Ambro in'ektsiya uchun eritma 2ml N5

Ambro in'ektsiya uchun eritma 2ml N5 o'xshash dorilari



Ambro in'ektsiya uchun eritma 2ml N5 qo'llanmasi
Ambro - mukolitik preparat. Sekretomotor, sekretolitik va balg'am ko'chiruvchi ta'sirlarga ega; bronxlar shilliq qavatidagi bezlarning seroz hujayralarini rag'batlantiradi, alveolalar va bronxlarda shilliqning miqdorini va yuza faol moddalarni (surfaktant) ni ajralib chiqishini oshiradi; balg'amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va klar hujayralaridan lizosomalarni ajralib chiqishini kuchaytirib, balg'amning qovushqoqligini pasaytiradi. Xilpillovchi epiteliyning harakat faolligini oshiradi, mukosiliar transportni oshiradi.
2 ml dan yorug‘likdan himoyalangan shprits bilan to‘ldirilgan va sindirish nuqtasi yoki xalqasi bo‘lgan ampulalarda.
Har bir ampulaga qog‘oz yorliq yopishtiriladi.
5 ampuladan alyumin folьga va polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramga joylanadi.
1 yeki 2 kontur uyali o‘ramlar davlat va rus tillaridagi tasdiqlangan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Davlat va rus tillaridagi tasdiqlangan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomadagi ma'lumotlarni qutiga yozish mumkin.
Dori vositasi bilan pachkalar karton qutilarga joylanadi.
Kontur uyali o‘ramlar (pachkaga solinmagan holda) soni bo‘yicha davlat va rus tillaridagi tasdiqlangan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalar bilan karton qutilarga joylash ruxsat beriladi.
Ambro - mukolitik preparat. Sekretomotor, sekretolitik va balg'am ko'chiruvchi ta'sirlarga ega; bronxlar shilliq qavatidagi bezlarning seroz hujayralarini rag'batlantiradi, alveolalar va bronxlarda shilliqning miqdorini va yuza faol moddalarni (surfaktant) ni ajralib chiqishini oshiradi; balg'amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va klar hujayralaridan lizosomalarni ajralib chiqishini kuchaytirib, balg'amning qovushqoqligini pasaytiradi. Xilpillovchi epiteliyning harakat faolligini oshiradi, mukosiliar transportni oshiradi.
Ambroksolni so'rilishi tez va etarli darajada to'liq bo'lib, terapevtik diapazonida to'g'ri proportsional bog'liqlikka ega. Qon plazmasida ta'sir etuvchi moddaning maksimal kontsentrasiyasiga 30 minut – 3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazmasida preparatning taxminan 90% proteinlar bilan bog'lanadi. Ambroksolni qon va to'qimalar o'rtasida taqsimlanishi tez yuz beradi, faol moddalarning yuqori kontsentrasiyasi o'pkada kuzatiladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 7-12 soatni tashkil etadi; to'qimalarda to'planishi aniqlanmagan. Ambroksol jigarda asosan kon'yugasiya yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Buyrak orqali 90% suvda eruvchan metabolitlar holida, 5% o'zgarmagan holda chiqariladi. Og'ir darajadagi SBE (surunkali buyrak etishmovchiligi) da T1/2 uzayadi, jigar faoliyatini buzilishida o'zgarmaydi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
kam hollarda (≥1/10000 - ˂1/1000)
- yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Noma'lum:
- anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan, anafilaktik shok, angionevrotik shish va qichishish
Me'da ichak tomonidan buzilishlar
Noma'lum:
- ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya va qorinda og‘riq
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda:
- toshma, eshakemi
Noma'lum:
- og‘ir turdagi teri reaktsiyalar (ekssudativ ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi/toksik epidermal nekroliz va o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulyoz).
Ambroksol gidroxloridi qo‘llanganida: Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi terining og‘ir shikastlanishlarini juda kam hollarda qayd etilgan. Asosan ular asosiy kasallikning og‘irlik darajasi yoki yondosh davolash bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizning ilk bosqichlarida patsiyentlarda tana haroratini ko‘tarilishi, butun tanada og‘riq, rinit, yo‘tal va tomoqda og‘riq kabi simptomlari bilan kechuvchi nospetsifik kasallikning boshlanishiga o‘xshash belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Bu belgilari paydo bo‘lishi tirishishga qarshi preparatlar bilan kerak bo‘lmagan simptomatik davolashni o‘tkazishga olib kelishi mumkin. Terini shikastlanish belgilari paydo bo‘lga hollarda–patsiyent darhol shifokor tomonidan ko‘riladi, ambroksol gidroxloridini qabul qilish esa to‘xtatiladi.
1 ampulada 1 mmolь natriy (23 mg) saqlanishini e'tiborga olish lozim
Vena ichiga tez yuborilganida bosh og‘rig‘i, charchoq va oyoqlarda og‘irlik hissi qo‘zg‘atishi mumkin.
Buyrakning funktsional xususiyati cheklanganda va/yoki jigarning og‘ir darajali kasalliklarida Ambro ni, qabul qilinayotgan dozani kamaytirib va preparatni qabul qilish orasidagi vaqtni uzaytirib, alohida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim.
Dori vositasini avtotransport va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyati
Dori vositasining nojo‘ya ta'sirlarini hisobga olib, avtotransport yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Ambro balg'amning ajralishi va ko'chishini buzilishi bilan kechuvchi quyidagi o'tkir va surunkali bronxopulmonal kasalliklar sekretolitik terapiya maqsadida qullaniladi:
-
o'tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya;
-
balg'amni ajralib chiqishi qiyin bo'lgan bronxial astma;
-
bronxoektatik kasallik
ambroksolga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik
-
homiladorlikning I trimestr va laktasiya davrida.
Yo‘talni kamayishi fonida balg‘amni bronxlardan ajralib chiqishini qiyinlashishi sababli, preparatni yo‘talga qarshi faollikka ega bo‘lgan dori vositalari (masalan, kodein saqlovchi vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ambroksolni antibiotiklar (amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin, doksitsillin va boshqalar) bilan bir vaqtda qo‘llash, antibiotiklarni nafas yo‘llariga kelishini yaxshilaydi, bu davolash muddatini qisqartirishi mumkin.
Ambro in'ektsiya uchun eritmasi rN qiymati 6,3 dan yuqori bo‘lgan boshqa dori preparatlari bilan bir shpritsda yoki tomchilagichda nomutanosibdir, chunki ular kislotali hususiyatlarga ega.
In'ektsiya uchun eritma mushak ichiga, teri ostiga yoki vena ichiga (sekin oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi. Vena ichiga tomchilab yuborish uchun 50 ml eritma 500 ml infuzion eritmada (erituvchi sifatida 0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li dekstroza eritmasi qo'llanadi) suyultiriladi. 2 soat davomida minutiga 84 tomchi tezlikda yuboriladi.
Kattalarga 15 mg (1 ampula) sutkada 2-3 marta, og'ir holatlarda – 30 mg dan (2 ampula) sutkada 2-3 marta yuboriladi.
Usullari va Kylash dosalari
2 eshgacha bilgan bolalar ga, 7.5 mart kuni 2 mg (1/2 ampula), daykada to yuboriladi.
Chala tug'ilgan va yangi tug'ilgan chaqaloqlardagi respirator distress-sindromda Ambro ning sutkalik dozasi tana vazniga 10 mg/kg gacha (og'ir holatlarda – 30 mg/kg gacha) oshirilib, 3-4 marta yuborishga taqsimlanadi. Parenteral yuborish kasallikning o'tkir belgilari yo'qolganidan so'ng to'xtatiladi (ichga qabul qilish yoki rektal yuborish shakliga o'tiladi).
2 yeshgacha bulgan yesh bolalar sedan ga 5 – 7,5 mg (1/2 ampula) daykada 3 martgacha, 5 ga, sedan yesh bolalar kattagan osh-15 mg (1 ampula) martda 2-3 kunkada to yuboriladi.
Simptomlari: qo‘zg‘alish, diareya, so‘lakni ko‘p ajralishi, qusish va gipotenziya. Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Ambro in'ektsiya uchun eritma 2ml N5 boshqa chiqarish shakllari


Ambro in'ektsiya uchun eritma 2ml N5 analoglari

















