SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N5

SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N5 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Metamizol natriy
Ichga qabul qilingandan so'ng metamizol natriy MITYdan tez so'riladi. Ichak devorida faol metabolit hosil bo'lishi bilan gidrolizlanadi. O'zgarmagan metamizol natriy qonda aniqlanmaydi (faqat v/i yuborilgandan so'ng qon plazmasida oz miqdorda aniqlanadi va tezda aniqlash uchun imkonsiz bo'lib qoladi). m/i yuborilgandan so'ng preparatning faol moddalari inyeksiya joyidan tez va sezilarli darajada so'riladi.
Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 50-60% ni tashkil qiladi. Terapevtik dozalarda qabul qilinganda ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Metamizol natriy jigarda intensiv biotransformatsiyaga uchraydi. Asosiy metabolitlar 4-metilaminoantipirin, 4-formilaminoantipirin, 4-aminoantipirin va 4-atsetilaminoantipirin hisoblanadi. Glyukuron kislotasi hosilalarini o'z ichiga olgan taxminan 20 ta qo'shimcha metabolit aniqlangan. Asosiy to'rtta metabolit serebrospinal suyuqlikda aniqlanadi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Pitofenon
Ichga qabul qilinganda MITYdan tez so'riladi. Qon plazmasidagi Cmax ga 30-60 daqiqadan so'ng erishiladi. Organlar va to'qimalarda tez taqsimlanadi, GET orqali o'tmaydi.
Jigarda oksidlanish reaktsiyalari orqali metabollanadi. Siydik bilan chiqariladi. Т 1,8 soatni tashkil qiladi.
Fenpiveriniy bromidi
Ichga qabul qilinganda MITYdan tez so'riladi. Qon plazmasidagi Cmax ga 1 soat ichida erishiladi. GET orqali o'tmaydi. O'zgarmagan holda siydik bilan 32,4-40,4%, safro bilan - 2,3-5,3% chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Majmuaviy og'riqsizlantiruvchi va spazmolitik vosita. Preparat komponentlarining birikmasi ularning farmakologik ta'sirining o'zaro kuchayishiga olib keladi.
Metamizol natriy - pirazolon hosilasi, og'riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi, uning mexanizmi prostaglandinlar sintezini susaytirish bilan bog'liq.
Pitofenon gidroxloridi ichki organlar silliq mushaklariga to'g'ridan-to'g'ri miotrop ta'sirga ega va ularning bo'shashishini keltirib chiqaradi (papaverinsimon ta'sir).
Fenpiveriniy bromidi m-xolinobloklovchi ta'sirga ega va silliq mushaklarga qo'shimcha miotrop ta'sir ko'rsatadi.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar: eshakemi (shu jumladan kon'yunktivada va burun-halqum shilliq qavatlarida), angionevrotik shish, kamdan-kam hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, anafilaktik shok.
Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz (quyidagi simptomlar bilan namoyon bo'lishi mumkin: sababsiz tana haroratining ko'tarilishi, titroq, tomoqda og'riq, yutishning qiyinlashishi, stomatit, shuningdek vaginit yoki proktit holatlarining rivojlanishi).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB pasayishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak faoliyatining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit, siydikning qizil rangga bo'yalishi.
Antixolinergik effektlar: og'iz qurishi, terlashning kamayishi, akkomodatsiya parezi, taxikardiya, siyishning qiyinlashishi.
Mahalliy reaksiyalar: m/i yuborilganda yuborish joyida infiltratlar bo'lishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Uzoq muddatli (bir haftadan ortiq) davolashda periferik qon manzarasini va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.
Agranulotsitoz gumon qilinganda yoki trombotsitopeniya mavjud bo'lganda preparat qabul qilishni to'xtatish kerak.
Qorindagi o'tkir og'riqlarni bartaraf etish uchun preparatni qo'llash kasallik sababi aniqlanmaguncha mumkin emas.
Ko'tara olmaslik juda kam uchraydi, ammo anafilaktik shok rivojlanish xavfi preparat v/i yuborilgandan keyin preparat ichga qabul qilingandan ko'ra nisbatan yuqori.
Atopik bronxial astma va pollinozlari bo'lgan bemorlarda allergik reaksiyalar rivojlanish xavfi ortadi.
Preparatni parenteral yuborishdan faqat ichga qabul qilish imkonsiz bo'lgan yoki OIT dan so'rilish buzilgan hollardagina foydalanish kerak.
V/i in'ektsiyani sekin, bemor yotgan holatda va AB, YUR va nafas olish tezligi nazorati ostida o'tkazish kerak.
2 ml dan ortiq eritma yuborilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (AB keskin pasayishi xavfi mavjud).
M/i yuborish uchun uzun ignadan foydalanish kerak.
5 yoshgacha bo'lgan bolalar va sitostatiklar olayotgan bemorlarni davolashda metamizol natriyni qo'llash faqat shifokor nazorati ostida o'tkazilishi kerak.
Metabolit ajralib chiqishi hisobiga siydikning qizil rangga bo'yalishi mumkin (klinik ahamiyatga ega emas).
Preparat bilan davolash davrida etanol qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash vaqtida transport vositalari haydovchilari va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi shaxslar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Yaqqol jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; suyak ko‘migi qon yaratishining susayishi; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi; taxiaritmiya; og‘ir stenokardiya; dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi; kollaps; yopiq burchakli glaukoma; prostata bezi giperplaziyasi (klinik ko‘rinishlari bilan); ichak tutilishi; megakolon; homiladorlik (ayniqsa I uchoylik va oxirgi 6 hafta); laktatsiya davri; 3 oylikgacha bo‘lgan yoki tana vazni 5 kg dan kam bo‘lgan bolalar (v/i yuborish uchun); 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar (tabletkalar uchun); yuqori sezuvchanlik (sh.j. pirazolon hosilalariga).
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak/jigar yetishmovchiligi; bronxial astma; arterial gipotenziyaga moyillik; NYQV larga yuqori sezuvchanlik; atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYQV larni qabul qilish bilan qo‘zg‘atilgan eshakemi yoki o‘tkir rinit.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Gistamin H-retseptorlari blokatorlari, butirofenonlar, fenotiazinlar, tritsiklik antidepressantlar, amantadin va xinidin - m-xolinobloklovchi ta'sirning kuchayishi mumkin.
Xlorpromazin yoki boshqa fenotiazin hosilalari - yaqqol gipertermiya rivojlanishi mumkin.
Narkotik bo'lmagan analgetiklar, tritsiklik antidepressantlar, peroral gormonal kontratseptivlar va allopurinol - preparat toksikligini oshiradi.
Fenilbutazon, barbituratlar va boshqa mikrosomal fermentlar induktorlari - natriy metamizol samaradorligining pasayishi.
Sedativ va anksiolitik vositalar (trankvilizatorlar) - natriy metamizolning og'riq qoldiruvchi ta'sirini kuchaytirish.
Rentgenokontrast dori vositalari, kolloid qon o'rnini bosuvchilar va penitsillin - natriy metamizol saqlovchi preparatlar bilan kombinatsiyalarni qo'llash kerak emas.
Siklosporin - qonda siklosporin kontsentratsiyasining pasayishi mumkin.
Peroral gipoglikemik vositalar, bilvosita antikoagulyantlar, GKS va indometatsin - natriy metamizol ushbu vositalarni oqsillar bilan bog'lanishdan siqib chiqaradi, buning oqibatida ularning ta'siri namoyon bo'lishi kuchayishi mumkin.
Tiamazol va tsitostatiklar - leykopeniya rivojlanish xavfining oshishi.
Mielotoksik ta'sirga ega dori vositalari: preparatning gematotoksik samarasini kuchaytirish.
Kodein, gistamin N-retseptorlari blokatorlari, propranolol - natriy metamizol inaktivatsiyasining sekinlashishi oqibatida preparat ta'sirini kuchaytirish.
Etanol - etanol samaralarini kuchaytirish.
In'ektsiya uchun eritma boshqa dori vositalari bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib.
Dozirovkasi
SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N5 o'xshash dorilari




Spazmalgon boshqa chiqarish shakllari


SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N5 analoglari

{
"data": {
"id": 56797,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "spazmalgon-rastvor",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N5",
"brand_name": "SPAZMALGON",
"image": "uploads/iblock/5fe/5fea9f9059e1b8b058cb28bf2c848ed9.webp",
"atx_code": "A03DA02",
"drug_form_id": 2,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Sopharma PLC",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 487,
"slug": "pishchevaritelnyy-trakt-i-obmen-veshchestv",
"name": "Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi",
"external_link_title": "Gastroenterolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/gastroenterolog"
},
"drug_group": {
"id": 7233,
"slug": "spazmalgon",
"name": "Spazmalgon"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 24,
"slug": "bolgariya",
"name": "Bolgariya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5896,
"slug": "metamizol-natriya",
"name": "Metamizol natriya"
},
{
"id": 5933,
"slug": "pitofenon",
"name": "Pitofenon"
},
{
"id": 5992,
"slug": "fenpiveriniya-bromid",
"name": "Fenpiveriniya bromid"
}
],
"tags": []
}
}















