Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KSILO EKO
XYLO EKO
Preparatning savdo nomi: Ksilo Eko
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ksilometazolin
Dori shakli: burun uchun tomchi yoki sprey ko‘rinishida
Tarkibi:
1 ml 0,05% li eritma quyidagilarni saklaydi:
faol modda: ksilometazolin gidroxlorid – 0,5 mg;
yordamchi moddalar: evkalipt moyi, natriy gidrofosfat x 12N2O, natriy digidrofosfat x 2 N2O, natriy xlorid, benzalkoniy xlorid, sorbitol, etil spirti 96%, tozalangan suv – 1 ml gacha.
1 ml 0,1% li eritma quyidagilarni saklaydi:
faol modda: ksilometazolin gidroxlorid – 1,0 mg;
yordamchi moddalar: evkalipt moyi, natriy gidrofosfat x 12N2O, natriy digidrofosfat x 2 N2O, natriy xlorid, benzalkoniy xlorid, sorbitol, etil spirti 96%, tozalangan suv – 1 ml gacha.
Ta‘rifi: tinik rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Antikongestiv vosita – alfa–adrenomimetik.
Kod ATX: R01AA07
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetika
Maxalliy kullanilganda ksilometazolin amalda konga surilmaydi, shu sababli kon plazmasida uning konsentrasiyasi juda past.
Farmakodinamika
Ksilometazolin alfa–adrenomimetik ta‘sirni namoyon qiladi va qon tomirlarini toraytiradi. Qon tomirlarini toraytirishi natijasida burun shillik qavatida shishlar va ajratmalar kamayishiga olib keladi. Ushbu ta‘sir sababli burun yo‘llari ochiladi va nafas olish yengillashadi. Tumov va burun oqishini samarali davolaydi. Ta‘sir bir necha daqiqada boshlanib, bir necha soat davom etadi.
Evkalipt moyi bakterisid, viruslarga va zamburuglarga karshi ta‘chir kursatadi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Intranazal.
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 0,05% eritma: xar bir burun yo‘liga 1 tomchidan (purkashdan) kuniga 1-2 marta; kuniga 3 martadan ortik qo‘llash mumkin emas.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun 0,1% eritma: Xar bir burun yo‘liga 1 tomchidan (purkashdan) (zarurati bulganda takrorlash mumkin), kuniga 3 martadan ortik qo‘llash mumkin emas. Preparat ko‘pi bilan 7 kun qo‘llaniladi, keyinchalik shifokor kursatmasi bo‘yicha.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Tez-tez va/yoki uzok vaqt qo‘llanganida – burun – xalkum shillik qavatini ta‘sirlanishi va/yoki qurishi, achishish, paresteziyalar, aksirish, gipersekresiya.
Kam – burun shillik qavatini shishi, yurak urishi, taxikardiya, aritmiyalar, arterial bosimni oshishi, bosh og‘rigi, qusish, uykusizlik, ko‘rishni buzilishi.
Juda kam- teri yuzasida toshmalar.
Yukori dozalarda uzok vaqt qo‘llanilganda – depressiv xolat, burun shilliq qavatlarida atrofiya kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bulmagan xolatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, taxikardiya, yakkol ateroskleroz, glaukoma, atrofik rinit, tireotoksikoz, miya pardalaridagi jarroxlik aralashuvlari (anamnezdagi), xomiladorlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (0,05% KSILO eko); 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (0,05% KSILO eko). Extiyotkorlik bilan: qandli diabet, II-IV funksional sinfi stenokardiyasi, gipertirioz.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Trisiklik anitdepressantlar, MAO ingibitorlari, maprotilinlar va adrenomimetiklar bilan birga kullanilganda zararli ta‘sirlari ortadi. Adrenoblokatorlar va kalsiy antogonistlari ksilometazolin ta‘sirini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Arterial gipertoniya, yurak qon-tomir kasalliklari, gipertireoz va adrenergik vositalarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga extiyotlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Preparatni 6 yoshgacha bulgan bolalarda shifokor ko‘rigi ostida qo‘llash tavsiya qilinadi. Dori vositasini uzok vaqt davomida qo‘llash ta‘sirining kamayishiga va burun shillik kavatin atrofiyasiga olib kelishi mumkin. emizikli davrda qo‘llanilganda bolani ko‘krak suti bilan oziqlantirishni to‘xtatish tavsiya etiladi. Dori vositasini yuqori dozalarda va tizimli qo‘llanilganda transport vositalarini va uskunalarni boshqarishga ta‘sir kiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlarning kuchayishi, bexos dori vositasini yutib yuborganda aritmiya, taxikardiya, kon bosimining oshishi, xushning yokotilishi kuzatilishi mumkin.
Davolash: simptomatik, shifokor ko‘rigi ostida.
Chiqarilish shakli
Burun uchun tomchi yoki sprey 0,05% yoki 0,1% ml dan.
Preparat 10 ml dan plastik flakon-tomchilagichlarda. Bir flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saklash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroklilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.