Apteka.uz
SavatKirish

MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Meloksikam
Ishlab chiqaruvchi:VELFARM, OOO
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:M01AC06 Мелоксикам
Barcha Meloksikam dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Meloksikam MIY dan yaxshi so'riladi, bu haqda meloksikam ichga qabul qilingandan so'ng yuqori mutlaq kiraolishlik (90 %) dalolat beradi. Bir marta qo'llanilgandan so'ng meloksikamning qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasiga 5-6 soat ichida erishiladi. Ovqat va noorganik antatsidlar bilan bir vaqtda qabul qilish so'rilishni o'zgartirmaydi. Meloksikam ichga qo'llanilganda (7,5 va 15 mg dozalarda) uning konsentratsiyalari dozalarga proporsionaldir. Farmakokinetikaning barqaror holatiga 3-5 kun ichida erishiladi. Meloksikam kuniga bir marta qabul qilingandan so'ng maksimal va bazal konsentratsiyalar o'rtasidagi farqlar diapazoni nisbatan kichik va 7,5 mg doza qo'llanilganda 0,4-1,0 mkg/ml ni, 15 mg doza qo'llanilganda esa - 0,8-2,0 mkg/ml ni tashkil qiladi (farmakokinetikaning barqaror holati davridagi qon plazmasidagi maksimal va minimal konsentratsiyaning (Stax va Cmin) mos ravishdagi qiymatlari keltirilgan), lekin ko'rsatilgan diapazondan chiqib ketadigan qiymatlar ham qayd etilgan. Farmakokinetikaning barqaror holati davrida qon plazmasidagi meloksikamning Stax iga ichga qabul qilinganidan 5-6 soat o'tgach erishiladi.

Taqsimlanishi

Meloksikam qon plazmasi oqsillari bilan, asosan albumin bilan juda yaxshi bog'lanadi (99 %). Sinovial suyuqlikka kirib boradi, sinovial suyuqlikdagi konsentratsiya qon plazmasidagi konsentratsiyaning 50 % ini tashkil qiladi. Meloksikam ichga (7,5 dan 15 mg gacha dozalarda) ko'p marta qabul qilingandan so'ng taqsimlanish hajmi taxminan 16 l ni, 11 dan 32 % gacha variatsiya koeffitsienti bilan tashkil qiladi.



Metabolizmi

Meloksikam jigarda deyarli to'liq metabolizmga uchrab, 4 ta farmakologik jihatdan nofaol metabolitlarni hosil qiladi. Asosiy metabolit, 5-karboksimeloksikam (doza miqdorining 60 %), oraliq metabolit 5-gidroksime-tilmeloksikamning oksidlanishi yo'li bilan hosil bo'ladi, u ham ekskretsiya qilinadi, lekin kamroq darajada (doza miqdorining 9 %). Ushbu metabolik o'zgarishda CYP2C9 izofermenti muhim rol o'ynaydi, CYP3A4 izofermenti qo'shimcha ahamiyatga ega. Boshqa ikkita metabolitning (mos ravishda meloksikam dozasi miqdorining 16 % va 4 % ini tashkil qiluvchi) hosil bo'lishida peroksidaza ishtirok etadi, uning faolligi, ehtimol, individual ravishda o'zgarib turadi.

Chiqarilishi

Ichak va buyraklar orqali teng darajada, asosan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. O'zgarmagan holda axlat bilan sutkalik doza miqdorining 5 % dan kamrog'i chiqariladi, siydikda o'zgarmagan holda meloksikam faqat iz miqdorlarida aniqlanadi. Meloksikamning o'rtacha yarim chiqarilish davri (Т1/2) 13 dan 25 soatgacha o'zgarib turadi. Plazma klirensi meloksikam bir marta qabul qilingandan so'ng o'rtacha 7-12 ml/daqiqani tashkil qiladi.

Jigar va/yoki buyrak funksiyasi yetishmovchiligi

Jigar funksiyasi yetishmovchiligi, shuningdek kuchsiz ifodalangan buyrak yetishmovchiligi meloksikam farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Meloksikamning organizmdan chiqarilish tezligi o'rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ancha yuqori. Terminal buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda meloksikam qon plazmasi oqsillari bilan yomonroq bog'lanadi. Terminal buyrak yetishmovchiligida taqsimlanish hajmining oshishi erkin meloksikamning yuqoriroq konsentratsiyalariga olib kelishi mumkin, shuning uchun bu bemorlarda sutkalik doza 7,5 mg dan oshmasligi kerak.

Keksa yoshdagi bemorlar



Keksa yoshdagi bemorlar yosh bemorlarga nisbatan o'xshash farmakokinetik ko'rsatkichlarga ega. Keksa yoshdagi bemorlarda farmakokinetikaning muvozanat holati davridagi o'rtacha plazma klirensi yosh bemorlarnikiga qaraganda biroz pastroq. Keksa yoshdagi ayollarda «konsentratsiya-vaqt» egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) ning yuqoriroq qiymatlari va uzoq Т1/2, har ikkala jinsdagi yosh bemorlarga nisbatan kuzatiladi.

Farmakologik ta'siri

Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya ta’sirlar uchrash tezligi quyidagicha baholangan: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100, 1/1000, 1/10000,
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - anemiya; kam hollarda - qon hujayralari sonining o‘zgarishi, shu jumladan leykotsitar formulaning o‘zgarishi, leykopeniya, trombotsitopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - angionevrotik shish; kam hollarda - eshakemi; tezligi noma’lum - anafilaktoid/anafilaktik reaksiyalar, anafilaktik shok.

Ruhiyat tomonidan buzilishlar: tez-tez - kayfiyat o‘zgarishi; tezligi noma’lum - ongning chalkashishi,dezorientatsiya.

Asab tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez - bosh og‘rig‘i; tez-tez emas - bosh aylanishi, uyquchanlik.

Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar: kam hollarda - kon’yunktivit, ko‘rishning buzilishi, shu jumladan ko‘rish noaniqligi.

Eshitish a’zosi tomonidan va labirint buzilishlari: tez-tez emas - vertigo. Yurak tomonidan buzilishlar: kam hollarda - yurak urishi.

Tomirlar tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - arterial bosim (AB) oshishi, yuzga qon «oqib kelish» hissi.

Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar: kam hollarda - atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYQP larga allergiyasi bo‘lgan bemorlarda bronxial astma.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez - qorinda og‘riq, dispepsiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tez emas - yashirin yoki yaqqol me’da-ichakdan qon ketishi, gastrit, stomatit, qabziyat, qorin dam bo‘lishi, kekirish; kam hollarda - gastroduodenal yaralar, kolit, ezofagit; juda kam hollarda - MITY teshilishi.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - gepatit. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - qichishish, teri toshmasi; kam hollarda - toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi; juda kam hollarda - bullez dermatit, ko‘p shaklli eritema; tezligi noma’lum - fotosensibilizatsiya. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - siydik chiqarishning buzilishi, shu jumladan siydikning o‘tkir tutilishi; juda kam hollarda - o‘tkir buyrak yetishmovchiligi. Laborator va instrumental ma’lumotlar: tez-tez emas - jigar funksiyasi ko‘rsatkichlarining tranzitor o‘zgarishi («jigar» transaminazalari yoki bilirubin faolligining oshishi); buyrak funksiyasi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi (qon zardobida kreatinin va/yoki mochevina darajasining oshishi).

Suyak ko‘migini susaytiruvchi dori preparatlari (metotreksat) bilan birga qo‘llash sitopeniyani keltirib chiqarishi mumkin.



Me’da-ichakdan qon ketishi, yara yoki teshilish o‘limga olib kelishi mumkin. Boshqa NYQPlar kabi interstitsial nefrit, glomerulonefrit, buyrak medulyar nekrozi, nefrotik sindrom paydo bo‘lishi ehtimoli istisno qilinmaydi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Oshqozon-ichak trakti kasalliklaridan aziyat chekuvchi bemorlar muntazam kuzatuvda bo'lishlari kerak. Oshqozon-ichak trakti yarali shikastlanishi yoki oshqozon-ichakdan qon ketish yuzaga kelganda preparatni bekor qilish zarur. Oshqozon-ichak traktidagi yaralar, perforatsiya yoki qon ketish davolash davomida har qanday vaqtda, ham ogohlantiruvchi simptomlar yoki anamnezida jiddiy oshqozon-ichak asoratlari to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lganda, ham ushbu belgilar bo'lmaganda yuzaga kelishi mumkin. Ushbu asoratlarning oqibatlari umuman olganda keksa yoshdagi bemorlarda jiddiyroq bo'ladi.



NYQP qo'llanilganda eksfoliativ dermatit, Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi jiddiy teri reaktsiyalari rivojlanishi mumkin. Shuning uchun teri va shilliq qavatlar tomonidan noxush ko'rinishlar, shuningdek preparatga o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi haqida xabar berayotgan bemorlarga alohida e'tibor qaratish lozim, ayniqsa, agar bunday reaktsiyalar oldingi davolash kurslari davomida kuzatilgan bo'lsa. Bunday reaktsiyalarning rivojlanishi, qoida tariqasida, davolashning birinchi oyi davomida kuzatiladi. Teri toshmasining birinchi belgilari, shilliq qavatlar o'zgarishi yoki o'ta yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari paydo bo'lgan taqdirda preparatni qo'llashni to'xtatish masalasini ko'rib chiqish zarur.

Preparat jiddiy yurak-qon tomir trombozlari, miokard infarkti, stenokardiya xuruji rivojlanish xavfini oshirishi mumkin, o'lim bilan yakunlanishi mumkin. Bunday xavf preparat uzoq muddat qo'llanilganda, shuningdek anamnezida yuqorida ko'rsatilgan kasalliklari bo'lgan va bunday kasalliklarga moyilligi bo'lgan bemorlarda ortadi.

NYQP buyraklarda buyrak perfuziyasini saqlab turishda ishtirok etadigan prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qiladi. Buyrak qon oqimi pasaygan yoki aylanib yuruvchi qon hajmi kamaygan bemorlarda NYQP ni qo'llash yashirin kechuvchi buyrak yetishmovchiligi dekompensatsiyasiga olib kelishi mumkin. NYQP bekor qilingandan so'ng buyrak funktsiyasi odatda boshlang'ich darajagacha tiklanadi. Ushbu reaktsiya rivojlanish xavfiga eng ko'p darajada keksa bemorlar va degidratatsiya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, jigar tsirrozi, nefrotik sindrom yoki buyrak funktsiyasining o'tkir buzilishlari qayd etiladigan bemorlar, diuretik preparatlar, APF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlar, shuningdek gipovolemiyaga olib keluvchi jiddiy jarrohlik aralashuvlarini boshdan kechirgan bemorlar moyil bo'ladilar. Bunday bemorlarda davolash boshida diurez va buyrak funktsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

NYQP ni diuretiklar bilan birga qo'llash natriy, kaliy va suv tutilishiga, shuningdek siydik haydovchi vositalarning natriyuretik ta'sirini pasayishiga olib kelishi mumkin. Buning natijasida moyilligi bo'lgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi yoki gipertenziya belgilari kuchayishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur, shuningdek ularda adekvat gidratatsiya saqlanib turishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin buyrak funktsiyasini tekshirish zarur.



Kombinatsiyalangan terapiya o'tkazilgan taqdirda buyrak funktsiyasini ham nazorat qilish kerak.

Meloksikamdan foydalanishda (ko'pchilik boshqa NYQP kabi) qon zardobida "jigar" transaminazalari faolligi yoki jigar funktsiyasining boshqa ko'rsatkichlari epizodik oshishi mumkin. Ko'pchilik hollarda bu oshish kichik va o'tkinchi bo'lgan. Agar aniqlangan o'zgarishlar sezilarli bo'lsa yoki vaqt o'tishi bilan kamaymasa, preparatni bekor qilish va aniqlangan laboratoriya o'zgarishlari ustidan keyingi kuzatuvni o'tkazish zarur.

Holsizlangan yoki oriqlagan bemorlar noxush ko'rinishlarni yomonroq o'tkazishlari mumkin, shu munosabat bilan, bunday bemorlar sinchkovlik bilan kuzatilishi kerak.

Boshqa NYQP kabi meloksikam asosiy infektsion kasallik simptomlarini niqoblashi mumkin.

Siklooksigenaza/prostaglandin sintezini ingibitsiya qiluvchi preparat sifatida meloksikam fertillikka ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun preparatni qabul qilish urug'lanish bilan bog'liq qiyinchiliklari bo'lgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Shu munosabat bilan ushbu sabab bo'yicha tekshiruvdan o'tayotgan ayollarda preparatni bekor qilish tavsiya etiladi.

Kuchsiz yoki o'rtacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 25 ml/daq dan ortiq) bo'lgan bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.

Jigar tsirrozi (kompensatsiyalangan) bo'lgan bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri

Meloksikamning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo'yicha maxsus klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan. Transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda bosh aylanishi, uyquchanlik, ko'rish buzilishi yoki markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlar rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Bemorlar transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- faol komponentga yoki preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYQP ga kesishuvchi sezuvchanlik ehtimoli mavjud;

- bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYQPlarni o'zlashtira olmaslikning to'liq yoki to'liq bo'lmagan kombinatsiyasi (shu jumladan anamnezda);

- oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning (O'BI) zo'rayish bosqichidagi yoki yaqinda o'tkazilgan eroziv-yarali shikastlanishlari;

- ichakning yallig'lanish kasalliklari - zo'rayish bosqichidagi Kron kasalligi yoki yarali kolit;

-og'ir jigar yetishmovchiligi;

- og'ir buyrak yetishmovchiligi (agar gemodializ o'tkazilmasa, kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam, shuningdek tasdiqlangan giperkaliemiyada), buyrak kasalligining zo'rayishi;

- faol oshqozon-ichakdan qon ketish, yaqinda o'tkazilgan serebrovaskulyar qon ketishlar yoki qon ivish tizimi kasalliklarining aniqlangan tashxisi;

- yaqqol nazorat qilinmaydigan yurak yetishmovchiligi;

- koronar arteriyalarni shuntlash o'tkazishda perioperatsion og'riqlarni davolash;

- homiladorlik;

- ko'krak suti bilan emizish davri;

- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar;

- laktozani o'zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.

Ehtiyotkorlik bilan

- anamnezda M IT kasalliklari (me'da va O'BI yarasi, jigar kasalliklari);

- dimlangan yurak yetishmovchiligi;

- yurak ishemik kasalligi;

- serebrovaskulyar kasalliklar;

- buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30-60 ml/min);

- dislipidemiya/giperlipidemiya;

- qandli diabet;

- quyidagi preparatlar bilan yo'ldosh terapiya: peroral glyukokortikosteroidlar, antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin, antiagregantlar), serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar (shu jumladan tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin);



- periferik arteriyalar kasalliklari;

- keksa yosh;

- NYQPni uzoq vaqt qo'llash;

- chekish, alkogolni tez-tez iste'mol qilish.

Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlik vaqtida preparatni qo'llash mumkin emas.

Ma'lumki, NYQP ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Preparatni qo'llash fertillikka ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tayinlash tavsiya etilmaydi.

Meloksikam ovulyatsiya kechikishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan urug'lanish bilan bog'liq muammolari bo'lgan va shunga o'xshash muammolar bo'yicha tekshiruvdan o'tayotgan ayollarda preparatni qabul qilishni bekor qilish tavsiya etiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa PG sintezi ingibitorlari, shu jumladan glyukokortikosteroidlar va salitsilatlar: meloksikam bilan bir vaqtda qabul qilish OITda yaralar hosil bo'lishi va oshqozon-ichakdan qon ketish xavfini oshiradi (ta'sir sinergizmi oqibatida). Boshqa NYQPV bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Ichga qabul qilish uchun antikoagulyantlar, tizimli qo'llash uchun geparin, trombolitik vositalar: meloksikam bilan bir vaqtda qabul qilish qon ketish rivojlanish xavfini oshiradi. Bir vaqtda qo'llanilganda qon ivish tizimini diqqat bilan nazorat qilish zarur.

Antitrombotsitar preparatlar, serotoninni qayta qamrab olish ingibitorlari: meloksikam bilan bir vaqtda qabul qilish trombotsitar funktsiyani ingibirlash oqibatida qon ketish rivojlanish xavfini oshiradi. Bir vaqtda qo'llanilganda qon ivish tizimini diqqat bilan nazorat qilish zarur.

Litiy preparatlari: NYQPV litiyning buyraklar orqali chiqarilishini kamaytirish orqali qon plazmasida litiy darajasini oshiradi. Meloksikamni litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Bir vaqtda qo'llash zarurati bo'lganda litiy preparatlarini qo'llashning butun kursi davomida qon plazmasida litiy kontsentratsiyasini diqqat bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.

Metotreksat: NYQPV metotreksatning buyraklar orqali sekretsiyasini kamaytiradi, shu tariqa uning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi. Meloksikam va metotreksatni (haftasiga 15 mg dan ortiq dozada) bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Bir vaqtda qo'llanilganda buyrak funktsiyasi va qon formulasini diqqat bilan nazorat qilish zarur. Meloksikam metotreksatning gematologik toksikligini oshirishi mumkin, ayniqsa buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda.

Meloksikam va metotreksatni 3 kun ichida birga qo'llaganda oxirgisining toksikligi oshish xavfi ortadi.

Kontratseptsiya: NYQPV bachadon ichi kontratseptiv qurilmalarining samaradorligini pasaytirishi mumkin degan ma'lumotlar mavjud, ammo bu isbotlanmagan.

Diuretiklar: bemor suvsizlangan holda NYQPV qo'llash o'tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi bilan kechadi.



Antigipertenziv vositalar (beta-adrenoblokatorlar, angiotenzin o'zgartiruvchi ferment (AO'F) ingibitorlari, vazodilatatorlar, diuretiklar): NYQPV vazodilatatsiya qiluvchi xususiyatlarga ega PGni ingibirlash oqibatida antigipertenziv preparatlar samarasini pasaytiradi.

Angiotenzin II retseptorlari antagonistlari NYQPV bilan birga tayinlanganda kalava filtratsiyasining pasayishini kuchaytiradi, bu shu tariqa o'tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda. Xolestiramin: meloksikamni OITda bog'lab, uning tezroq chiqarilishiga olib keladi. NYQPV, buyrak PGlariga ta'sir qilib, siklosporinning nefrotoksikligini kuchaytirishi mumkin.

Mifepriston: NYQPVni, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasini mifepriston qo'llanilgandan keyin 8-12 kun davomida ishlatmaslik kerak, chunki NYQPV mifepriston bilan davolash samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin.

Meloksikam bilan birga CYP2C9 va/yoki CYP3A4 ni ingibirlash qobiliyatiga ega bo'lgan (yoki ushbu fermentlar ishtirokida metabolizmga uchraydigan) dori preparatlari qo'llanilganda farmakokinetik o'zaro ta'sir ehtimolini hisobga olish kerak.

Ichga qabul qilish uchun diabetga qarshi preparatlar bilan o'zaro ta'sir ehtimolini istisno qilib bo'lmaydi.

Antatsidlar, simetidin, digoksin va furosemid bir vaqtda qabul qilinganda ahamiyatli farmakokinetik o'zaro ta'sirlar aniqlanmagan.

Dozirovkasi

DozalashIchga, ovqatlanish vaqtida, sutkalik 7,5-15 mg dozada.

Maksimal tavsiya etilgan sutkalik doza -15 mg.

Osteoartritda sutkasiga 7,5 mg dan tayinlanadi, zarurat bo'lganda bu dozani sutkasiga 15 mg gacha oshirish mumkin.

Revmatoid artritda - sutkasiga 15 mg. Davolash samarasiga qarab bu doza sutkasiga 7,5 mg gacha kamaytirilishi mumkin.

Ankilozlanuvchi spondilitda - sutkasiga 15 mg. Davolash samarasiga qarab bu doza sutkasiga 7,5 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Nojo'ya reaksiyalar xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda davolashni sutkasiga 7,5 mg dozadan boshlash tavsiya etiladi.

Gemodializda bo'lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda doza sutkasiga 7,5 mg dan oshmasligi kerak.



Umumiy tavsiyalar

Nojo'ya reaksiyalarning potensial xavfi doza va davolash davomiyligiga bog'liq bo'lganligi sababli, iloji boricha past dozalar va qo'llash davomiyligini ishlatish kerak.

Kombinatsiyalangan qo'llash

Preparatni boshqa NYaQV lar bilan bir vaqtda qo'llash kerak emas.

O'smirlar

O'smirlarda maksimal doza 0,25 mg/kg ni tashkil qiladi. Preparat 12 yoshdan oshgan o'smirlarda qo'llanilishi kerak.Dozani oshirib yuborishPreparatning dozasini oshirib yuborish bilan bog'liq holatlar to'g'risida ma'lumotlar yetarli darajada to'planmagan. Ehtimol, NYaQV dozasini oshirib yuborishga xos simptomlar mavjud bo'ladi, og'ir holatlarda: uyquchanlik, ongning buzilishi, ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyada og'riqlar, oshqozon-ichakdan qon ketishi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, AB o'zgarishi, nafas to'xtashi, asistoliya.

Davolash: antidot noma'lum, preparatning dozasi oshirib yuborilgan hollarda: oshqozon tarkibini evakuatsiya qilish va umumiy tutib turuvchi terapiya o'tkazish kerak. Xolesteramin meloksikamning chiqarilishini tezlashtiradi
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20 o'xshash dorilari

KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek d.d.
•124 ta dorixonada bor
Narxi
31 100 so'm dan
XONDROKSID maz 30g 5%
Retseptsiz
XONDROKSID maz 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
Narxi
84 000 so'm dan
VRAGGRIPP P sirop 100ml N1
Retseptsiz
VRAGGRIPP P sirop 100ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
Narxi
22 000 so'm dan
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
•6 ta dorixonada bor
Narxi
30 800 so'm dan

MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20 xususiyatlari

Meloksikam boshqa chiqarish shakllari

MELOKSIKAM BUFUS 0,01/ML eritma 1,5ml N5
Retseptli
MELOKSIKAM BUFUS 0,01/ML eritma 1,5ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Moldova
Ishlab chiqaruvchi:
Farmaprim S.R.L
•11 ta dorixonada bor
Narxi
19 100 so'm dan
MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Medisorb, AO
MELOKSIKAM eritma 1,5 ml 10 mg/ml N5
Retseptli
MELOKSIKAM eritma 1,5 ml 10 mg/ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
Narxi
31 100 so'm dan
MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
Retseptli
MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Danhson Trading & Pharma Co. Ltd, Vetnam proizvedeno: Zhangjiakou Kaiwei Pharmaceutical Co. Ltd.
MYeLOKSIKAM tabletkalari N30
Retseptli
MYeLOKSIKAM tabletkalari N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 15mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 15mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 7,5mg N30
Retseptli
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 7,5mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 7,5mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 7,5mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6
Retseptli
MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altfarm, OOO
MYeLOKSIKAM tabletkalari 15mg N20
Retseptli
MYeLOKSIKAM tabletkalari 15mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Retseptli
MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Slavyanskaya Apteka FK OOO
MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
IRBITSKIY XIMFARMZAVOD, OAO
MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»

MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20 analoglari

MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N3
MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N3
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N5
MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N5
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
MELOKSIKAM SHTADA 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM SHTADA 0,015 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
MOVALIS 0,015 tabletkalari N20
MOVALIS 0,015 tabletkalari N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10
Retseptli
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
MELOKSIKAM TEVA 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM TEVA 0,0075 tabletkalari N20
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N20
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
MELOKSIKAM SOLOFARM POLITVIST eritma 1,5ml N5
Retseptli
MELOKSIKAM SOLOFARM POLITVIST eritma 1,5ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
MELOKSIKAM AKRIXIN 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM AKRIXIN 0,0075 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Yunikem Laboratoriz Limited
MOVALIS 0,015 tabletkalari N10
MOVALIS 0,015 tabletkalari N10
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
MOVALIS 0,0075 tabletkalari N20
MOVALIS 0,0075 tabletkalari N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
MOVASIN 0,01/ML eritma 1,5ml N5
MOVASIN 0,01/ML eritma 1,5ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)

MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20 haqida savollar

MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil