Apteka.uz
SavatKirish

BETADERM maz 15 g 0,05%+0,1%

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Polsha
Kategoriya:Dermatologik
Ishlab chiqaruvchi:Farmzavod Yelfa A.O.
Teglar:Dermatitdan
ATX kodi:B07CC01
Barcha Betaderm dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BETADERM maz 15 g 0,05%+0,1% haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Betametazon teri orqali shox qavatga oson kiradi. Terida biotransformatsiyaga uchramaydi va u orqali organizmga kiradi. Betametazonning teri orqali so'rilishi burmalar sohasidagi nozik teriga, epiteliysi shikastlangan teriga yoki yallig'lanish jarayoni bilan shikastlangan teriga qo'llanilganda ortadi. Bundan tashqari, so'rilish dori vositasi tez-tez qo'llanilganda yoki terining katta yuzasiga qo'llanilganda ortadi.

Gentamitsin shikastlanmagan teriga surtilgandan so'ng so'rilmaydi, patologik jarayon bilan shikastlangan teriga surtilgandan so'ng esa tizimli qon oqimiga so'rilishi mumkin.

Metabolizmi

Betametazon asosan jigarda biotransformatsiyaga uchraydi.

Chiqarilishi

Betametazon glyukuron kislotasi bilan birikmalar shaklida va oz miqdorda o'zgarmagan holda, asosan, siydik bilan va kamroq miqdorda - safro bilan chiqariladi.

Gentamitsin organizmda biotransformatsiyaga uchramaydi va siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Dermatologik reaksiyalar: husnbuzarlar, steroid purpura, epidermis o'sishining susayishi, teri osti kletchatkasi atrofiyasi, teri qurishi, teri depigmentatsiyasi yoki giperpigmentatsiyasi, teri atrofiyasi va striyalar, teleangiektaziyalar, follikulit; ba'zida eshakemi yoki dog'li-papulyoz toshma paydo bo'lishi mumkin; juda kam hollarda - achishish hissi, eritema, ekssudatsiya, pigmentatsiya buzilishi va qichishish; yuz terisiga qo'llanilgandan keyin - perioral dermatit.

GKS larga xos tizimli nojo'ya ta'sirlar: uzoq muddat qo'llanilganda yoki katta yuzaga surtilganda - buyrak usti bezi po'stlog'i funktsiyasining susayishi, tana vaznining oshishi, osteoporoz, qon bosimining oshishi, shishlar, OIT shilliq qavatining yaralanishi, yashirin infektsiya o'choqlarining zo'rayishi, giperkaliemiya, qo'zg'alish, uyqusizlik, hayz tsiklining buzilishi.

Gentamitsinga xos tizimli nojo'ya ta'sirlar: shilliq qavatlarga yoki terining sezilarli yuzasiga, ayniqsa patologik jarayon bilan shikastlangan yuzaga surtilganda - ototoksiklik belgilari.

Qovoq terisiga qo'llanilgandan keyin ba'zida glaukoma ko'rinishlarining kuchayishi yoki katarakta rivojlanishining tezlashishi mumkin.

Bolalarda (nojo'ya ta'sirlar kattalardagi nojo'ya ta'sirlarga qo'shimcha hisoblanadi): gipotalamus-gipofiz-buyrak usti bezi tizimining susayishi, Itsenko-Kushing sindromi, o'sishning kechikishi, tana vazni qo'shilishining orqada qolishi, kalla ichi bosimining oshishi (betametazon).

Maxsus saqlash sharoitlari

Uzoq muddat qo'llashdan qochish kerak, chunki bunda nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi tez-tezligi ortadi va bakteriyalarning gentamitsinga rezistentligi rivojlanishi mumkin.

Hatto qisqa muddat qo'llangandan keyin ham teleangiektaziyalar paydo bo'lishi mumkinligi sababli, preparatni yuz terisiga qo'llash tavsiya etilmaydi.

Betaderm® preparatini ko'zga va periorbital sohaga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

Tananing ba'zi qismlari (chov burmalari, qo'ltiq osti va perianal soha) striyalar paydo bo'lish xavfiga ko'proq moyil. Shuning uchun tananing ushbu qismlarida preparatni qo'llash davomiyligi cheklangan bo'lishi kerak.

Betaderm® preparatini butunligi buzilgan katta teri sirtlarida uzoq muddat qo'llaganda gentamitsinning so'rilishi va mos ravishda ototoksiklik simptomlari rivojlanishi ehtimoli mavjud.

Preparatni okklyuzion bog'lam ostida qo'llash mumkin emas.

Agar bog'lam qo'yishga o'ta zarurat bo'lsa, u holda havo o'tkazadigan bog'lam qo'yish kerak va zichlovchi, kleyonkali bog'lamdan foydalanmaslik kerak.

Zamburug'li superinfeksiya hollarida qo'shimcha ravishda zamburug'larga qarshi dori vositasini qo'llash zarur.

Pediatriyada ishlatilishi

Bolalarga preparatni 2 yoshdan boshlab faqat qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha va shifokor nazorati ostida tayinlashga ruxsat beriladi.

Bolalarda teri qoplamlari yuzasining tana vazniga nisbati kattaroq ekanligi, shuningdek epidermis yetarlicha rivojlanmaganligi sababli, preparat sirtga qo'llanilganda ta'sir etuvchi moddalarning mutanosib ravishda ko'proq miqdori so'rilishi mumkin va demak, tizimli nojo'ya hodisalar rivojlanishi xavfi kattaroq.

Preparatni bolalarda maksimal darajada qisqa muddat va barcha ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda qo'llash kerak.

Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga noxush ta'siri to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— terining virusli va zamburug'li infeksiyalari;

— sifilisning teri ko'rinishlari;

— teri tuberkulyozi;

— pushti va o'smir yoshidagi husnbuzarlar;

— flebitlar va trofik yaralar;

— vaksinatsiya davri va vaksina olgandan keyingi teri reaksiyalari;

— 2 yoshgacha bo'lgan bolalar;

— homiladorlik;

— laktatsiya davri;

— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Keksa yoshdagi shaxslarda teri osti kletchatkasi atrofiyasi bo'lganda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Betaderm® preparatini bir vaqtda qo'llash immunodepressiv preparatlar ta'sirini kuchaytirishi va immunostimulyatsiya qiluvchi preparatlar ta'sirini susaytirishi mumkin

Dozirovkasi

DozalashSirtqi qo'llaniladi. Krem yoki mazning oz miqdorini terining zararlangan yuzasiga kuniga 1-2 marta surtiladi. Bir hafta davomida uzluksiz qo'llashda 45 g dan ortiq preparatni ishlatish mumkin emas.

Davolash davomiyligi terapiyaning samaradorligi va o'zlashtirilishiga bog'liq bo'lib, qoida tariqasida, 2-4 haftadan oshmaydi.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish juda kam hollarda kuzatiladi. Biroq, uzoq muddat qo'llashda va mahalliy GKS larni keng yuzada ishlatishda buyrak usti bezlari funksiyasining susayishi, ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi va giperkortisizm simptomlari, shu jumladan Isenko-Kushing sindromi rivojlanishi mumkin.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BETADERM maz 15 g 0,05%+0,1% preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BETADERM maz 15 g 0,05%+0,1% o'xshash dorilari

BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•41 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•42 ta dorixonada bor
Narxi
64 000 so'm dan
TERBIZID krem 1% 10g
Retseptsiz
TERBIZID krem 1% 10g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•39 ta dorixonada bor
Narxi
37 000 so'm dan
MEZAMAKS krem 15g
Retseptli
MEZAMAKS krem 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan

BETADERM maz 15 g 0,05%+0,1% xususiyatlari

Betaderm boshqa chiqarish shakllari

BETADERM maz 15g
Retseptli
BETADERM maz 15g
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narxi
42 000 so'm dan

BETADERM maz 15 g 0,05%+0,1% analoglari

BETASPAN DEPO suspenziya 1ml N1
Retseptli
BETASPAN DEPO suspenziya 1ml N1
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
Narxi
50 900 so'm dan
SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g
Retseptsiz
SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
85 000 so'm dan
TRIDERM maz 15g
TRIDERM maz 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
83 000 so'm dan
TRIDERM maz 15g
TRIDERM maz 15g
Belgiya
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Sentral East AG, Shveysariya proizvedeno: Schering-Plough Labo N.V.
Narxi
83 000 so'm dan

BETADERM maz 15 g 0,05%+0,1% haqida savollar

BETADERM maz 15 g 0,05%+0,1% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil