Ташкент
logo
SavatKirish

Alerkur

Alerkur chiqarish shakllari

ALERKUR tabletkalari 10mg N30
ALERKUR tabletkalari 10mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Lafz, OOO (upakov.) Unicure Pvt. Ltd., Indiya (proiz.)
ALERKUR tabletkalari 10mg N100
ALERKUR tabletkalari 10mg N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Lafz, OOO (upakov.) Unicure Pvt. Ltd., Indiya (proiz.)
ALERKUR tabletkalari 10mg N10
ALERKUR tabletkalari 10mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Lafz, OOO (upakov.) Unicure Pvt. Ltd., Indiya (proiz.)
- Alerkur qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Alerkurning tarkibi
- Alerkur ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Alerkur narxi Toshkent dorixonalarida

Alerkur qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALERKUR

ALERCUR

 

Preparatning savdo nomi: Alerkur

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): setirizin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: setirizin digidroxloridi – 10 mg;

yordamchi moddalar: ikki almashingan kalsiy fosfati, laktoza, jelatin, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali, aerosil.

Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Allergiyaga qarshi vosita.

ATX kodi: R06AE07

 

Farmakologik xususiyatlari

Alekur – antigistamin vositasi, periferik N1-gistamin reseptorlarini selektiv blokatori hisoblanadi. Gistaminning kapillyarlarni kengaytirish va o‘tkazuvchanligini oshirish (shishni, eshakemini, qizarishni rivojlanishi) kabi samaralarini, sezgir nerv oxirlarini rag‘batlantirilishini (qichishish, og‘riq) va nafas va ovqat hazm qilish a‘zolarini silliq mushaklarini qisqarishini oldini olish xususiyatlariga ega. Alekur antigistamin ta‘siridan tashqari, allergiyaga qarshi faollikka ega. Allergik reaksiyalarni kechki bosqichida gistaminning ta‘sirini va eozinofillarni migrasiyasini ingibirlaydi, shu tarzda kechki allergik reaksiyalarni kechishini susaytiradi. Bronxial astmada gistamin sababli indusiyalangan bronxlarni torayishini pasaytiradi. Alekur – piperazin hosilasi bo‘lib, u o‘zining kimyoviy tuzilishi bo‘yicha uning asosiy metaboliti- gidrazin hosilasi hisoblanadi. Yaqqol qutblanuvchanligi va qon palazmasi oqsillari bilan kuchli bog‘lanishi, shuningdek  lipofilligi tufayli, setirizin gidrazinga nisbatan gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Buni oqibatida MNT ga deyarli susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Alekur ovqat hazm qilish yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga 40-60 minutdan keyin erishiladi. Maksimal terapevtik samara taxminan 4-8 soatdan keyin boshlanadi va 24 soatgacha davom etadi. Qon plazmasi oqsillari bilan preparatning taxminan 93% bog‘lanadi. Taxminan 70% siydik bilan asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi sekinlashadi.

 

Qo‘llanilishi

Allergik kasalliklarni: surunkali (yil davomidagi) allergik rinit, mavsumiy allergik rinit, allergik kon‘yunktivit, surunkali idiopatik eshakemi, allergik dermatitlarni simtpomatik davolashda qo‘llanadi.

 

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va kattalarga Alekurni sutkada 10 mg dan buyuriladi, kechqurun buyurgan ma‘qulroq. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi va odatda 2-4 haftani tashkil qiladi. Mavsumiy allergik rinitda 3-6 hafta, surunkali idiopatik eshakemida va surunkali allergik rinitda davolashni 1 yilgacha davom ettirish mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga tavsiya qilinadigan dozani yarmiga kamaytirish lozim.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga, ayniqsa yondosh buyrak yetishmovchiligida dozani shaxsiy ravishda tanlash kerak.

Keksa yoshdagi bemorlar preparatga sezuvchan bo‘lishlari mumkin, bu dozani to‘g‘rilashni talab qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, bosh aylanishi. Arterial bosimni (AB) biroz pasayishi, kuchli toliqish, holsizlik, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, terining allergik reaksiyalarining ko‘rinishlari, bronxospazm, angionevrotik shish, laringit, kserostomiya, jig‘ildonni qaynashi, kekirish, ishtahani yo‘qolishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, yo‘tal, burunni qonashi. Ayrim pasientlarda preparatni gepatotoksik ta‘siri (aminotransferazalar faolligini oshishi, gepatit) kuzatiladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Setirizinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, og‘ir nefropatiya, homiladorlik va emizish davri.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Setirizin digidroxloridni 20 mg dozada va simetidinni 400 mg dozada bir vaqtda qabul qilish gistamin in‘eksiyasi chaqirgan teri reaksiyasi ko‘rinishlariga, bir setirizin gidroxloridini o‘zini qabul qilgandagi analogik reaksiyalarga qaraganda ta‘sir qilmaydi.

Alekur va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalarini, ularni o‘zaro ta‘sirlashuviga bevosita isbotlar yo‘qligiga qaramay, ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Setirizin va teofilinni bir vaqtda buyurilganda (ayniqsa, agar teofillinni dozasi 400 mg dan oshsa) setirizinni qon zardobida konsentrasiyasini oshishi va uni klirensini pasayishi tufayli, dozasini oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin.

Setirizinni ototoksik samara namoyish qiladigan preparatlar, masalan, gentamisin bilan bir vaqtda qo‘llanishi, ototoksiklikni, quloqlarni shang‘illashi va ongni xiralashishi kabi simptomlarini niqoblashi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gemodializda bo‘lgan pasientlarga Alekurni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Setirizin bilan davolash davrida pasientlar alkogolli ichimliklarni qabul qilishdan saqlanishlari lozim, chunki uyquchanlik va psixomotor reaksiyalarni sekinlashishi aniqlanishi mumkin.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati. Preparat uyquchanlikni chaqirishi mumkinligi tufayli, avtomobilni boshqarishda, mexanizmlar bilan ishlashda yoki tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi faoliyatlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, chunki homilaga nisbatan bo‘lgan ta‘sirlari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Emizikli ayollarga preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki  odamlarda uni ko‘krak suti bilan chiqarilishi tekshirilmagan.

Bolalar. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni boshqa dori shaklida, 12 yoshdan keyin esa – kattalardagi kabi buyuriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani sezilarli oshirib yuborilishida (50 mg setirizin digidroxloridi) uyquchanlik, nojo‘ya samaralar kuchayishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish. Enterosorbentlarni buyurish. Simptomatik davolash. Maxsus antidoti noma‘lum. Preparat dializ yordamida chiqarilmaydi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 1, 3 yoki 10 blister karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq , yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Alerkur barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Alerkur savollari

Alerkur fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil