Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Yallig'lanishga qarshi  / MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20

MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Meloksikam
Ishlab chiqaruvchi:IRBITSKIY XIMFARMZAVOD, OAO
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:M01AC06 Мелоксикам
Barcha Meloksikam dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so'ng me'da-ichak traktidan so'rilishi - 89%. Ovqat qabul qilish so'rilishga ta'sir qilmaydi. Plazmadagi kontsentratsiya dozaga bog'liq. Cmax ga erishish vaqti - 5-6 soat. Muvozanatli kontsentratsiya 3-5 kundan keyin hosil bo'ladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 99%. Gistogematik to'siqlar orqali o'tadi, sinovial suyuqlikka kiradi. Sinovial suyuqlikdagi kontsentratsiya - plazmadagi kontsentratsiyaning 50%. Jigarda metabolizmi - faol bo'lmagan metabolitlargacha.

Ichak va buyraklar orqali (taxminan teng nisbatda), o'zgarmagan holda - sutkalik dozaning 5% (ichak orqali) chiqariladi. T1/2 - 20 soat. Plazma klirensi - o'rtacha 8 ml/daq (keksa yoshda pasayadi).

Farmakologik ta'siri

Og'riq qoldiruvchi Yallig'lanishga qarshi

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: 1% dan ortiq - dispepsiya, shu jumladan ko'ngil aynishi, qusish, abdominal og'riqlar, qabziyat, meteorizm, diareya; 0,1-1% - "jigar" transaminazalari faolligining o'tkinchi oshishi, giperbilirubinemiya, kekirish, ezofagit, gastroduodenal yara, oshqozon-ichak traktidan qon ketish (shu jumladan yashirin), stomatit; 0,1% dan kam - oshqozon-ichak trakti perforatsiyasi, kolit, gepatit, gastrit.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: 1% dan ortiq - anemiya; 0,1-1% - qon hujayralari tarkibining o'zgarishi, shu jumladan leykopeniya, trombotsitopeniya.

Teri qoplamalari tomonidan: 1% dan ortiq - qichishish, teri toshmasi; 0,1-1% - eshakemi; 0,1% dan kam - fotosensibilizatsiya, bullyoz toshmalar, ko'p shaklli eritema, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Nafas olish tizimi tomonidan: 0,1% dan kam - bronxospazm.

Asab tizimi tomonidan: 1% dan ortiq - bosh aylanishi, bosh og'rig'i; 0,1-1% - vertigo, quloqlarda shovqin, uyquchanlik; 0,1% dan kam - ongning chalkashishi, dezorientatsiya, hissiy labillik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: 1% dan ortiq - periferik shishlar; 0,1-1% - qon bosimining oshishi, yurak urishini his qilish, yuz terisiga qon "oqib kelishi".

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: 0,1-1% - giperkreatininemiya va/yoki qon zardobida mochevina kontsentratsiyasining oshishi; 0,1% dan kam - o'tkir buyrak yetishmovchiligi; meloksikam qabul qilish bilan bog'liqligi aniqlanmagan - interstitsial nefrit, albuminuriya, gematuriya.

Sezgi a'zolari tomonidan: 0,1% dan kam - kon'yunktivit, ko'rishning buzilishi, shu jumladan ko'rishning xiralashishi.

Allergik reaksiyalar: 0,1% dan kam - angionevrotik shish, anafilaktoid/anafilaktik reaksiyalar.

Maxsus saqlash sharoitlari

Peptik yaralar yoki me'da-ichakdan qon ketishi yuzaga kelganda, teri va shilliq qavatlar tomonidan nojo'ya ta'sirlar rivojlanganda preparatni bekor qilish kerak. Aylanib yuruvchi qon hajmi kamaygan va kalava filtratsiyasi pasaygan bemorlarda (degidratatsiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, jigar sirrozi, nefrotik sindrom, klinik yaqqol buyrak kasalliklari, diuretiklar qabul qilish, katta jarrohlik amaliyotlaridan keyingi suvsizlanish) klinik yaqqol surunkali buyrak yetishmovchiligi paydo bo'lishi mumkin, u preparat bekor qilingandan so'ng to'liq qaytuvchan bo'ladi (bunday bemorlarda davolash boshida sutkalik diurez va buyrak funksiyasini monitoring qilish kerak). "Jigar" transaminazalari faolligining va jigar funksiyasining boshqa ko'rsatkichlari o'zgarishining turg'un va sezilarli oshishida preparatni bekor qilish va jigar funksiyalarini tekshirish kerak.

Nojo'ya ta'sirlar xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda davolashni 7,5 mg dozadan boshlaydilar. Surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida dializdagi bemorlarda doza 7,5 mg/sut dan oshmasligi kerak. Davolash davrida avtotransportni haydashda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (bosh aylanishi va uyquchanlik paydo bo'lganda). Me'da-ichak yo'llari tomonidan noxush hodisalar rivojlanish xavfini kamaytirish uchun minimal samarali dozani maksimal qisqa kurs bilan ishlatish kerak.

Dozani oshirib yuborish

Simptomlari: ong buzilishi, ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyada og'riqlar, me'da-ichak yo'llaridan qon ketish, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, o'tkir jigar yetishmovchiligi, nafas to'xtashi, asistoliya.

Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, simptomatik terapiya. Forsirlangan diurez, siydikni ishqorlash, gemodializ meloksikamning plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog'lanishi tufayli kam samarali. Maxsus antidoti yo'q.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa guruh nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarga), bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlari qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni o'zlashtiraolmaslikning to'liq yoki qisman birikuvi (shu jumladan anamnezda); me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (zo'rayish bosqichida), dializ qilinmaydigan bemorlarda surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/daq dan kam), faol me'da-ichakdan qon ketish; rivojlanib boruvchi buyrak kasalliklari, og'ir jigar yetishmovchiligi yoki faol jigar kasalligi, aortokoronar shuntlash o'tkazilgandan keyingi holat, tasdiqlangan giperkaliemiya, ichakning yallig'lanish kasalliklari, bolalar yoshi (12 yoshgacha), homiladorlik, laktatsiya davri, laktaza yetishmovchiligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.

Ehtiyotkorlik bilan. Keksa yosh, yurak ishemik kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, tserebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, chekish, surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30-60 ml/daq), anamnezda me'da-ichak traktining yarali shikastlanishlari, H. pylori infektsiyasi mavjudligi, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni uzoq muddat qo'llash, alkogolizm, og'ir somatik kasalliklar, peroral glyukokortikosteriodlar (shu jumladan prednizolon), antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), antiagregantlar (shu jumladan klopidogrel), serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar (shu jumladan tsitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) ni bir vaqtda qabul qilish.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlikda, laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas.

Jigar faoliyati buzilishlarida qo'llanilishi

Og'ir jigar yetishmovchiligida yoki faol jigar kasalligida qo'llash mumkin emas.

Buyrak faoliyati buzilishlarida qo'llanilishi

Dializ qilinmaydigan bemorlarda surunkali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi 30 ml/daq dan kam), rivojlanib boruvchi buyrak kasalliklarida qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30-60 ml/daq).

Bolalarda qo'llanilishi

12 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda me'da-ichak trakti yarali shikastlanishlari va me'da-ichakdan qon ketish rivojlanish xavfi oshadi; litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda plazmada litiy ionlari konsentratsiyasini oshiradi; vitamin-mineral komplekslar, gipotenziv dori vositalari samaradorligini kamaytiradi; bilvosita antikoagulyantlar, tiklopidin, geparin, trombolitiklar qon ketishlar xavfini oshiradi; metotreksat mielodepressiv ta'sirni kuchaytiradi; diuretiklar buyrak faoliyati buzilishlari rivojlanish xavfini oshiradi; siklosporin nefrotoksik ta'sirni kuchaytiradi; kolestiramin chiqarilishni tezlashtiradi.

Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligi ko'rinishlarini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

DozalashIchga, ovqat vaqtida, sutkalik 7,5-15 mg dozada. Maksimal sutkalik doza - 15 mg, gemodializda bo'lgan og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda - 7,5 mg. Buyrak funktsiyasining engil yoki o'rtacha pasayishida (kreatin klirensi 30 ml/daq dan ortiq), shuningdek barqaror klinik holatdagi jigar sirrozida dozani to'g'irlash talab etilmaydi. Nojo'ya ta'sirlar xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda boshlang'ich doza 7,5 mg/sut ni tashkil qiladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20 o'xshash dorilari

KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•116 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
XONDROKSID gel 30g 5%
Retseptsiz
XONDROKSID gel 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
Narxi
45 000 so'm dan
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
323 000 so'm dan

MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20 xususiyatlari

Meloksikam boshqa chiqarish shakllari

Narxi
31 100 so'm dan
MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
Retseptli
MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Danhson Trading & Pharma Co. Ltd, Vetnam proizvedeno: Zhangjiakou Kaiwei Pharmaceutical Co. Ltd.
MYeLOKSIKAM tabletkalari N30
Retseptli
MYeLOKSIKAM tabletkalari N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 15mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 15mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 7,5mg N30
Retseptli
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 7,5mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 7,5mg N10
Retseptli
MELOKSIKAM REMEDY tabletkalari 7,5mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM VELFARM 0,015 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
VELFARM, OOO
MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6
Retseptli
MELOKSIKAM KANON 0,015 rektal suppozitorialar N6
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altfarm, OOO
MYeLOKSIKAM tabletkalari 15mg N20
Retseptli
MYeLOKSIKAM tabletkalari 15mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Retseptli
MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Slavyanskaya Apteka FK OOO
MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM 0,015 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo
MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Retseptli
MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM 0,0075 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Retseptli
MELOKSIKAM 0,01/ML eritma 1,5ml N3
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Moskovskiy endokrinniy zavod, FGUP

MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20 analoglari

MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N3
MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N3
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N5
MOVALIS 0,015/1,5ML eritma N5
Ispaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Espana S.A.
MELOKSIKAM SHTADA 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM SHTADA 0,015 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
MOVALIS 0,015 tabletkalari N20
MOVALIS 0,015 tabletkalari N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10
Retseptli
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N10
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
MELOKSIKAM TEVA 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM TEVA 0,0075 tabletkalari N20
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM TEVA 0,015 tabletkalari N20
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
MELOKSIKAM SOLOFARM POLITVIST eritma 1,5ml N5
Retseptli
MELOKSIKAM SOLOFARM POLITVIST eritma 1,5ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
MELOKSIKAM AKRIXIN 0,0075 tabletkalari N20
Retseptli
MELOKSIKAM AKRIXIN 0,0075 tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Yunikem Laboratoriz Limited
MOVALIS 0,015 tabletkalari N10
MOVALIS 0,015 tabletkalari N10
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
MOVALIS 0,0075 tabletkalari N20
MOVALIS 0,0075 tabletkalari N20
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Beringer Ingelxaym Ellas A.Ye
MOVASIN 0,01/ML eritma 1,5ml N5
MOVASIN 0,01/ML eritma 1,5ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)

MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20 haqida savollar

MELOKSIKAM AVEKSIMA 0,015 tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil