Apteka.uz
SavatKirish

MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N5

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Meloksikam
Ishlab chiqaruvchi:Slavyanskaya Apteka FK OOO
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:M01AC06
Barcha Meloksikam dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
Toā€˜lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd toā€˜lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada koā€˜rsatilgan tarif boā€˜yicha. Onlayn yoki kuryerga toā€˜lov

MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N5 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Absorbsiya. Nisbiy biokiraolishligi taxminan 100 % ni tashkil qiladi. Preparat 15 mg dozada mushak ichiga yuborilgandan so'ng preparatning plazmadagi maksimal konsentratsiyasi (Smax) 1.62 mkg/ml ni tashkil qiladi va taxminan 60 daqiqa ichida erishiladi.

Taqsimlanishi. Meloksikam plazma oqsillari, ayniqsa albumin bilan yaxshi bog'lanadi (99 %)

Sinovial suyuqlikka kirib boradi, sinovial suyuqlikdagi konsentratsiya plazmadagi konsentratsiyaning taxminan 50 % ini tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi Vd past, o'rtacha 11 l ni tashkil qiladi: shaxslararo farqlar 30-40 % ni tashkil qiladi.

Metabolizmi. Meloksikam jigarda deyarli to'liq metabolizmga uchrab, to'rtta farmakologik jihatdan nofaol metabolitlarni hosil qiladi. Asosiy metabolit. 5'-karboksi-meloksikam (doza miqdorining 60 %), oraliq metabolitning oksidlanishi yo'li bilan hosil bo'ladi. 5'-gidroksimetilmeloksikam. u ham ekskretsiya qilinadi, lekin kamroq darajada (doza miqdorining 9 %). In vitro tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, ushbu metabolik o'zgarishda CYP2C9 izofermenti muhim rol o'ynaydi. CYP3A4 izofermenti qo'shimcha ahamiyatga ega. Boshqa ikkita metabolitning (mos ravishda preparat dozasi miqdorining 16 % va 4 % ini tashkil qiluvchi) hosil bo'lishida peroksidaza ishtirok etadi. uning faolligi. ehtimol, individual ravishda o'zgarib turadi.

Chiqarilishi. Axlat va siydik bilan teng darajada, asosan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. O'zgarmagan holda axlat bilan sutkalik doza miqdorining 5 % dan kamrog'i chiqariladi, siydikda o'zgarmagan holda preparat faqat iz miqdorlarida aniqlanadi. O'rtacha yarim chiqarilish davri (Š¢1/2) 20 soatni tashkil qiladi. Plazma klirensi o'rtacha 8 ml/daqiqani tashkil qiladi.

Meloksikam mushak ichiga yuborilganda 7.5-15 mg dozalarda chiziqli farmakokinetikani namoyish etadi.

Peroral qo'llanilganda meloksikam uchun enterogepatik retsirkulyatsiya xos ekanligi haqida xabarlar mavjud. Meloksikamning ichga qabul qilish uchun dori shakllari qabul qilinganda preparatning qon plazmasidagi maksimal plazma konsentratsiyasiga erishishgacha bo'lgan o'rtacha vaqt davri (TSmax) 5-6 soatni tashkil qiladi, bunda biror-bir sabablarga ko'ra enterogepatik retsirkulyatsiyaning buzilishi meloksikam eliminatsiyasini oshirishi va uning Т1/2 ini 13 soat va undan ko'proqqa kamaytirishi mumkin (ichga qabul qilinganda).



Jigar va/yoki buyrak funksiyasi yetishmovchiligi

Jigar funksiyasi yetishmovchiligi, shuningdek yengil yoki o'rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi meloksikam farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Terminal buyrak yetishmovchiligida Vd ning oshishi erkin meloksikamning yuqoriroq konsentratsiyalariga olib kelishi mumkin. shuning uchun bu bemorlarda sutkalik doza 7.5 mg dan oshmasligi kerak.

Keksa yoshdagi bemorlar

Keksa yoshdagi bemorlarda farmakokinetikaning muvozanat holati davridagi o'rtacha plazma klirensi yosh bemorlarnikiga qaraganda biroz pastroq.

Farmakologik ta'siri

Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi

Nojo'ya samaralari

Mavjud ma’lumotlar shuni taxmin qilishga imkon beradiki, ba’zi NYQPlarni qoā€˜llash (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davolanganda) arterial trombozlar (masalan, miokard infarkti yoki insultda) rivojlanishi xavfining biroz oshishi bilan bogā€˜liq boā€˜lishi mumkin.

Quyida keltirilgan noxush holatlar anatomik-fiziologik tasnif va uchrash tezligiga qarab sanab oā€˜tilgan. Uchrash tezligi Jahon Sogā€˜liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tasnifiga koā€˜ra keltirilgan va quyidagi darajalarga ega: tez-tez - 1% dan ortiq; tez-tez emas - 0,1-1%; kam hollarda - 0,01 -0,1%; juda kam hollarda - 0,01% dan kam, shu jumladan alohida holatlar.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:

tez-tez - dispepsiya, koā€˜ngil aynishi, qusish, abdominal ogā€˜riqlar, qabziyat, meteorizm, diareya:

tez-tez emas - Ā«jigarĀ» transaminazalari faolligining oā€˜tkinchi oshishi, giperbilirubinemiya, kekirish, ezofagit, stomatit; kolit, gastrit;

kam hollarda - MITYning eroziv-yarali shikastlanishlari, me’da-ichakdan qon ketishi (shu jumladan yashirin);

juda kam hollarda - MITY a’zolari teshilishi;

Qon yaratish a’zolari tomonidan:

tez-tez emas - anemiya:

kam hollarda - qon formulasining oā€˜zgarishi, shu jumladan leykopeniya, trombotsitopeniya;

juda kam hollarda - agranulotsitoz.

Teri qoplamalari tomonidan:

tez-tez emas - qichishish, teri toshmasi: angionevrotik shish;

kam hollarda - Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eshakemi;

juda kam hollarda - fotosensibilizatsiya, bullez toshmalar, koā€˜p shaklli eritema.

Nafas olish tizimi tomonidan:

juda kam hollarda - bronxospazm.

Markaziy asab tizimi tomonidan:

tez-tez - bosh ogā€˜rigā€˜i;

tez-tez emas - vertigo, uyquchanlik; bosh aylanishi;

juda kam hollarda - ongning chalkashishi, dezorientatsiya.

Koā€˜rish a’zosi tomonidan:

kam hollarda - kon’yunktivit, koā€˜rishning buzilishi, shu jumladan koā€˜rish noaniqligi.

Eshitish a’zosi tomonidan: kam hollarda - quloqlarda shovqin.

Ruhiyat tomonidan:

kam hollarda - Ā«dahshatliĀ» tush koā€˜rishlar;

juda kam hollarda - hissiy labillik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:

tez-tez - periferik shishlar;

kam hollarda - yurak urishini his qilish.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan:

tez-tez emas - giperkreatininemiya va/yoki qon zardobida mochevina oshishi, natriy va suv tutilishi, giperkaliemiya;

juda kam hollarda - oā€˜tkir buyrak yetishmovchiligi;

kam hollarda NYQP chaqirishi mumkin - interstitsial nefrit, albuminuriya, gematuriya

Immun tizimi tomonidan:

tez-tez emas - allergik reaksiyalar (anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalardan tashqari); tezligi noma’lum - anafilaktik shok, anafilaktik reaksiyalar, anafilaktoid reaksiyalar.

Mahalliy reaksiyalar:

tez-tez - qattiqlashish va ogā€˜riq (in’eksiya joyida).

Umumiy reaksiyalar:

tez-tez emas - shishlar, shu jumladan oyoq shishlari;

Maxsus saqlash sharoitlari

Anamnezida oshqozon yoki o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo'lgan bemorlarda, shuningdek antikoagulyant terapiyada bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday bemorlarda OIT eroziv-yarali kasalliklari rivojlanish xavfi yuqori.

Boshqa NYQP ishlatilganda bo'lgani kabi, bemor hayoti uchun potentsial xavfli bo'lgan oshqozon-ichakdan qon ketish, yaralar va perforatsiyalar davolash davomida har qanday vaqtda, ham ogohlantiruvchi simptomlar yoki anamnezida jiddiy oshqozon-ichak asoratlari to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lganda, ham ushbu belgilar bo'lmaganda yuzaga kelishi mumkin. Ushbu asoratlarning oqibatlari umuman olganda keksa yoshdagi shaxslarda jiddiyroq bo'ladi.

Keksa yoshdagi bemorlar, qon aylanishi yetishmovchiligi ko'rinishlari bo'lgan surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar, shuningdek gipovolemiyasi bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish va buyrak funktsiyasi ko'rsatkichlarini nazorat qilish kerak.

