Amoksiklavning aptekalardagi narxlari
AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 875mg+125mg N14
|
|
11 ta dorixonada bor
|
86 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
145 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
126 000 so'mdan
Bron qilish
|
AMOKSIKLAV kukuni 400mg+57mg 70ml N1
|
|
4 ta dorixonada bor
|
64 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
AMOKSIKLAV kukuni 1000mg+200mg N5
|
|
83 ta dorixonada bor
|
180 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
265 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
65 000 so'mdan
Bron qilish
|
AMOKSIKLAV kukuni 156,25mg/5ml 100ml N1
|
|
230 ta dorixonada bor
|
48 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
58 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
48 000 so'mdan
Bron qilish
|
AMOKSIKLAV 2X kukuni 400mg+57mg 70ml N1
|
|
163 ta dorixonada bor
|
62 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
78 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
65 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Amoksiklav ko'rsatmalar
Har ikkala faol moddasi ko‘krak sutiga ajraladi.
Emizikli bolalarda diareya va shilliq qavatlarni zamburug‘li infeksiyalari rivojlanishi mumkin, bu emizishni to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Emizish davrida shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini baholangandan so‘ngina preparat bilan davolash mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMOKSIKLAV®
AMOXIKLAVUM
Preparatning savdo nomi: Amoksiklav®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): amoksisillin, klavulanat kislotasi (amoxicillin, clavulanic acid)
Dori shakli: in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi:
faol moddalar: amoksisillin va klavulanat kislotasi;
Amoksiklav 1000 mg, 200 mg: har bir flakon natriyli tuzi shaklida 1000 mg amoksisillin va kaliyli tuzi shaklida 200 mg klavulanat kislotasi saqlaydi. Nisbati 5:1 ni tashkil qiladi.
yordamchi moddalar: mavjud emas.
Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antibakterial preparatlar; penisillinlarni beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuasi.
ATX kodi: J01CR02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Amoksisillin bakteriyalarning hujayra devorini integral struktur komponenti hisoblangan peptidoglikan biosintezi jarayonida ishtirok etuvchi bir yoki undan ortiq fermentlarni (ko‘pincha penisillinni bog‘lovchi oqsillar deb nomlanuvchi) ingibisiya qiluvchi yarim sintetik penisillin (beta-laktam antibiotik) hisoblanadi. Peptidoglikanning sintezini ingibisiya qilinishi hujayra devorining butunligini buzadi, bu odatda hujayrani lizisi va nobud bo‘lishiga olib keladi.
Amoksisillin unga rezistent bakteriyalar ishlab chiqaruvchi beta-laktamazalar ta‘sirida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.
Klavulanat kislotasi tuzilishi jihatidan penisillinlarga o‘xshash beta-laktam hisoblanadi. U ayrim beta-laktamazalarni susaytiradi, shu bilan amoksisillinning faolsizlanishini oldini oladi. Klavulanat kislotasining o‘zi klinik jihatdan antibakterial samara ko‘rsatmaydi.
Minimal bostiruvchi konsentrasiya (MBK) dan yuqori konsentrasiyada saqlab turish vaqti (T > MBK) amoksisillinning asosiy determinant samaradorligi sifatida qabul qilingan.
Rezistentlikni rivojlanish mexanizmlari
Amoksisillin/klavulanat kislotasiga nisbatan rezistentlikni rivojlanishining ikkita asosiy mexanizmi mavjud:
- klavulanat kislotasining ingibisiya qiluvchi ta‘siriga sezgir bo‘lmagan bakterial beta-laktamazalar, shu jumladan V, S va D sinfiga mansub beta-laktamazalar tomonidan ularni faolsizlanishi;
- antibakterial preparatlarni nishonli strukturalarga yaqinligini pasayishi natijasida penisillinni bog‘lovchi oqsillarni o‘zgarishi.
Bakteriyalarning devori antibiotikni o‘tkazmasligi yoki bakteriyalarning hujayrasidan preparatni faol tashilishi mexanizmlari rezistentlikni bevosita sababi bo‘lishi yoki ayniqsa, grammanfiy bakteriyalarda uni rivojlanishiga yordam berishi mumkin.
Sezuvchanlikning chegaralari
Amoksisillin/klavulanat kislotasining minimal bosuvchi konsentrasiyasi Yevropa qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan antibiotikka sezuvchanlikni baholash (EUCAST) mezoni bo‘yicha sezuvchanlik chegaralariga mos keladi.
Mikroorganizm | Sezuvchanlik chegaralari (mkg/ml) | ||
Sezuvchanlik | Oraliq sezuvchanlik | Rezistentlik | |
Haemophilus influenzae1 | ≤ 1 | – | > 1 |
Moraxella catarrhalis1 | ≤ 1 | – | > 1 |
Staphylococcus aureus2 | ≤ 2 | – | > 2 |
Koagulazo-negativ stafilokokklar2 | ≤ 0,25 | > 0,25 | |
Enterococcus1 | ≤ 4 | 8 | > 8 |
Streptococcus A, B, C, Gb | ≤ 0,25 | – | > 0,25 |
Streptococcus pneumoniae3 | ≤ 0,5 | 1-2 | > 2 |
Enterobakteriyalar1,4 | – | – | > 8 |
Grammanfiy anaeroblar1 | ≤ 4 | 8 | > 8 |
Grammusbat anaeroblar1 | ≤ 4 | 8 | > 8 |
Bakteriyalarning turga xos bo‘lmagan chegaralar1 | ≤ 2 | 8 | > 8 |
1 Olingan ko‘rsatmalar amoksisillinning konsentrasiyalariga mos keladi. Sezuvchanlikni baholash maqsadida klavulanat kislotasining fiksasiyalangan – 2 mg/l konsentrasiyasi ishlatiladi.
2 Olingan ko‘rsatkichlar oksasillinning konsentrasiyalariga mos keladi. 3 Jadvaldagi eng yuqori ko‘rsatkichlar ampisillinga nisbatan sezuvchanlik chegaralariga asoslangan. 4 Rezistentlik chegarasi, R > 8 mg/l, rezistentlik mexanizmlari bo‘lgan barcha ajratib olingan shtammlarning antibiotiklarga nisbatan rezistentligini kafolatlaydi. 5 Jadvaldagi eng yuqori ko‘rsatkichlar benzilpenisillinga nisbatan sezuvchanlik chegaralariga asoslangan. |
Mikroorganizmlarning ayrim turlari uchun rezistentlikni tarqalishi geografik va vaqt bog‘liqligi bilan xarakterlanadi, shu sababli davolashni boshlashdan oldin, ayniqsa og‘ir infeksiyalarda antibiotikka chidamlilik bo‘yicha mahalliy ma‘lumotlarni olish maqsadga muvofiqdir. Antibiotiklarga rezistentlik xususidagi mahalliy ko‘rsatkichlari hech bo‘lmaganda ba‘zi turdagi infeksiyalarda preparatning foydasi shubha ostida bo‘lgan hollarda yordam uchun tegishli mutaxassislarga murojaat qilish kerak.
Odatdagi sezgir turlar
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Staphylococcus aureus (metisillinga chidamli shtammlari)£, Streptococcus agalactisae, Streptococcus pneumonia1, Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptokokklar, Streptococcus viridans guruhi.
Grammanfiy aeroblar: Actinobacillus actinomycetemcomitans, Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Haemophilus influenza2, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae§, Pasteurella multocida.
Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp.
Orttirilgan chidamlilik rivojlanishi mumkin bo‘lgan turlar
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium$
Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumonia, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris
Tabiiy chidamliligi bo‘lgan turlar
Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp. Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Legionella pneumopnila, Morganella morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomas maltophilia
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumonia, Chlamydia psittaci, Caxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae.
$ Orttirilgan chidamlilik mexanizmi yo‘qligida, tabiiy oraliq sezuvchanlik.
£ Metisillinga chidamli barcha stafilokokklar amoksisillin/klavulanat kislotasiga ham chidamlidir.
- Beta-laktamazalarga bog‘liq bo‘lmagan, amoksisillinga chidamliligi bo‘lgan barcha shtammlar amoksisillin/klavulanat kislotasiga chidamlidir.
1 Streptococcus pneumonia ning penisillinga chidamli shtammlari chaqirgan infeksiyalarni, preparatning ushbu dori shakli bilan davolash mumkin emas (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).
2 Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlarida 10% dan yuqori tezlikda uchraydigan, sezuvchanligi past shtammlari aniqlangan.
Farmakokinetikasi
Sog‘lom ko‘ngillilarga amoksisillin/klavulanat kislotasini 500 mg/100 mg yoki 1000 mg/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus ravishda yuborilganida, zardobda o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi muvofiq ravishda amoksisillin uchun 32,2 va 105,4 mkg/ml ni va klavulanat kislotasi uchun 10,5 va 28,5 mkg/ml ni tashkil qilgan. T1/2 ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda amoksisillin uchun 1,07 va 0,9 soatni va klavulanat kislotasi uchun 1,12 va 0,9 soatni tashkil qilgan. AUC qiymati muvofiq ravishda amoksisillin uchun 25,5 va 76,3 soat mg/l va klavulanat kislotasi uchun 9,2 va 27,9 soat mg/l ni tashkil qilgan. Siydik bilan chiqarilishi esa (%, 0 soatdan 6 soatgacha) muvofiq ravishda amoksisillin uchun 66,5 va 77,4 ni va klavulanat kislotasi uchun 46,0 va 63,8 ni tashkil qilgan.
Qon plazmasidagi klavulanat kislotasining umumiy miqdorini taxminan 25% va amoksisillinning umumiy miqdorini taxminan 18% oqsillar bilan bog‘langan holda bo‘ladi. Taxminiy taqsimlanish hajmi amoksisillin uchun taxminan 0,3-0,4 l/kg va klavulanat kislotasi uchun taxminan 0,2 l/kg ni tashkil qiladi.
Vena ichiga yuborilganidan so‘ng amoksisillin va klavulanat kislotasi qovuq, qorin devori to‘qimalari, teri, yog‘ to‘qimasi, mushak to‘qimalari, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksisillin orqa miya suyuqligiga yetarli darajada kirmaydi.
Klinik oldi tadqiqotlarida har ikkala faol moddalarning hosilalarini ahamiyatli darajada tutilishi xususida hech qanday dalillar olinmagan. Amoksisillin ko‘pchilik penisillinlar kabi ko‘krak sutiga o‘tadi. Klavulanat kislotasining juda oz miqdori ham ko‘krak sutida aniqlanadi (“Homiladorlik va emizish” bo‘limiga qarang).
Amoksisillin dastlabki dozasining maksimum 10-25% ga ekvivalent bo‘lgan hajmlarda nofaol penisil kislotasi shaklida siydik bilan qisman chiqariladi. Klavulanat kislotasi odam organizmida jadal metabolizmga uchraydi, siydik va axlat bilan, shuningdek nafas bilan karbonat angidridi holida chiqariladi.
Amoksisillin/klavulanat kislotasining majmuasi sog‘lom ko‘ngillilarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan bir soat va o‘rtacha umumiy klirensi taxminan 25 l/soat bilan ifodalanadi. Preparat 500/100 mg yoki 1000/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus holda bir marta yuborilganidan so‘ng amoksisillinning taxminan 60-70% va klavulan kislotasining taxminan 40-65% birinchi 6 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Turli tadqiqot natijalariga muvofiq 24 soatlik davr davomida siydik bilan chiqarilish darajasi amoksisillin uchun 50-85% va klavulanat kislotasi uchun 27-60% ni tashkil qiladi. Klavulanat kislotasining maksimal hajmi preparat yuborilganidan keyin birinchi 2 soat davomida chiqariladi.
Yosh
3 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda amoksisillinning yarim chiqarilish davri bir xil. Juda kichik yoshdagi bolalarga (shu jumladan, chala tug‘ilgan chaqaloqlarga) hayotining birinchi haftasida buyraklar orqali chiqarish yo‘li yetilmaganligi sababli preparatni kuniga ikki martadan ortiq yuborish mumkin emas. Keksa yoshdagi shaxslarda buyraklar funksiyasini pasayish ehtimoli oshganligi sababli, preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, shuningdek buyraklar funksiyasini monitoring qilish talab qilinishi mumkin.
Buyraklar funksiyasini buzilishi
Amoksisillin/klavulanat kislotasining plazmadan umumiy klirensi buyraklar funksiyasini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Klirensini pasayishi klavulanat kislotasiga nisbatan amoksisillinda yaqqolroq kechadi, chunki amoksisillinning ko‘proq qismi buyraklar orqali chiqariladi. Shunday qilib, buyrak yetishmovchiligida ishlatiladigan dozalari klavulanat kislotasini adekvat darajada tutib turishda amoksisillinni haddan tashqari ko‘p to‘planishiga to‘sqinlik qilishi kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang).
Jigar yetishmovchiligi
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi va jigar funksiyasini muntazam monitoring talab etiladi.
Qo‘llanilishi
Amoksiklav kattalar va bolalarda quyidagi infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi:
- og‘ir otolaringologik infeksiyalar (masalan, mastoidit, peritonzillyar abssess, epiglottit, kasallikning tizimli ko‘rinishlarini og‘ir belgilari bo‘lgan sinusit);
- surunkali bronxitni zo‘rayishi (muvofiq ravishda tashhis qo‘yilganida);
- kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
- sistit;
- pielonefrit;
- teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, xususan teri osti yog‘ kletchatkasini yallig‘lanishi, hayvonlar tishlashi oqibatidagi jarohatlar, tishlarning tarqalgan flegmonali og‘ir abssesslari;
- suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, xususan osteomielit;
- intraabdominal infeksiyalar;
- ayollarda jinsiy a‘zolar infeksiyalari.
Katta yoshdagi shaxslarda yirik jarrohlik aralashuvlari, shu jumladan quyidagi sohalarda o‘tkazilgan operasiyalar bilan bog‘liq infeksiyalarni oldini olish:
- me‘da-ichak yo‘llari;
- chanoq bo‘shlig‘i;
- bosh va bo‘yin;
- o‘t chiqarish yo‘llari.
Antibakterial preparatlarni muvofiq ravishda qo‘llash bo‘yicha rasmiy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar dozasi alohida komponentining miqdoriga mos kelishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, dozalar amoksisillin/klavulanat kislotasining miqdorini ko‘rsatadi.
Alohida infeksiyalarni davolash uchun Amoksiklavning dozasini tanlash quyidagi omillarga asoslanishi kerak:
- taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar va ularni antibakterial preparatlarga sezuvchanligi;
- infeksiyaning og‘irligi va joylashishi;
- yoshi, tana vazni va buyraklar funksiyasi, keyinroq ko‘rsatilgan.
Amoksiklavning boshqa dori shakllarini (masalan, amoksisillinning yuqoriroq dozalari va/yoki amoksisillin/klavulanat kislotasining boshqacha nisbati) qo‘llash mumkinligi zaruratga qarab ko‘rib chiqiladi.
Amoksiklavni ushbu dori shakli quyida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq qo‘llanganida amoksisillinning umumiy sutkalik dozasi 3000 mg va klavulanat kislotasiniki 600 mg bo‘lishini ta‘minlaydi. Amoksisillinning yuqori sutkalik dozalarini qo‘llash zarurati bo‘lganida, klavulanat kislotasining ko‘zda tutilmagan yuqori sutkalik dozalarini yuborishni oldini olish maqsadida, amoksisillin/klavulanat kislotasining vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shaklini tanlash tavsiya qilinadi.
Davolash davomiyligi pasientning davolashga javob reaksiyasiga qarab aniqlanadi. Ayrim infeksiyalar (masalan, osteomielit) uzoqroq davolashni talab etadi. Davolash davomiyligi o‘zgartirishsiz 14 kundan oshmasligi kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidagi davolash davomiyligi haqidagi ma‘lumotga qarang).
Amoksisillin/klavulanat kislotasini yuborish tez-tezligi bo‘yicha mahalliy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bolalar
“Qo‘llanilishi” bo‘limida keltirilgan infeksiyalarni davolash: 1000 mg/200 mg dan har 8 soatda yuboriladi.
Intraoperasion profilaktika
Davomiyligi 1 soatdan kam bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda yuboriladi (vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shakllari hisobiga 2000 mg/200 mg dozaga erishish mumkin). Davomiyligi 1 soatdan ortiq bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda, 24 soat davomida 1000 mg/200 mg dozada maksimum uch marta yuboriladi. Operasiya vaqtida infeksiyaning aniq klinik belgilarini aniqlash operasiyadan keyingi davrda antibiotiklarni vena ichiga yuborish yoki og‘iz orqali qabul qilishni odatdagi kursini o‘tkazish zarurati bilan ifodalanadi.
Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar
Tavsiya qilingan dozalari:
- 3 oylik va undan katta bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 8 soatda yuboriladi.
- 3 oylikkacha yoki tana vazni 4 kg dan kam bo‘lgan bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi.
Keksa yoshdagi pasientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi
Dozaga tuzatish kiritish amoksisillinni tavsiya qilingan maksimal darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Kreatinin klirensi ko‘rsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lgan pasientlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bo‘lgan bolalar
KK: minutiga 10-30 ml | Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan kuniga ikki marta yuboriladi. |
KK: <10 ml/min | Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda yuboriladi. |
Gemodializ | Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida qo‘shimcha 500 mg/100 mg doza (zardobda amoksisillin va klavulanat kislotasining konsentrasiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi. |
Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar
KK: minutiga 10-30 ml | Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi. |
KK: <10 ml/min | Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda yuboriladi. |
Gemodializ | Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida tana vazniga qo‘shimcha 12,5 mg/2,5 mg doza (zardobda amoksisillin va klavulan kislotasining konsentrasiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi. |
Jigar yetishmovchiligi
Davolash ehtiyotkorlik bilan olib boriladi. Jigar funksiyasini muntazam ravishda monitoring qilish shart (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).
Qo‘llash usuli
Vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.
Preparat venaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3-4 minut davomida vena ichiga sekin in‘eksiya ko‘rinishida yoki tomchilagich orqali 30-40 minut davomida infuziya ko‘rinishida yuboriladi.
Amoksiklav mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan.
3 oylikdan kichik bo‘lgan bolalarga Amoksiklavni faqat infuziya holida yuborish mumkin. Amoksiklav bilan davolashni vena ichiga yuboriladigan dori shakli bilan boshlash mumkin, agar konkret bir pasient uchun maqsadga muvofiq deb hisoblansa, peroral dori shakli bilan tugatish mumkin.
Vena ichiga in‘eksiya uchun
Amoksiklav 1000 mg/200 mg: flakonning ichidagisi in‘eksiya uchun 20 ml hajmdagi suv bilan suyultiriladi.
Suyultirilgan eritma och-sariq rangda bo‘ladi.
Vena ichiga yuboriladigan in‘eksiyalar suyultirilgandan so‘ng 20 minut davomida sekin yuboriladi. Vena ichiga yuborish uchun faqat tiniq eritma yaroqlidir.
Vena ichiga infuziya uchun
Amoksiklavni 1000 mg/200 mg suyultirilgan eritmasi (20 ml in‘eksiya uchun suvda) 100 ml infuzion eritmaga qo‘shiladi.
Suyultirilgan eritma och-sariq rangda bo‘ladi.
Tayyorlangan eritmani kimyoviy va fizikaviy turg‘unligi 250 S haroratda 3-4 soat, 50 S haroratda 8 soat davomida saqlanadi. Mikrobiologik nuqtai nazaridan vena ichiga infuziya uchun tayyorlangan eritmani darhol qo‘llash kerak. Infuziyani davomiyligi taxminan 30-40 minutni tashkil etadi.
Nomutanosibligi
Dori vositasini qon va uning hosilalari, oqsil gidrolizatlari yoki vena ichiga yuboriladigan lipid emulsiyalariga o‘xshash boshqa oqsil suyuqliklari bilan aralashtirish mumkin emas. Agar Amoksiklav aminoglikozidlar bilan birga buyurilsa, antibiotiklarni bitta shprisda, tomchilagichda yoki turli xil boshqa infuzion sistemalarda aralashtirish mumkin emas, chunki bu sharoitda aminoglikozidlarning faolligi yo‘qolishi ro‘y berishi mumkin.
Amoksiklavni barqarorligi glyukoza, dekstran yoki bikarbonatlarni saqlaydigan infuzion eritmalarda kamroq.
Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.
Amoksisillinni aminoglikozidlarga nisbatan faolsizlantiruvchi ta‘siri sababli, ularni in vitro sharoitida aralashtirishdan saqlanish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi mezonlardan foydalanilgan:
Juda tez-tez (≥1/10),
Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha),
Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha),
Kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha),
Juda kam hollarda (<1/10000),
Tez-tezligi noma‘lum (ma‘lum bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).
Eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalarga diareya, ko‘ngil aynishi va qusish kiradi.
Infeksion va parazitar kasalliklar
Tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi;
Tez-tezligi noma‘lum: sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishi;
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombositopeniya;
Tez-tezligi noma‘lum: qaytuvchan agranulositoz, gemolitik anemiya, qon ketish vaqti va protrombin vaqtini uzayishi;
Immun tizim tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma‘lum: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligiga o‘xshash sindrom, o‘ta yuqori sezuvchanlik vaskuliti;
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i;
Tez-tezligi noma‘lum: tirishishlar;
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: diareya;
Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqatni hazm bo‘lmasligi;
Tez-tezligi noma‘lum: antibiotiklarni qo‘llanishi oqibatidagi qo‘zg‘atgan kolit (shu jumladan, soxtamembranoz kolit va gemorragik kolit, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: AST va ALT darajalarini oshishi (o‘rtacha oshishi beta-laktam antibiotiklarini qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan, biroq bu kuzatishlarni qiymati noma‘lum);
Tez-tezligi noma‘lum: gepatit, xolestatik sariqlik (bu nojo‘ya ko‘rinishlar boshqa penisillinlar va sefalosporinlarni qo‘llash fonida kuzatilgan, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Terida har qanday o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari”ga qarang);
Tez-tez emas: teri toshmalari, qichishishi, eshakemi;
Kam hollarda: ko‘p shaklli eritema;
Tez-tezligi noma‘lum: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz eksfoliativ dermatit, o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulez (O‘TEP) (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma‘lum: interstisial nefrit, kristalluriya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatni faol moddalariga yoki har qanday penisillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
- Boshqa beta-laktam preparatlariga (masalan, sefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlarga) zudlik bilan kechuvchi (masalan, anafilaksiya) o‘ta yuqori sezuvchanlik og‘ir reaksiyalari.
- Sariqlik yoki anamnezida amoksisillin/klavulanat kislotasini qo‘llash fonidagi jigarni boshqa shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Peroral antikoagulyantlar
Amoksisillin bilan davolash kursi fonida asenokumarol yoki varfarin bilan tutib turuvchi davolanayotgan pasientlarda xalqaro normallashtirilgan nisbatni oshish hollari ta‘riflangan. Bir vaqtda buyurish zarurati tug‘ilganda davolashni boshlash vaqtida va amoksisillin bekor qilinganida protrombin vaqti yoki xalqaro normallashtirilgan nisbatni sinchiklab monitoring qilish kerak. Bundan tashqari, peroral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
Metotreksat
Penisillinlar metotreksatni ajralishini pasaytirishi mumkin, bu zaharlanishni kuchayishi bilan kechadi.
Probenesid
Probenesidni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Probenesid buyrak kanalchalarida amoksisillinni sekresiyasini pasaytiradi. Probenesidni Amoksiklav bilan bir vaqtda qo‘llash qonda amoksisillinning darajasini (ammo klavulanat kislotasini emas) va ularni uzoq vaqt ushlanib qolishiga olib kelishi mumkin.
Mikofenolat mofetili
Mikofenolat mofetili qabul qiluvchi pasientlarda amoksisillin va klavulanat kislotasi preparatini peroral qo‘llash boshlangandan so‘ng metofenil kislotalarini (MFK) faol metabolitlarini konsentrasiyasi taxminan 50% ga pasaygani mikofenolat mofetilini keyingi dozalarini qabul qilishdan oldin kuzatilgan. Bunday MFK konsentrasiyalarini navbatdagi dozalarni qabul qilishdan oldin o‘zgarishi MFK ning umumiy ekspozisiyasini o‘zgarishi haqida guvohlik bermaydi. Shu bilan bir qatorda, transplantat disfunksiyasini klinik belgilari bo‘lmaganda odatda mikofenolat mofetilni dozasini o‘zgatirishga zarurat yo‘q. Shunga qaramay, mana shunday majmuaviy davolash vaqtida va antibiotik bilan davolash tugagandan biroz vaqt o‘tgandan keyin sinchkov tibbiy kuzatuv olib borish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Amoksisillin/klavulanat kislotasi bilan davolashni boshlashdan oldin penisillinlar, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini borligi yuzasidan anamnezni sinchkovlik bilan yig‘ish kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Nojo‘ya ta‘sirlari” ga qarang).
Penisillinlar bilan davolash fonida jiddiy va davriy o‘limga olib keluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktoid reaksiyalar) kuzatilgan. Ular ko‘proq anamnezida atopiyasi va penisillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda rivojlanadi. Allergik reaksiyalar rivojlanganida Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatish va boshqa muvofiq keluvchi antibakterial preparatlarni buyurish kerak.
Amoksisillinga infeksiya qo‘zg‘atuvchilarni sezuvchanligi isbotlangan hollarda rasmiy qo‘llanmalarga muvofiq Amoksiklavdan amoksisillinga o‘tish variantini ko‘rib chiqish kerak.
Agar taxmin qilinayotgan qo‘zg‘atuvchilar klavulanat kislotasining ingibisiya qiluvchi ta‘siriga sezgir, beta-laktamazalar bilan bog‘liq bo‘lmagan, beta-laktam preparatlarga rezistentlik xavfi yuqori bo‘lsa, preparatning ushbu dori shakli qo‘llash uchun yaroqsizdir.
T>MBK uchun aniq ma‘lumotlarni yo‘qligi, shuningdek solishtirib bo‘ladigan dori shakllari uchun ma‘lumotlarni cheklanganligi sababli, ushbu dori shakli (amoksisillinni qo‘shimcha yubormasdan) penisillinga chidamli S.pneumoniae chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun yaroqli emas.
Buyraklar funksiyasi buzilishi bo‘lgan yoki preparatning yuqori dozalari bilan davolanayotgan pasientlarda tirishishlar rivojlanishi mumkin.
Infeksion mononukleozga gumon qilingan hollarda, Amoksiklav bilan davolashga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki ko‘rsatilgan kasallik fonida amoksisillin qo‘llangandan so‘ng qizamiqqa o‘xshash toshmalarni paydo bo‘lishi kuzatilgan.
Amoksisillin bilan davolash vaqtida allopurinolni yondosh qo‘llanilishi terida allergik reaksiyalarni rivojlanish ehtimolini potensial oshiradi.
Preparatni davomli qo‘llash sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
Davolashni boshida isitmali va pustulalar hosil bo‘ladigan tarqoq eritemani rivojlanishi o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulyozning (O‘TEP) potensial simptomi hisoblanadi (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang). Bunday reaksiya Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatishni talab qiladi va keyinchalik amoksisillinni yuborishga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparat bilan davolash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
Jigar tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya ko‘rinishlar asosan erkaklar va keksa yoshdagi pasientlarda kuzatilgan va uzoq muddatli davolash bilan potensial bog‘liq bo‘lgan. Bu noxush ko‘rinishlar juda kam hollarda bolalarda kuzatilgan. Barcha guruh pasientlarda belgilar va simptomlar odatda davolash vaqtida yoki davolashdan so‘ng qisqa muddatda kuzatiladi, biroq ayrim hollarda ular davolash to‘xtatilganidan so‘ng bir necha hafta davomida namoyon bo‘ladi. Odatda ular qaytuvchan xarakterga ega. Jigar tomonidan og‘ir noxush ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin, juda kam hollarda o‘lim hollari kuzatilgan. Ular deyarli hamisha jiddiy asosiy kasalliklari bo‘lgan yoki jigarni shikastlash qobiliyatiga ega yondosh dori preparatlarni qabul qilgan pasientlar orasida kuzatilgan (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang).
Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan amoksisillin bilan davolash fonida kuzatiladigan antibiotikni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit hollarida og‘irligi bo‘yicha yengildan hayotga xavf soluvchi darajagacha bo‘lishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang). Bu tashhisni diareya bo‘lgan pasientlarda antibiotiklar bilan davolash vaqtida yoki har qanday davolash kursi tugaganidan so‘ng taxmin qilish muhimdir. Antibiotiklarni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit rivojlanganda Amoksiklav bilan davolash darhol to‘xtatiladi; shifokorga murojaat qilinadi va tegishli davolash o‘tkaziladi. Ushbu vaziyatlarda ichak peristaltikasini susaytiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas.
Uzoq muddat davolash vaqtida turli a‘zolar tizimini, shu jumladan, buyraklar, jigar va qon yaratish a‘zolari funksiyasini vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya qilinadi.
Preparatni qabul qilish fonida kam hollarda protrombin vaqtini uzayishi kuzatilgan. Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda albatta qon ivishini nazorat qilish zarur. Antikoagulyasiyani kutilgan darajasiga erishish uchun peroral antikoagulyantlarning dozalarini tuzatish talab qilinishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, yetishmovchilik darajasiga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).
Diurezi pasaygan pasientlarda kam hollarda, asosan parenteral davolash fonida kristalluriya kuzatilgan. Amoksisillinning yuqori dozalari bilan davolash vaqtida amoksisillinni qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriyani rivojlanish ehtimolini pasaytirish maqsadida yetarli miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilingan. Qovug‘iga kateter o‘rnatilgan pasientlarda uning o‘tkazuvchanligini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Amoksisillin bilan davolash vaqtida siydikdagi gulyukoza darajasini baholash fermentativ usullar yordamida glyukozooksidaza bilan o‘tkaziladi, chunki nofermentativ usullar ba‘zan yolg‘on musbat natijalarni berishi mumkin.
Amoksiklav tarkibida klavulanat kislotasini bo‘lishi IgG va albuminni eritrositlarning membranalari bilan nospesifik bog‘lanishini chaqirishi mumkin, bu Kumbs sinamasining yolg‘on musbat natijalariga sabab bo‘lishi mumkin.
Preparatni qabul qiluvchi pasientlarda Aspergillus ga o‘tkazilgan immunoferment tahlilida (IFA) musbat natijalari hollari ham kuzatilgan, keyinchalik Aspergillus infeksiyasi chaqirmaganligi aniqlangan. Aspergillus ga IFA testi doirasida noaspergilyoz polisaxaridlar va polifuranozalar bilan kesishgan reaksiyalar kuzatilgan. Amoksiklav qabul qilayotgan pasientlarda tahlillarni musbat natijalarini ehtiyotkorlik bilan tahlil qilish va boshqa diagnostika usullari bilan tasdiqlanishi kerak.
Amoksiklav 1000 mg/200 mg in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun 1 mmol (39 mg) kaliy saqlaydi. Buni buyraklar funksiyasi susaygan pasientlarda yoki kaliyning miqdorini nazorat qilinuvchi parhezga rioya qiladigan pasientlarda inobatga olish kerak.
Amoksiklav 1000 mg/200 mg in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun taxminan 2,7 mmol (63 mg) natriy saqlaydi. Buni natriyning miqdori nazorat qilinuvchi parhezga rioya qiladigan pasientlarda inobatga olish kerak.
Homiladorlik va emizish
Preparatni qo‘llash bo‘yicha cheklangan ma‘lumotlar homiladorlik davrida tug‘ma nuqsonlarni rivojlanish xavfi oshishini ko‘rsatmaydi.
Homila pardalarini muddatidan oldin yorilishi kuzatilgan ayollarda amoksisillin/klavulanat kislotasi bilan profilaktik davolash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning yuqori xavfi bilan potensial bog‘liqligi aniqlangan. Shifokor homiladorlik davrida davolash zarur deb hisoblamasa, preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Har ikkala faol moddasi ko‘krak suti bilan ajraladi (emizikli bolalarga klavulanat kislotasining ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q). Emizikli bolalarda diareya va shilliq qavatlarni zamburug‘li infeksiyalari rivojlanishi mumkin, bu emizishni to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Emizish davrida shifokor tomonidan foyda va xavf nisbati baholangandan so‘ng preparat bilan davolash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Transport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan. Biroq transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga potensial ta‘sir etuvchi nojo‘ya samaralar (masalan, allergik reaksiyalar, bosh aylanishi, tirishishlar) rivojlanishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, shuningdek suv-elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin. Ba‘zan buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi, amoksisillin qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriya kuzatilgan.
Buyraklar funksiyasi buzilishi bo‘lgan yoki yuqori dozalarda davolangan pasientlarda tirishishlar kuzatilishi mumkin.
Amoksisillinni asosan vena ichiga yuqori dozalarda yuborilganidan so‘ng siydik kateterlarida cho‘kmalari hosil bo‘ladi. Kateterlarning o‘tkazuvchanligini muntazam nazorat qilish kerak.
Me‘da-ichak yo‘llarini tomonidan buzilishlar simptomatik davolaniladi, bunda asosiy e‘tiborni suv-elektrolit muvozanatini tiklashga qaratish kerak.
Amoksisillin va klavulanat kislotasi organizmdan gemodializ yo‘li bilan chiqarilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Amoksiklav 1000 mg/200 mg in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun, kauchuk tiqinlar bilan berkitilgan, itarib ochiladigan plastik qaytarma qopqoqli alyumin qalpoqchalar bilan siqilgan flakonlarga qadoqlangan, 5 donadan qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Suyultirilgan eritmalarni muzlatish mumkin emas.
Suyultirilgan eritmalarni barqarorligi (turli infuzion muhitlarda):
Vena ichiga yuboriladigan infuzion muhitlar | 25oS dagi barqarorligi | 5oS dagi barqarorligi |
In‘eksiya uchun suv | 4 soat | 8 soat |
Vena ichiga infuziya qilish uchun 0,9% li natriy xloridi | 4 soat | 8 soat |
Vena ichiga infuziya qilish uchun Ringer laktat eritmasi | 3 soat | |
Kaliy xloridi (1 M) yoki natriy xloridi (1 M) eritmasi | 3 soat |
Amoksiklav eritmasini 5oS da saqlash uchun oldindan sovutilgan infuzion qopchalarga in‘eksion suv yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan joylanadi, shundan so‘ng 5oS da 8 soatgacha saqlash mumkin. Eritma xona haroratiga yetganidan so‘ng darhol infuziya qilinadi.
Vena ichiga yuborish uchun in‘eksion Amoksiklav eritmalarini barqarorligi konsentrasiyaga bog‘liq. Yuqori konsentrlangan eritmalar ishlatilganda, barqarorlik davri mos hollatda aniqlanishi kerak.
Glyukoza, dekstran yoki bikarbonatlarni saqlovchi eritmalarda Amoksiklavni vena ichiga yuborish uchun in‘eksiyasini barqarorligi kamroq.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Faqat stasionar sharoitida qo‘llash uchun.
TAVSIF
Oq yoki oppoq rangli, oval, ikki qavariq, qirrasi qirrali, plyonka bilan qoplangan, bir tomoni qirrali va “875/125”, ikkinchi tomonida “AMC” yozuvi bor tabletkalar. Teshik tabletkani yutish qulayligi uchun sindirish va teng dozalarga bo'linmaslik uchun mo'ljallangan.
Tarkibi:
Faol moddalar: amoksitsillin va klavulan kislotasi.
Har bir tabletkada 875 mg amoksitsillin trihidrat va 125 mg klavulan kislotasi kaliy tuzi (7:1 nisbatda) mavjud.
Yordamchi moddalar
Yadro: kolloid suvsiz kremniy dioksidi, krospovidon, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, mikrokristalin tsellyuloza; qobiq: gidroksipropil tsellyuloza, etil tsellyuloza, polisorbat 80, trietil sitrat, talk, titan dioksidi E171.
Chiqarilish shakli
10 (2x5) yoki 14 (2x7) tabletkadan blisterlar (alyuminiy/alyuminiy folga) qutida.
Amoksitsillin rezistent bakteriyalar tomonidan sintezlanadigan beta-laktamazlar ta’siri ostida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaradigan mikroorganizmlarga nisbatan faol emas. Klavulan kislotasi tuzilishi jihatidan penitsillinlarga o‘xshash beta-laktam hisoblanadi. U ayrim beta-laktamazlarni bosadi va amoksitsillin inaktivatsiyasi oldini oladi. Klavulan kislotasi alohida o‘zi klinik foydali antibakterial ta’sir ko‘rsatmaydi.
Minimal bosuvchi konsentratsiyadan yuqori konsentratsiyani saqlash vaqti (T> MBK) amoksitsillin samaradorligining asosiy aniqlovchisi hisoblanadi.
Mikroorganizmlarning ayrim turlari uchun rezistentlikni tarqalishi geografik va vaqt bog‘liqligi bilan xarakterlanadi, shu sababli davolashni boshlashdan oldin, ayniqsa og‘ir infeksiyalarda antibiotikka chidamlilik bo‘yicha mahalliy ma’lumotlarni olish maqsadga muvofiqdir.
Ayrim xollarda antibiotiklarga rezistentlik xususidagi mahalliy ko‘rsatkichlar hech bo‘lmaganda ba’zi turdagi infeksiyalarda, preparatning foydasi shubha ostida bo‘lgan hollarda, yordam uchun tegishli mutaxassislarga murojaat qilish kerak.
Odatdagi sezuvchan turlari
Gram-musbat aeroblar: Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Staphylococcus aureus (metitsillin-sezuvchan shtammlar)*, koagulaza-manfiy stafilokokklar (metitsillin-sezuvchan), Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae1, Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptokokklar, viridans streptokokklar guruhi.
Gram-manfiy aeroblar: Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Haemophilus influenzae2, Moraxella catarrhalis, Pasteurella multocida.
Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp.
Orttirilgan rezistentlik kuchayishi ehtimoliga ega turlari
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium#.
Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris.
Tabiiy rezistentlikka ega turlari
Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp., Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Legionella pneumophila, Morganela morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomonas maltophilia.
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydophila pneumoniae, Clamydophila psittaci, Coxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae.
# Orttirilgan rezistentlik mexanizmi yo‘qligida tabiiy oraliq sezuvchanlik.
* Barcha metitsillin-rezistentli stafilokokklar amoksitsillin/ klavulan kislotasiga rezistentli hisoblanadi.
1 Ushbu preparat penitsillinga rezistentli Streptococcus pneumoniae tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
2 Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlarida 10% dan yuqori tez-tezlikda uchraydigan, sezuvchanligi past shtammlari aniqlangan.
Namlikdan himoyalangan joyda, 25 ºС dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.
Amoksitsillin asosan katta dozalarni tomir ichiga yuborishdan keyin siydik kateterlarida cho'kadi. Kateterlarning o'tkazuvchanligini muntazam ravishda kuzatib borish kerak.
Gastrointestinal simptomlar uchun suyuqlik va elektrolitlar muvozanatini tiklash bilan birga simptomatik davolash o'tkazilishi mumkin.
Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda va preparatning yuqori dozalarini olgan bemorlarda konvulsiyalar rivojlanishi mumkin.
Amoksitsillin va klavulan kislotasi gemodializ orqali tanadan chiqarilishi mumkin.