Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Yallig'lanishga qarshi  / MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6

MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Meloksikam
Ishlab chiqaruvchi:Altfarm, OOO
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:M01AC06 Мелоксикам
Barcha Meloksikam dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Meloksikam rektal kiritilgandan so'ng yaxshi so'riladi, mutlaq biokiraolishligi – 89 %.

Plazmadagi o'rtacha maksimal konsentratsiyaga 5 – 6 soat ichida erishiladi. Ko'p marta qo'llanilganda farmakokinetikaning barqaror holatiga 3 kundan 5 kungacha bo'lgan muddatda erishiladi.

Farmakokinetikaning barqaror holati davrida preparatning plazmadagi maksimal konsentratsiyasiga preparat qo'llanilgandan taxminan 5 soat o'tgach erishiladi. Maksimal (Cmax) va bazal konsentratsiyalar (Cmin) o'rtasidagi farqlar diapazonlari tabletkalar va suppozitoriylar uchun o'xshash va kuniga bir marta qabul qilingandan so'ng 7,5 mg doza uchun 0,4 – 1,0 mkg/ml ni va 15 mg doza uchun 0,8 – 2,0 mkg/ml ni tashkil qiladi (mos ravishda Cmin va Cmax qiymatlari keltirilgan).

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 99 % dan ortiq. Preparat kuniga bir marta qabul qilingandan so'ng maksimal va bazal konsentratsiyalar o'rtasidagi farqlar diapazoni nisbatan kichik va 7,5 mg doza ishlatilganda 0,4 – 1,0 mkg/ml ni, 15 mg doza ishlatilganda esa – 0,8 – 2,0 mkg/ml ni tashkil qiladi (mos ravishda Cmin va Cmax qiymatlari keltirilgan). Meloksikam gistoematik to'siqlar orqali o'tadi, sinovial suyuqlikdagi konsentratsiyasi preparatning plazmadagi maksimal konsentratsiyasining 50 % iga yetadi.

Metabolizmi

Jigarda deyarli to'liq metabolizmga uchrab, to'rtta farmakologik jihatdan nofaol hosilalarni hosil qiladi. Asosiy metabolit, 5'-karboksi-meloksikam (doza miqdorining 60 %), oraliq metabolit, 5'-gidroksimetilmeloksikamning oksidlanishi yo'li bilan hosil bo'ladi, u ham ekskretsiya qilinadi, lekin kamroq darajada (doza miqdorining 9 %). In vitro tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, ushbu metabolik o'zgarishda CYP2С9 muhim rol o'ynaydi, CYPЗА4 izofermenti qo'shimcha ahamiyatga ega. Boshqa ikkita metabolitning (mos ravishda preparat dozasi miqdorining 16 % va 4 % ini tashkil qiluvchi) hosil bo'lishida peroksidaza ishtirok etadi, uning faolligi, ehtimol, individual ravishda o'zgarib turadi.

Chiqarilishi

Ichak va buyraklar orqali teng darajada, asosan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi.

Ichak orqali o'zgarmagan holda sutkalik doza miqdorining 5 % dan kamrog'i chiqariladi, siydikda o'zgarmagan holda preparat faqat iz miqdorlarida aniqlanadi. Meloksikamning yarim chiqarilish davri (Т1/2) 15 – 20 soatni tashkil qiladi. Plazma klirensi o'rtacha 8 ml/daqiqani tashkil qiladi. Keksa yoshdagi shaxslarda preparat klirensi pasayadi. Taqsimlanish hajmi past va o'rtacha 11 l ni tashkil qiladi.

Jigar va/yoki buyrak funksiyasi yetishmovchiligi

Jigar funksiyasi yetishmovchiligi, shuningdek o'rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi meloksikam farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Terminal buyrak yetishmovchiligida taqsimlanish hajmining oshishi erkin meloksikamning yuqoriroq konsentratsiyalariga olib kelishi mumkin, shuning uchun bu bemorlarda sutkalik doza 7,5 mg dan oshmasligi kerak.

Keksa yoshdagi bemorlar

Keksa yoshdagi bemorlarda farmakokinetikaning barqaror holati davridagi o'rtacha plazma klirensi yosh bemorlarnikiga qaraganda biroz pastroq.

Farmakologik ta'siri

Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi

Nojo'ya samaralari

Quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalarning uchrash tezligi quyidagicha aniqlangan:

-juda tez-tez

-tez-tez

-tez-tez emas

-kam hollarda

-juda kam hollarda

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – dispepsiya, sh.j. ko‘ngil aynishi, qusish, abdominal og‘riqlar, qabziyat, meteorizm, diareya; tez-tez emas – «jigar» transaminazalari faolligining o‘tkinchi oshishi, giperbilirubinemiya, kekirish, ezofagit, gastroduodenal yara, MITYdan qon ketishi (sh.j. yashirin), stomatit; kam hollarda – MITY teshilishi, kolit, gepatit, gastrit.

Qon yaratish a’zolari tomonidan: tez-tez – anemiya; tez-tez emas – qon formulasining o‘zgarishi, sh.j. leykopeniya, trombotsitopeniya.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez – qichishish, teri toshmasi; tez-tez emas – eshakemi; kam hollarda – fotosensibilizatsiya, bullez toshmalar, ko‘p shaklli eritema, sh.j. Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Nafas olish tizimi tomonidan: kam hollarda – bronxospazm.

Asab tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – vertigo, quloqlarda shovqin, uyquchanlik; kam hollarda – ongning chalkashishi, dezorientatsiya, hissiy labillik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – periferik shishlar; tez-tez emas – arterial bosim oshishi, yurak urishini his qilish, yuz terisiga qon «oqib kelish».

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas – giperkreatininemiya va/yoki qon zardobida mochevina konsentratsiyasining oshishi; kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; meloksikam qabul qilish bilan bog‘liqligi aniqlanmagan – interstitsial nefrit, albuminuriya, gematuriya.

Sezgi a’zolari tomonidan: kam hollarda – kon’yunktivit, ko‘rishning buzilishi, sh.j. ko‘rish noaniqligi.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – angionevrotik shish, anafilaktoid/ anafilaktik reaksiyalar.

Maxsus saqlash sharoitlari

Anamnezida oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo'lgan bemorlarda, shuningdek antikoagulyant terapiyada bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday bemorlarda OIT eroziv-yarali shikastlanishlari yuzaga kelishi xavfi yuqori. Keksa yoshdagi bemorlar, qon aylanishi yetishmovchiligi ko'rinishlari bo'lgan surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar, jigar tsirrozi bo'lgan bemorlar, shuningdek jarrohlik aralashuvlari natijasida gipovolemiyasi bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish va buyrak funktsiyasi ko'rsatkichlarini nazorat qilish kerak.

Buyrak funktsiyasi biroz yoki o'rtacha pasaygan bemorlarda (kreatinin klirensi 30 ml/daq dan ortiq) dozalash rejimini to'g'irlash talab etilmaydi. Siydik haydovchi vositalar va meloksikamni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari kerak.

Meloksikam, boshqa NYQP kabi, infektsion kasalliklar simptomlarini niqoblashi mumkin.

Meloksikamni qo'llash, prostaglandinlar sintezini bloklovchi boshqa preparatlar kabi, fertillikka ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi.

Agar davolash jarayonida allergik reaktsiyalar (qichishish, teri toshmasi, eshakemi, fotosenzibilizatsiya) yuzaga kelsa, shuningdek preparatni qabul qilish fonida ko'rish buzilishlarini qayd etayotgan bemorlar preparatni qabul qilishni to'xtatish masalasini hal qilish uchun shifokorga murojaat qilishlari kerak.

Transport vositalarini boshqarish va psixomotor reaktsiyalar yuqori tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'siri:

Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

meloksikamga yoki preparatning yordamchi komponentiga yuqori sezuvchanlik;

-aortokoronar shuntlash o'tkazilgandan keyingi holat;

-dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi;

-bronxoobstruksiya, rinit xuruji haqida anamnestik ma'lumotlar;

-atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYQP qabul qilgandan keyin eshakemi (bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni o'zlashtira olmaslikning to'liq yoki to'liq bo'lmagan kombinatsiyasi (shu jumladan anamnezda));

-oshqozon yoki o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining eroziv-yarali o'zgarishlari, faol oshqozon-ichakdan qon ketish;

-ichakning yallig'lanish kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi);

-serebrovaskulyar qon ketish yoki boshqa qon ketishlar;

-yaqqol jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi;

-dializ qilinmaydigan bemorlarda surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam), buyrak kasalliklarining zo'rayishi, shu jumladan tasdiqlangan giperkaliemiya;

-homiladorlik, ko'krak suti bilan emizish davri;

-15 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Suppozitoriylar to'g'ri ichak yoki orqa chiqarish teshigining har qanday yallig'lanish kasalliklari bo'lgan bemorlarda yoki yaqinda to'g'ri ichakdan yoki orqa chiqarish teshigidan qon ketish kuzatilgan bemorlarda qo'llanilmasligi kerak.

Ehtiyotkorlik bilan:

Yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, dimlangan yurak yetishmovchiligi, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, chekish, M IT yarali shikastlanishi rivojlanishi haqida anamnestik ma'lumotlar, Helicobacter pylori infektsiyasi mavjudligi, kreatinin klirensi 30-60 ml/min bo'lgan SBE, keksa yosh, NYQPlarni uzoq vaqt qo'llash, alkogolni tez-tez iste'mol qilish, og'ir somatik kasalliklar, quyidagi preparatlar bilan yo'ldosh terapiya:

-antikoagulyantlar (masalan, varfarin);

-antiagregantlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel);

-peroral glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon);

-serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar (masalan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin).

M IT tomonidan noxush hodisalar rivojlanish xavfini kamaytirish uchun minimal samarali dozani maksimal darajada qisqa kurs bilan qo'llash kerak.

Homiladorlik vaqtida va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi:

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (shuningdek atsetilsalitsil kislotasi) bilan bir vaqtda qo'llanilganda OIT eroziv-yarali shikastlanishlari va qon ketishlar yuzaga kelish xavfi ortadi.

Gipotenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda oxirgilarining ta'siri samaradorligi pasayishi mumkin.

Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda litiy kumulyatsiyasi rivojlanishi va uning toksik ta'siri oshishi mumkin (qonda litiy kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi).

Metotreksat bilan bir vaqtda qo'llanilganda oxirgisining qon yaratish tizimiga nojo'ya ta'siri kuchayadi (anemiya va leykopeniya yuzaga kelish xavfi, umumiy qon tahlilini vaqti-vaqti bilan o'tkazish ko'rsatilgan).

Diuretiklar va siklosporin bilan bir vaqtda qo'llanilganda buyrak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi ortadi.

Bachadon ichi kontratseptiv vositalari bilan bir vaqtda qo'llanilganda oxirgilarining ta'siri samaradorligi pasayishi mumkin.

Antikoagulyantlar (geparin, tiklopidin, varfarin), shuningdek trombolitik preparatlar (streptokinaza, fibrinolizin) bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ketishlar rivojlanish xavfi ortadi (qon ivish ko'rsatkichlarini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish zarur).

Kolestiramin bilan bir vaqtda qo'llanilganda preparatning organizmdan chiqarilishi tezlashadi.

Serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda oshqozon-ichakdan qon ketishlar rivojlanish xavfi ortadi.

Dozirovkasi

DozalashRektal (oldindan shamchani konturli o'ramidan chiqarib, uni orqa teshikka chuqur kiritadilar).

Tavsiya etilgan dozalash rejimi:

Revmatoid artrit: sutkasiga 15 mg (15 mg li 1 shamcha ? sutkasiga 1 marta yoki 7,5 mg li 1 shamcha ? sutkasiga 2 marta). Davolash samarasiga qarab doza sutkasiga 7,5 mg gacha kamaytirilishi mumkin.

Osteoartroz: sutkasiga 7,5 mg (7,5 mg li 1 shamcha ? sutkasiga 1 marta). Samarasizlikda doza sutkasiga 15 mg gacha oshirilishi mumkin.

Ankilozlanuvchi spondilit (Bexterev kasalligi): sutkasiga 15 mg (15 mg li 1 shamcha ? sutkasiga 1 marta yoki 7,5 mg li 1 shamcha ? sutkasiga 2 marta). Maksimal sutkalik doza 15 mg dan oshmasligi kerak.

Nojo'ya samaralar rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda, shuningdek gemodializda bo'lgan og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda doza sutkasiga 7,5 mg dan oshmasligi kerak.

Kombinatsiyalangan qo'llash. Tabletkalar, shamchalar, ichga qabul qilish uchun suspenziya va in'eksiyalar ko'rinishida qo'llaniladigan meloksikam preparatining umumiy sutkalik dozasi 15 mg dan oshmasligi kerak.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6 o'xshash dorilari

BOLNOL RELAKS gel 30g N1
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
22 400 so'm dan
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•59 ta dorixonada bor
Narxi
4 500 so'm dan
KOSTAROKS tabletkalari 60mg N28
Retseptli
KOSTAROKS tabletkalari 60mg N28
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Salutas Pharma GmbH
Aviten kukuni 20mg N1
Aviten kukuni 20mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Montage Laboratories Pvt. Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
61 000 so'm dan

MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6 xususiyatlari

Meloksikam boshqa chiqarish shakllari

MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
Moldova
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim S.R.L
•54 ta dorixonada bor
Narxi
44 700 so'm dan
MELOKSIKAM DS 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Retseptli
MELOKSIKAM DS 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Chjanszyakou Kayvey Farmasyutikal Ko.Ltd
MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N5
Retseptli
MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Slavyanskaya Apteka FK OOO
MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,0075 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
IRBITSKIY XIMFARMZAVOD, OAO
MELOKSIKAM BUFUS 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Retseptli
MELOKSIKAM BUFUS 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
MELOKSIKAM eritma 1,5 ml 10 mg/ml N40
Retseptli
MELOKSIKAM eritma 1,5 ml 10 mg/ml N40
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
MELOKSIKAM eritma 1,5 ml 10 mg/ml N20
Retseptli
MELOKSIKAM eritma 1,5 ml 10 mg/ml N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
MELOKSIKAM eritma 1,5 ml 10 mg/ml N10
Retseptli
MELOKSIKAM eritma 1,5 ml 10 mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
MELOKSIKAM BUFUS 0,01/ML eritma 1,5ml N5
Retseptli
MELOKSIKAM BUFUS 0,01/ML eritma 1,5ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Moldova
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim S.R.L
•11 ta dorixonada bor
Narxi
19 100 so'm dan
MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Medisorb, AO
MELOKSIKAM eritma 1,5 ml 10 mg/ml N5
Retseptli
MELOKSIKAM eritma 1,5 ml 10 mg/ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
Narxi
31 100 so'm dan
MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
Retseptli
MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Danhson Trading & Pharma Co. Ltd, Vetnam proizvedeno: Zhangjiakou Kaiwei Pharmaceutical Co. Ltd.
MYeLOKSIKAM tabletkalari N30
Retseptli
MYeLOKSIKAM tabletkalari N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 15mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 15mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe

MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6 analoglari

MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N3
MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N3
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N5
MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N5
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
MELOKSIKAM SHTADA 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM SHTADA 0,015 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
MOVALIS 0,015 tabletkalari N20
MOVALIS 0,015 tabletkalari N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10
Retseptli
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
MELOKSIKAM TEVA 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM TEVA 0,0075 tabletkalari N20
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N20
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
MELOKSIKAM SOLOFARM POLITVIST eritma 1,5ml N5
Retseptli
MELOKSIKAM SOLOFARM POLITVIST eritma 1,5ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
MELOKSIKAM AKRIXIN 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM AKRIXIN 0,0075 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Yunikem Laboratoriz Limited
MOVALIS 0,015 tabletkalari N10
MOVALIS 0,015 tabletkalari N10
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
MOVALIS 0,0075 tabletkalari N20
MOVALIS 0,0075 tabletkalari N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
MOVASIN 0,01/ML eritma 1,5ml N5
MOVASIN 0,01/ML eritma 1,5ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)

MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6 haqida savollar

MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil