Ташкент
logo
SavatKirish

NIMESULID 0,1 tabletkalari N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Nimesulid
Ishlab chiqaruvchi:AVVA RUS AO
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:M01AX17
Barcha Nimesulid dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

NIMESULID 0,1 tabletkalari N10 o'xshash dorilari

MOVEDEKS eritma 2 ml 50 mg/2 ml N6
Retseptli
MOVEDEKS eritma 2 ml 50 mg/2 ml N6
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
VEM Ilac San. Ve Tic, A.S.
ETOKSIB tabletkalari 60mg N7
Retseptli
ETOKSIB tabletkalari 60mg N7
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
NIMEFAST poroshok dlya suspenzii so vkusom apelsina 100mg N30
NIMEFAST poroshok dlya suspenzii so vkusom apelsina 100mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio pharmaceuticals LTD.
•25 ta dorixonada bor
Narxi
90 000 so'm dan
XONDROKSID maz 30g 5%
Retseptsiz
XONDROKSID maz 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
Narxi
75 000 so'm dan

NIMESULID 0,1 tabletkalari N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ichga qabul qilinganda absorbsiya - yuqori. Ovqat qabul qilish so'rilish tezligini pasaytiradi, uning darajasiga ta'sir qilmaydi. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) - 1,5-2,5 soat.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 95% ni, eritrotsitlar bilan - 2% ni, lipoproteinlar bilan - 1% ni, kislotali alfa1-glikoproteidlar bilan - 1% ni tashkil qiladi.

Preparat dozasining o'zgarishi uning qon oqsillari bilan bog'lanish darajasiga ta'sir qilmaydi. Nimesulidning qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasi (Smax) - 3,5-6,5 mg/l. Taqsimlanish hajmi - 0,19-0,35 l/kg. Ayollar jinsiy organlari to'qimalariga kirib boradi, u yerda bir marta qabul qilingandan so'ng uning konsentratsiyasi plazmadagi konsentratsiyaning taxminan 40% ini tashkil qiladi. Yallig'lanish o'chog'ining kislotali muhitiga (40%), sinovial suyuqlikka (43%) yaxshi kirib boradi. Gistoematik to'siqlar orqali oson o'tadi.

Metabolizmi

Jigarda to'qima monooksigenazalari tomonidan metabolizmga uchraydi.

Asosiy metabolit - 4-gidroksinimesulid (25%) o'xshash farmakologik faollikka ega, ammo, molekulalar o'lchamining kichrayishi tufayli, SOG-2 ning gidrofob kanali bo'ylab metil guruhining faol bog'lanish markaziga diffuziyalanishga qodir.

Chiqarilishi

Nimesulidning yarim chiqarilish davri (Т1/2) 1,56-4,95 soatni, 4-gidroksinimesulidniki - 2,89-4,78 soatni tashkil qiladi. 4-gidroksinimesulid buyraklar orqali (65%) va safro bilan (35%) chiqariladi, enterogepatik retsirkulyatsiyaga uchraydi.

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 1,8 - 4,8 l/soat yoki 30-80 ml/daq), shuningdek bolalar va keksa yoshdagi shaxslarda nimesulidning farmakokinetik profili sezilarli darajada o'zgarmaydi.

Farmakologik ta'siri

Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya ta’sirlar tezligi uchrash tezligiga qarab tasniflanadi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez - (≥ 1/100 dan
Allergik reaksiyalar: kam hollarda - o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari; juda kam hollarda - anafilaktoid reaksiyalar.

Markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez emas - bosh aylanishi; kam hollarda - qo‘rquv hissi, asabiylik, "dahshatli" tush ko‘rishlar; juda kam hollarda - bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, entsefalopatiya (Reye sindromi).

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas - qichishish, toshma, terlashning kuchayishi; kam hollarda - eritema, dermatit; juda kam hollarda - eshakemi, angionevrotik shish, yuz shishi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, shu jumladan Stiven-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas - shishlar; kam hollarda - dizuriya, gematuriya, siydik tutilishi, giperkaliemiya; juda kam hollarda - buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, interstitsial nefrit.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez - diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tez emas - qabziyat, meteorizm, gastrit; juda kam hollarda - qorinda og‘riq, stomatit, qora axlat, me’da-ichakdan qon ketishi, 12 barmoqli ichak va/yoki me’da yarasi va/yoki perforatsiyasi.

Jigar va o‘t chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez - "jigar" transaminazalarining oshishi; juda kam hollarda - gepatit, yashin tezligidagi gepatit, sariqlik, xolestaz.

Qon yaratish a’zolari tomonidan: kam hollarda - anemiya, eozinofiliya; juda kam hollarda - trombotsitopeniya, pantsitopeniya, purpura, qon ketish vaqtining uzayishi.

Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez emas - hansirash; juda kam hollarda - bronxial astma zo‘rayishi, bronxospazm.

Sezgi a’zolari tomonidan: kam hollarda - ko‘rish noaniqligi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - arterial bosimning oshishi; kam hollarda - taxikardiya, yurak urishini his qilish, gemorragiyalar, "qizib ketish", yurak urishini his qilish.

Boshqalar: kam hollarda - umumiy holsizlik; juda kam hollarda - gipotermiya, asteniya, giperkaliemiya.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya effektlar kuchaysa, yoki siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa har qanday nojo‘ya effektlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Nimesulid qisman buyraklar orqali chiqarilishi sababli, buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan bemorlar uchun kreatinin klirensi ko'rsatkichlariga qarab preparat dozasini kamaytirish kerak. Kreatinin klirensi pasayganda davolashni to'xtatish kerak.

Boshqa NYQP qabul qilayotgan bemorlarda ko'rish buzilishi haqidagi xabarlarni hisobga olib, davolash darhol to'xtatilishi kerak. Agar har qanday ko'rish buzilishi namoyon bo'lsa, bemor shifokor-okulist ko'rigiga yuborilishi kerak.

Preparat to'qimalarda suyuqlik tutilishini chaqirish qobiliyatiga ega ekanligi sababli, yuqori arterial qon bosimi va yurak faoliyati buzilishlari bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.

Agar bemorlar nimesulid bilan bir qatorda oshqozon-ichak trakti uchun ultserogen ta'sir xos bo'lgan preparatlarni qabul qilsalar, ular muntazam shifokor nazorati ostida bo'lishlari kerak.

Preparatni boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (shu jumladan selektiv tsog-2 ingibitorlari) va narkotik bo'lmagan analgetiklar bilan bir vaqtda qo'llamaslik kerak.

Oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolashdan o'tayotgan va buning bilan birga nimesulid qabul qilayotgan bemorlar muntazam shifokor nazoratidan o'tishlari kerak.

NYQP qo'llanilganda oshqozon yoki ichak devorlaridan qon ketish, yaralanish va perforatsiya holatlari rivojlanishi mumkin. Ularning rivojlanish xavfi NYQP yuqori dozalari tayinlanganda, shuningdek anamnezida oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi bo'lgan bemorlar hamda keksa shaxslar qabul qilganda yuqori bo'ladi. Ushbu hollarda terapiya o'tkazish zarurati bo'lganda mizoprostol yoki proton pompasi ingibitorlarini birga qo'llash zarurati masalasini ko'rib chiqish kerak.

Preparatni ikki hafta qabul qilgandan so'ng jigar funktsiyalarining biokimyoviy ko'rsatkichlarini nazorat qilish zarur.

Jigar shikastlanishi belgilari (teri qichishishi, teri qoplamalari sarg'ayishi, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, siydikning to'q rangga kirishi, "jigar" transaminazalari darajasining oshishi) paydo bo'lganda preparat qabul qilishni to'xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak.

Bemorlar har qanday g'ayrioddiy abdominal simptomlar haqida shifokorga xabar berishlari kerakligi to'g'risida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak.

Preparat trombotsitlar xususiyatlarini o'zgartirishi mumkin, biroq yurak-qon tomir kasalliklarida atsetilsalitsil kislotasining profilaktik ta'sirini o'rnini bosmaydi.

Gemorragik diatezi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki u trombotsitlar agregatsiyasini pasaytirishi mumkin.

Preparatni qo'llash ayollar fertilligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin va homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Noxush ko'rinishlar yuzaga kelishi xavfini preparatning eng kichik samarali dozasini maksimal qisqa davr davomida qo'llash hisobiga kamaytirish mumkin.

Toshmaning birinchi belgilari, shilliq qavat shikastlanishlari yoki o'ta yuqori sezuvchanlikning boshqa ko'rinishlari paydo bo'lganda preparat bilan davolashni bekor qilish kerak.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat ko'rsatilgan qobiliyatlarga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan bosh aylanishi va boshqa nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Nimesulid va preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik (bronxial astma, burun yoki burun yondosh bo'shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYQPlarni o'zlashtira olmaslikning to'liq yoki to'liq bo'lmagan kombinatsiyasi (shu jumladan anamnezda);

- zo'rayish bosqichidagi me'da va o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining eroziv-yarali o'zgarishlari;

- o'tmishda oshqozon-ichakdan qon ketish yoki ichak devorlarining perforatsiyasi;

- ichakning yallig'lanish kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) zo'rayish fazasida;

- serebrovaskulyar qon ketish;

anamnezda qon ketish bilan kechgan qon ivishining buzilishi;

- gemofiliya;

- jigar yetishmovchiligi yoki har qanday faol jigar kasalligi;

- anamnezda nimesulid preparatlarini qo'llash fonida gepatotoksik reaktsiyalar rivojlanishi haqida ma'lumotlar mavjudligi;

- gepatotoksik moddalarni yo'ldosh qo'llash;

- alkogolizm;

- giyohvandlik;

- og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam);

- buyrak kasalligining zo'rayishi;

- homiladorlik;

- ko'krak suti bilan emizish davri;

- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar;

- dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi;

- qon ivishining yaqqol buzilishlari;

- tasdiqlangan giperkaliemiya;

- aortokoronar shuntlash o'tkazilgandan keyingi davr;

- nafas olish tizimining bronxoobstruktiv kasalliklari;

- tana haroratining yuqori bo'lishi bilan kechadigan shamollash kasalliklari.

Ehtiyotkorlik bilan:

Yurak ishemik kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo'yicha II-IV funksional sinf), serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalarning obliteratsiyalanuvchi kasalliklari, gemorragik diatiz, chekish, yengil va o'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK 30-60 ml/min), tizimli qizil yuguruk va boshqa autoimmun kasalliklar.

O'tmishda oshqozon-ichak traktining yarali shikastlanishi rivojlanishi haqida ma'lumotlar, Helicobacter pylori infektsiyasi mavjudligi.



Keksa yosh, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni uzoq vaqt qo'llash, alkogolni suiiste'mol qilish, chekish, og'ir somatik kasalliklar, antikoagulyantlar (masalan, varfarin), antiagregantlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), peroral glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon), serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar (masalan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) bilan yo'ldosh davolash.

Homiladorlik va laktatsiya:

Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi.

Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda nimesulidning embriotoksik va tokolitik ta'siri haqida ilmiy ma'lumotlar yo'q.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

- Nimesulidni salitsilatlar yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki me'da-ichak traktida yaralar hosil bo'lishi xavfi ortadi.

- Mifepriston qabul qilingandan keyin 8-12 kun davomida nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

- Tutqanoqqa qarshi preparatlar (valproat kislotasi), zamburug'ga qarshi preparatlar (ketokonazol), silga qarshi preparatlar (izoniazid), amiodaron, metotreksat, metildopa, klavulan kislotasi bilan amoksitsillin bir vaqtda qo'llanilganda gepatotoksik ta'sir kuchayishi mumkin.

- Nimesulidni varfarin kabi antikoagulyantlar bilan birga qabul qilmaslik kerak, chunki ularning qon ivishiga qarshi ta'siri kuchayadi. Qon ketish xavfi ortishi sababli, bunday kombinatsiya tavsiya etilmaydi va og'ir koagulyatsiya buzilishlari bo'lgan bemorlarga qarshi ko'rsatmalarga ega.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar gipotenziv preparatlarning ta'sirini kamaytirishi mumkin.

Yengil va o'rtacha og'irlikdagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 30-80 ml/min) APF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari va siklooksigenaza tizimini bostiruvchi vositalar (NYQV, antiagregantlar) bir vaqtda qo'llanilganda buyrak funksiyasining yanada yomonlashishi va o'tkir buyrak yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin, bu odatda qaytuvchan bo'ladi. Ushbu o'zaro ta'sirlar nimesulidni APF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan birgalikda qabul qilayotgan bemorlarda hisobga olinishi kerak. Shuning uchun ushbu preparatlarni bir vaqtda qo'llash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak, ayniqsa keksa bemorlarda. Bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik olishlari kerak va bir vaqtda qo'llash boshlangandan keyin buyrak funksiyasini diqqat bilan nazorat qilish kerak.

Nimesulid furosemidning ta'sirini kamaytirishi mumkin. Sog'lom ko'ngillilarda nimesulid vaqtincha furosemid ta'siri ostida natriy chiqarilishini kamaytiradi, kamroq darajada - kaliy chiqarilishini va diuretik ta'sirning o'zini kamaytiradi. Nimesulid va furosemidni bir vaqtda qo'llash buyrak yoki yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Nimesulid metotreksat bilan bir vaqtda qabul qilinganda nojo'ya ta'sirlar ehtimolini oshirishi mumkin.

Litiy preparatlari va nimesulid birgalikda qo'llanilganda plazmada litiy darajasi oshadi.

Nimesulid siklosporinning buyraklarga nefrotoksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Preparatni glyukokortikosteroidlar, serotoninni qayta qamrab olish ingibitorlari, antitrombotsitar vositalar bilan qo'llash me'da-ichak qon ketishlari rivojlanishi xavfini oshiradi.

Nimesulid CYP2C9 izofermentini ingibitsiya qiladi, shuning uchun ushbu izoferment ishtirokida metabollanadigan preparatlarning qon plazmasidagi konsentratsiyasi nimesulid bilan bir vaqtda qo'llanilganda oshishi mumkin.

Nazariy jihatdan, NYQV (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi) bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning antiprostaglandin ta'siri hisobiga mifepriston va prostaglandin analoglarining samaradorligi pasayishi mumkin.

Nimesulidning glibenklamid, teofillin, digoksin, simetidin va antatsidlar (alyuminiy va magniy birikmalari kombinatsiyasi) bilan klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'sirlari aniqlanmagan.

Nimesulid metotreksat qo'llanilishidan 24 soat oldin yoki keyin buyurilganda ehtiyotkorlik talab etiladi, chunki bunday hollarda qon plazmasida metotreksat konsentratsiyasi va toksik ta'sirlar oshishi mumkin.

Dozirovkasi
DozalashKattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ichga 1 tabletkadan (100 mg) sutkasiga 2 marta. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 200 mg. Tabletkalar yetarli miqdordagi suv bilan afzalrog'i ovqatdan keyin qabul qilinadi. Oshqozon-ichak trakti kasalliklari mavjud bo'lganda preparatni ovqatlanish oxirida yoki ovqatdan keyin qabul qilish maqsadga muvofiq.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga sutkalik dozani 100 mg gacha kamaytirish talab etiladi.

Minimal samarali dozani minimal mumkin bo'lgan qisqa kurs bilan qo'llash kerak.

Davolash kursi davomiyligi 15 kundan oshmaydi.Dozani oshirib yuborishBelgilari: apatiya, uyquchanlik, ko'ngil aynishi, qusish. Oshqozon-ichakdan qon ketishi, shuningdek arterial qon bosimining oshishi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi, nafas olishning susayishi mumkin.

Davolash: simptomatik. Maxsus antidot yo'q. Agar dozani oshirib yuborish belgilari preparat qabul qilingandan keyin 4 soat ichida paydo bo'lsa, qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko'mir (kattalar uchun 60-100 g) va osmotik surgilarni qabul qilish kerak. Jadallashtirilgan diurez va gemodializ preparatning oqsillar bilan yuqori darajada bog'lanishi tufayli samarasiz.

Xususiyatlar NIMESULID 0,1 tabletkalari N10

Nimesulid boshqa chiqarish shakllari

NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
NIMESULID poroshok 3g N30
NIMESULID poroshok 3g N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm, DXO
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
Makedoniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Replek Farm OOO Skope/Berezovskiy farmasevticheski
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS OAO
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OZON FARM, OOO
NIMESULID SD poroshok 100 m/2 g N30
NIMESULID SD poroshok 100 m/2 g N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sharq Darmon, OOO
NIMESULID MBF 0,1 granuli N5
NIMESULID MBF 0,1 granuli N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Marbiofarm, OAO
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
NIMESULID 0,1 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Izvarino Farma,OOO
NIMESULID 0,1 tabletkalari N30
NIMESULID 0,1 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OZON FARM, OOO
NIMESULID SD poroshok 100 m/2 g N5
NIMESULID SD poroshok 100 m/2 g N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sharq Darmon, OOO
NIMESULID LP poroshok 2,0g N10
Retseptli
NIMESULID LP poroshok 2,0g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
NIMESULID SD poroshok 100 m/2 g N10
NIMESULID SD poroshok 100 m/2 g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sharq Darmon, OOO
NIMESULID SD poroshok 100 m/2 g N20
NIMESULID SD poroshok 100 m/2 g N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sharq Darmon, OOO

NIMESULID 0,1 tabletkalari N10 analoglari

NAYZ 0,1 tabletkalari N30
NAYZ 0,1 tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
NAYZ 0,1 tabletkalari N20
NAYZ 0,1 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
NAYZ gel 50 g 1%
NAYZ gel 50 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
62 600 so'm dan
NAYZ gel 100 g 1%
NAYZ gel 100 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
NAYZ gel 20 g 1%
NAYZ gel 20 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan
NAYZ 0,1 granuli N9
NAYZ 0,1 granuli N9
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
NIMIKA 0,1 tabletkalari N20
NIMIKA 0,1 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ipka Laboratoriz Limited
NIMULID gel 30 g 1%
Retseptli
NIMULID gel 30 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Panacea Biotec Ltd
•22 ta dorixonada bor
Narxi
27 000 so'm dan
NIMESIL 0,1 granuli N30
NIMESIL 0,1 granuli N30
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fayn Fuds & Farmasyutikalz N.T.M. S.P.A.
NIMESIL 0,1 granuli N9
NIMESIL 0,1 granuli N9
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Fayn Fuds & Farmasyutikalz N.T.M. S.P.A.
NIMESIL 0,1 granuli N30
NIMESIL 0,1 granuli N30
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratorios Menarini S.A.

NIMESULID 0,1 tabletkalari N10 haqida savollar

NIMESULID 0,1 tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil