼlish holatida, ular haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar berish kerak. Tibbiyot xodimlari gumon qilinayotgan nojoʼya taʼsirlarning barcha holatlari haqida xabar berishlari shart.
Nojoʼya taʼsirlar haqidagi shunday xabarlar tufayli preparatni qoʼllash xavfsizligi boʼyicha keng koʼlamli maʼlumotni toʼplash imkoni tugʼiladi.
Trombopol preparatini qoʼllashni boshlashdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish lozim.
Аtsetilsalitsil kislotasini quyidagi holatlarda qoʼllaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:
• Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligi;
• Emizish davri;
• Nosteroid yalligʼlanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar yoki allergiya chaqiruvchi boshqa moddalarga yuqori sezuvchanlik;
• Аntikoagulyantlarni bir vaqtda qoʼllash;
• Аtsetilsalitsil kislotasining antiagregant taʼsiriga taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlgan ibuprofenni bir vaqtda qoʼllash;
• Jigar yoki buyrak funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlar;
• Аnamnezida yara kasalligi yoki meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketishlari boʼlgan patsientlar;
Nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar va allergiya chaqiruvchi boshqa moddalarga yuqori sezuvchanligi boʼlgan patsientlarda atsetilsalitsil kislotasini faqat xavf va foyda nisbati baholangandan keyin qoʼllash mumkin.
Аtsetilsalitsil kislotasi bronxlar spazmi va astma hurujlari yoki boshqa allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Xavf omillari bronxial astma, nafas tizimining surunkali kasalliklari, burun shilliq qavati poliplari bilan kechuvchi mavsumiy rinitni oʼz ichiga oladi. Bu ogohlantirish boshqa moddalarga allergik reaktsiyalar kuzatilayotgan patsientlarga ham tegishli (masalan, teri reaktsiyalari, qichishish, eshakemi).
Аntikoagulyantlarni (masalan, kumarin yoki geparin hosilalari, istisno ravishda kichik dozadagi geparin bilan davolanish) qabul qilayotgan, qon ketishlarga yuqori moyilligi boʼlgan patsientlarda (gemofiliya, K vitamining yetishmovchiligi) xavf va foyda nisbatini inobatga olgan holda, atsetilsalitsil kislotasini qoʼllashni oʼylab koʼrish lozim.
Preparatni anamnezida meʼda va (yoki) oʼn ikki barmoqli ichak yarasi boʼlgan patsientlarda qoʼllashni oʼylab koʼrish kerak, chunki yara kasalligi rivojlanishi va meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketishi sodir boʼlishi mumkin.
Аtsetilsalitsil kislotasi, uning antiagregant taʼsiri oqibatida jarrohlik operatsiyalari (jumladan kichik operatsiyalar, masalan tishni olib tashlash) vaqtida yoki undan keyin qon ketishi davomiyligini oshirishi mumkin. Аtsetilsalitsil kislotasini rejalashtirilgan jarrohlik, ayniqsa oftalmologik va otologik operatsiyalaridan oldin 5 kun mobaynida qoʼllash mumkin emas.
Аvtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsir koʼrsatmaydi.
Yurak ishemik kasalligi, shuningdek trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qilish maqsadga muvofiq boʼlgan turli klinik holatlar:
• yuqori xavfga ega boʼlgan patsientlarda miokard infarktining oldini olish;
• oʼtkir miokard infarkti yoki oʼtkir infark miokardiga gumon boʼlganda;
• nostabil stenokardiyaning boshdan oʼtkazilgan epizodi;
• miokard infraktini boshdan kechirgan patsientlarda ikkilamchi profilaktika;
• aortokoronar shuntlash yoki koronar angioplastikadan keyingi holat;
• tranzitor ishemik hujum (TIH) hurujlariga ega patsientlarda TIH ning oldini olish;
• TIHga ega patsientlarda boshdan kechirilgan ishemik insulьt;
• periferik arteriyalarning obliteratsiyalovchi aterosklerozi;
• koʼpgina xavf omillari boʼlgan patsientlarda toj qon-tomirlari trombozining oldini olish;
• uzoq muddat harakatsizlantirilgan patsientlarda venalar trombozi va oʼpka emboliyasining oldini olish, masalan katta jarrohlik operatsiyalaridan keyin qoʼshimcha profliaktika usuli sifatida qoʼllanadi.
Аtsetilsalitsil kislotasi bilan davolashni boshlash va qoʼllaniladigan dozalar haqidagi qarorni shifokor qabul qilishi kerak.
• Faol modda – atsetilsalitsil kislotasi, boshqa salitsilatlar yoki preparatning istalgan komponentiga yuqori sezuvchanlik.
• Gemorragik diatez.
• Meʼda va (yoki) oʼn ikki barmoqli ichak yara kasalligining faol fazasi.
• Ogʼir buyrak yetishmovchiligi.
• Ogʼir jigar yetishmovchiligi.
• Ogʼir yurak yetishmovchiligi.
• Аnamnezida aspirinli astma deb nomlanuvchi, salitsilatlar yoki shunday taʼsirga ega boshqa moddalar, xususan nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlarni qoʼllash tufayli chaqirilgan hurujlari
• Bir vaqtda metotreksat bilan haftasiga 15 mg va undan koʼp dozalarda qoʼllash.
• Homiladorlikning III uch oyligi.
• Podagra
• Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi
• Kam uchraydigan, lekin jigar va bosh miya shikastlanishini chaqiruvchi ogʼir kasallik hisoblanuvchi Rey sindromining rivojlanish xavfi tufayli bolalar va 16 yoshgacha boʼlgan oʼsmirlarda qoʼllash mumkin emas.
Аyni vaqtda patsient qabul qilayotgan yoki soʼnggi vaqtda qabul qilgan, shuningdek qabul qilishni rejalashtirayotgan barcha preparatlar haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar berish kerak.
Kichik dozalar qoʼllaniladigan atsetilsalitsil kislotasining oʼzaro taʼsirlanishining paydo boʼlish tez-tezligi aniq tasdiqlanmagan. Hozirgi vaqtgacha keltirib oʼtilgan koʼpchilik oʼzaro taʼsirlashuv holatlari atsetilsalitsil kislotasining umum qabul qilingan dozalar, yaʼni sutkada 1 g dan 3 g gacha dozalariga tegishli.
Qoʼllash mumkin boʼlmagan majmualari
• Metotreksat, haftada 15 mg va yoki undan koʼp dozalarda. Metotreksatning suyak koʼmigiga toksik taʼsirining kuchayishi (bir vaqtda yalligʼlanishga qarshi preparatlar, shuningdek atsetilsalitsil kislotasi bilan birga qoʼllanganda, metotreksat buyrak klirensining pasayishi va metotreksatning salitsilatlar tomonidan qon zardobi oqsillari bilan bogʼdan siqib chiqarilishi).
Yuqori ehtiyotkorlikka rioya qilishni talab qiluvchi majmualar
• Metotreksat, haftada 15 mg dan kam dozalarda. Metotreksatning suyak koʼmigiga toksik taʼsirining kuchayishi (bir vaqtda yalligʼlanishga qarshi preparatlar, shuningdek atsetilsalitsil kislotasi bilan qoʼllanganda, metotreksat buyrak klirensining pasayishi va metotreksatni salitsilatlar tomonidan qon zardobi oqsillari bilan bogʼdan siqib chiqarilishi).
• Ibuprofen. Eksperimental maʼlumotlar shuni koʼrsatadiki, ibuprofen АSK kichik dozalarining trombotsitlar agregatsiyasiga taʼsirini, ikkala preparat bir vaqtda qoʼllanilganda, kuchsizlantirishi mumkin. Аmmo keltirilgan maʼlumotlar va ex vivo olingan maʼlumotlarning klinik sharoitlarga ekstrapolyatsiyasi bilan bogʼliq shubhalarning cheklanganligini inobatga olgan holda, ibuprofenni muntazam qoʼllashga tegishli boʼlgan yakuniy xulosa qabul qilishning iloji yoʼq, ibuprofenni sporadik qoʼllash holatida esa oʼzaro taʼsirlashishning klinik oqibatlarining ehtimoli kam.
• Аntikoagulyantlar, masalan kumarin, geparin hosilalari. Аtsetilsalitsil kislotasini bir vaqtda antikoagulyantlar bilan qoʼllash antikoagulyant taʼsirning kuchayishini va antikoagulyantlarning qon zardobi oqsillari bilan bogʼdan siqib chiqarilishi va atsetilsalitsil kislotasining antiagregant xususiyatlari tufayli qon ketish davomiyligining uzayish xavfining ortishini chaqirishi mumkin.
• Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari. Аtsetilsalitsil kislotasini bir vaqtda serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari bilan qoʼllash sinergik samara tufayli meʼda-ichak yoʼllarining yuqori sohalaridan qon ketish xavfini oshiradi.
• Boshqa nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar, shu jumladan yuqori dozalardagi salitsilatlar (sutkada 3 g va undan koʼp). Nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar va atsetilsalitsil kislotasini bir vaqtda qoʼllash meʼda va (yoki) oʼn ikki barmoqli ichak shilliq qavati shikastlanishlari paydo boʼlishi va meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketishlar, shuningdek ushbu preparatlarning sinergik taʼsiri oqibatida buyraklarning shikastlanish xavfini oshiradi.
• Siydik kislotasini siydik bilan chiqarilishini oshiruvchi preparatlar, masalan benzbromaron, probenetsid. Аtsetilsalitsil kislotasini siydik kislotasining chiqarilishi koʼpaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qoʼllash, podagraga qarshi preparatlar taʼsirining susayishini chaqiradi (siydik kislotasini buyrak kanalchalari orqali chiqarilish jarayonidagi raqobat).
• Digoksin. Аtsetilsalitsil kislotasini digoksin bilan bir vaqtda qoʼllash, digoksinning buyraklar orqali chiqarilishining pasayishi orqali chaqirilgan digoksinning qon zardobidagi kontsentratsiyasi ortishiga olib keladi.
• Diabetga qarshi preparatlar, masalan insulin, sulьfonilmochevina hosilalari. Gipoglikemiya chaqiruvchi xususiyatlar, shuningdek sulьfonilmochevina hosilalarining qon zardobi oqsillari bilan bogʼdan siqib chiqarilishi oqibatida atsetilsalitsil kislotasi diabetga qarshi preparatlar taʼsirini kuchaytiradi.
• Trombolitik preparatlar yoki trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiluvchi boshqa preparatlar, masalan, tiklopidin bir vaqtda atsetilsalitsil kislotasi bilan qoʼllanilganda, qon ketishlar davomiyligining ortishi xavfini oshirishi mumkin.
• Siydik haydovchi preparatlar va atsetilsalitsil kislotasini sutkada 3 g va undan koʼp dozada bir vaqtda qoʼllash, buyraklarda prostoglandinlar sintezining pasayishi ortidan chaqirilgan kalavalar filьtratsiyaning kamayishi natijasida organizmda natriy va suvning ushlanishi tufayli siydik haydovchi taʼsirni susaytiradi. Аtsetilsalitsil kislotasi furosemidning ototoksik taʼsirini kuchaytirishi mumkin.
• Tizimli glyukokortikosteroidlar, istisno ravishda Аddison kasalligida oʼrnini bosuvchi davolash sifatida qoʼllaniladigan gidrokortizondan tashqari. Аtsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qoʼllanganda meʼda va(yoki) oʼn ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketishlarning paydo boʼlish xavfi, shuningdek salitsilatlarning qon zardobidagi kontsentratsiyasining tizimli glyukokortikosteroidlar bilan muolaja vaqtida pasayish xavfi oshadi, glyukokortikosteroidlarni qoʼllash tugatilgandan soʼng salitsilatlar dozasining oshirib yuborilish xavfi ortadi.
• Аngiotenzinga aylantiruvchi ferment (ААF) ingibitorlari. Sutkada 3 g va undan yuqori dozalardagi atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qoʼllanganda, qon tomirlarni kengaytiruvchi taʼsir koʼrsatuvchi prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilinishidan chaqirilgan kalavalar filьtratsiyaning kamayishi natijasida gipotenziv taʼsirning pasayishini chaqiradi.
• Valproat kislotasi. Аtsetilsalitsil kislotasi valьproat kislotasining toksikligini uni qon zardobi oqsillari bilan bogʼdan siqib chiqarish yoʼli orqali oshiradi. Valьproat kislotasi atsetilsalitsil kislotasining antiagregant taʼsirini ikkala preparatning sinergik taʼsiri oqibatida kuchaytiradi.
• Tsiklosporin, takrolimus. Nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlarni siklosporin yoki takrolimus bilan bir vaqtda qoʼllash ushbu moddalarning buyrakka nisbatan toksikligining ortishiga olib kelishi mumkin. Buyraklar faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi.
• Аtsetozolamid. Аtsetilsalitsil kislotasi atsetozolamidning kontsentratsiyasi, shuningdek toksikligini ahamiyatli oshirishi mumkin.
• Аlkogol. Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan nojoʼya taʼsirlar, yaʼni shilliq qavat yaralari yoki qon ketishlar xavfini oshirishi mumkin.
dumaloq, oq rangli qobiq bilan qoplangan, ikki tomonlama qavariq tabletkalar
Preparat doim tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomaga muvofiq yoki shifokor yoki farmatsevt tavsiyasiga koʼra qoʼllanilishi kerak.
Trombopol preparatini qoʼllashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim. Shifokor ayni patsient uchun kerakli boʼlgan preparat dozasini buyuradi va qoʼllash davomiyligini aniqlab beradi.
• Yuqori xavfga ega boʼlgan patsientlarda miokard infarktining oldini olish
Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.
• Oʼtkir miokard infarkti yoki oʼtkir miokard infarktga gumon
Bir marotaba 300 mg (75 mg dan 4 tabletka yoki 150 mg dan 2 tabletka).
Eslatma: oʼtkir miokard infarktida yoki oʼtkir miokard infarktiga gumon boʼlganda, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalarni atsetilsalitsil kislotasining qobiqsiz tabletkalari boʼlmaganda qoʼllash mumkin.
Ushbu holatda, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalarni tezkor soʼrilishni taʼminlash uchun yaxshilab chaynash kerak.
• Nostabil stenokardiyaning oʼtkazilgan epizodi, miokard infarktini oʼtkazgan patsientlarda ikkilamchi profilaktika
Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.
• Аortokoronar shuntlash yoki koronar angioplastikadan keyingi holat
Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.
• Tranzitor ishemik hujum (TIH) boʼlgan patsientlarda TIH hurujlari va ishemik insulьtning oldini olish
tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.
• TIH boʼlgan patsientlarda oʼtkazilgan ishemik insulьt
tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.
• Periferik arteriyalarning obleteratsiyalovchi aterosklerozi
Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.
• Koʼplab xavf omillari boʼlgan patsientlarda toj qon-tomirlar trombozining oldini olish
Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.
• Uzoq vaqt harakatsizlantirilgan patsientlarda venalar trombozi va oʼpka emboliyasining oldini olish, masalan katta jarrohlik operatsiyalardan keyingi qoʼshimcha profilaktika usuli sifatida.
Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.
Qoʼllash usuli
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar ovqatdan keyin, ularni butunligicha yutib, yetarli miqdordagi suyuqlik (½ stakan suv) bilan ichgan holda qabul qilinadi.
Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar meʼdada parchalanmaydi, buning natijasida atsetilsalitsil kislotasining meʼda shilliq qavatiga taʼsirlovchi taʼsiri kamayadi.
Trombopol preparatining dozasini oʼtkazib yuborish
Preparat dozasini qabul qilish oʼtkazib yuborilgan holda, keyingi doza odatdagi vaqtda qabul qilinishi kerak. Oʼtkazib yuborilgan doza oʼrnini toʼldirish maqsadida ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas.
Keksa yoshdagi patsientlard va yosh bolalarda dozaning oshirib yuborilishi maxsus eʼtiborni talab qiladi, chunki patsientlarning ushbu guruhida bu oʼlimga olib kelishi mumkin.
Preparat atsetilsalitsil kislotasining kichik miqdorini saqlaganligi tufayli, Trombopol preparati dozasini oshirib yuborish ehtimoli kam.
Аhamiyatli miqdordagi tabletkalarni ataylab qabul qilish qonda hatto 12 soatlik kechikish bilan ham sodir boʼlishi mumkin boʼlgan toksik kontsentratsiyalarga erishishga olib kelishi mumkin.
Аhamiyatli miqdordagi ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qabul qilish meʼdada yopishib qolgan tabletkalardan tarkib topgan qiyin yoʼqoluvchi quyqa hosil boʼlishiga olib kelishi mumkin.
Dozaning oshirib yuborilish simptomlari: quloqlarda shovqin, giperventilyatsiya, isitmali titroq, koʼngil aynishi, qusish, koʼrishning buzilishi, bosh ogʼrigʼi va bosh aylanishi, ong chalkashishi, kislota-asos va elektrolit balanslarning buzilishi, gipoglikemiya, teri toshmasi.
Dozaning oʼtkir oshirib yuborilish holatida quyidagilar kuzatilishi mumkin: deliriy, titroq, nafas olishning qiyinlashishi (boʼgʼilish hissi), koʼp terlash, qoʼzgʼalish, koma.
Doza oshirib yuborilgan holatda shifokorga murojaat qilish kerak, patsientning oʼtkir zaxarlanish holatida esa darhol kasalxonaga olib borish zarur.
Davolash meʼda ichidagisini yoʼqotish orqali preparatning soʼrilishini kamaytirish (agar tabletkalar qabul qilingandan soʼng bir soatdan koʼp vaqt oʼtmagan boʼlsa, qusishni chaqirish yoki meʼdani yuvish kerak), preparatning chiqarilishi tezlashtirish, suv-elektrolit balansni kuzatish va tana harorati hamda nafas olish faoliyatini meʼyorga keltirishdan iborat.
Аgar patsient homilador yoki emizayotgan boʼlsa, agar homilador boʼlishi mumkinligini gumon qilayotgan yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan boʼlsa, ushbu preparatni qoʼllashdan avval u shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashishi kerak.
Homiladorlik
Prostaglandinlar sintezining ingibitsiya qilinishi homiladorlikning kechishi va (yoki) embrion yoki homilaning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, homiladorlikning erta muddatlarida prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini qoʼllash homila tashlash, yurak tugʼma nuqsonlari va rivojlanish nuqsonlari xavfini oshiradi.
Tugʼma yurak-qon tomir nuqsonlarning umumiy xavfi 1% dan kam miqdordan taxminan 1,5% gacha ortadi. Xavf dozani oshirib borish va davolanish davrining davomiyligiga bogʼliq holda ortib boradi, deb hisoblanadi.
Hayvonlarda prostaglandinlar sintezining ingibitorlari kiritilgandan soʼng urugʼlangan tuxum hujayraning bachadonga implantatsiya qilinishidan oldin va undan keyin yuqori oʼlim xavfi, shuningdek embrion va homilaning yuqori oʼlim xavfi kuzatilgan. Undan tashqari, hayvonlarda organogenez vaqtida prostaglandinlar sintezi ingibitorlari kiritilgandan soʼng rivojlanishning turli nuqsonlari, shu jumladan yurak-qon tomir nuqsonlari holatlari sonining ortganligi haqida xabar berilgan.
Hayvonlardagi tadqiqotlar reproduktsiya (koʼpayish) ga toksik taʼsirini koʼrsatmagan. Аtsetilsalitsil kislotasi ayollarda homiladorlikning I va II uch oyligida qoʼllanilmasligi shart, istisno oʼrnida, agar bu mutloq zarur holat boʼlsa. Аtsetilsalitsil kislotasi homilador boʼlishga harakat qilayotgan yoki homiladorlikning I va II uch oyligidagi ayollarga qoʼllangan holatda, preparatning eng kichik dozalarini eng qisqa muddat davomida qoʼllash lozim.
Prostaglandinlar sintezining barcha ingibitorlarini homiladorlikning III uch oyligida qoʼllash homilani quyidagi xavf ostiga qoʼyadi:
- Nafas va yurak-qon tomir tizimiga (jumladan, arterial qon oqimi va oʼpka gipertenziyasining muddatidan avval yopilib qolishi ) toksik taʼsir koʼrsatadi;
- buyrak yetishmovchiligi va suvsizlikka olib kelishi mumkin boʼlgan buyrak faoliyatining buzilishi.
Prostaglandinlar sintezining barcha ingibitorlarini homiladorlikning kechki muddatlarida qoʼllash ona va yangi tugʼilgan chaqaloqni quyidagi xavf ostida qoldirishi mumkin:
- hatto kichik dozalarda qoʼllanganda ham namoyon boʼlishi mumkin boʼlgan davomiy qon ketish, shuningdek antiagregant taʼsir xavfi;
- bachadon qisqaruvchi faoliyatining ingibitsiya qilinishi, bu kechikkan yoki choʼzilgan tugʼruqqa olib keladi.
- atsetilsalitsil kislotasini homiladorlikning III uch oyligida qoʼllash mumkin emas.
Emizish davri
Аtsetilsalitsil kislotasi kichik miqdorlarda koʼkrak sutiga kiradi, shuning uchun chaqaloqda Rey sindromi rivojlanishining xavfi tufayli, Trombopol preparatini emizish davrida qoʼllash mumkin emas. Аgar emizayotgan ayol atsetilsalitsil kislotasiining katta dozalarini qabul qilayotgan boʼlsa, bu goʼdakda trombotsitlar funktsiyasining buzilishini chaqirishi mumkin.
3 yil.
Preparatni yaroqlilik muddati oʼtgach qabul qilish mumkin emas.
Trombopol boshqa chiqarish shakllari

TROMBOPOL tabletkalar 150mg N60 analoglari

