Yengil va o'rtacha buyrak yetishmovchiligi (agar kreatinin klirensi 30 ml/daq dan ortiq) bo'lgan bemorlarda dozalash rejimini to'g'irlash talab etilmaydi.

Siydik haydovchi vositalar va meloksikamni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda diurez va buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.

Agar davolash jarayonida allergik reaktsiyalar (qichishish, teri toshmasi, eshakemi, fotosenzibilizatsiya) yuzaga kelsa, meloksikamni qo'llashni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Meloksikamni qo'llash, siklooksigenaza/prostaglandin sintezini bloklovchi boshqa preparatlar kabi, fertillikka ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun homilador bo'lishni xohlaydigan ayollarga tavsiya etilmaydi. Ayollarda urug'lanish qobiliyati buzilganda yoki bepushtlik bo'yicha tekshiruv o'tkazilganda meloksikamni bekor qilish zarur.

Arterial gipertenziya, buyrak funktsiyasi buzilishi va/yoki buyrak yetishmovchiligi rivojlanish xavf omillari, qandli diabeti bo'lgan bemorlarda, keksa yoshdagi shaxslarda, holsizlangan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Meloksikamni qo'llash infektsion kasalliklar simptomlarini niqoblashi mumkin.

Arterial gipertenziya va yengil va o'rtacha og'irlikdagi surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki meloksikam (boshqa NYQP kabi) organizmda natriy va suyuqlik tutilishiga va natijada surunkali yurak yetishmovchiligi rivojlanishi yoki dekompensatsiyasiga olib kelishi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparatning avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha maxsus tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Meloksikam bilan davolash davrida ruhiy va harakat reaktsiyalari tezligi pasayishi mumkin (uyquchanlik, ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar va b.). Shuning uchun transportni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

.meloksikamga yuqori sezuvchanlik. atsetilsalitsil kislotasiga, boshqa NYQP yoki yordamchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik:

•aortokoronar shuntlashdan keyingi operatsiyadan keyingi davrda og'riqlarni davolash:

•dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi:

•bronxial astma, burun shilliq qavati va burun yondosh bo'shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYQPlarni o'zlashtira olmaslikning to'liq yoki to'liq bo'lmagan kombinatsiyasi (shu jumladan anamnezda):

•oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining eroziv-yarali o'zgarishlari;

•ichakning yallig'lanish kasalliklari zo'rayishi (yarali kolit, Kron kasalligi):

•bosh miya ichiga qon quyilishi, faol oshqozon-ichakdan qon ketish yoki boshqa qon ketishlar:

•og'ir jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi:

•dializ qilinmaydigan bemorlarda og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam), buyrak kasalliklarining zo'rayishi, shu jumladan tasdiqlangan giperkaliemiya:

•qalqonsimon bez kasalliklari: o'tkir miokard infarkti: gipotenziya, gipertenziya: miya qon aylanishining o'tkir buzilishlari (ishemik, gemorragik insult);

•suyak ko'migi va qon kasalliklari (leykopeniya, shu jumladan anamnezda, trombotsitopeniya, gemofiliya);

•homiladorlik, ko'krak suti bilan emizish davri;

•18 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan

Yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar, surunkali yurak yetishmovchiligi, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, bronxial astma, sil, yaqqol osteoporoz, chekish, yengil va o'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 dan 60 ml/min gacha).

Oshqozon-ichak traktining yarali shikastlanishi rivojlanishi haqida anamnestik ma'lumotlar, Helicobacter pylori infektsiyasi mavjudligi, keksa yosh, NYQPni uzoq vaqt qo'llash, alkogolni tez-tez iste'mol qilish, og'ir somatik kasalliklar, quyidagi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish: antikoagulyantlar (masalan, varfarin);

•antiagregantlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel);

•peroral glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon);

•serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar (masalan, tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin).

Oshqozon-ichak trakti (M IT) tomonidan noxush hodisalar rivojlanish xavfini kamaytirish uchun minimal samarali dozani shifokor tavsiya qilgan minimal darajada qisqa kurs bilan qo'llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri

•meloksikamni boshqa NYQPV va yallig'lanishga qarshi dozalarda (bir martalik 1 g va undan ortiq dozada qabul qilish yoki sutkasiga 3 g va undan ortiq dozada qabul qilish) atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi;

•meloksikamni boshqa NYQPV (shuningdek atsetilsalitsil kislotasi), glyukokortikoidlar, analgetiklar, serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari bilan birga qo'llash eroziv-yarali shikastlanishlar va oshqozon-ichakdan qon ketishlar yuzaga kelish xavfini oshiradi:

•meloksikamni diuretiklar, angiotenzin-o'zgartiruvchi ferment ingibitorlari, angiotenzin retseptorlari blokatorlari bilan birga qo'llash:

1)gipotenziv dori vositalarining antigipertenziv samarasini kamaytirishi mumkin:

2)ba'zi toifadagi bemorlarda (suvsizlangan bemorlar, buyrak funktsiyasi pasaygan keksa bemorlar) buyrak funktsiyasining yanada yomonlashishiga (odatda qaytuvchan) olib kelishi mumkin;

•meloksikamni boshqa gipotenziv dori vositalari (masalan, beta-adrenoblokatorlar) bilan birga qo'llash oxirgilarining antigipertenziv samarasini tomir kengaytiruvchi ta'sirga ega prostaglandinlar sintezini bloklash hisobiga kamaytirishi mumkin;

•meloksikamni litiy preparatlari bilan birga qo'llash litiy kumulyatsiyasiga va uning toksik ta'siri oshishiga olib kelishi mumkin (qonda litiy kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi);

•meloksikam va boshqa NYQPVni metotreksat bilan birga qo'llash metotreksatning tubulyar sekretsiyasini pasaytiradi, uning plazmadagi kontsentratsiyasini va gematologik toksikligini oshiradi, ayniqsa buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda (anemiya va leykopeniya paydo bo'lish xavfi);

•meloksikam kalsinevrin ingibitorlari (siklosporin, takrolimus) bilan birga qo'llanilganda buyrak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi ortadi;

•meloksikam bachadon ichi kontratseptiv vositalari bilan birga qo'llanilganda oxirgilarining ta'siri samaradorligi pasayishi mumkin:

•meloksikam antikoagulyantlar (geparin, varfarin), antiagregantlar (atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel, tiklopidin), shuningdek fibrinolitik preparatlar (streptokinaza, fibrinolizin) bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ketish rivojlanish xavfi ortadi (qon ivish ko'rsatkichlarini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish zarur);

•bir vaqtda qabul qilinganda meloksikam ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin, shu bilan gipoglikemiya yuzaga kelish xavfini tug'diradi.

•Meloksikam digoksin, kortizon, diuretiklar ta'sirini susaytirishi mumkin.

•Kombinatsiyalangan terapiya o'tkazish holatida buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.

Farmakokinetik o'zaro ta'sir (boshqa dori vositalarining meloksikam farmakokinetikasiga ta'siri)

• Meloksikamni xolestiramin bilan bir vaqtda qo'llash oxirgisining enterogepatik retsirkulyatsiyasini buzib, meloksikam klirensini 50 % ga oshirib va yarim chiqarilish davrini 13 ± 3 soatgacha kamaytirib, meloksikam chiqarilishini tezlashtiradi:

• Meloksikam CYP 2C9 va CYP 3A4 izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan birga qo'llanilganda ularning farmakokinetik dori o'zaro ta'siri ehtimolini hisobga olish kerak. CYP izofermentlari induktsiyasi yoki faolligini bostirish bir vaqtda qo'llaniladigan dori preparatlarining biokiraolishligi o'zgarishiga olib kelishi, ularning samaradorligini yoki nojo'ya hodisalar rivojlanish chastotasini o'zgartirishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashPreparat chuqur mushak ichiga yuboriladi.

Preparatni vena ichiga yuborish taqiqlanadi!

Preparatni mushak ichiga yuborish odatda davolash kursining boshida bir marta amalga oshiriladi va faqat istisno hollarda (meloksikamning peroral yoki rektal dori shakllarini qo'llashning imkoni bo'lmaganda) uch kundan ortiq bo'lmagan muddat davomida amalga oshirilishi mumkin. Preparatni takroran qo'llashda preparatni o'ng va chap dumbaga navbatma-navbat yuborish kerak.

Tavsiya etilgan doza og'riqlar intensivligi va yallig'lanish jarayonining og'irligiga qarab, sutkasiga 1 marta 7,5 mg (1/2 ampula) yoki maksimal 15 mg (1 ampula) ni tashkil qiladi. Nojo'ya reaksiyalar xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda sutkalik doza 7,5 mg (1/2 ampula) dan oshmasligi kerak. Maksimal tavsiya etilgan sutkalik doza - 15 mg.

Keksa yoshdagi bemorlarda va og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) bo'lgan bemorlarda preparat dozasi 7,5 mg (1/2 ampula) dan oshmasligi kerak.

Yengil va o'rtacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 - 60 ml/min) bo'lgan bemorlarda va yengil va o'rtacha jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.

Meloksikamni boshqa dori shakllarida (tabletkalar, suppozitoriylar, ichga qabul qilish uchun suspenziyalar) bir vaqtda qo'llashda faol moddaning umumiy sutkalik dozasi 15 mg dan oshmasligi kerak .

Mushak ichiga in'eksiyalar uchun preparatni bolalar va o'smirlarda dozalash rejimi o'rganilmagan, ushbu dori shakli faqat kattalar bemorlarda qo'llanilishi mumkin. Plastik ampulani ochish sxemasi: o'ramdagi sxemaga qarang.Dozani oshirib yuborishBelgilari: ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyada og'riqlar. oshqozon-ichakdan qon ketishi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, nafas to'xtashi, asistoliya, letargiya. uyquchanlik, arterial qon bosimining oshishi, komatoz holat, tirishishlar, yurak-qon tomir kollapsi, yurak to'xtashi, anafilaktoid reaksiyalar.

Davolash:

o'ziga xos antidot yo'q.

Jadallashtirilgan diurez, siydikni ishqoriylashtirish, gemodializ - preparatning qon oqsillari bilan yuqori darajada bog'lanishi tufayli kam samarasiz.

Hajm/og'irlik

1,5мл
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yoā€˜riqnomaning soddalashtirilgan va toā€˜ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va oā€˜z-oā€˜zini davolash uchun qoā€˜llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N5 o'xshash dorilari

PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Retseptli
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
77 900 so'm dan
KETONAL DUO kapsulalar  150mg N30
Retseptli
KETONAL DUO kapsulalar 150mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.
•113 ta dorixonada bor
Narxi
48 000 so'm dan
NAKLOFEN inyeksiya uchun eritma 75mg/3ml N5
Retseptli
NAKLOFEN inyeksiya uchun eritma 75mg/3ml N5
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
33 600 so'm dan

MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N5 xususiyatlari

Meloksikam boshqa chiqarish shakllari

Narxi
31 100 so'm dan
MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
Moldova
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim S.R.L
•52 ta dorixonada bor
Narxi
44 700 so'm dan
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Moldova
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim S.R.L
•11 ta dorixonada bor
Narxi
19 100 so'm dan

MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N5 analoglari

AMELOTEKS gel 50g 1%
AMELOTEKS gel 50g 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•3 ta dorixonada bor
Narxi
37 000 so'm dan
AMELOTEKS tabletkalari 15mg N20
AMELOTEKS tabletkalari 15mg N20
Makedoniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
REPLEK FARM OOO Skope /FarmFirma Soteks,ZAO
•40 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
AMELOTEKS eritma 1,5ml 10mg/ml N5
AMELOTEKS eritma 1,5ml 10mg/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FarmFirma "Soteks",ZAO
•29 ta dorixonada bor
Narxi
51 500 so'm dan
KAMELOT tabletkalari 15mg N20
Retseptli
KAMELOT tabletkalari 15mg N20
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•103 ta dorixonada bor
Narxi
63 900 so'm dan
REVMOKSIKAM suppozitorii 15mg N5
Retseptli
REVMOKSIKAM suppozitorii 15mg N5
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•120 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
LOKSIDOL suppozitorii 15mg N6
Retseptli
LOKSIDOL suppozitorii 15mg N6
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Limited, Velikobritaniya proizvedeno: S.C. Magistra C & S.R.L.
•110 ta dorixonada bor
Narxi
54 700 so'm dan
LOKSIDOL tabletkalari 15mg N10
Retseptli
LOKSIDOL tabletkalari 15mg N10
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•106 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
MEKSILON inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N5
Retseptli
MEKSILON inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N5
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Medicus S.A., Gresiya proizvedeno: Help S.A.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
52 100 so'm dan
MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nobel Pharmsanoat
•116 ta dorixonada bor
Narxi
28 000 so'm dan
REVMOKSIKAM tabletkalari 7,5mg N20
Retseptli
REVMOKSIKAM tabletkalari 7,5mg N20
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•125 ta dorixonada bor
Narxi
24 900 so'm dan
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Moldova
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim S.R.L
•11 ta dorixonada bor
Narxi
19 100 so'm dan
MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
Moldova
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim S.R.L
•52 ta dorixonada bor
Narxi
44 700 so'm dan

MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N5 haqida savollar

MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Koā€˜rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan boā€˜lasiz. Batafsil