PIRASETAM 1,2 tabletkalari N20

PIRASETAM 1,2 tabletkalari N20 qo'llanmasi
Nojo'ya samaralari
-Asab tizimi tomonidan: ruhiy qo‘zg‘alish, harakat tormozlanishining yo‘qolishi, ta’sirchanlik, uyquchanlik, depressiya, asteniya. Ushbu nojo‘ya effektlar ko‘proq keksa yoshdagi bemorlarda, preparatni 2,4 g/sut dan ortiq dozada qabul qilganda yuzaga keladi. Ko‘p hollarda preparat dozasini kamaytirish orqali bunday simptomlarning regressiga erishish mumkin. Yakka hollarda — bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ataksiya, epilepsiya kechishining zo‘rayishi, ekstrapiramidal buzilishlar, tremor, muvozanatsizlik, diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, xavotir, gallyutsinatsiyalar, libidoning oshishi.
-Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda — arterial bosimning pasayishi yoki oshishi, stenokardiya kechishining yomonlashishi.
-Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yakka hollarda — ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riqlar (sh.j. gastralgiya).
-Moddalar almashinuvi tomonidan: tana vaznining oshishi — ko‘proq keksa yoshdagi bemorlarda, preparatni 2,4 g/sut dan ortiq dozada qabul qilganda yuzaga keladi.
-Allergik reaksiyalar: dermatit, qichishish, toshmalar, angionevrotik shish.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Piratsetamga yoki pirrolidon hosilalariga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga individual o‘zlashtira olmaslik. Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi, o‘tkir bosh miya qon aylanishining buzilishi, preparat tayinlash vaqtidagi psixomotor qo‘zg‘alish, Gentington xoreyasi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qalqonsimon bez gormonlari, antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar) samaradorligini oshiradi.
Markaziy asab tizimini rag'batlantiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanilganda uning haddan tashqari rag'batlantirilishi mumkin.
Neyroleptiklar bilan buyurilganda ekstrapiramidal buzilishlar paydo bo'lish xavfini kamaytiradi. Klonazepam, fenitoin, fenobarbital, natriy valproat bilan o'zaro ta'sir qayd etilmagan. Piratsetamning yuqori dozalari (9,6 g/sut) venoz trombozi bo'lgan bemorlarda bilvosita antikoagulyantlar samaradorligini oshiradi (faqat bilvosita antikoagulyantlar qo'llanilgandagiga qaraganda trombotsitlar agregatsiyasi darajasi, fibrinogen darajasi, Villebrand omillari, qon va plazma qovushqoqligining ko'proq pasayishi qayd etilgan). Piratsetam farmakodinamikasining boshqa dori preparatlari ta'sirida o'zgarish ehtimoli past, chunki preparatning 90 foizi o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
In vitro sharoitda piratsetam CYP1A2, 2В6, 2С8, 2С9, 2С19 kabi sitoxrom P450 izofermentlarini bostirmaydi,
Dozirovkasi
Diqqat: uyqu buzilishlarini oldini olish uchun oxirgi bir martalik dozani soat 17.00 dan kechiktirmay qabul qilish kerak.
Sutkalik doza - 30-160 mg/kg tana vazniga, qabul qilish takroriyligi – 2 marta/sutka, zarurat bo'lganda - 3-4 marta/sutka. Davolash kursi 2-3 haftadan 2-6 oygacha. Zarurat bo'lganda davolash kursi takrorlanadi.
Keksalarda psixoorganik sindromni uzoq muddatli davolashda preparat 1,2-2,4 g/sutka tayinlanadi; terapiyaning dastlabki haftalari davomida yuklama doza - 4,8 g/sutka gacha. Pirasetam bilan davolash zarurat bo'lganda psixotrop, yurak-qon tomir va boshqa dori vositalarini qo'llash bilan birga olib borilishi mumkin.
Insult oqibatlarini davolashda 4,8 g/sutka tayinlanadi.
Ushbu dori shakli 3 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya etiladi - 1 tabletkadan sutkasiga 3 marta.
Maksimal sutkalik doza - 1,8 g. Davolash kursi 2 haftadan 2-6 oygacha.
Alkogolizmda - ushlab turuvchi doza - 2,4 g.
PIRASETAM 1,2 tabletkalari N20 o'xshash dorilari
PIRASETAM 1,2 tabletkalari N20 xususiyatlari
Piratsetam boshqa chiqarish shakllari





PIRASETAM 1,2 tabletkalari N20 analoglari























