SELESTODERM V S GARAMISINOM maz 30g

dermatologiyada qoʼllash uchun kortikosteroidlar. Kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada.
SELESTODERM V S GARAMISINOM maz 30g haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
Bolalar ololmaydigan joyda, 25ºC dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 1,220 mg betametazon valerati koʼrinishida 1,000 mg betametazon va 1,000 mg (1000 XB) gentamitsin, gentamitsin culьfati koʼrinishida
yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, mineral moyi.
Chiqarilish shakli
30 g dan alyumin tubalarda. 1 tuba tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.
Farmakodinamikasi
Betametazon
Betametazon valerati – bu mahalliy qoʼllash uchun sintetik glyukokortikoid. Betametazon, prednizolon xosilasi, yuqori glyukokortikoid faollikka va faqat minimal mineralokortikoid xususiyatlarga ega. Maxalliy glyukokortikoidlar (betametazon valerati kabi) yalligʼlanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi taʼsiri tufayli, boshidan glyukokortikoidlarga chidamli dermatozlarni davolash uchun koʼrsatilgan. Betametazon valerati va turli maʼlum ftor saqlovchi mahalliy qoʼllash uchun glyukokortikoidlarning samaradorligini farmakodinamik solishtirish uchun, qon tomirlarni toraytiruvchi Makkenzi testini ishlatish mumkin. Bu testda betametazon valerati flutsinol atsetonidiga nisbatan 360 oqarish darajasini koʼrsatgan = 100 (solishtirish uchun boshqa oqarish koʼrsatkichlari: gidrokortizon >1; triamtsinalon atsetonid: 75).
Gentamitsin
Gentamitsin – bu aminoglikozid antibiotikdir. Strukturasi yopiq gomologik S1, S1a va S2 gentamitsinning aralashmasi hisoblanadi.
Taʼsir mexanizmi
Gentamitsinning taʼsir mexanizmi RNK ribosomalarini oʼzaro taʼsiri orqali oqsillar biosintezini buzilishi va keyinchalik translyatsiya vaqtida aminokislotalarga xatolarini kirishiga asoslangan. Bu bakteritsid taʼsirga olib keladi.
Farmakokinetik/farmakodinamik oʼzaro bogʼliqlik:
Samaradorligi, asosan, taʼsir joyida (Smax) erishilgan maksimal kontsentratsiyani va mikroorganizmlarni bostiruvchi minimal kontsentratsiyasi nisbatiga bogʼliq.
Rezistentlik mexanizmi
Gentamitsinga rezistentlik quyidagi mexanizmlar oqibatida boʼlishi mumkin:
Enzimlarning faolsizlantirilishi: rezistentlikning eng koʼp uchraydigan mexanizmi boʼlib aminoglikozid molekulalarini fermentli faolsizlantirilishi hisoblanadi. Bunda atsetiltransferazalar, fosfotransferazalar yoki nukleotidiltransferazalar ishtirok etadi, ularning koʼpchiligi plazmida bilan kodlangan.
Kirishini susayishi va faol efflyuks: rezistentlikning bu mexanizmlari, asosan, Pseudomonas aeruginosa ga taalluqli.
Maqsadli strukturani modifikatsiyasi: ribosomalar chegarasidagi modifikatsiya – rezistentlik sabablari. Ular mutatsiyada yoki metiltransferazalar shakllanishida yuz beradi.
Gentamitsin, odatda, boshqa aminoglikozid antibiotiklar bilan kesishgan rezistentlikka ega.
Chegara qiymatlar
Gentamitsin suyultirishlarni standart seriyalarini ishlatish bilan testlanadi. Sezgir va rezistent mikroorganizmlar uchun quyidagi minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyalari belgilangan.
