DIKLOFENAK 40,0 gel 1%

DIKLOFENAK 40,0 gel 1% qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Sirtga qo‘llanilganda diklofenak teri orqali yaxshi o‘tadi, asosan yallig‘lanish o‘chog‘ida va sinovial suyuqlikda to‘planadi. Teri orqali so‘riladigan diklofenak miqdori gelning teri bilan aloqa qilish vaqti va uning surtish maydoniga proporsional bo‘lib, preparatning umumiy dozasiga va terining gidratatsiya darajasiga bog‘liq. Preparatni surtishning tavsiya etilgan usulida diklofenakning 6% dan ko‘p bo‘lmagan qismi absorbtsiya qilinadi. Okkluzion bog‘lamni 10 soat davomida qo‘llash diklofenak rezorbsiyasining 3 baravar oshishiga olib keladi.
Farmakologik ta'siri
Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi
Nojo'ya samaralari
Nojo‘ya ta'sirlarning rivojlanish tez-tezligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez - kamida 10% sifatida tavsiflanadi; tez-tez - kamida 1%, lekin 10% dan kam; tez-tez emas - kamida 0,1%, lekin 1% dan kam; kam hollarda - kamida 0,01%, lekin 0,1% dan kam; juda kam hollarda, shu jumladan alohida xabarlar - 0,01% dan kam.
Mahalliy reaksiyalar: tez-tez emas - multiform
ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), ekzema, juda kam hollarda kontakt dermatit (qichishish, giperemiya, ishlov berilgan teri sohasining shishi,
papulyoz-vezikulyoz toshmalar, po‘st tashlash). Gel teri qoplamlarining katta yuzalariga, uzoq vaqt davomida surtilganda, diklofenakning tizimli nojo‘ya ta'sirlari rivojlanishi mumkin.
Tizimli reaksiyalar: kam hollarda - generalizatsiyalangan teri toshmasi, allergik reaksiyalar (eshakemi, angionevrotik shish, bronxospastik reaksiyalar), kam hollarda - fotosensibilizatsiya, juda kam hollarda anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan shok).
Maxsus saqlash sharoitlari
Faqat sirtga qo'llaniladi. Gelni faqat terining shikastlanmagan joylariga surtish mumkin. Gel surtilgandan so'ng okklyuzion bog'lam qo'ymaslik kerak. Foydalanishdan oldin me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, jigar, buyrak funksiyasi yoki qon yaratish tizimi buzilishlari bo'lgan bemorlar, shuningdek boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar bir vaqtda qo'llanilganda shifokor bilan maslahatlashishlari zarur. Preparat diklofenakning boshqa dori shakllari bilan birgalikda ishlatilganda maksimal sutkalik dozani hisobga olish kerak.
Uzoq muddat qo'llanilganda va/yoki katta yuzalarga surtilganda rezorbtiv ta'sir oqibatida tizimli nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi mumkin. Preparatni ko'zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobil va boshqa mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Diklofenakka yuqori sezuvchanlik. Bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlari polipozining qaytalanishi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarga toqat qilolmaslikning to'liq yoki to'liq bo'lmagan kombinatsiyasi (shu jumladan anamnezda).
Homiladorlik (III trimestr), emizish davri, bolalar yoshi (6 yoshgacha). Kutilayotgan surtish joyida teri qoplamalari butunligining buzilishi.
EHTIYOTKORLIK BILAN: jigar porfiriyasi
(zo'rayishi), me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar va buyrak funksiyalarining og'ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, qon ivishining buzilishi (shu jumladan gemofiliya, qon ketish vaqtining uzayishi, qon ketishga moyillik), keksa yosh, homiladorlik I va II trimestr.
HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA QO'LLANILISHI
Preparatni homiladorlikning III trimestrida qo'llash mumkin emas. Emizish davrida preparatni qo'llash tajribasi yo'q. I va II trimestrlarda qo'llash faqat shifokor maslahatidan so'ng, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo'lsa, mumkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparatni boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan qo'llash tavsiya etilmaydi.
Diklofenak fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Boshqa dori preparatlari bilan klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Dozirovkasi
6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 2 martadan ko'p bo'lmagan holda qo'llash, preparatning bir martalik dozasi 1 g gacha (to'liq ochilgan tuba bo'ynida taxminan 2 sm).
Gelning maksimal sutkalik dozasi 8 g dan oshmasligi kerak.
Davolash kursi - 14 kundan oshmaydi. Preparatni uzoqroq qo'llash zaruratini shifokor belgilaydi.
Gel surtilgandan so'ng qo'llarni yuvish kerak. Minimal samarali dozalarda minimal qisqa kurs bilan qo'llash kerak.Dozani oshirib yuborishGel applikatsiyasida past tizimli so'rilish tufayli, dozani oshirib yuborish ehtimoli kam.
Tasodifan ichishga qabul qilinganda tizimli nojo'ya reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Simptomlari: ko'ngil aynishi va qusish.
Davolash: me'dani yuvish, qusishni keltirib chiqarish, faollashtirilgan ko'mir, jadallashtirilgan diurez, simptomatik terapiya.
Gemodializ diklofenakning oqsillar bilan yuqori darajada bog'lanishi (taxminan 99 %) tufayli samarasiz.
DIKLOFENAK 40,0 gel 1% o'xshash dorilari




DIKLOFENAK 40,0 gel 1% xususiyatlari
Diklofenak boshqa chiqarish shakllari
DIKLOFENAK 40,0 gel 1% analoglari





{
"data": {
"id": 31766,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "diklofenak-1-40-0-gel-d-nar-prim-ozon",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "DIKLOFENAK 40,0 gel 1%",
"brand_name": "DIKLOFENAK 40,0",
"image": "uploads/iblock/34f/34fd854681da3f00e732b3f7504c8a3c.webp",
"atx_code": "M01AB05 Диклофенак",
"drug_form_id": 21,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "OOO «Ozon»",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 491,
"slug": "protivovospalitelnye",
"name": "Yallig'lanishga qarshi",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 10496,
"slug": "diklofenak",
"name": "Diklofenak"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7065,
"slug": "diklofenak",
"name": "Diklofenak"
}
],
"tags": [
{
"id": 107,
"slug": "ot-boli",
"name": "Og'riqdan"
}
]
}
}





















