Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa Ā / Dori vositalari Ā / Og'riq qoldiruvchi Ā / ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO 0,1 eritma N30

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO 0,1 eritma N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:Tatximfarmpreparati, AO
ATX kodi:N02BA01
Barcha Atsetilsalitsilovaya Kislota dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
Toā€˜lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd toā€˜lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada koā€˜rsatilgan tarif boā€˜yicha. Onlayn yoki kuryerga toā€˜lov

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO 0,1 eritma N30 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganda atsetilsalitsil kislotasi me'da-ichak traktidan tez va to'liq so'riladi. Atsetilsalitsil kislotasi so'rilish vaqtida qisman metabolizmga uchraydi. So'rilish vaqtida va undan keyin atsetilsalitsil kislotasi asosiy metabolit - salitsil kislotasiga aylanadi, u fermentlar ta'sirida asosan jigarda metabolizmga uchrab, ko'plab to'qimalar va siydikda aniqlanadigan fenilsalitsilat, salitsilat glyukuronidi va salitsil kislotasi kabi metabolitlarni hosil qiladi. Ayollarda metabolizm jarayoni sekinroq o'tadi (qon zardobida fermentlar faolligi pastroq). Tabletka kislotaga chidamli qobiq bilan qoplanganligi sababli, atsetilsalitsil kislotasi me'dada emas (qobiq preparatning me'dada erishini samarali to'sib qo'yadi), balki o'n ikki barmoqli ichakning ishqoriy muhitida ajralib chiqadi. Shunday qilib, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar ko'rinishidagi atsetilsalitsil kislotasining so'rilishi oddiy (bunday qobiqsiz) tabletkalarga nisbatan sekinlashgan.

Atsetilsalitsil kislotasi va salitsil kislotasi qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bog'lanadi (dozaga qarab 66% dan 98% gacha) va organizmda tez taqsimlanadi. Salitsil kislotasi yo'ldosh orqali o'tadi va ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.

Atsetilsalitsil kislotasining qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 15-20 daqiqani tashkil qiladi. Boshqa salitsilatlardan farqli o'laroq, preparat ko'p marta qabul qilinganda gidrolizlanmagan atsetilsalitsil kislotasi qon zardobida to'planmaydi. Ichga qabul qilingan atsetilsalitsil kislotasining atigi 1% gidrolizlanmagan atsetilsalitsil kislotasi ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi, qolgan qismi salitsilatlar va ularning metabolitlari ko'rinishida chiqariladi. Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlarda preparatning bir martalik dozasining 80-100% 24-72 soat ichida buyraklar orqali chiqariladi.

Salitsil kislotasining chiqarilishi dozaga bog'liq, chunki uning metabolizmi fermentativ tizim imkoniyatlari bilan cheklangan. Yarim chiqarilish davri atsetilsalitsil kislotasi past dozalarda qo'llanilganda 2-3 soatdan va preparat yuqori dozalarda qo'llanilganda (atsetilsalitsil kislotasining og'riqsizlantiruvchi vosita sifatidagi oddiy dozalari) 15 soatgacha o'zgarib turadi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, qusish, qorinda og'riqlar; kam hollarda - oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavati yaralari; juda kam hollarda - oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining perforativ yaralari, jigar funktsiyasining «jigar» transaminazalari faolligining oshishi bilan kechuvchi o'tkinchi buzilishlari.

Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, eshitishning pasayishi, bosh og'rig'i, bu preparat dozasini oshirib yuborish belgisi bo'lishi mumkin (Dozani oshirib yuborish bo'limiga qarang).

Qon yaratish tizimi tomonidan: atsetilsalitsil kislotasini buyurish trombotsitlar agregatsiyasiga ingibitor ta'siri tufayli qon ketish xavfining oshishi bilan birga keladi, kam hollarda - anemiya, qon ivish vaqtining uzayishi. Operatsiya davrida (intra- va postoperatsion) qon ketishlar, gematomalar (ko'karishlar), burun qonashi, milk qonashi, siydik-tanosil yo'llaridan qon ketish chastotasining oshishi qayd etilgan. Jiddiy qon ketish holatlari haqida xabarlar mavjud, ularga oshqozon-ichakdan qon ketish va miyaga qon quyilishi (ayniqsa maqsadli qon bosimi raqamlariga erishmagan va/yoki bir vaqtda antikoagulyant vositalar bilan terapiya olayotgan arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarda) kiradi, ular alohida hollarda hayotga xavf soladigan xarakterga ega bo'lishi mumkin («Maxsus ko'rsatmalar» bo'limiga qarang).

Qon ketishlar tegishli klinik-laborator belgilar va simptomlar (asteniya, rangparlik, gipoperfuziya) bilan o'tkir yoki surunkali postgemorragik/temir tanqisligi anemiyasiga (masalan, yashirin qon ketish oqibatida) olib kelishi mumkin.

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligining og'ir shakllari bo'lgan bemorlarda gemoliz va gemolitik anemiya holatlari haqida xabarlar mavjud.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi va o'tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi holatlari haqida xabarlar mavjud.

Nafas olish tizimi tomonidan: bronxospazm, bronxial astma xuruji va boshqa o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Allergik reaksiyalar: tegishli laborator va klinik ko'rinishlar bilan o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, masalan, astmatik sindrom (bronxospazm), teri qoplamalari, nafas yo'llari, oshqozon-ichak trakti va yurak-qon tomir tizimi tomonidan yengil va o'rtacha og'irlikdagi reaksiyalar, shu jumladan teri toshmasi, teri qichishishi, eshakemi, Kvinke shishi, rinit, burun shilliq qavati shishi, kardio-respirator distress-sindrom kabi simptomlar, shuningdek og'ir reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llash kerak.

Asetilsalitsil kislotasi bronxospazmni qo'zg'atishi, shuningdek bronxial astma xurujlari va boshqa yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini chaqirishi mumkin. Xavf omillari anamnezda bronxial astma, pichan isitmasi, burun polipozi, nafas olish tizimining surunkali kasalliklari, shuningdek boshqa preparatlarga allergik reaksiyalar (masalan, teri reaksiyalari, teri qichishishi, eshakemi) mavjudligidir.

Asetilsalitsil kislotasining trombotsitlar agregatsiyasiga ingibirlovchi ta'siri qabul qilingandan keyin bir necha kun davomida saqlanib qoladi, shu munosabat bilan jarrohlik aralashuvi davomida yoki operatsiyadan keyingi davrda qon ketish xavfining oshishi mumkin.

Asetilsalitsil kislotasi past dozalarda moyilligi bo'lgan (siydik kislotasi ekskretsiyasi pasaygan) bemorlarda podagra rivojlanishini qo'zg'atishi mumkin.

Jarrohlik aralashuvi davomida qonashni mutlaq istisno qilish zarurati bo'lganda, imkoni boricha, operatsiyadan oldingi davrda asetilsalitsil kislotasini qo'llashdan butunlay voz kechish kerak.

Asetilsalitsil kislotasi dozasini oshirish me'da-ichakdan qon ketish xavfi bilan bog'liq. Dozani oshirib yuborish ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda xavfli.

Alkogol bilan bir vaqtda qo'llanilganda me'da-ichak yo'llari shilliq qavatining shikastlanishi va qon ketish vaqtining uzayishi xavfi yuqori.

Preparat kanakunjut moyi (yordamchi modda sifatida) saqlaydi, u me'dada noqulaylik hissi va diareyani chaqirishi mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida avtotransport vositalarini haydashda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki Asetilsalitsil kislotasi Kardio preparatini qo'llash bosh aylanishini chaqirishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

• Atsetilsalitsil kislotasiga, preparat tarkibidagi yordamchi moddalarga va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlik.

• Me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida).

• Me'da-ichakdan qon ketishi.

• Gemorragik diatez.

• Salitsilatlar va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan qo'zg'atilgan bronxial astma.

• Bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlari qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni, shu jumladan TsOG-2 ingibitorlarini o'zlashtiraolmaslikning to'liq yoki qisman birikuvi (shu jumladan anamnezda).

• Metotreksatni haftasiga 15 mg va undan ortiq dozada birgalikda qo'llash.

• Homiladorlik (I va III trimestr) va laktatsiya davri.

• 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar.

• Og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) 30 ml/daq dan kam).

• Og'ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha B sinfi va undan yuqori).

• NYHA tasnifi bo'yicha III-IV funktsional sinf surunkali yurak yetishmovchiligi.

Ehtiyotkorlik bilan

• Podagra, giperurikemiyada, chunki atsetilsalitsil kislotasi past dozalarda siydik kislotasi ekskretsiyasini kamaytiradi; past dozalardagi atsetilsalitsil kislotasi moyilligi bo'lgan bemorlarda (siydik kislotasi ekskretsiyasi pasaygan) podagra rivojlanishini qo'zg'atishi mumkinligini nazarda tutish kerak.

• Anamnezda me'da-ichak traktining yarali shikastlanishlari yoki me'da-ichakdan qon ketishlar mavjudligida.

• Jigar faoliyati buzilganda (Chayld-Pyu tasnifi bo'yicha B sinfidan past).

• Buyrak faoliyati buzilganda (kreatinin klirensi 30 ml/daq dan ortiq), shuningdek buyrak arteriyalari aterosklerozi, surunkali yurak yetishmovchiligi, gipovolemiya, keng ko'lamli jarrohlik aralashuvi, sepsis, massiv qon ketish holatlari oqibatida yuzaga keladigan qon aylanishi buzilishlarida, chunki barcha sanab o'tilgan holatlarda atsetilsalitsil kislotasi o'tkir buyrak yetishmovchiligi va buyrak faoliyati buzilishi rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

• Bronxial astma, nafas a'zolarining surunkali kasalliklari, pichan isitmasi, burun polipozi, dori allergiyasi, shu jumladan nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar guruhiga (analgetiklar, yallig'lanishga qarshi, revmatizmga qarshi vositalar).

• Homiladorlikning II trimestrida.

• Taxmin qilinayotgan jarrohlik aralashuvida (shu jumladan uncha katta bo'lmagan, masalan, tishni sug'urish), chunki atsetilsalitsil kislotasi preparat qabul qilingandan keyin bir necha kun davomida qon ketish rivojlanishiga moyillikni keltirib chiqarishi mumkin.

• Quyidagi dori vositalari bilan birgalikda qo'llanilganda (Ā«Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siriĀ» bo'limiga qarang):

- metotreksat bilan haftasiga 15 mg dan kam dozada;

- antikoagulyantlar, trombolitik yoki boshqa antiagregant vositalar bilan;

- nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan (shu jumladan ibuprofen va salitsil kislotasi hosilalari bilan);

- digoksin bilan;

- ichish uchun gipoglikemik vositalar (sulfonilmoчеvina hosilalari) va insulin bilan;

- valproat kislotasi bilan;

- alkogol bilan (xususan spirtli ichimliklar);

- serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar bilan;

- urikozurik preparatlar bilan;

- angiotenzin o'zgartiruvchi ferment ingibitorlari bilan;

- diuretiklar bilan;

- glyukokortikosteroidlar bilan.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi

Preparatni homiladorlikda (I va III trimestr) va emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Homiladorlikda qo'llanilishi

Homiladorlikning I trimestrida salitsilatlarni katta dozalarda qo'llash homila rivojlanish nuqsonlari (yuqori tanglayning yorig'i, yurak nuqsonlari) chastotasining oshishi bilan bog'liq. Homiladorlikning I trimestrida salitsilatlarni qo'llash mumkin emas.

Homiladorlikning III trimestrida salitsilatlar yuqori dozada (sutkasiga 300 mg dan ortiq) tug'ruq faoliyatining susayishini, ona va homilada qon ketishining kuchayishini, homilada arterial yo'lning muddatidan oldin yopilishini chaqiradi, bevosita tug'ruqdan oldin buyurilishi esa, ayniqsa chala tug'ilgan bolalarda bosh miya ichiga qon quyilishini keltirib chiqarishi mumkin. Homiladorlikning III trimestrida salitsilatlarni qo'llash mumkin emas.

Homiladorlikning II trimestrida salitsilatlarni faqat ona va homila uchun xavf va foydani qat'iy baholashni hisobga olgan holda, afzalrog'i sutkasiga 150 mg dan yuqori bo'lmagan dozalarda va qisqa muddat qo'llash mumkin.

Emizish davrida qo'llanilishi

Salitsilatlar va ularning metabolitlari oz miqdorda ko'krak sutiga o'tadi.

Laktatsiya davrida salitsilatlarni tasodifan qabul qilish bolada nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishi bilan kechmaydi va emizishni to'xtatishni talab qilmaydi. Biroq, preparat uzoq muddat qo'llanilganda yoki u yuqori dozada qo'llanilganda, emizishni darhol to'xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda qo'llanilganda asetilsalitsil kislotasi quyidagi dori vositalari ta'sirini kuchaytiradi; sanab o'tilgan vositalar bilan qo'llash zarurati bo'lganda ko'rsatilgan vositalar dozasini kamaytirish zarurati masalasini ko'rib chiqish kerak:

- metotreksatning, buyrak klirensi pasayishi va uni qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarish hisobiga (metotreksatning qon yaratish a'zolari tomonidan nojo'ya samaralari rivojlanish chastotasi oshishi);

- bilvosita ta'sirga ega antikoagulyantlarning, oxirgilarini qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarish hisobiga;

- antikoagulyantlar, trombolitik va boshqa antiagregant vositalar (tiklopidin, klopidogrel) bilan bir vaqtda qo'llanilganda qo'llanilayotgan vositalarning asosiy terapevtik samaralari sinergizmi natijasida qon ketishlar xavfi oshishi qayd etiladi;

- antikoagulyant, trombolitik yoki antiagregant ta'sirga ega preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda me'da-ichak trakti shilliq qavatiga shikastlovchi ta'sir kuchayishi qayd etiladi;

- serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, bu me'da-ichak traktining yuqori bo'limlaridan qon ketish xavfi oshishiga olib kelishi mumkin (asetilsalitsil kislotasi bilan sinergizm);

- digoksinning, uning buyrak ekskretsiyasi pasayishi oqibatida, bu uning dozasini oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin;

- ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar (sulfonilmochevina hosilalari) va insulinning, asetilsalitsil kislotasining o'zining yuqori dozalarda gipoglikemik xususiyatlari va sulfonilmochevina hosilalarini qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarish hisobiga;

- valproat kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanilganda uning qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarilishi hisobiga uning toksikligi oshadi;

- nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va yuqori dozalarda salitsil kislotasi hosilalari (ta'sir sinergizmi natijasida ulserogen samara va me'da-ichak traktidan qon ketish xavfi oshishi); ibuprofen bilan bir vaqtda qo'llanilganda asetilsalitsil kislotasi ta'siri bilan bog'liq trombotsitlarning qaytmas susayishiga nisbatan antagonizm qayd etiladi, bu asetilsalitsil kislotasining kardioprotektiv samaralari pasayishiga olib keladi;

- etanolning (asetilsalitsil kislotasi va etanol samaralari o'zaro kuchayishi natijasida me'da-ichak trakti shilliq qavati shikastlanishi xavfi oshadi va qon ketish vaqti uzayadi).

Yuqori dozalarda asetilsalitsil kislotasini bir vaqtda qo'llash quyida sanab o'tilgan dori vositalari ta'sirini susaytirishi mumkin; asetilsalitsil kislotasini sanab o'tilgan vositalar bilan bir vaqtda tayinlash zarurati bo'lganda sanab o'tilgan vositalar dozasini to'g'irlash zarurati masalasini ko'rib chiqish kerak:

- har qanday diuretiklar (asetilsalitsil kislotasi bilan yuqori dozalarda birga qo'llanilganda buyraklarda prostaglandinlar sintezi kamayishi natijasida kalavalar filtratsiyasi tezligi pasayishi qayd etiladi);

- angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari (tomir kengaytiruvchi ta'sirga ega prostaglandinlar ingibitsiya qilinishi natijasida kalavalar filtratsiyasi tezligining dozaga bog'liq pasayishi, mos ravishda, gipotenziv ta'sir susayishi qayd etiladi. Kalavalar filtratsiyasi tezligining klinik ahamiyatli pasayishi asetilsalitsil kislotasi sutkalik dozasi 160 mg dan ortiq bo'lganda qayd etiladi. Bundan tashqari, surunkali yurak yetishmovchiligi terapiyasi uchun bemorlarga buyurilgan angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlarining ijobiy kardioprotektiv ta'siri pasayishi qayd etiladi. Ushbu samara ham asetilsalitsil kislotasi bilan birga katta dozalarda qo'llanilganda namoyon bo'ladi).

- urikozurik ta'sirga ega preparatlar - benzbromaron, probenetsid (siydik kislotasining buyrak naychalari ekskretsiyasini raqobatli bostirish oqibatida urikozurik samara pasayishi);

- tizimli glukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda (Addison kasalligini o'rinbosar davolash uchun qo'llaniladigan gidrokortizon yoki boshqa glukokortikosteroiddan tashqari) salitsilatlar chiqarilishi kuchayishi va mos ravishda ularning ta'siri susayishi qayd etiladi;

- indometatsin, piroksikamning qon plazmasida konsentratsiyasi kamayishi hisobiga.

Bir vaqtda qo'llanilganda magniy va/yoki alyuminiy gidroksidi saqlagan antatsidlar asetilsalitsil kislotasi so'rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi.

Sekin kaltsiy kanallari blokatorlari, kaltsiy tushishini cheklovchi yoki organizmdan kaltsiy chiqarilishini oshiruvchi vositalar bir vaqtda qo'llanilganda qon ketishlar rivojlanish xavfi oshadi.

Asetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanilganda fenitoin ta'siri kuchayadi.

Glukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda ulserogen ta'sir va me'da-ichak qon ketishlari yuzaga kelish xavfi oshadi.

Oltin preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda asetilsalitsil kislotasi jigar shikastlanishini induktsiya qilishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashAtsetilsalitsil kislotasi Kardio preparati tabletkalarini ovqatlanishdan oldin, ko'p miqdordagi suyuqlik bilan ichish tavsiya etiladi.

Atsetilsalitsil kislotasi Kardio tabletkalari sutkasiga 1 marta qabul qilinadi.

Atsetilsalitsil kislotasi Kardio uzoq muddat qo'llash uchun mo'ljallangan. Terapiya davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

Xavf omillari mavjud bo'lganda o'tkir miokard infarktini birlamchi profilaktikasi: sutkasiga 100 mg.

Takroriy infarkt profilaktikasi, barqaror va beqaror stenokardiya: sutkasiga 100-300 mg.

Beqaror stenokardiya (o'tkir miokard infarkti rivojlanishiga shubha bo'lganda): boshlang'ich doza 100-300 mg (tezroq so'rilishi uchun birinchi tabletkani chaynab yeyish kerak) bemor tomonidan o'tkir miokard infarkti rivojlanishiga shubha paydo bo'lishi bilanoq imkon qadar tezroq qabul qilinishi kerak. Miokard infarkti rivojlangandan keyingi 30 kun davomida sutkasiga 200-300 mg doza ushlab turilishi kerak. 30 kundan keyin takroriy miokard infarkti profilaktikasi uchun tegishli terapiyani tayinlash kerak.

Ishemik insult va miya qon aylanishining o'tkinchi buzilishi profilaktikasi: sutkasiga 100-300 mg.

Tomirlardagi operatsiyalar va invaziv aralashuvlardan keyin tromboemboliya profilaktikasi: sutkasiga 100-300 mg.

Chuqur venalar trombozi va o'pka arteriyasi va uning tarmoqlari tromboemboliyasi profilaktikasi: sutkasiga 100-200 mg.

Dori preparatining bir yoki bir nechta dozasini qabul qilish o'tkazib yuborilganda harakatlar:

O'tkazib yuborilgan tabletkani eslashingiz bilanoq darhol qabul qiling va keyin qabul qilishni odatdagi rejimda davom ettiring. Dozani ikki baravar oshirmaslik uchun, agar keyingi tabletkani qabul qilish vaqti yaqinlashib qolgan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan tabletkani qabul qilmang.Dozani oshirib yuborishOg'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin, birinchi navbatda keksa yoshdagi bemorlarda va bolalarda. Salitsilat intoksikatsiyasi atsetilsalitsil kislotasini noto'g'ri terapevtik qo'llash doirasida toksik dozalarni qabul qilish oqibatida 2 sutkadan ortiq vaqt davomida 100 mg/kg/sutkadan ortiq dozada qabul qilinganda (surunkali zaharlanish) yoki kattalar yoki bolalar tomonidan preparatning toksik dozasini bir marta tasodifiy yoki ataylab qabul qilinganda (o'tkir intoksikatsiya) rivojlanadi.

Dozani oshirib yuborish simptomlari:

Engil va o'rtacha og'irlik darajasi (bir martalik doza 150 mg/kg dan kam): bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, eshitishning pasayishi, ko'p terlash, ko'ngil aynishi va qusish, bosh og'rig'i, ongning chalkashishi, taxipnoe, giperventilyatsiya, respirator alkaloz.

Davolash: oshqozon lavaji, faollashtirilgan ko'mirni ko'p marta qabul qilish, jadallashtirilgan ishqoriy diurez, suv-elektrolitlar muvozanati va kislota-ishqor holatini tiklash.

O'rtacha va og'ir daraja (bir martalik doza 150 mg/kg-300 mg/kg - o'rtacha og'irlik darajasi, 300 mg/kg dan ortiq - og'ir darajadagi zaharlanish): kompensator metabolik atsidoz bilan respirator alkaloz, giperpireksiya, giperventilyatsiya, o'pkaning nokardiogen shishi, nafas olishning susayishi, asfiksiya; quloqlarda shovqin, karlik; oshqozon-ichakdan qon ketishlar;

yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak ritmining buzilishi, arterial gipotenziya, yurak faoliyatining susayishi;

suv-elektrolitlar muvozanati tomonidan: degidratatsiya, oliguriyadan buyrak yetishmovchiligi rivojlanishigacha bo'lgan buyrak funktsiyasining buzilishi, gipokaliyemiya, gipernatriemiya, giponatriemiya bilan tavsiflanadi;

glyukoza metabolizmining buzilishi: giperglikemiya, gipoglikemiya (ayniqsa bolalarda), ketoatsidoz;

gematologik buzilishlar: trombotsitlar agregatsiyasining ingibitsiya qilinishidan koagulopatiyagacha, protrombin vaqtining uzayishi, gipoprotrombinemiya;

nevrologik buzilishlar: toksik entsefalopatiya va markaziy nerv tizimi funktsiyasining susayishi (uyquchanlik, ongning chalkashishi, koma, tirishishlar).

Davolash: shoshilinch terapiyani o'tkazish uchun ixtisoslashgan bo'limlarga zudlik bilan yotqizish - oshqozon lavaji, faollashtirilgan ko'mirni ko'p marta qabul qilish, jadallashtirilgan ishqoriy diurez, gemodializ, suv-elektrolitlar muvozanati va kislota-ishqor holatini tiklash, simptomatik terapiya.

Surunkali doza oshirib yuborilganda plazmada aniqlanadigan kontsentratsiya intoksikatsiya og'irligi darajasi bilan yomon korrelyatsiya qiladi. Surunkali intoksikatsiya rivojlanishining eng katta xavfi keksa yoshdagi bemorlarda bir necha kun davomida 100 mg/kg/sut dan ortiq dozada qabul qilinganda kuzatiladi. Bolalar va keksa yoshdagi bemorlarda salitsilat intoksikatsiyasining boshlang'ich belgilari har doim ham sezilavermaydi, shuning uchun vaqti-vaqti bilan qonda salitsilatlar miqdorini aniqlash maqsadga muvofiqdir: 70 mg% dan yuqori kontsentratsiya o'rtacha yoki og'ir zaharlanishdan dalolat beradi; 100 mg% dan yuqori - o'ta og'ir, prognostik jihatdan noqulay.

Zaxira ishqoriyligini oshirish siydikni ishqorlash hisobiga atsetilsalitsil kislotasining chiqarilishini kuchaytiradi. Siydikni ishqorlash salitsilatlar kontsentratsiyasi 40 mg% dan yuqori bo'lganda ko'rsatilgan va natriy gidrokarbonatni vena ichiga infuziya qilish (1 l 5 % li dekstroza (glyukoza) eritmasida 88 mEkv, 10-15 ml/soat/kg tezlikda) orqali ta'minlanadi; aylanib yuruvchi qon hajmini tiklash va diurez induktsiyasiga xuddi shu dozalarda va suyultirishda natriy gidrokarbonat yuborish orqali erishiladi, bu 2-3 marta takrorlanadi. Suyuqlikning intensiv infuziyasi o'pka shishiga olib kelishi mumkin bo'lgan keksa yoshdagi bemorlarda ehtiyot bo'lish kerak. Siydikni ishqorlash uchun atsetazolamidni qo'llash tavsiya etilmaydi (atsidozni chaqirishi va salitsilatlarning toksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin). Gemodializ salitsilatlar kontsentratsiyasi 100-130 mg% dan ortiq bo'lganda, surunkali zaharlanishi bo'lgan bemorlarda - ko'rsatmalar mavjud bo'lganda 40 mg% va undan past bo'lganda ko'rsatilgan (refrakter atsidoz, holatning progressiv yomonlashuvi, markaziy nerv tizimining og'ir shikastlanishi, o'pka shishi va buyrak yetishmovchiligi). O'pka shishida - kislorod bilan boyitilgan aralashma bilan o'pkaning sun'iy ventilyatsiyasi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yoā€˜riqnomaning soddalashtirilgan va toā€˜ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va oā€˜z-oā€˜zini davolash uchun qoā€˜llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO 0,1 eritma N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO 0,1 eritma N30 o'xshash dorilari

KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•114 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•59 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
Narxi
31 400 so'm dan
VRAGGRIPP tabletkalari N100
Retseptsiz
VRAGGRIPP tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
100 000 so'm dan

Atsetilsalitsilovaya Kislota boshqa chiqarish shakllari

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
TatXimFarmPreparati, AO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5 g N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5 g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
HERBAL PHARM, OOO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO 0,1 eritma N30 analoglari

KARDIASK 0,1 tabletkalari N60
KARDIASK 0,1 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
KARDIASK 0,05 tabletkalari N30
KARDIASK 0,05 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
KARDIASK 0,1 tabletkalari N30
KARDIASK 0,1 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
ASEKARDOL 0,1 eritma N30
ASEKARDOL 0,1 eritma N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
ASEKARDOL 0,05 eritma N30
ASEKARDOL 0,05 eritma N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
ASEKARDOL 0,3 eritma N30
ASEKARDOL 0,3 eritma N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO 0,1 eritma N30 haqida savollar

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO 0,1 eritma N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan boā€˜lasiz. Batafsil