Ташкент
logo
SavatKirish

DERMOBAKTER eritma 300ml

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Kategoriya:Antiseptiklar
Farmakoterapevtik guruh:

Antiseptik vosita.

Ishlab chiqaruvchi:Innothera Chouzy
ATX kodi:D08АC52
Barcha DERMOBAKTER dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

DERMOBAKTER eritma 300ml o'xshash dorilari

BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1
Retseptsiz
BEPANTEN PLYUS krem 5% 30g N1
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
62 000 so'm dan
MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml
Retseptsiz
MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml
Ukraina
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Darnisa AO
•96 ta dorixonada bor
Narxi
52 000 so'm dan
LOROBEN sprey 30ml
Retseptsiz
LOROBEN sprey 30ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
•120 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan

DERMOBAKTER eritma 300ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: benzolkoniy xloridini 50% li eritmasi 985 mg, bu 500 mg benzalkoniy xloridga mos keladi, xlorgeksidin diglyukonati    20% li eritmasi 1065 mg, bu 200 mg xlorgeksidin diglyukonatga t mos keladi.

Yordamchi moddalar: betain kokoalkildimetil 30% li  eritmasi, poloksamer 188, gidroksietilsellyuloza, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati, tozalangan suv.

Chiqarilish shakli

Oq rangli plastmassali taglik qo’yilgan buraluvchi plastmassa qalpoqli, hajmi 125 ml yoki 300 ml li jigarrang tiniq plastmassa flakonda. Bir flakondan karton qutida tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga.

Farmakodinamikasi

Benzalkoniy xloridi va xlorgeksidin keng ta’sir doirasiga ega antiseptik bo’lib, grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga bakteritsid ta’sir ko’rsatadi, patogen zamburug’larga, shu jumladan Candida albicans turidagi achitqisimonlarga fungitsid ta’sir ko’rsatadi. Antiseptik ta’siri 1 minut davomida namoyon bo’ladi. Yallig’lanishda ajraladigan shirada preparatning faolligi kam darajada pasayadi. Dermobakter teri qoplamlarini butunligini buzmasdan terini tozalaydi va dezinfeksiyalaydi, teri yuzasidan deyarli so’rilmaydi.

Farmakoterapevtik guruh

Antiseptik vosita.

Dori shakli

Sirtga va mahalliy qo’llash uchun eritma.

Nojo'ya samaralari

  Har qanday boshqa preparatlar singari bu preparat xam barcha bemorlarda bo’lmasa ham nojo’ya tasirga ega. Oraliq noma’lum (mavjud ma’lumotlarga ko’ra baholash mumkin emas)

  • Eritma yaxshilab suv bilan yuvib tashlanganida o’tib ketuvchi teri va shilliq pardalarning quruqligi terini ta’sirlanishi.
  • Davolash kursining boshida terining ozgina shikastlanishi.
  • Kontaktli ekzema paydo bo’lishi.

 — Chaqaloqlarda kimyoviy kuyishlar

— Yuz, lablar, til yoki tomoqning shishishi, xirillash yoki nafas olish qiyinlashishi kabi xlorgeksidinga hayot uchun xavfli allergik reaktsiyalar; qo’llanilgan joydan nariroqdagi teri qatlamida to’satdan boshlanadigan qizil teri toshmalari qichishish bilan; hushni yo’qotish yoki bosh aylanishi ).

Agar bu reaktsiyalardan biri boshlansa , Dermobakter qo’llashni to’xtatishingiz zarur va darhol shifokor bilan maslahatlashishingiz tavsiya etiladi.

O’z shifokoringiz va farmatsevtingizdan ushbu yo’riqnomada bo’lgan va bo’lmagan har qanday noxush yoki nojo’ya ko’rinishlar to’g’risida xabardor qiling va maslaxat so’rang.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat faqat sirtga qo’llash uchun mo’ljallangan

Eritma bilan terining katta yuzalariga ishlov berilganida (asosan kuygan teriga) ishlov berishda, eritmani germetik bog’lov ostiga ishlatilganda, chala tug’ilgan bolalarga qo’llashda eritmaning faol moddalarini tizimli qon oqimiga ta’sir  etish xavfi bor.

Preparatni chaqaloqlar va ayniqsa chala tug’ilgan chaqaloqlarga juda extiyotkorlik bilan qo’llash lozim.

“Dermobakter sirtga qo’llash uchun eritma” si orqali teri kimyoviy kuyishi mumkin.

Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir etish xususiyati

Ta’sir qilmaydi.

Qo'llanilishi

Infeksiyalangan teri yoki shilliq pardalarni shikastlanishlarini, teri yoki shilliq pardalarini (yoki xavfli infeksiyalanishini) tozalash yoki davolashda mahalliy yoki sirtga qo’llaniladi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

 — Preparat tarkibiga kiruvchi faol va yordamchi moddalarga allergik ta’sirlarda.

— Ko’z va eshitish yo’lini shilliq qavatini yuvish uchun ishlatilmasin.

 —  Xirurgik asboblar va moslamalarini dezinfeksiyasi uchun  qo’llanmasin.

Agarda sizga ma’lumotlar noaniq bo’lsa,  albatta shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.  

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa mahalliy antiseptiklar bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas (nomutanosiblik yoki samarasizlik xavfi). Agar avval sovun ishlatilgan bo’lsa, u yaxshilab yuvib tashlanishi lozim.

Agarda siz boshka dorilarni kabul kilayotgan, qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo’lsangiz vrach yoki  farmatsevtga xabar bering.

Ta'rifi

Biroz yopishqoq, chayqatilganida ko’piradigan, efir hidiga ega tiniq, rangsiz suyuqlik.

Dozirovkasi

Sirtga qo’llash uchun.

  Eritma suyultirilgan yoki suyultirilmagan holda kuniga 1-2 marta qo’llaniladi.Teri yuzasiga ishlov berish uchun suyultirilmagan eritma ishlatiladi.Shilliq qavatlarga mahalliy ishlov berish uchun suvda 1/10 nisbatida suyultirilgan eritma qo’llanadi. Suyultirilgan eritma bevosita qo’llash oldidan tayyorlanadi va saqlanmasligi kerak.Eritma qo’llanilgandan so’ng doim ko’p miqdordagi suv bilan yaxshilab yuviladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborganda nojo’ya ta’sirlarni zo’rayishini keltirib  chikarishi mumkin.  Bundan tashkari, agar preparat bilan terining katta yuzalariga ishlov berilganida yoki okklyuzion bog’lov ostiga ishlatilganda, eritmaning faol moddalarini tizimli qon oqimiga ta’sir etish xavfi mavjudligi  inkor etmaslik kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Bu preparatni emizish davrida ko’krak atrofiga qo’llash mumkin emas.

Preparatni qo’llashdan oldin agarda siz xomilador va emizikdi davrda bulsangiz, xomiladorman deb uylasangiz yoki farzandli bulishni rejalashtirgan bulsangiz albatta shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing

Ehtiyot choralari

Preparatni qo’llanmaga mos ravishda qo’llang xamda uzok vaqt davomida flakon qopqog’ini    ochiq xolatda qoldirilganida, ayniqsa tarkibi 250 ml li flakondan ko’p bo’lsa bakterial zararlanish xolati yuz berishi  mumkin.

Agarda sizga ma’lumotlar noaniq bo’lsa, albatta shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.

DERMOBAKTER eritma 300ml boshqa chiqarish shakllari

DERMOBAKTER eritma 300ml analoglari

DERMOBAKTER eritma 300ml savollari

DERMOBAKTER eritma 300ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil