Apteka.uz
SavatKirish

SEFTRIAKSON 1,0 N50

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Seftriakson
Ishlab chiqaruvchi:Bioximik, PAO
ATX kodi:J01DA13
Barcha Seftriakson dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEFTRIAKSON 1,0 N50 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganda seftriakson organizm to'qimalari va suyuqliklariga yaxshi kirib boradi

Biokiraolishligi -100%, mushak ichiga yuborilgandan so'ng qon zardobida maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Тmтах) - 2-3 soat, vena ichiga yuborilgandan so'ng - infuziya oxirida. Mushak ichiga 0,5 va 1 g dozalarda yuborilgandan so'ng maksimal kontsentratsiya (Сmах) - mos ravishda 38 va 76 mkg/ml. Vena ichiga 0,5; 1 va 2 g dozalarda yuborilganda Stax - mos ravishda 82, 151 va 257 mkg/ml. Miya qobiqlari yallig'langanda orqa miya suyuqligiga yaxshi kirib boradi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 83-96%. Taqsimlanish hajmi - 0,12-0,14 l/kg (5,78-13,5 l), bolalarda - 0,3 l/kg, plazma klirensi - 0,58-1,45 l/soat
Yarim chiqarilish davri (Т1/2) mushak ichiga yuborilgandan so'ng - 5,8-8,7 soat, meningiti bo'lgan bolalarda 50-75 mg/kg dozada vena ichiga yuborilgandan so'ng - 4,3-4,6 soat, gemodializda bo'lgan bemorlarda (KK 0-5 ml/daq - 14,7 soat, KK 5-15 ml/daq - 15,7 soat), 16-30 ml/daq - 11,4 soat, 31-60 ml/daq - 12,4 soat.

O'zgarmagan holda - 33-67% buyraklar orqali; 40-50% - safro bilan ichakka chiqariladi, u yerda inaktivatsiya sodir bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda buyraklar orqali preparatning taxminan 70% i chiqariladi. Gemodializ samarasiz

Orqa miya suyuqligiga kirishi: yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalarda miya qobig'i yallig'langanda seftriakson likvorga kiradi, bunda bakterial meningitda o'rtacha qon zardobidagi preparat kontsentratsiyasining 17% i orqa miya suyuqligiga diffuziyalanadi, bu aseptik meningitdagiga qaraganda taxminan 4 baravar ko'p. Seftriakson 50-100 mg/kg tana vazni dozasida vena ichiga yuborilgandan 24 soat o'tgach orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiya 1,4 mg/l dan oshadi. Meningiti bo'lgan katta yoshdagi bemorlarda seftriakson 50 mg/kg tana vazni dozasida yuborilgandan 2-25 soat o'tgach seftriakson kontsentratsiyasi meningitni eng ko'p chaqiruvchi patogenlarni bostirish uchun zarur bo'lgan minimal bostiruvchi dozadan ko'p marotaba oshgan.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: eshakemi, titroq yoki isitma, toshma, qichishish, anafilaktoid reaksiyalar, allergik dermatit, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, eozinofiliya, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Jonson sindromi), zardob kasalligi, angionevrotik shish, anafilaktik shok.

Ovqat hazm qilish trakti tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, abdominal og'riqlar, ta'm bilishning buzilishi, stomatit, glossit, dispepsiya, pankreatit, soxtamembranoz enterokolit, jigar faoliyatining buzilishi («jigar» transaminazalari, kamroq - ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, xolestatik sariqlik), xolelitiaz, o't pufagi «sladj-fenomeni».

Qon yaratish organlari tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, granulotsitopeniya, limfopeniya, leykotsitoz, limfotsitoz, monotsitoz, trombotsitoz, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, bazofiliya, gemolitik anemiya, gipokoagulyatsiya, protrombin vaqtining uzayishi (qisqarishi), tromboplastin vaqtining uzayishi.

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: buyrak faoliyatining buzilishi (qonda mochevina kontsentratsiyasining oshishi, giperkreatininemiya, glyukozuriya, gematuriya), oliguriya, nefrolitiaz, siydikda cho'kma bo'lishi, vaginit, jinsiy a'zolarning zamburug'li infeksiyasi.

Mahalliy reaksiyalar: flebit, vena bo'ylab og'riq va qattiqlashuv, m/i yuborilganda - og'riq, issiqlik hissi, yuborish joyida taranglik.

Boshqalar: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, vertigo, burundan qon ketishi, tirishishlar, ko'p terlash, qon «quyilishlari», yurak urishini his qilish, o'pkada pretsipitatlarning hosil bo'lishi, allergik pnevmonit, superinfeksiya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Bir vaqtning o‘zida og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida preparatning plazmadagi konsentratsiyasini muntazam aniqlash kerak.

Gemodializda bo‘lgan bemorlarda plazmada seftriakson konsentratsiyasini kuzatib borish zarur, chunki ularda uning chiqarilish tezligi pasayishi mumkin

Uzoq muddatli davolashda periferik qon manzarasi, jigar va buyrak funksional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish zarur.

Kamdan-kam hollarda o‘t pufagi UTTsida qorayishlar qayd etiladi, ular bekor qilingandan so‘ng yo‘qoladi (hatto bu hodisa o‘ng qovurg‘a ostida og‘riqlar bilan kechsa ham, antibiotik tayinlashni davom ettirish va simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi).

Davolash vaqtida etanol iste'mol qilish mumkin emas - disulfiramsimon samaralar (yuz qizarishi, oshqozon sohasida spazm, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, AB pasayishi, taxikardiya, hansirash) bo‘lishi mumkin.

Batafsil anamnez yig‘ilishiga qaramay, bu boshqa sefalosporin antibiotiklari uchun ham qoida hisoblanadi, anafilaktik shok rivojlanishi ehtimolini istisno qilib bo‘lmaydi, bu zudlik bilan terapiyani talab qiladi - avval vena ichiga epinefrin, keyin glyukokortikosteroidlar yuboriladi.

In vitro tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, boshqa sefalosporin antibiotiklari kabi seftriakson qon zardobi albumini bilan bog‘langan bilirubinni siqib chiqarishga qodir. Shuning uchun giperbilirubinemiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va, ayniqsa, chala tug‘ilgan chaqaloqlarda seftriaksonni qo‘llash yanada ko‘proq ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Keksa va holsizlangan bemorlarga K vitamini tayinlash talab etilishi mumkin.

TRANSPORT VOSITALARINI VA MEXANIZMLAR BILAN ISHLASH QOBILIYATIGA TA'SIRI

Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda, mexanizmlar bilan ishlashda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Sefalosporinlarga, penitsillinlarga va karbapenemlarga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlikning birinchi uchoyligi.

EHTIYOTKORLIK BILAN

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda giperbilirubinemiya, chala tug‘ilgan bolalar, buyrak/jigar yetishmovchiligi, nomaxsus yarali kolit, antibakterial preparatlarni qo‘llash bilan bog‘liq enterit yoki kolit, homiladorlik 2-3 uchoylik, laktatsiya davri

HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA DAVRIDA QO‘LLANILISHI

Homilador ayollarda 2-3 uchoylikda preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash kerak.

Laktatsiya davrida tayinlanganda emizishni bekor qilish zarur

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Seftriakson va aminoglikozidlar ko'plab grammanfiy bakteriyalarga nisbatan sinergizmga ega.

Etanol bilan nomutanosib.

Seftriakson ichak florasini bostirib, K vitamini sinteziga to'sqinlik qiladi.

Antikoagulyantlar, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va boshqa trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari bilan o'zaro ta'sir qon ketish ehtimolini oshiradi.

В«HalkaliВ» diuretiklar va boshqa nefrotoksik dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanilganda nefrotoksik ta'sir rivojlanish xavfi ortadi.

Boshqa antibiotiklar saqlovchi eritmalar; kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib.

Dozirovkasi

DozalashPreparat mushak ichiga va vena ichiga qo'llaniladi.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun O'rtacha sutkalik doza 1-2 g seftriaksonni tashkil qiladi sutkasiga 1 marta yoki 0,5-1 g har 12 soatda.

Og'ir hollarda yoki o'rtacha sezgir patogenlar chaqirgan infeksiyalar hollarida sutkalik doza 4 g gacha oshirilishi mumkin.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun (ikki haftalik yoshgacha): 20-50 mg/kg tana vazniga sutkasiga (50 mg/kg tana vazniga dozadan oshirish tavsiya etilmaydi, yangi tug'ilgan chaqaloqlarning yetilmagan ferment tizimi tufayli) Dozani aniqlashda muddatida tug'ilgan va muddatidan oldin tug'ilgan bolalar o'rtasida farq qilmaslik kerak

15 kunlikdan boshlab emizikli bolalar va 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun Sutkalik doza 20-80 mg/kg tana vazniga ni tashkil qiladi sutkasiga 1 marta.

Tana vazni 50 kg va undan yuqori bo'lgan bolalarda kattalar uchun dozalashga rioya qilish kerak 50 mg/kg tana vazniga dozadan yuqorisini vena ichiga infuziya ko'rinishida, kamida 30 daqiqa davomida tayinlash kerak. Terapiya davomiyligi

Kasallik og'irligi xarakteriga bog'liq. Har doimgidek antibiotikoterapiyada, preparatni yuborishni tana harorati normallashgandan va qo'zg'atuvchi yo'q qilinganligi tasdiqlangandan keyin yana kamida 48-72 soat davom ettirish kerak.

Meningit

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalarda bakterial meningitda boshlang'ich doza kuniga bir marta 100 mg/kg tana vazniga ni tashkil qiladi (maksimal 4 g). Patogen mikroorganizm ajratib olinishi va uning sezgirligi aniqlanishi bilan dozani mos ravishda kamaytirish kerak.

Gonoreya

Penitsillinaza hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlar chaqirgan gonoreyani davolash uchun tavsiya etilgan doza 250 mg bir marta mushak ichiga ni tashkil qiladi.

Laym borreliozi

50 mg/kg (eng yuqori sutkalik doza 2 g) kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga, sutkasiga 1 marta 14 kun davomida

Operatsiyadan oldingi va keyingi davrda profilaktika

Infeksiya xavfiga qarab, operatsiyadan 30-90 daqiqa oldin 1-2 g dozada seftriaksonni bir marta yuborish tavsiya etiladi. Yo'g'on va to'g'ri ichakdagi operatsiyalarda 5-nitroimidazollar guruhidan preparatni qo'shimcha yuborish tavsiya etiladi

Buyrak va jigar funksiyasi yetishmovchiligi

Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda, jigar funksiyasi normal bo'lishi sharti bilan, seftriakson dozasini kamaytirishga hojat yo'q. Faqat preterminal bosqichdagi buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi 10 ml/daq dan past) seftriaksonning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak.

Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda, buyrak funksiyasi saqlanib qolishi sharti bilan, seftriakson dozasini kamaytirishga ham hojat yo'q.

Jigar va buyrakning og'ir patologiyasi bir vaqtda mavjud bo'lgan hollarda qon zardobida seftriakson konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish kerak. Gemodializga duchor bo'lgan bemorlarda ushbu muolaja o'tkazilgandan keyin preparat dozasini o'zgartirishga hojat yo'q. Biroq, dozani to'g'rilash imkoniyati yuzasidan qon zardobida seftriakson konsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Chunki bu bemorlarda chiqarilish tezligi pasayishi mumkin.

Mushak ichiga yuborish

Mushak ichiga yuborish uchun 1 g preparat 3,5 ml 1%-li lidokain eritmasida eritiladi va nisbatan katta mushakka (dumba) chuqur yuboriladi, bitta mushakka 1 g dan ortiq preparat yubormaslik tavsiya etiladi. Sinov aspiratsiyasi dozani oshirib yuborishdan qochish imkonini beradi. Lidokain eritmasini hech qachon vena ichiga yuborish mumkin emas!

Vena ichiga yuborish

Vena ichiga inyeksiya uchun 1 g preparat 10 ml inyeksiya uchun suvda eritiladi, vena ichiga sekin 2-4 daqiqa davomida yuboriladi.

Vena ichiga infuziya

Vena ichiga infuziya uchun 2 g kukunni taxminan 40 ml kalsiy saqlamaydigan eritmada suyultirish kerak, masalan: 0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li dekstroza eritmasi, 10% li dekstroza eritmasi, 5% li fruktoza eritmasida. Vena ichiga infuziya davomiyligi, kamida 30 daqiqa.Dozani oshirib yuborishPlazmadagi seftriaksonning haddan tashqari yuqori konsentratsiyalari gemodializ yoki peritoneal dializ yordamida pasaytirilishi mumkin emas. Dozani oshirib yuborish holatlarini davolash uchun simptomatik choralar tavsiya etiladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SEFTRIAKSON 1,0 N50 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SEFTRIAKSON 1,0 N50 o'xshash dorilari

LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
Retseptli
LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•74 ta dorixonada bor
Narxi
37 900 so'm dan
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Retseptli
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
32 500 so'm dan

Seftriakson boshqa chiqarish shakllari

SEFTRIAKSONA NATRIYA poroshok 1,0g N10
Retseptli
SEFTRIAKSONA NATRIYA poroshok 1,0g N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
CHINA MEHECO Corporation, Kitay proizvedeno: Hainan General Sanyang Pharmaceutical Co., Ltd.
Seftriakson-Novo
Retseptli
Seftriakson-Novo
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO SP "NOVOPHARMA PLUS"
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
LEKKO ZAO
SEFTRIAKSON UNI poroshok 1,0g N50
Retseptli
SEFTRIAKSON UNI poroshok 1,0g N50
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
Unimed Group Corp proizvedeno Yevro Medikal Britano-Gruzinskoe proizvodstvo,OOO
5
1 отзывов
SEFTRIAKSON SULBAKTAM poroshok 1,5g N1
Retseptli
SEFTRIAKSON SULBAKTAM poroshok 1,5g N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
ATM Sanita Pharma, IP, OOO
Narxi
15 300 so'm dan
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N20
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10
Retseptli
SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10
Portugaliya
Ishlab chiqaruvchi:
«Labesfal Laboratorios Almiro, S.A.»
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma, PAO
•67 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFTRIAKSON 1,0 inyeksiya uchun
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 inyeksiya uchun
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma OAO
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N1
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Bioximik, PAO
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N1
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
MR SEFTRIAKSON NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N5
Retseptli
MR SEFTRIAKSON NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 1000mg N20
Retseptli
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 1000mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok dlya ineksiy
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok dlya ineksiy
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma, PAO

SEFTRIAKSON 1,0 N50 analoglari

AZARAN 1,0 poroshok N10
AZARAN 1,0 poroshok N10
Xitoy/Serbiya
Ishlab chiqaruvchi:
SiEsPiSi OUI FARMASYUTIKAL Ko., Ltd/Xemofarm A.D.
ROSEFIN 1,0 poroshok 3,5ml
ROSEFIN 1,0 poroshok 3,5ml
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
F.Xoffmann-Lya Rosh LTD
ROSEFIN 1,0 poroshok 10ml
ROSEFIN 1,0 poroshok 10ml
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
F.Xoffmann-Lya Rosh LTD
SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10
Retseptli
SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10
Portugaliya
Ishlab chiqaruvchi:
«Labesfal Laboratorios Almiro, S.A.»
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 5ml N2
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 5ml N2
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Bioximik, PAO
SEFTRIAKSON 1,0 FLAK V/V V/M IND/UP /SINTEZ/
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 FLAK V/V V/M IND/UP /SINTEZ/
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok dlya ineksiy
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok dlya ineksiy
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma, PAO
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma, PAO
•67 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFTRIAKSON 1,0 inyeksiya uchun
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 inyeksiya uchun
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma OAO
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N20
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFTRIAKSON 1,0 poroshok 1,0g N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO

SEFTRIAKSON 1,0 N50 haqida savollar

SEFTRIAKSON 1,0 N50 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil