TROMBO ASS 0,05 tabletkalari N100

TROMBO ASS 0,05 tabletkalari N100 o'xshash dorilari

TROMBO ASS 0,05 tabletkalari N100 qo'llanmasi
So'rilishi
Ichga qabul qilinganda atsetilsalitsil kislotasi MITYdan tez va to'liq so'riladi. Trombo ASS tabletkalari ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan, bu ASK ning me'da shilliq qavatiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sirlovchi ta'sirini kamaytiradi. Atsetilsalitsil kislotasi absorbtsiya paytida qisman metabolizmga uchraydi.
Taqsimlanishi va metabolizmi
So'rilish paytida va undan keyin atsetilsalitsil kislotasi asosiy metabolit - salitsil kislotasiga aylanadi, u asosan jigarda jigar fermentlari ta'siri ostida ko'plab to'qimalarda va siydikda aniqlanadigan fenilsalitsilat, salitsilat glyukuronidi va salitsilur kislotasi kabi metabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. Ayollarda metabolizm jarayoni sekinroq kechadi (qon zardobida fermentlar faolligi pastroq).
Atsetilsalitsil kislotasi va salitsil kislotasi yuqori darajada (dozaga qarab 66 dan 98% gacha) qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi va organizmda tez taqsimlanadi.
Salitsil kislotasi yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Chiqarilishi
Atsetilsalitsil kislotasining qon plazmasidan T1/2 taxminan 15-20 daqiqani tashkil qiladi. Boshqa salitsilatlardan farqli o'laroq, preparat ko'p marta qabul qilinganda gidrolizlanmagan atsetilsalitsil kislotasi qon zardobida to'planmaydi. Ichga qabul qilingan atsetilsalitsil kislotasining atigi 1% i gidrolizlanmagan atsetilsalitsil kislotasi ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi, qolgan qismi salitsilatlar va ularning metabolitlari ko'rinishida chiqariladi. Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlarda preparatning bir martalik dozasining 80-100% i 24-72 soat ichida buyraklar orqali chiqariladi.
Umuman olganda Trombo ASS® past dozalari tufayli bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi.
Nojo'ya reaksiyalar kamdan-kam hollarda kuzatiladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, qusish, qorin sohasida og'riqli hislar; kamdan-kam - oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yaralari, shu jumladan perfativ, oshqozon-ichakdan qon ketishlar, jigar transaminazalari faolligining oshishi bilan kechuvchi jigar funksiyasining o'tkinchi buzilishlari.
MNS tomonidan: bosh aylanishi, eshitish pasayishi, quloqlarda shovqin, bu preparatning dozasini oshirib yuborish belgisi bo'lishi mumkin.
Qon yaratish tizimi tomonidan: perioperatsion (intra- va postoperatsion) qon ketishlar, gematomalar, burun qonashlari, milklar qonashi, siydik-tanosil yo'llaridan qon ketishlar tezligining oshishi. Jiddiy qon ketish holatlari haqida xabarlar mavjud, ularga oshqozon-ichakdan qon ketishlar va miyaga qon quyilishlar kiradi (ayniqsa arterial gipertenziyasi bo'lgan, AB maqsadli ko'rsatkichlariga erishmagan va/yoki antikoagulyant vositalar bilan yondosh terapiya olayotgan pasientlarda), ular alohida hollarda hayot uchun xavf soluvchi xarakterga ega bo'lishi mumkin. Qon ketishlar tegishli klinik-laborator simptomlar (asteniya, rangparlik, gipoperfuziya) bilan o'tkir yoki surunkali postgemorragik/temir tanqisligi anemiyasi (masalan, yashirin qon ketish oqibatida) rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, rinit, burun bo'shlig'i shilliq qavati shishi, rinit, bronxospazm, kardio-respirator distress-sindrom, shuningdek og'ir reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok.
Preparat shifokor tayinlaganidan keyin qo‘llanilishi kerak.
Asetilsalisil kislotasi bronxospazmni qo‘zg‘atishi, shuningdek bronxial astma xurujlarini va boshqa yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini chaqirishi mumkin. Anamnezda bronxial astma, pichan isitmasi, burun polipozi, nafas olish tizimining surunkali kasalliklari, shuningdek boshqa preparatlarga allergik reaksiyalar (masalan, teri reaksiyalari, qichishish, eshakemi) mavjudligi xavf omillari hisoblanadi.
Asetilsalisil kislotasining trombotsitlar agregatsiyasiga ingibirlovchi ta'siri qabul qilingandan keyin bir necha kun davomida saqlanib qoladi, shu munosabat bilan jarrohlik aralashuvi davomida yoki operatsiyadan keyingi davrda qon ketish xavfining oshishi mumkin. Jarrohlik aralashuvi davomida qonashni mutlaq istisno qilish zarurati tug‘ilganda, imkon qadar, operatsiyadan oldingi davrda asetilsalisil kislotasini qo‘llashdan butunlay voz kechish kerak.
Asetilsalisil kislotasini antikoagulyantlar, trombolitiklar va antiagregant preparatlar bilan birga qo‘llash qon ketishlar rivojlanishi xavfining oshishi bilan kechadi.
Asetilsalisil kislotasi past dozalarda moyilligi bo‘lgan (siydik kislotasi ekskretsiyasi pasaygan) shaxslarda podagra rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin.
Asetilsalisil kislotasini metotreksat bilan birga qo‘llash qon yaratish a'zolari tomonidan nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi chastotasining oshishi bilan kechadi.
Asetilsalisil kislotasi yuqori dozalarda gipoglikemik samara ko‘rsatadi, buni preparatni qandli diabeti bo‘lgan, ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarni (sulfonil-mochevina hosilalari) va insulin olayotgan bemorlarga tayinlashda yodda tutish kerak.
GKS va salitsilatlarni birga tayinlashda shuni yodda tutish kerakki, davolash vaqtida qonda salitsilatlar darajasi pasaygan bo‘ladi, GKS bekor qilingandan so‘ng esa salitsilatlar dozasini oshirib yuborish mumkin.
Yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda asetilsalisil kislotasini ibuprofen bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki oxirgisi asetilsalisil kislotasining umr ko‘rish davomiyligiga ijobiy ta'sirini kamaytiradi, ya'ni asetilsalisil kislotasining kardioprotektor samarasini pasaytiradi.
Asetilsalisil kislotasi dozasini oshirish oshqozon-ichakdan qon ketish xavfi bilan bog‘liq.
Dozani oshirib yuborish ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda xavflidir.
Asetilsalisil kislotasi etanol (alkogol saqlovchi ichimliklar) bilan birga qo‘llanilganda OIT shilliq qavati shikastlanishi va qon ketish vaqti uzayishi xavfi yuqori bo‘ladi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki Trombo ASS® preparatini qo‘llash bosh aylanishini chaqirishi mumkin.
Trombo ASS® preparati dozasini oshirib yuborish, birinchi navbatda keksa yoshdagi bemorlar va bolalarda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Salitsilizm sindromi asetilsalisil kislotasi 100 mg/kg/sut dan ortiq dozada 2 sutkadan ortiq vaqt davomida noto‘g‘ri terapevtik qo‘llash doirasida preparatning toksik dozalari iste'mol qilinganda (surunkali zaharlanish) yoki kattalar yoki bolalar tomonidan preparatning toksik dozasi bir marta tasodifan yoki qasddan qabul qilinganda (o‘tkir zaharlanish) rivojlanadi.
— MITY eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish bosqichida);
— oshqozon-ichakdan qon ketishi;
— gemorragik diatiz;
— salitsilatlar va boshqa NYQV qabul qilish bilan qo‘zg‘atilgan bronxial astma;
— bronxial astma, burun va burun yondosh bo‘shliqlari retsidivlanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasini o‘zlashtira olmaslikning birgalikda kelishi;
— metotreksat bilan haftasiga 15 mg va undan ortiq dozada birgalikda qo‘llash;
— yaqqol buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/min dan kam);
— yaqqol jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha V sinf va undan yuqori);
— NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV funksional sinf surunkali yurak yetishmovchiligi;
— homiladorlikning I va III uchoyliklari;
— laktatsiya davri (emizish);
— 18 yoshgacha;
— laktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi;
— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
— boshqa NYQVlarga yuqori sezuvchanlik.
Podagra, giperurikemiya, yara kasalligida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Batafsil ko‘rsatmani qarang
Bir vaqtda qo'llanilganda asetilsalitsil kislotasi quyidagi dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradi (Trombo ASSВ® preparatini sanab o'tilgan vositalar bilan bir vaqtda qo'llash zarurati tug'ilganda ularning dozasini kamaytirish zarurati masalasini ko'rib chiqish kerak):
Metotreksat - buyrak klirensini pasaytirish va uni oqsillar bilan bog'lanishdan siqib chiqarish hisobiga.
Antikoagulyantlar, trombolitik va antiagregant vositalar (tiklopidin, klopidogrel) bilan bir vaqtda qo'llanilganda qo'llanilayotgan vositalarning asosiy terapevtik samaralari sinergizmi natijasida qon ketish xavfi ortishi kuzatiladi.
Antikoagulyant, trombolitik yoki antiagregant ta'sirga ega preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda MTY shilliq qavatiga shikastlovchi ta'sirning kuchayishi kuzatiladi.
Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari - MTY yuqori bo'limlaridan qon ketish xavfi oshishi mumkin (asetilsalitsil kislotasi bilan sinergizm).
Batafsil yo'riqnomaga qarang
Preparat uzoq muddat qo'llash uchun mo'ljallangan. Terapiya davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Xavf omillari mavjud bo'lganda o'tkir miokard infarktini birlamchi profilaktikasi: 50-100 mg/sut.
Miokard infarkti, stenokardiyani ikkilamchi profilaktikasi: 50-100 mg/sut.
Insult va miya qon aylanishining o'tkinchi buzilishini oldini olish: 50-100 mg/sut.
Tomirlardagi operatsiyalar va invaziv aralashuvlardan keyin tromboemboliyani oldini olish: 50-100 mg/sut.
Chuqur venalar trombozi va o'pka arteriyasi va uning shoxlari tromboemboliyasini oldini olish: 100-200 mg (2 tab.)/sut.
Xususiyatlar TROMBO ASS 0,05 tabletkalari N100
Trombo ASS boshqa chiqarish shakllari



TROMBO ASS 0,05 tabletkalari N100 analoglari















