Ташкент
logo
SavatKirish

TERIKS

TERIKS chiqarish shakllari

TERIKS tabletkalari 10mg N10
Retseptsiz
TERIKS tabletkalari 10mg N10
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ali Raif Ilac San. A.S.
•60 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
- TERIKS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- TERIKSning tarkibi
- TERIKS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- TERIKS narxi Toshkent dorixonalarida

TERIKS qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Turkiya
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TERIKS

TERIX®

Preparatning savdo nomi: Teriks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): setirizin (cetirizine)

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 5 mg setirizin digidroxloridi 5 mg

Yordamchi moddalar: metilparaben, propilparaben, natriy digidroortofosfati (suvsiz), sorbitol, likasin, gliserin, etil spirti, limon kislotasi monogidrati, qulupnay xushbo‘yi aromatizatori, tozalangan suv.

Ta‘rifi: rangsiz, qulupnay hidili qovushqoq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Gistamin N1-reseptorlarining blokatori. Allergiyaga qarshi preparat.

ATX kodi: R06AE07

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Teriksning faol komponenti – setirizin – N1-gistamin reseptorlarining selektiv antagonistidir. O‘rtacha terapevtik dozalarda gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi. Faqat yuqori dozalarda yoki kam hollarda biroz sedativ samara berishi mumkin. Teriks, shuningdek in vivo sharoitda endogen gistamin reseptorlarini ingibisiya qiladi. Preparat vazofaol intestinal polipeptidlar (VIP) va R-moddalar ta‘siri oqibatidagi teri reaksiyalarini oldini oladi. Bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda setirizin bronxlarning gistaminga o‘ta yuqorireaktivligini pasaytiradi. Xuddi shu usul bilan spesifik allergik reaksiyalarni pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Setirizinning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga og‘iz orqali qo‘llanganidan so‘ng bir soatdan keyin erishiladi.

Taqsimlanishi: Plazma ko‘rsatkichlari qabul qilingan dozaga qarab o‘zgaradi. Setirizinning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 93% ni tashkil qiladi.

Metabolizmi: Setirizin boshlang‘ich o‘tishida jigarda oz miqdorda metabolizmga uchraydi va juda oz antigistamin samaraga ega bo‘lgan metabolit hosil bo‘ladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 8-11 soatni tashkil qiladi. Bolalarda plazma klirensi kattalarga nisbatan yuqoriroq.

Chiqarilishi: Bolalarda, kattalarda bo‘lgani kabi, qabul qilingan dozaning taxminan 2/3 qismi buyrak orqali chiqariladi. Preparatning 70% siydik bilan, 10% esa ahlat bilan chiqariladi. Umumiy klirensi taxminan minutiga 53 ml ni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

  • Pollinoz (mavsumiy allergik rinitlar va kon‘yunktivitlar).
  • Surunkali allergik rinit va boshqa allergik rinopatiyalar.
  • Allergik qichima.
  • Idiopatik eshakemi.
  • Kvinke shishida qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Setirizinni qabul qilish ovqat iste‘mol qilishga emas, balki pasientning unga bo‘lgan ehtiyojiga bog‘liq. Agar pasientda kechqurun qo‘llashga ko‘rsatmalar bo‘limida ko‘rsatilgan kasalliklarni ko‘rinishi namoyon bo‘lsa, preparatni kechki ovqat bilan qabul qilish tavsiya qilinadi.

Pollinozda davolash davomiyligi asosan 3-6 haftani tashkil etadi.

Yoshga qarab quyidagi davolash tartibga amal qilish kerak:

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar 10 mg (2 o‘lchov qoshig‘i) kuniga 1 marta
6-11 yosh 5-10 mg (1-2 o‘lchov qoshig‘i) kuniga 1 marta
2-5 yosh Boshlang‘ich doza 2,5 mg (½o‘lchov qoshig‘i) kuniga 1 marta; zarurati bo‘lganida doza 5 mg (1 o‘lchov qoshig‘i) gacha oshiriladi.
12 oylik – 2 yosh 2,5 mg (½ o‘lchov qoshig‘i) kuniga 1 marta; zarurati bo‘lganida doza kuniga 5 mg gacha oshiriladi: 2,5 mg (½ o‘lchov qoshig‘i) 12 soat interval bilan
6-12 oylik 2,5 mg (½ o‘lchov qoshig‘i) kuniga 1 marta

Nojo‘ya ta‘sirlari

Psixomotor faoliyatlarni baholash uchun ob‘ektiv testlarni o‘tkazishda setirizinning sedativ samarasi plaseboga tenglashtirilgan. Kam hollarda, odatda kuchsiz namoyon bo‘luvchi va o‘tkinchi bo‘lgan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, og‘izni qurishi va gastrointestinal buzilishlar kuzatilgan.

Zarurat tug‘ilganida sutkalik dozani ikkita teng – ertalab va kechqurun qabul qilishga bo‘lish mumkin.

Kutilmagan samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling!

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dorilarning xech qanday nomutanosibligi aniqlanmagan. Diazepam va simetidin bilan birga qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda dorilar nomutanosibligi aniqlanmadi. Setirizin terapevtik dozalarda (qonda 0,8 g/l) alkogolning ta‘sirini potensiyalaydi. Teriksni sedativ preparatlar va antixolinergik vositalar bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki ular setirizinning nojo‘ya ta‘sirlarini kuchaytirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ishi yuqori diqqatni talab qiladigan shaxslarga preparatning dozasini oshirish tavsiya etilmaydi.

Buyrak yetishmovchigi bo‘lgan pasientlarga sutkalik dozaning yarmi buyuriladi.

Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik (V toifasi)

Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda preparatning bironta ham teratogen samarasi aniqlanmagan. Biroq Teriksni ayollarga homiladorlikda buyurish mumkin emas.

Laktasiya

Ko‘krak sutiga o‘tishi tufayli laktasiya davrida qo‘llanmaydi.

Transport vositalarini va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Klinik tadqiqotlar jarayonida uyquchanlik holatlari aniqlanganligi tufayli, preparatni qabul qila turib, transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi:

50 mg setirizin bir marta qabul qilinganida, preparat uyquchanlik va gipotenziya chaqirishi mumkin. Doza oshirib yuborilganida boshqa chora tadbirlar bilan bir qatorda, me‘dani yuvish lozim. Spesifik antidot yo‘q. Antixolinergik ta‘siri bilan bog‘liq intoksikasiya simptomlarida fizostigminni buyurish mumkin.

Chiqarilish shakli:

100 ml sirop (5 mg/5 ml) shisha flakonlarda. 1 flakon o‘lchov qoshig‘i va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Chiqarilishining boshqa shakllari

Teriks qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

Ulashish:

TERIKS narxlari

TERIKS barcha rasmlari

Barcha rasmlar

TERIKS savollari

TERIKS fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil