Pentalgin
Pentalgin chiqarilish shakllari



Pentalgin haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — turli genezli og'riq sindromi, shu jumladan bo'g'imlar, mushaklardagi og'riqlar, radikulit, algodismenoreya, nevralgiya, tish og'rig'i, bosh og'rig'i (sh.j. bosh miya tomirlari spazmi bilan bog'liq); — silliq mushaklar spazmi bilan bog'liq og'riq sindromi, sh.j. surunkali xoletsistitda, o't tosh kasalligida, postxoletsistektomik sindromda, buyrak sanchig'ida; — travmadan keyingi va operatsiyadan keyingi og'riq sindromi, sh.j. yallig'lanish bilan kechuvchi; — isitma sindromi bilan kechuvchi shamollash kasalliklari (simptomatik terapiya sifatida).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — OIT eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish fazasida); — oshqozon-ichakdan qon ketishi; — bronxial astma, burun va burun yondosh bo‘shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasini yoki boshqa NYQPlarni o‘zlashtira olmaslikning to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan kombinatsiyasi (shu jumladan anamnezda); — og‘ir jigar yetishmovchiligi; — og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi; — suyak iligi qon yaratishining susayishi; — aortokoronar shuntlash o‘tkazilgandan keyingi holat; — yurak-qon tomir tizimining og‘ir organik kasalliklari (shu jumladan o‘tkir miokard infarkti); — paroksizmal taxikardiya; — tez-tez uchraydigan qorinchalar ekstrasistoliyasi; — og‘ir arterial gipertenziya; — giperkaliemiya; — homiladorlik; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish); — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak
Tarkibi
- paratsetamol 300 mg propifenazon 250 mg kofein 50 mg kodein fosfati 8 mg fenobarbital 10mg Yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi (aerosil), karboksimetilkraxmal natriy (primodjel), povidon (plasdon K25), mikrokristall tsellyuloza, natriy laurilsulfat (natriy dodetsilsulfat), stearin kislotasi, talk. paratsetamol 325 mg naproksen 100 mg kofein 50 mg drotaverin gidroxloridi 40 mg feniramin maleati 10 mg Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kartoshka kraxmali, kroskarmelloza natriy, giproloza (gidroksipropiltsellyuloza (klutsel EF)), limon kislotasi monogidrati, butilgidroksitoluo (E321), magniy stearati, talk, bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), indigokarmin (E132). Plyonka qobiq tarkibi: gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza), povidon (o‘rta molekulyar tibbiy polivinilpirrolidon), polisorbat 80 (tvin 80), titan dioksidi, talk, bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), indigokarmin (E132). paratsetamol 325 mg naproksen 100 mg kofein 50 mg drotaverin gidroxloridi 40 mg feniramin maleati 10 mg Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kartoshka kraxmali, kroskarmelloza natriy, giproloza (gidroksipropiltsellyuloza (klutsel EF)), limon kislotasi monogidrati, butilgidroksitoluo (E321), magniy stearati, talk, bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), indigokarmin (E132). Plyonka qobiq tarkibi: gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza), povidon (o‘rta molekulyar tibbiy polivinilpirrolidon), polisorbat 80 (tvin 80), titan dioksidi, talk, bo‘yoqchi xinolin sariq (E104), indigokarmin (E132).
Farmakodinamikasi
Оғриқни қолдирувчи, яллиғланишга қарши ва иситмани туширувчи мажмуавий препарат.
Напроксен ва метамизол натрий – оғриқни қолдирувчи ва яллиғланишга қарши самараларга эга.
Кодеин марказий нерв тизимининг турли бўлимларидаги опиат рецепторларни рағбатлантиради, бу антиноцицептив тизимини фаоллашишига ва оғриқни эмоционал баҳоланишини ўзгаришига олиб келади.
Фенобарбитал ва кодеин метамизол натрий ва напроксеннинг оғриқни қолдирувчи самарасини оширади.
Кофеин скелет мушаклари, бош мия, юрак, буйракларнинг қон томирларини кенгайишини чақиради; ақлий ва жисмоний иш қобилиятини оширади, чарчоқлик ва уйқучанликни бартараф этишга ёрдам беради; нонаркотик анальгетикларнинг гистогематик тўсиқлардан ўтишини ва биокираолишлигини оширади, шу билан уларнинг терапевтик самарасини кучайишига ёрдам беради.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish. Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, anemiya, metgemoglobinemiya. MNT tomonidan: qo'zg'alish, xavotirlik, reflekslarning kuchayishi, tremor, bosh og'rig'i, uyqu buzilishi, bosh aylanishi, diqqatni jamlashning pasayishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, aritmiyalar, AB oshishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: OHT eroziv-yarali shikastlanishlari, ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyda noqulaylik, qorinda og'riqlar, qabziyat, jigar funktsiyasining buzilishi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi. Sezgi a'zolari tomonidan: eshitishning pasayishi, quloqlarda shovqin, yopiq burchakli glaukomasi bo'lgan bemorlarda ko'z ichki bosimining oshishi. Boshqalar: dermatit, taxipnoe (nafas olishning tezlashishi). Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki bemor yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsa, u bu haqda shifokorga xabar berishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Ҳомиладорликда препаратни қўллаш мумкин эмас.
Препаратни эмизиш даврида қўллаш зарурати бўлганида эмизишни тўхтатиш керак. Препаратнинг таркибидаги кодеинни эмизиш даврида қўллаш мумкин эмас. Уни терапевтик дозаларда қўллаганда кодеин ва унинг фаол метаболитлари жуда паст дозаларда кўкрак сутига ажралиши мумкин, лекин пациентда CYPD6 изофермент фаоллиги юқори бўлганида организмда кодеин метаболити – морфиннинг юқори концентрациялари юзага келиши мумкин, у кўкрак сути билан ажралиши ва жуда кам ҳолларда янги туғилган чақалоқларда опиоид токсиклик симптомларига олиб келади, бу ўлимга олиб келиши мумкин.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Oq yoki sarg'ish yoki krem tusli oq rangli, yassi-tsilindrik tabletkalar, bir tomonida preparatning qisqartirilgan nomi "ПЕНТ-Н" bosilgan. Oq yoki krem tusli oq rangli, ikki tomonlama qavariq, yassi yon yuzali kapsula shaklidagi tabletkalar, bir tomonida chiziqchasi va ikkinchi tomonida "PENTALGIN" yozuvi bor, marmarlikka yo'l qo'yiladi. Oqdan sarg'ish yoki krem tusli oq ranggacha bo'lgan, ikki tomonlama qavariq, yassi yon yuzali kapsula shaklidagi tabletkalar, bir tomonida chiziqchasi va ikkinchi tomonida "PENTALGIN" gravirovkasi bor. Och-yashildan yashil ranggacha bo'lgan, ikki tomonlama qavariq, chetlari qiya kapsula shaklidagi parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, bir tomonida chiziqchasi va ikkinchi tomonida "PENTALGIN" bosilgan; kesimda tabletka och-yashil rangli, oq dog'lari bor Och-yashildan yashil ranggacha bo'lgan, ikki tomonlama qavariq, chetlari qiya kapsula shaklidagi parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, bir tomonida chiziqchasi va ikkinchi tomonida "PENTALGIN" bosilgan; kesimda tabletka och-yashil rangli, oq dog'lari bor.
Maxsus ko‘rsatmalari
Давомли (1 ҳафтадан кўпроқ) даволашда қоннинг периферик манзарасини ва жигарнинг функционал ҳолатини назорат қилиш керак.
Спортчиларнинг допинг-назорат таҳлилларининг натижаларини ўзгартириши мумкин.
Ўткир абдоминал оғриқ синдромида ташҳис қўйишни қийинлаштиради. Атопик бронхиал астмаси, поллинозлари бўлган беморларда, ўта юқори сезувчанлик реакцияларини ривожланишининг юқори хавфи бор.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Препарат одатда 1 таблеткадан кунига 1-3 марта қабул қилинади. Максимал суткалик доза – 4 таблетка. Препаратни шифокорнинг буюриши ва кузатувисиз, оғриқни қолдирувчи восита сифатида 5 кундан ортиқ ва иситмани туширувчи восита сифатида 3 кундан ортиқ қабул қилиш мумкин эмас.
Sotish shartlari
Рецепт бўйича.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Бир таблетка қуйидагиларни сақлайди:
фаол моддалар: метамизол натрий – 300 мг, парацетамол – 300 мг, кофеин (қуруқ моддага қайта ҳисоблаганда) – 50 мг, кодеин фосфати (қуруқ моддага қайта ҳисоблаганда) - 8 мг, фенобарбитал – 10 мг;
ёрдамчи моддалар: картошка крахмали – 120 мг, повидон (қуйимолекуляр тиббий поливинилпирролидон) - 4 мг, стеарин кислотаси – 4 мг, кальций стеарати – 4 мг.
Dori shakli
12 таблеткадан поливинилхлорид плёнка ва босма лакланган алюмин фольгали контур уяли ўрамда.
1 контур ўрам давлат ва рус тилларидаги қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутида.
Nojo'ya samaralari
Аллергик реакциялар (тошма, қичишиш, эшакеми), бош айланиши, уйқучанлик, юрак уриши, тахикардия, кўнгил айниши, қусиш, қабзият; лейкопения, гранулоцитопения, агранулоцитоз. Узоқ муддат назоратсиз юқори дозаларда қабул қилганда – ўрганиб қолиш (оғриқни қолдирувчи самарасини сусайиши), дорига қарамлик (кодеин); жигар ва/ёки буйрак етишмовчилиги.
Ta'rifi
Oқдан то сариқ ёки оч-сариқ тусли оқ ранглигача, икки томони қавариқ капсула шаклли, ён юзалари ясси, бир томонида рискали ва бошқа томонида PENTALGIN гравировкаси бўлган таблеткалар.
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
























