Apteka.uz
SavatKirish

SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Portugaliya
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Seftriakson
Ishlab chiqaruvchi:«Labesfal Laboratorios Almiro, S.A.»
ATX kodi:J01DD04 Цефтриаксон
Barcha Seftriakson dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Biokiraolishligi - 100%, m/i yuborilgandan so'ng Cmax ga erishish vaqti - 2-3 soat, v/i yuborilgandan so'ng - in'ektsiya oxirida. 0,5 va 1 g dozalarda m/i yuborilgandan so'ng Cmax - mos ravishda taxminan 38 va 76 m kg/ml. 0,5; 1 va 2 g dozalarda v/i yuborilganda Cmax - mos ravishda o'rtacha 82, 151 va 257 mkg/ml. Kattalarda 50 mg/kg dozada yuborilgandan 2-24 soat o'tgach orqa miya suyuqligidagi (OMS) kontsentratsiya meningitning eng keng tarqalgan qo'zg'atuvchilari uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyadan (MPK) ko'p marotaba oshadi. Miya qobiqlari yallig'langanda OMS ga yaxshi kirib boradi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 83-96%. Vd – 0,12-0,14 l/kg (5,78-13,5 l), bolalarda - 0,3 l/kg. plazma klirensi - 0,58-1,45 l/soat. buyrak klirensi 0,32-0,73 l/soat.



M/i yuborilgandan so'ng T1/2 — 5,8-8,7 soat, meningiti bo'lgan bolalarda 50-75 mg/kg dozada v/i yuborilgandan so'ng – 4,3-4,6 soat; gemodializda bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi (KK) 0-5 ml/daq), -14,7 soat, kreatinin klirensi 5-15 ml/daq bo'lganda – 15,7 soat, 16-30 ml/daq – 11,4 soat, 31-60 ml/daq – 12,4 soat.



O'zgarmagan holda - 33-67% buyraklar orqali; 40-50% - safro bilan ichakka chiqariladi, u yerda inaktivatsiya sodir bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda buyraklar orqali preparatning taxminan 70% i chiqariladi. Gemodializ samarasiz.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: toshma, qichishish, isitma yoki titroq.



Mahalliy reaksiyalar: v/i yuborilganda - flebitlar, vena bo'ylab og'riq; m/i yuborish - og'riq, issiqlik hissi, yuborish joyida taranglik yoki qattiqlashuv.



Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.



Jinsiy tizim tomonidan: qin kandidozi, vaginit.



Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko'ngil aynishi, qusish, ta'm bilishning buzilishi, soxtamembranoz kolit.



Qon yaratish organlari tomonidan: anemiya (shu jumladan gemolitik), leykopeniya, limfopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, trombotsitoz, eozinofiliya.

Batafsil yo'riqnomaga qarang

Maxsus ko‘rsatmalari

Bir vaqtning o‘zida og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lganda, shuningdek gemodializdagi bemorlarda plazmadagi preparat konsentratsiyasini muntazam aniqlab turish kerak.

Uzoq muddatli davolashda periferik qon manzarasini, jigar va buyrak funksional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish zarur. Kamdan-kam hollarda o‘t pufagi ultratovush tekshiruvida (UTT) qorayishlar (tseftriakson kalsiy tuzi pretsipitatlari) qayd etiladi, ular davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladi. O‘t pufagi kasalligi ehtimolini ko‘rsatuvchi simptomlar yoki belgilar rivojlanganda, yoki UTTda «slanj-fenomen» belgilari mavjud bo‘lganda preparat yuborishni to‘xtatish tavsiya etiladi. Preparat qo‘llanilganda, ehtimol o‘t yo‘llari obstruksiyasi oqibatida rivojlangan pankreatitning kamdan-kam holatlari tasvirlangan (preparat bilan oldingi davolash, og‘ir yo‘ldosh kasalliklar, to‘liq parenteral oziqlantirish), bunda o‘t yo‘llarida tseftriakson ta'sirida pretsipitatlar hosil bo‘lishining ishga tushiruvchi rolini istisno qilib bo‘lmaydi. Tarkibida N-metiltiotetrazol guruhi yo‘q, bu guruh etanol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda disulfiramsimon effektlar va qon ketishga moyillik chaqiradi va ba'zi tsefalosporinlarga xosdir. Preparat qo‘llanilganda protrombin vaqti o‘zgarishining kamdan-kam holatlari tasvirlangan.

K vitamini tanqisligi (sintez buzilishi, ovqatlanish buzilishi) bo‘lgan bemorlarda davolash vaqtida protrombin vaqtini nazorat qilish va davolash boshlanishidan oldin yoki davolash vaqtida protrombin vaqti uzayganda K vitamini (10 mg/haftasiga) tayinlash talab qilinishi mumkin.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pkasi va buyragida tseftriakson-kalsiy pretsipitatlari to‘planishi natijasida o‘lim bilan yakunlangan reaksiyalar holatlari tasvirlangan. Nazariy jihatdan tseftriaksonning kalsiy saqlovchi vena ichiga yuboriladigan eritmalar bilan o‘zaro ta'siri ehtimoli boshqa yosh guruhidagi bemorlarda ham mavjud, shuning uchun tseftriakson kalsiy saqlovchi eritmalar (shu jumladan parenteral oziqlantirish uchun) bilan aralashtirilmasligi, shuningdek bir vaqtda, shu jumladan turli sohalardagi infuziya uchun alohida kirish yo‘llari orqali yuborilmasligi kerak. Nazariy jihatdan tseftriaksonning 5 ta yarim chiqarilish davri hisob-kitobiga asoslanib, tseftriakson va kalsiy saqlovchi eritmalar yuborilishi orasidagi interval kamida 48 soatni tashkil qilishi kerak.



Tseftriakson bilan davolashda Kumbs sinamasi, galaktozemiyaga sinama, siydikda glyukozani aniqlashda (glyukozuriyani faqat fermentativ usulda aniqlash tavsiya etiladi) soxta musbat natijalar qayd etilishi mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Tseftriakson qo‘llayotgan bemorlar avtomobil haydashda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyot bo‘lishlari kerak.

Dozani oshirib yuborish

Plazmadagi tseftriaksonning haddan tashqari yuqori konsentratsiyasini gemodializ yoki peritoneal dializ yordamida pasaytirib bo‘lmaydi. Dozani oshirib yuborish hollarini davolash uchun simptomatik choralar tavsiya etilgan. Maxsus antidoti yo‘q.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa sefalosporinlarga, penitsillinlarga, karbapenemlarga); yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda giperbilirubinemiya; kalsiy saqlovchi eritmalarni v/i yuborish ko‘rsatilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar; laktatsiya davri.



Ehtiyotkorlik bilan. Chala tug‘ilgan bolalar, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, yarali kolit, antibakterial dori vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq enterit yoki kolit.



Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash. Homiladorlikda preparat faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llaniladi. Preparat qo‘llanilganda emizishni to‘xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bakteriostatik antibiotiklar seftriaksonning bakteritsid samarasini pasaytiradi. Kaltsiy saqlovchi eritmalar (shu jumladan Xartman va Ringer eritmasi), shuningdek amsakrin, vankomitsin, flukonazol va aminoglikozidlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib.

Dozirovkasi

DozalashV/i (tomchilab va oqim bilan) va m/i. Suyultirish uchun kalsiy saqlovchi eritmalarni ishlatmang!



Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar - 1-2 g dan sutkasiga 1 marta yoki 0,5-1 g dan har 12 soatda, umumiy sutkalik doza 4 g dan oshmasligi kerak. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun doza - 20-50 mg/kg/sut.



Emizikli bolalar va 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun maksimal sutkalik doza - 50-75 mg/kg. Tana vazni 50 kg va undan yuqori bo'lgan bolalarda kattalar uchun dozalar qo'llaniladi. Tana vazniga 50 mg/kg dan ortiq dozani 30 daqiqa davomida v/i infuziya ko'rinishida tayinlash kerak. Kurs davomiyligi kasallik xarakteri va og'irligiga bog'liq. Laym kasalligi: kattalar va bolalarga — 50 mg/kg (lekin 2 g dan ko'p emas) sutkasiga 1 marta 14 kun davomida.



Asoratsiz gonoreyada – m/i bir marta 250 mg.



Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun - bir marta 1 g operatsiya boshlanishidan 30-60 daqiqa oldin. Yo'g'on va to'g'ri ichakdagi operatsiyalarda 5-nitroimidazollar guruhidan preparatni qo'shimcha yuborish tavsiya etiladi.

Bolalarda bakterial meningitda boshlang'ich doza - 100 mg/kg (lekin 4 g dan ko'p emas) sutkasiga 1 marta, keyinchalik 100 mg/kg/sut (lekin 4 g dan ko'p emas) kuniga 1 marta yoki 2 qabulga bo'lingan (har 12 soatda) yoki kamaytirilishi mumkin.

Davolash davomiyligi 7-14 kunni tashkil qiladi.

Batafsil yo'riqnomaga qarang
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10 o'xshash dorilari

AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•9 ta dorixonada bor
Narxi
14 500 so'm dan
AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Retseptli
AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Abaris Healthcare Pvt. Ltd
•28 ta dorixonada bor
Narxi
46 000 so'm dan
BISEPTOL tabletkalari 120mg N20
Retseptli
BISEPTOL tabletkalari 120mg N20
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Pharma S.A
Narxi
25 900 so'm dan
UROFURAGIN tabletkalari 50mg N30
Retseptli
UROFURAGIN tabletkalari 50mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Consumer Healthcare S.A., Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint-Stock Co.
•78 ta dorixonada bor
Narxi
16 964 so'm dan

Seftriakson boshqa chiqarish shakllari

5
1 отзывов
SEFTRIAKSON SULBAKTAM poroshok 1,5g N1
Retseptli
SEFTRIAKSON SULBAKTAM poroshok 1,5g N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
ATM Sanita Pharma, IP, OOO
Narxi
11 400 so'm dan
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma, PAO
•67 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
•11 ta dorixonada bor
Narxi
4 679 so'm dan
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 1000mg N1
Retseptli
SEFTRIAKSONA NATRIEVAYA SOL poroshok 1000mg N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•17 ta dorixonada bor
Narxi
6 500 so'm dan
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
•29 ta dorixonada bor
Narxi
171 800 so'm dan
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
Retseptli
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Borshagovskiy XFZ, PAO, NPS
•96 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan

SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10 analoglari

SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma, PAO
•67 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
NIKOSEF poroshok 1,0g N1
Retseptli
NIKOSEF poroshok 1,0g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
•19 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
PEO poroshok 1g N1
PEO poroshok 1g N1
Ispaniya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•82 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
RAPISEF poroshok 1g N1
Retseptli
RAPISEF poroshok 1g N1
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
ABiPharm, OOO
•7 ta dorixonada bor
Narxi
43 000 so'm dan
ULTRASEF poroshok 1,0g N1
Retseptli
ULTRASEF poroshok 1,0g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Retseptli
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Ispaniya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Limited
•38 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
ROTASEF poroshok 1,0g N1
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm, Velikobritaniya proizvedeno: LDP-Laboratorios Torlan, S.A.
•38 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
SEFAMED poroshok 1,0g N1
SEFAMED poroshok 1,0g N1
Misr
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Limited, Velikobritaniya proizvedeno: E.I.P.I.Co.
•62 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
•11 ta dorixonada bor
Narxi
4 679 so'm dan
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
Retseptli
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
•29 ta dorixonada bor
Narxi
171 800 so'm dan
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BKRS Pharma Pvt. Ltd.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan

SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10 haqida savollar

SEFTRIAKSON KABI 1,0 poroshok N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil