Apteka.uz
SavatKirish

Traks

Traks chiqarilish shakllari

Traks eritma 500mg/5ml
Traks eritma 500mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
East African (India) Overseas
- Traks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Traksning tarkibi
- Traks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Traks narxi Toshkent dorixonalarida

Traks haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Subaraxnoidal qon quyilishlar

Preparatning komponentlariga yukori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Preparatni trombozlarda (shu jumladan bosh miya tomirlarini trombozi, miokard infarkti, chuqur venalar tromboflebiti, tromboembolik sindromda) yoki ularni rivojlanish xavfi bo'lganida, trombogemorragik asoratlarda (geparin va bilvosita antikogulyantlar bilan majmuaviy davolashda), rang ajratishni buzilishi, siydik chiqarish yo'llarining yuqori bo'limlaridagi gematuriya (qon quyqasi bilan obstruktsiya bo'lishi mumkin), buyrak etishmovchiligida (kumulyasiyani rivojlanish xavfi oshishi tufayli) ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Farmakologik ta'siri

Traksantifibrinolitik ta'sir ko'rsatadi, shuningdek antiallergik va yallig'lanishga qarshi samaralarga ega.

Ta'sir mexanizmi: plazminogen aktivatorini raqobatli ingibitsiya qiladi, yanada yuqorirok kontsentrasiyalarda plazminni bog'laydi. Trombin vaqtini uzaytiradi. Yallig'lanish va allergik reaktsiyalarda ishtirok etadigan kininlar va boshqa peptidlarni hosil bo'lishini tormozlaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Davolashni boshlashdan oldin va davolanish jarayonida ko'rish o'tkirligini, rang ajratishni, ko'z tubi holatini aniqlash uchun oftalmolog ko'rigini o'tkazish lozim.

Xomiladorlikda qo'llash mumkin bo'lmagan holatlarni hisobga olgan holda ko'rsatmalar bo'yicha qo'llanadi, traneksam kislotasi yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va ko'krak suti bilan (ona plazmasidagi kontsentrasiyaning taxminan 1% ga erishgan holda) ajralib chiqadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Gemostatik preparatlar va gemokoagulaza bilan birga qo'llanganida tromb hosil bo'lishini faollashishi mumkin.

V/i ga yuborish uchun eritma qon preparatlari, tarkibida penisillin saqlagan eritmalar, urokinaza, gipertenziv vositalar (norepinefrin, dezoksiepinefrin gidroxloridi, metarmin bitartrat), tetrasiklinlar, dipiridamol, diazepam bilan farmasevtik jihatdan farmasevtik jihatdan nomutanosibdir.



Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Tarqalgan fibrinolizda preparatni v/i tomchilab tana vazniga 15 mg/kg bir martalik dozada har 6-8 soatda yuboriladi, yuborish tezligi minutiga 1 ml.

Mahalliy fibrinolizda preparatni v/i 250-500 mg bir martalik dozada yuboriladi yoki ichga 1-1,5 g dozada sutkada 2-3 marta qabul qilinadi.

Prostatektomiyada yoki qovuqdagi operasiyalarda operasiya vaqtida v/i ga 1 g, so'ngra 1 g dan har 8 soatda 3 kun davomida yuboriladi, shundan keyin makrogematuriya yo'qolgunicha ichga qabul qilishga o'tiladi.

Qon ketishini rivojlanish xavfi yuqori bo'lganida, tizimli yallig'lanish reaktsiyalarda v/i ga 10-11 mg/kg dozada aralashuvdan 20-30 minut oldin yuboriladi.

Koagulopatiyalari bo'lgan bemorlarga tishni sug'urishdan oldin v/i ga tana vazniga
10 mg/kg dozada yuboriladi, tish sug'urib olingandan keyin ichga 25 mg/kg dozada sutkada 3-4 marta 6-8 kun davomida buyuriladi.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo'lgan pasientlarga dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak.

Plazma kreatinini

Doza

120-250 mkmol/l

10 mg/kg sutkada 2 marta

250-500 mkmol/l

10 mg/kg sutkada 1 marta

500 mkmol/l dan ko'p

5 mg/kg sutkada 1 marta



Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Traks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Traks haqida savollar

Traks haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil