Apteka.uz
SavatKirish

PULMOLAN tabletkalari 30mg N20

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Faol modda:Ambroksol
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:GMP
ATX kodi:R05CB06
Barcha Pulmolan dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 20 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PULMOLAN tabletkalari 30mg N20 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Preparatning bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 30 mg ambroksol gidroxloridi.

Yordamchi moddalar: kalsiy gidrofosfati, mikrokristall sellyuloza, jelatinlangan kraxmal, LS-gidroksipropilsellyuloza, magniy stearati.

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 30 mg ambroksol gidroxloridi.

Yordamchi moddalar: 70% li sorbitol eritmasi, glitserin, propilenglikol, gidroksietilsellyuloza 4000, benzoy kislota, suvsiz limon kislotasi, malina ekstrakti, tozalangan suv.

Farmakologik ta'siri

Mukolitik preparat. Sekretomotor, sekretolitik va balgʻam koʻchiruvchi taʼsirga ega.

Pulmolan bronxlarning shilliq qavatlaridagi bezlarning seroz xujayralarini ragʻbatlantirishi hisobiga balgʻamni suyultiradi, balgʻamning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi, bronxlar va alveolalarda surfaktant hosil boʻlishini ragʻbatlantiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klark xujayralaridan lizosomalar ajralib chiqishini kuchaytirib, balgʻamning qovushqoqligini va adgeziv xususiyatlarini kamaytiradi. Xilpillovchi epiteliy kiprikchalarining harakat faolligini oshiradi, balgʻamning mukotsiliar tashilishini oshiradi.

Ichga qabul qilinganidan keyin ambroksol meʼda-ichak yoʻllarida (MIY) deyarli toʻliq soʻriladi. Qon plazmasidagi Smax ga 2 soatdan keyin erishiladi.

Ambroksol gematoensefalik toʻsiq va yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtadi, sut bilan chiqariladi. Buyraklar orqali chiqariladi. T1/2 – 1,3 soat. T1/2 surunkali buyrak yetishmovchiligining ogʻir darajasida oshadi, lekin jigar faoliyatini buzilishlarida oʻzgarmaydi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda uzoq vaqt qoʻllanganida – jigʻildon qaynashi, gastralgiya, koʻngil aynishi, qusish.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; alohida hollarda – allergik kontakt dermatit; yakka hollarda – anafilaktik tipidagi reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok).

Maxsus saqlash sharoitlari

Balgʻamning ajralishini qiyinlashtiruvchi yoʻtalga qarshi vositalar bilan birga qoʻllash mumkin emas. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

Qo'llanilishi

Qovushqoq balgʻamni ajralishi bilan kechuvchi nafas yoʻllarining quyidagi oʻtkir va surunkali kasalliklarida qoʻllanadi:

oʻtkir va surunkali bronxit;
pnevmoniya;
oʻpkalarning surunkali obstruktiv kasalligi;
balgʻamning ajralishi qiyin kechuvchi bronxial astma;
bronxoektatik kasallik.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

homiladorlikning I uch oyligi;
ambroksolga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.
Homiladorlikning II va III uch oyligida, laktatsiya davrida, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Yoʻtalga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllash, yoʻtalni kamayishi fonida balgʻamning ajralishini qiyinlashishiga olib keladi.

Ambroksol amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsillinlarning bronxial sekretga oʻtishini oshiradi. Ambroksol tugʻruq faoliyatini tormozlovchi preparatlar bilan mutanosibdir.

Dozirovkasi

Pulmolanning tabletka shaklidagi dozasi: kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat birinchi 2-3 kun 1 tabletkadan sutkada 3-marta, keyinchalik esa – 1 tabletkadan sutkada 2-marta yoki ½ tabletkadan sutkada 3-marta buyuriladi.

Zarurati boʻlganida terapevtik samarani kuchaytirish uchun 60 mg (2 tabletka) dan sutkada 2-marta buyurish mumkin.

5-12 yoshli bolalarga preparat ½ tabletkadan sutkada 2-3-marta buyuriladi.

2-5 yoshli bolalarga preparat ¼ tabletkadan sutkada 3-marta buyuriladi.

2 yoshgacha boʻlgan bolalarga – ¼ tabletkadan sutkada 2-marta buyuriladi.

Tabletkalarni ovqatdan keyin ichga qabul qilish va koʻp miqdorda suyuqlik ichish kerak.

Pulmolanning sirop shaklidagi dozasi: kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 5 ml (1 choy qoshiq) dan sutkada 3-marta buyuriladi.

5-12 yoshli bolalarga 2,5 ml (1/2 choy qoshiq) dan sutkada 2-3-marta buyuriladi.

2-5 yoshli bolalarga 1,25 ml (1/4 choy qoshiq) dan sutkada 3-marta buyuriladi.

2 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 1,25 ml (1/4 choy qoshiq) dan sutkada 2-marta buyuriladi.

Preparatni shifokorning maslahatisiz 4-5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining belgilari taʼriflanmagan.

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, gastralgiya kuzatilishi mumkin.

Davolash: qusishni chaqirish kerak, qabul qilinganidan keyingi birinchi 1-2 soatda meʼdani yuvish koʻrsatilgan, yogʻ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish; simptomatik davolash oʻtkaziladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PULMOLAN tabletkalari 30mg N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

PULMOLAN tabletkalari 30mg N20 o'xshash dorilari

ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/ Salyutas Farma GmbX
•112 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10
TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
Novartis Konsyumer Xels SA
Narxi
80 000 so'm dan

PULMOLAN tabletkalari 30mg N20 analoglari

AMBROBENE sirop 100 ml 15 mg/5 ml
AMBROBENE sirop 100 ml 15 mg/5 ml
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merkle GmbX
•99 ta dorixonada bor
Narxi
27 300 so'm dan
AMBROBENE tabletkalari 30mg N20
AMBROBENE tabletkalari 30mg N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merkle GmbX
•117 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
AMBROKSOL 0,03 tabletkalari N20
Retseptsiz
AMBROKSOL 0,03 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•126 ta dorixonada bor
Narxi
2 400 so'm dan
AMBROKSOL sirop 100 ml 15 mg/5 ml
Retseptsiz
AMBROKSOL sirop 100 ml 15 mg/5 ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•89 ta dorixonada bor
Narxi
7 000 so'm dan
AMBROKSOL sirop 100 ml 30 mg/5 ml
Retseptsiz
AMBROKSOL sirop 100 ml 30 mg/5 ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•73 ta dorixonada bor
Narxi
16 600 so'm dan
AMBROLAN tabletkalari 30mg N20
AMBROLAN tabletkalari 30mg N20
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: Lannacher Heilmittel Ges.m.b.H.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
AMBROKSOL inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10
AMBROKSOL inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10
Janubiy Koreya
Ishlab chiqaruvchi:
Dongkwang Pharm. Co. Ltd
•18 ta dorixonada bor
Narxi
8 300 so'm dan
LAZOLVAN eritma dlya ingalyasiy 100ml 7,5mg/ml
Retseptsiz
LAZOLVAN eritma dlya ingalyasiy 100ml 7,5mg/ml
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Boehringer Ingelheim International GmbH, Germaniya proizvedeno: Istituto de Angeli S.R.L.Loc.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
AMBROSAN tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
AMBROSAN tabletkalari 30mg N20
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pro. Med. CS Praha a.s.
•122 ta dorixonada bor
Narxi
20 900 so'm dan
SEKRAZOL sirop 150ml 30mg/5ml
Retseptsiz
SEKRAZOL sirop 150ml 30mg/5ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nobel Pharmsanoat
•19 ta dorixonada bor
Narxi
36 000 so'm dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
RNP-Pharmaceuticals, SP, OOO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
2 400 so'm dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Retseptsiz
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•126 ta dorixonada bor
Narxi
2 400 so'm dan

PULMOLAN tabletkalari 30mg N20 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Insof Baraka Farm
Olmazor tumani, Sebzor ko'chasi, c-17/18, uy-44
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
20 000 so'm

PULMOLAN tabletkalari 30mg N20 haqida savollar

PULMOLAN tabletkalari 30mg N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil