Apteka.uz
SavatKirish

ALER G

ALER G chiqarilish shakllari

ALER G tabletkalari 10mg N20
Retseptsiz
ALER G tabletkalari 10mg N20
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•109 ta dorixonada bor
Narxi
37 000 so'm dan
- ALER G qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ALER Gning tarkibi
- ALER G ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ALER G narxi Toshkent dorixonalarida

ALER G haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so'ng preparat ovqat qabul qilishdan qat'i nazar, me'da-ichak traktidan yaxshi so'riladi.
Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga (Смах) 1 soat ichida erishiladi. Preparatning 93% qon plazmasi oqsillari bilan mustahkam bog'lanadi.
Organizm to'qimalari bo'ylab yaxshi taqsimlanadi, ko'krak sutiga o'tadi, ammo gematoensefalik to'siq orqali o'tmaydi.
Preparatning oz miqdori jigarda metabolizmga uchraydi, asosiy qismi siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri (Т½) kattalarda 7-10 soatni, keksa shaxslarda – 12 soatni, 6-12 yoshli bolalarda – 6 soatni, 2-6 yoshli bolalarda – 5 soatni tashkil qiladi, buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda esa Т ½ 19-21 soatgacha uzayadi.

Farmakologik ta'siri

Aler–G - antigistamin preparat boʻlib, allergiyaga qarshi taʼsir koʻrsatadi.

N1-gistamin retseptorlarining selektiv antagonisti, ahamiyatli antixolinergik va antiserotonin samara chaqirmaydi. Terapevtik dozalarda amalda sedativ taʼsir koʻrsatmaydi va uyquchanlik chaqirmaydi.

Preparat gistaminga bogʻliq allergik reaksiyaning “erta” bosqichiga va “kechki” xujayra bosqichiga taʼsir qiladi, eozinofillar migratsiyasini kamaytiradi, shuningdek ICAM -1 va VCAM-1 kabi allergik yalligʻlanish markerlari boʻlgan adgeziya molekulalarining ekspressiyasini pasaytiradi. PAF (trombotsitlarni faollashtiruvchi omil) va substansiya R kabi boshqa gistamin sekretsiyasining mediatorlari va induktorlarining taʼsirini bostiradi; yengil kechuvchi bronxial astmada gistamin qoʻzgʻatgan bronxlarning qisqarishini kamaytiradi, teri reaksiyalariga nisbatan yuqori ingibirlovchi xususiyatga ega, gemato-ensefalitik toʻsiq orqali oʻtmaydi, amalda jigarda metabollanmaydi.

Ichga qabul qilinganidan soʻng plazmadagi maksimal konsentratsiyasiga taxminan 1 soatda erishiladi. Qabul qilinganidan soʻng samarasi 2 soat oʻtgach namoyon boʻladi, N1–retseptorlarning blokadasining davomiyligi 24 soat va undan koʻpni tashkil qiladi. Kurslik davolash fonida tolerantlik rivojlanmaydi. Preparatni ovqat bilan qabul qilish uning soʻrilishining miqdoriga taʼsir qilmaydi, ammo soʻrilish tezligi biroz pasayadi.

Bir martalik doza qabul qilinganidan keyin yarimchiqirilish davri kattalarda taxminan 10 soatni; 6-12 yoshli bolalarda – 6 soatni; 2-6 yoshli bolalarda - 5 soatni tashkil qiladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Aler-G tavsiya etilgan dozalarda foydalanilganda ruhiy va harakat reaksiyasiga ta'sir qilmaydi, avtomobil haydash va yuqori diqqatni talab qiladigan ishlar vaqtida qo'llanilishi mumkin (bu hollarda doza oshirilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Alkogol bilan bir vaqtda qabul qilinganda MNT ga susaytiruvchi ta'sir sezilarli darajada kuchayadi.
Setirizinni makrolidlar yoki ketokonazol bilan birga qo'llash EKG da ishonchli o'zgarishlarni chaqirmagan.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan (10 mg) 1-marta ertalab buyuriladi;

6 dan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 1 tabletka (10 mg) 1-marta ertalab yoki 1/2 tabletka (5 mg) ertalab va kechqurun;

2 dan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 1/2 tabletka 1 qabulda ertalab yoki 1/4 tabletka ertalab va kechqurun.

Buyraklarning yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarga tavsiya etilgan dozaning yarmi buyuriladi.

Buyraklarning faoliyati meʼyorida boʻlgan keksa yoshli bemorlarda dozani toʻgʻrilash talab etilmaydi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ALER G preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

ALER G narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
39 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
39 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
39 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
39 000 so'm
Bron qilish

ALER G haqida savollar

ALER G haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil