PARASETAMOL ALTFARM 0,05 suppozitorii N10

PARASETAMOL ALTFARM 0,05 suppozitorii N10 o'xshash dorilari


PARASETAMOL ALTFARM 0,05 suppozitorii N10 qo'llanmasi
Paratsetamol me'da-ichak yo'llaridan tez va deyarli to'liq so'riladi. Qonda paratsetamolning maksimal kontsentratsiyasi preparat yuborilgandan 1,6 - 2,8 soat o'tgach erishiladi va 2,6 - 5,6 mg/litrni tashkil qiladi. Rektal yuborilganda paratsetamolning so'rilish to'liqligi ichga qabul qilingandagiga qaraganda pastroq.
Paratsetamol organizm to'qimalari bo'ylab tez va tekis taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan qabul qilingan dozaning 10 - 15% i bog'lanadi. Taqsimlanish hajmi va biokiraolishligi kattaliklari bolalar va kattalarda sezilarli darajada farq qilmaydi. Preparat gematoensefalik va yo'ldosh to'siqlari orqali o'tadi. Emizikli onalarning ko'krak sutiga qabul qilingan dozaning 1% dan kamrog'i tushadi.
Paratsetamol jigar mikrosomal fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydi. Taxminan 80% i glyukuron kislotasi va sulfatlar bilan kon'yugatlar hosil qiladi, 17% gachasi gidroksillanishga uchrab, glutation bilan kon'yugatsiyalanadigan faol metabolitlarni hosil qiladi. Doza oshirib yuborilganda yoki glutation yetishmovchiligida bu metabolitlar gepatotsitlar nekrozini chaqirishi mumkin.
Paratsetamolning yarim chiqarilish davri 2,0 - 4,0 soatni tashkil qiladi. U jigar funktsiyasi yaqqol buzilgan bemorlarda va keksa yoshdagi bemorlarda uzayishi mumkin. Qabul qilingandan 24 soat o'tgach paratsetamolning 85 - 90% i siydik bilan glyukuronidlar va sulfatlar ko'rinishida, 3% i esa o'zgarmagan holda chiqariladi.
10 - 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda sulfatlar bilan kon'yugatlar hosil bo'lishi paratsetamol metabolizmi va chiqarilishining asosiy yo'li hisoblanadi. Bolalarda gepatotoksik samarasi ehtimoli kattalarga qaraganda pastroq. Kattalar va bolalarning boshqa farmakokinetik parametrlari farq qilmaydi.
Allergik reaksiyalar - teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish bo‘lishi mumkin. Kam hollarda jigar, buyrak funksiyasi, qon yaratish tizimi buzilishlari (anemiya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya) qayd etiladi. Katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanilganda - gepatotoksik ta’sir, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pantsitopeniya; nefrotoksiklik (interstitsial nefrit, papillyar nekroz). Nojo‘ya effektlar paydo bo‘lganda preparat qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Paratsetamol-Altfarm rektal suppozitoriylari preparati tarkibida paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda tayinlanmasligi kerak.
3 oylikkacha bo‘lgan bolalarga va ayollarga homiladorlik vaqtida suppozitoriylar faqat shifokor tavsiyasi bo‘yicha tayinlanadi.
Agar bemorning holati 3-5 kun ichida yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashing.
Preparat 7 kundan ortiq qo‘llanilganda periferik qon manzarasi va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.
Jigarning alkogol kasalligi bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishi rivojlanish xavfi ortadi.
Etanol bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Preparatni diareyasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.
Mahsulot tarkibiy qismlariga individual o‘zlashtira olmaslik:
Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri kuzatilmagan.
- Paratsetamolga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik.
- Jigar va buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari, qon kasalliklari, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza fermenti yetishmovchiligi.
- Hayotining 1 oyigacha bo'lgan bolalar.
- To'g'ri ichakda o'tkir yallig'lanish yoki qon ketish.
Ehtiyotkorlik bilan:
- Preparatni jigar yoki buyrak funksiyasi buzilishida (buyrak va jigar yetishmovchiligi, virusli gepatit, jigarning alkogolli shikastlanishi) ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak;
- Homiladorlikda;
- Emizish davrida;
- 3 oylikkacha bo'lgan bolalarga;
- Keksa yoshdagi bemorlarga;
- Alkogolizmda;
- Xavfsiz giperbilirubinemiyada (shu jumladan Jilber sindromi);
Bemor boshqa dori preparatlarini bir vaqtda qabul qilganda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Gepatotoksik preparatlar, antikoagulyantlar, uxlatuvchi dorilar, trankvilizatorlar, antidepressantlar bilan kombinatsiya tavsiya etilmaydi.
Parasetamol bilvosita antikoagulyantlar (kumarin hosilalari), gipoglikemik preparatlar (sulfonilmochevina hosilalari) ta'sirini ushbu birikmalarni plazma oqsillari bilan bog'lanishidan siqib chiqarish hisobiga kuchaytirishi mumkin.
Salitsilatlar bilan birga qabul qilish nefrotoksik ta'sir xavfini sezilarli darajada oshiradi. Parasetamolni yuqori dozalarda va salitsilatlarni bir vaqtda uzoq muddat buyurish buyrak yoki qovuq saratoni rivojlanishi xavfini oshiradi.
Parasetamol MNTni susaytiruvchi preparatlar, etanolning ta'sirini kuchaytiradi.
Tutqanoqqa qarshi preparatlarni uzoq muddat qabul qilish jigar fermentlari faolligining oshishiga olib keladi, bu jigar orqali "birinchi o'tish" samarasi intensivligini kuchaytiradi, parasetamol klirensini oshiradi. Bu qonda parasetamol konsentratsiyasining terapevtik darajasiga erishishga to'sqinlik qilishi mumkin. Barbituratlar, rifampitsin, salitsilamid, epilepsiyaga qarshi preparatlar, tutqanoqqa qarshi vositalar (fenitoin), tritsiklik antidepressantlar, estrogen saqlovchi kontraseptivlar, butadion, shuningdek alkogol va mikrosomal oksidlanishning boshqa stimulyatorlari parasetamolning gidroksillangan faol metabolitlari hosil bo'lishiga yordam beradi, bu hatto kichik dozani oshirib yuborishda ham og'ir intoksikatsiyalar rivojlanishi imkoniyatini keltirib chiqaradi. Etanol o'tkir pankreatit rivojlanishiga yordam beradi.
Barbituratlar, tritsiklik antidepressantlar, rifampitsin parasetamolning yarim chiqarilish davrini oshiradi. Barbituratlarni uzoq muddat foydalanish parasetamol samaradorligini pasaytiradi.
Diflunisal parasetamolning plazma konsentratsiyasini 50% ga oshiradi - gepatotoksiklik rivojlanishi xavfi.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta'sir xavfini kamaytiradi.
Kortikosteroidlar me'da-ichak traktida nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelishi xavfini oshirishi mumkin.
Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligi namoyon bo'lishini kuchaytiradi.
Parasetamol va nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni uzoq muddat birga foydalanish "analgetik" nefropatiya va buyrak papillyar nekrozi rivojlanishi, buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi boshlanishi xavfini oshiradi.
Parasetamol gipotenziv vositalar, diuretiklar, podagraga qarshi vositalar, siydik kislotasi chiqarilishiga yordam beruvchi vositalarning samaradorligini pasaytiradi. Parasetamol litiy, metotreksat, aminoglikozidlar, digoksinning buyrak ekskretsiyasini tormozlaydi, buyrak funksiyasi buzilganda (ayniqsa kichik maktab yoshidagi bolalar va qariyalarda), qonda ushbu birikmalarning konsentratsiyasini oshiradi va ularning toksikligini oshiradi.
Kofein, kodein, atsetilsalitsil kislotasi parasetamolning toksikligini kamaytirishi va og'riqsizlantiruvchi ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Metoklopramid va domperidon so'rilishni tezlashtiradi, xolesterin esa parasetamolning so'rilish tezligini kamaytiradi. Atropin, petidin va boshqa spazmolitiklar preparat ta'sirining kechikishini keltirib chiqaradi.
Parasetamol ta'siri ostida levomitsetinning chiqarilish vaqti 5 baravarga oshadi.
Bolalar uchun dozalash:
Bolaning yoshi va tana vazniga bog'liq. Tavsiya etilgan bir martalik paratsetamol dozasi bola tana vazniga 10-15 mg/kg ni tashkil qiladi. Tayinlash takroriyligi sutkasiga 1-4 marta, kamida 4 soat oraliq bilan. Maksimal sutkalik doza bola tana vazniga 60 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Bola yoshi Bir martalik doza Sutkalik doza
1-3 oy 50 mg (shifokor tavsiyasiga ko'ra)
3-6 oy 50 mg 150 mg
6-12 oy 50 mg-100 mg 150 mg-200 mg
1-2 yosh 50 mg-100 mg 200 mg-300 mgDozani oshirib yuborishSimptomlari: qabul qilgandan keyingi dastlabki 24 soat ichida - teri qoplamalarining oqarishi, ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, abdominal og'riq; glyukoza metabolizmining buzilishi, metabolik asidoz. Jigar funksiyasi buzilishi simptomlari dozani oshirib yuborgandan 12-48 soat o'tgach paydo bo'lishi mumkin. Og'ir dozani oshirib yuborishda - jigar yetishmovchiligi progressivlashuvchi ensefalopatiya bilan, koma, o'lim; o'tkir buyrak yetishmovchiligi tubulyar nekroz bilan (shu jumladan jigar og'ir shikastlanmaganda ham); aritmiya, pankreatit. Gepatotoksik ta'sir kattalarda 10 g va undan ortiq qabul qilinganda namoyon bo'ladi.
Davolash: SH-guruhlari donatorlari va glutation sintezi o'tmishdoshlari - metioninni dozani oshirib yuborgandan 8-9 soat o'tgach va atsetilsisteinni - dozani oshirib yuborgandan 12 soat o'tgach kiritish. Qo'shimcha terapevtik choralar (keyingi metionin kiritish, v/i atsetilsistein kiritish) o'tkazish zarurati qondagi paratsetamol konsentratsiyasiga, shuningdek, qabul qilingandan keyin o'tgan vaqtga qarab belgilanadi.
Xususiyatlar PARASETAMOL ALTFARM 0,05 suppozitorii N10
Paratsetamol boshqa chiqarish shakllari

PARASETAMOL ALTFARM 0,05 suppozitorii N10 analoglari

























