Nimesil analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar



Nimesil
Preparat simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi, ya’ni qo‘llash vaqtida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytiradi.
• o‘tkir og‘riqlarni davolash (bel, bel sohasidagi og‘riq; suyak-mushak tizimidagi og‘riq sindromi, shu jumladan travmalar, bog‘lamlar cho‘zilishi va bo‘g‘imlar chiqishi, tendenitlar, bursitlar; tish og‘rig‘i);
• og‘riq sindromi bilan kechuvchi osteoartrozni simptomatik davolash;
• algodismenoreya (hayz davridagi og‘riqlar).
Ushbu preparat, har qanday boshqa dori preparati kabi nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin, garchi hamma pasientlarda bo‘lmasa ham.
NYAQP larga eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlarga me‘da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalar kiradi. Peptik yaralar, ba‘zida hayotga xavf soluvchi, ayniqsa keksa pasientlarda me‘da-ichak yo‘llarida perforasiya yoki qon ketishi paydo bo‘lishi rivojlanishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qaralsin). Eng kam hollarda gastritlar kuzatilgan.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan davolash bilan bog‘liq reaksiya sifatida shishlarni paydo bo‘lishi (organizmda suyuqlikning to‘planishi), arterial bosimni oshishi va yurak yetishmovchiligi to‘g‘risida xabar berilgan.
NYAQP ga terini qizarishi va pufakchalarni hosil bo‘lishi, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz bilan kechuvchi jiddiy teri reaksiyalarining juda kam hollari to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud.
Ushbu turdagi preparatlarni qabul qilish yurak xuruji (miokard infarti) yoki insultning xavfini biroz oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Quyida keltirilgan qiymatlar nojo‘ya ta‘sirlarining paydo bo‘lishi tez-tezligini baholashga asos sifatida qabul qilingan:
| Juda tez-tez: 10 davolangan pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida |
| Tez-tez: 10 pasientlardan 1 dan kam holat, ammo 100 davolangan
pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida |
| Ba‘zida: 100 pasientlardan 1 dan kam holat, ammo 1000 davolangan
pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida |
| Kam hollarda: 1000 pasientlardan 1 dan kam holat, ammo 10000 davolangan
pasientlardan 1 nafaridan ko‘pida |
| Juda kam: 10000 davolangan pasientlardan 1 dan kam holat, ma‘lum emas
(mavjud ma‘lumotlar asosida baholashning imkoniyati yo‘q) |
| Qon tomir va limfatik tizim tomonidan buzilishlar | Kam hollarda | Eritrositlar miqdorini kamayishi (anemiya)
Ayrim oq qon xujayralarining miqdorini oshishi (eozinofiliya) |
| Juda kam hollarda | Trombositopeniya (qonda trombositlar miqdorini kamayishi)
Qon xujayralarining barcha turlari miqdorini kamayishi (pansitopeniya) Lokalizasiyalangan teridan qon ketishlari (purpura) |
|
| Immun tizimi tomonidan buzilishlar | Kam hollarda | Allergik reaksiyalar |
| Juda kam hollarda | Og‘ir allergik reaksiyalar (anafilaksiya) | |
| Metabolizm va ovqatla-nishning buzilishlari | Kam hollarda | Qonda kaliy miqdorini oshishi (giperkaliemiya) |
| Ruxiy buzilishlar | Kam hollarda | Qo‘rquv hissi
Asabiylik Tungi dahshatli tush ko‘rishlar |
| Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Ba‘zi hollarda | Bosh aylanishi |
| Juda kam hollarda | Bosh og‘rig‘i
Uyquchanlik Miya kasalligining ayrim shakli (ensefalopatiya, shu jumladan, Reye sindromi) |
|
| Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar | Kam hollarda | Noaniq ko‘rish |
| Juda kam hollarda | Ko‘rishni buzilishi | |
| Eshitish a‘zolari va labirint apparati tomonidan buzilishlar | Juda kam hollarda | Bosh aylanishi |
| Yurak tomonidan buzilishlar | Kam hollarda | Pulsni tezlashishi (taxikardiya) |
| Tomirli buzilishlari | Ba‘zi hollarda | Qon bosimni oshishi |
| Kam hollarda | Qon quyilishlari
Qon bosimini o‘zgaruvchanligi «Qizish» hissi |
|
| Nafas yo‘llari,ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar | Ba‘zi hollarda | Nafasni qiyinlashishi |
| Juda kam hollarda | Astma
Bronxospazm |
|
| Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar | Tez-tez | Diareya
Ko‘ngil aynishi Qusish |
| Ba‘zi hollarda | Qabziyat
Meteorizm Me‘da-ichakdan qon ketishi O‘n ikki barmoqli ichak yoki me‘daning yarasi va uning perforasiyasi |
|
| Juda kam hollarda | Me‘daning shilliq qavatini yallig‘lanishi (gastrit)
Qorinda og‘riq Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi Og‘izning shilliq qavatini yallig‘lanishi, shu jumladan yaralarni hosil bo‘lishi Qora moysimon ich kelishi |
|
| Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar («Nimesil preparatini qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qaralsin) | Juda kam | Jigarni yallig‘lanishi (gepatit)
Yashin tezligidagi va kuchli gepatit (shu jumladan o‘lim bilan tugovchi) Sariqlik Safro chiqarilishini buzilishi (xolestaz) |
| Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar | Ba‘zi hollarda | Qichishish
Toshma Kuchli terlash |
| Kam hollarda | Eritema
Dermatit |
|
| Juda kam hollarda | Eshakemi
To‘qimalarni shishi (angionevrotik shish) Yuzni shishi Og‘ir teri reaksiyalari (ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) |
|
| Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlari | Kam hollarda | Siyishni qiyinlashishi
Siydikda qon |
| Juda kam hollarda | Siyishni tutilishi
Buyrak yetishmovchiligi Oliguriya Buyrak to‘qimasini yallig‘lanishi (interstisial nefrit) |
|
| Preparatga mahalliy reaksiyalar va umumiy buzilishlar | Ba‘zi hollarda | To‘qimalarda suyuqlikni to‘planishi (shish) |
| Kam hollarda | Kuchsizlanish
Holsizlik |
|
| Juda kam hollarda | Tananing anomal past harorati (gipotermiya) |
Nojo‘ya ta‘sirlar kuchayganida yoki ushbu ilova varaqada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida, bu haqda davolovchi shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Retseptli
- Granulalar
Nimika
Retseptli
- Tabletkalar
Zevsid
Retseptli
- Tabletkalar


