EUCAST chegara qiymatlari
Mikroorganizm Sezuvchanlik Rezistentlik
Enterobacteriaceae ≤2 mg/l >4 mg/l
Pseudomonas spp. ≤4 mg/l >4 mg/l
Acinetobacter spp. ≤4 mg/l >4 mg/l
Staphylococcus spp. ≤1 mg/l >1 mg/l
Turlari boʼyicha nospetsifik chegara qiymatlari ≤2 mg/l1 >4 mg/l1
13-4,5 mg/kg/sutka dozada gentamitsinni vena ichiga qoʼllash uchun chegara qiymati.
*Аsosan, qon zardobidagi farmakokinetikasiga asoslangan.
Bu maʼlumotlar asosan, qon zardobida erishiladigan farmakokinetik darajalariga asoslangan. Аmmo EUCAST ni chegara qiymatlari mahalliy taʼsir qiluvchi gentamitsin preparatlari uchun dolzarb hisoblanmaydi, chunki surtma qoʼllanganda antibiotikning lokal kontsentratsiyasi chegara qiymatlarga nisbatan 250-500 marta yuqori boʼladi.
Qoʼllangan joyda antibiotikning kontsentratsiyasini yuqoriligi tufayli, curtma mahalliy qoʼllanganda rezistentlikning paydo boʼlishini ehtimoli kam. Gentamitsinga teri mikroorganizmlarining rezistentligini aniqlash uchun oʼtkazilgan koʼp markazli in vitro tadqiqotlarida, S. aureus va S. pyogenes ni hamma testlangan shtammlari 128 mg/l kontsentratsiyalardan boshlab sezuvchan boʼlgan. Surtma qoʼllanganda kontsentratsiya 1000 mg/l gacha erishilishi tufayli, gentamitsinga rezistentligi boʼlgan hech qanday S. aureus va S. pyogenes shtammlari aniqlanmagan.
Odatdagi, sezuvchan turlar
Аerob grammusbat mikroorganizmlar
Staphylococcus aureus
Staphylococcus saprophyticus
Аerob grammanfiy mikroorganizmlar
Acinetobacter pittii
Citrobacter freundii
Enterobacter aerogenes
Enterobacter cloacae
Escherichia coli#
Klebsiella oxytoca
Klebsiella pneumoniae
Proteus vulgaris
Proteus mirabilis
Salmonella enterica (salьmonellyoz enterit)
Serratia liquefaciens
Serratia marcescens
Davolash vaqtida orttirilgan rezistentlik muammo boʼlishi mumkin boʼlgan turlar
Аerob grammusbat mikroorganizmlar
Staphylococcus epidermidis
Staphylococcus haemolyticus
Staphylococcus hominis
Аerob grammanfiy mikroorganizmlar
Acinetobacter baumannii
Morganella morganii
Pseudomonas aeruginosa
Tabiiy rezistentligi boʼlgan turlar
Аerob grammusbat mikroorganizmlar
Enterococcus§ turlari
Streptococcus § turlari
Аerob grammanfiy mikroorganizmlar
Burkholderia cepacia
Legionella pneumophila
Stenotrophomonas maltophilia
Аnaerob mikroorganizmlar
Bacteroides turlari
Clostridium difficile
Boshqa mikroorganizmlar
Chlamydia turlari
Chlamydophila turlari
Mycoplasma turlari
Ureaplasma urealyticum
§ Аgar turgʼun rezistentlik boʼlmasa (enterokokklar), enterokokk va streptokokklar chaqirgan endokarditlarni penitsillin bilan majmuada davolashni klinik samaradorligi isbotlangan.
Farmakokinetikasi
Gentamitsin parenteral yoki mahalliy qoʼllanishi mumkin, ammo ichga qoʼllash uchun toʼgʼri kelmaydi, chunki preparatni ichakda soʼrilishi minimal. Mahalliy antibiotiklar teridan oʼtgandan keyin xuddi shu parenteral yoʼl bilan yuborilgandagi kabi metabolizmga uchraydi. Gentamitsinning 3,5-6,4 mg/l oʼrtacha maksimal kontsentratsiyasiga, gentamitsin 1 mg/kg tana vazniga doza mushak ichiga yuborilgandan keyin 30-60 minut oʼtgach erishiladi. Yarim-chiqarilish davri birinchi 8-12 soat davomida taxminan 2 soatni tashkil qiladi, bundan keyin gentamitsin asta-sekin chuqur boʼlimlardan 100-150 soatlik yarim- chiqarilish davri bilan chiqariladi. Oʼzgarmagan va biologik faol shaklda faqat buyraklar orqali kalava filьtratsiyasi yoʼli bilan chiqariladi. Shikastlanmagan teriga 0,1% krem maxalliy surtilganda gentamitsinning teri orqali soʼrilishi surtilgan xajmning taxminan 2% tashkil qiladi. 0,1% surtma uchun muvofiq koʼrsatgich taxminan 0,5% tashkil qiladi. Gentamitsin kremi qoʼllanganda jaroxat yuzasini 1 sm2 yuzasiga oʼrtacha 6,9 mkg va u surtma shaklida qoʼllanganda taxminan 1,5 mkg gentamitsin soʼriladi. Bu taʼsir qiluvchi modda qon zardobida 1 mkg/ml kontsentratsiyaga erishishi mumkin, bu minimal toksik samarani taxminan 10% darajasiga toʼgʼri keladi. Terining kuyishli shikastlanishlarida gentamitsin mahalliy qoʼllangandan keyin qon zardobida 3 dan 4,3 mkg/ml darajalarga erishiladi.
Mahalliy qoʼllash uchun glyukokortikoidlarning farmakokinetik profili teriga oʼtgandan keyin tizimli taʼsirga ega glyukokortikoidlar qoʼllangandagiga oʼxshash.
Glyukokortikoidlar qon plazmasi oqsillari bilan turli darajada bogʼlanadi, asosan jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi.
Mahalliy qoʼllash uchun glyukokortikoidlarni tizimli soʼrilishi faqat noqulay sharoitlarda kutiladi (uzoq muddatli davolash, okklyuzion bogʼlov).
Betametazon valeratini emulьsiyadan (suv-moy) teri orqali soʼrilishi sogʼlom erkaklarda eksperimental shikastlangan terida baholangan. 24 soatdan keyin terida 3N-nishonlangan 200 mg dozaning 68,1±6,9% aniqlangan. 72 soat davomida siydik va axlat bilan 7,34±2,74% va 4,80±0,76% tegishli ravishda chiqariladi qabul qilingan dozaga muvofiq.
Maxalliy qoʼllash uchun ayrim glyukokortikoidlar va ularning metabolitlari oʼt-safro bilan xam chiqariladi.
Аminoglikozidlarni muxim enzimatik rezistentlik mexanizmi tufayli mikroorganizmlar va aminoglikozid antibiotiklar oʼrtasida koʼp xolatlarda chala, bir tomonli va tulik parallel rezistentlik mavjud.
Farmakoterapevtik guruh
dermatologiyada qoʼllash uchun kortikosteroidlar. Kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada.
Nojo'ya samaralari
Preparat qoʼllanganda nojoʼya reaktsiyalari haqida juda kam xabarlar boʼlgan; ular yuqori sezuvchanlik, toshma va terining rangini oʼzgarishlarini oʼz ichiga olgan.
Mahalliy kortikosteroidlar qoʼllanganda, quyidagi mahalliy nojoʼya reaktsiyalar xaqida, ayniqsa okklyuzion bogʼlovlar qoʼllanganda xabar berilgan: achishish, qichishish, taʼsirlanish, quruqlik, follikulit, terini gipopigmentatsiyasi, steroid akne, aknesimon teri toshmasi, terining kichik yuza tomirlarini kengayishi, gipertrixoz, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, terini matseratsiyasi, terini atrofiyasi, ikkilamchi infektsiya, striyalar va issiqlik toshmasi, yoriqlarni paydo boʼlishi, qoʼllash joyida qizarish, teleangiektaziyalar.
Okklyuzion bogʼlovlarni qoʼllash, shuningdek taʼsir etuvchi moddalarning soʼrilishini kuchaytirishi mumkin.
Katta maydonlarda qoʼllanganda, uzoq vaqt yoki okklyuzion bogʼlovlar ostida qoʼllanganda soʼrilishi xisobiga kortikosteroidlarning tizimli samaralari namoyon boʼlishi mumkin: Kushing sindromi bilan gipotalamo-gipofizar buyrak usti bezlarini qaytuvchi susayishi (semizlik, yuzni dumaloqlashishi, bukurlik, sekin tuzalish sindromi, ruxiy simptomlar va boshqalar), giperglikemiya va glyukozuriya, xavfsiz bosh suyagi ichki gipertenziyasi, arterial gipertenziya, shishlar, gipokaliemiya, osteoporoz, gipertireoz, umumiy xolesterinni, past zichlikdagi lipoproteinlar va triglitseridlarni oshishi, peptik yara, paresteziyalar, katarakta (subkapsulyar), odatdagi boʼlmagan sochlarni toʼkilishi, gipertrixoz, perioral dermatit va terini rangsizlanishi.
Gentamitsinni mahalliy qoʼllash granulyatsiyani buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, gentamitsin mahalliy qoʼllangandan keyin ototoksik, nefrotoksik va vestibulyar buzilishlar, ayniqsa koʼp marta katta yuzalarda qoʼllanganda, kuzatilishi mumkin. Gentamitsin bilan davolash qisqa muddatli taʼsirlanishni chaqirishi mumkin (eritema va qichishish).
Mahalliy kortikosteroidlar qoʼllanganda shuningdek tizimli nojoʼya reaktsiyalar, masalan koʼrishni noaniqligi haqida xabar berilgan.
Bolalar
Bolalar, katta yoshli patsientlarga nisbatan gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimining susayishini chaqiruvchi mahalliy glyukokortikoidlar va ekzogen glyukokortikoidlarning taʼsiriga moyilroq boʼladilar. Bu bolalarda yuza maydoni va tana vazni nisbatini kattaroqligi oqibatida preparatni yuqoriroq soʼrilishi bilan bogʼliq.
Mahalliy glyukokortikoidlarni oluvchi bolalarda gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimi faoliyat susayishi, Kushing sindromi, toʼgʼri oʼsishini kechikishi, vaznni oshishini kechikishi, bosh suyagi ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin. Bolalarda gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimini faoliyatining susayishni simptomlari, qon plazmasida kortizolni past darajasi va АKTG ragʼbatlantirishga javob yoʼqligini oʼz ichiga oladi. Bosh suyagi ichki bosimini oshishi liqildoqni shishini, bosh ogʼrigʼi, koʼruv nervlari diskini ikki tomonlama shishi bilan namoyon boʼladi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Gentamitsin saqlovchi preparatlarni spetsifik davolash uchun ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Аgar antiseptik muolajalarga tez javobga erishilmasa, antiseptik davolash samarasi yetarli boʼlmasa yoki agar antiseptikni qoʼllash mumkin boʼlmasa, bunday preparatlarni qoʼllash kerak. Tizimli taʼsirga ega kortikosteroidlar qoʼllaganda xabar berilgan, shu jumladan xar qanday nojoʼya reaktsiyalar buyrak usti bezlari poʼstlogʼi faoliyatini susayishi, shuningdek glyukokortikoidalar maxalliy qoʼllaganda xam, ayniqsa chaqaloqlar va bolalarda paydo boʼlishi mumkin.
Аgar davolash terining katta yuzalarida, ayniqsa uzoq vaqt davomida, yoki teri qoplamalarini butunligi buzilganda oʼtkazilsa, mahalliy qoʼllanganda gentamitsinning tizimli soʼrilishi yuqori boʼlishi mumkin. Bunday hollarda potentsial gentamitsin tizimli qoʼllanganda kuzatiladigan nojoʼya reaktsiyalari paydo boʼlishi mumkin. Shuning uchun davolashni ehtiyotkorlik bilan ayniqsa bolalarda oʼtkazish kerak.
Maxalliy taʼsirga ega glyukokortikoidlarni tizimli soʼrilishi odatda, glyukokortikoidning dozasi, davolashni davomiyligi va ishlov berilgan tana yuzasi maydoniga qarab oshadi. Shuning uchun kuchli taʼsir qiluvchi glyukokortikoidlarning (betametazon valerat kabi) katta dozasini tana yuzasining katta maydonlariga oluvchi patsientlar, gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari oʼqini susayishini istisno qilish uchun muntazam intervallar bilan monitoring oʼtkazish kerak. Аgar supressiya kuzatilsa, preparatni qoʼllashni toʼxtatish kerak, yoki uni kam tez-tezlik bilan yoki kuchsizroq taʼsirli glyukokortikoidni buyurish kerak. Gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimi funktsiyasi, odatda preparatni bekor qilingandan keyin toʼliq tiklanadi. Juda kam xollarda preparatni qoʼllash bekor qilish belgilari paydo boʼlishi mumkin, bu qoʼshimcha tizimli glyukokortikoidlar bilan davolashni talab etadi.
Gentamitsin (krem/surtma kabi) saqlovchi preparatlar maxalliy qoʼllaganda paydo boʼlgan allergiya, keyinchalik gentamitsin va boshqa aminogikozidni masalan infuziya shaklida qoʼllashni istisno qiladi. Аminoglikozidlar orasida qarama-qarshi allergenlik kuzatiladi.
Аntibiotik saqlovchi preparatlarni uzoq muddat qoʼllash, sezuvchan boʼlmagan mikroorganizmlarni xaddan tashqari, koʼpincha zamburugʼlarni oʼsishiga olib kelishi mumkin. Bunday xollarda, shuningdek terini taʼsirlanishida, allergik reaktsiyalarda yoki superinfektsiyalarda, gentamitsin bilan davolashni toʼxtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Аminoglikozidlarni tizimli taʼsiri xolida nerv-mushak blokadasiga olib kelish qobiliyati tufayli, miasteniyasi, Parkinson kasalligi, mushak kuchsizligi bilan kechuvchi boshqa xolatlarda, shuningdek boshqa nerv-mushak oʼtkazuvchanligi blokadasini chaqiruvchi dori vositalarini olayotgan patsientlarda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak.
Preparatning tarkibida oq yumshoq parafin yordamchi moddani mavjudligi tufayli, surtma bilan jinsiy ʼzolar yoki anal soxaga ishlov berilganda lateksni choʼzilishga chidamliligi kamayishi mumkin va lateksdan tayyorlangan prezervativlarni qoʼllashda xavfsizlikni pasayishi paydo boʼlishi mumkin.
Surtmani oyoqlardagi jaroxatlar yoki yaralar, shuningdek tabiiy burma soxalariga surtish mumkin emas. Yuzga ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak.
Аgar preparat psoriazni davolash uchun qoʼllansa, patsientni sinchiklab bilan kuzatish kerak. Qaytalanishlar yoki terini toʼsiq faoliyatini buzilishi bilan bogʼliq boʼlgan mahalliy yoki tizimli toksiklikni rivojlanishiga yoʼl qoʼymaslik muxim.
Surtmani qoʼllash barcha glyukokortikoidlar uchun xarakterli boʼlgan, kasallikning klinik simptomlarini niqoblashi mumkin.
Tizimli taʼsirga ega kortikosteroidlarni qoʼllash xolidagi kabi maxalliy kortikosteroidlar ishlatilganda glaukoma rivojlanishi mumkin (ayniqsa oshiqcha qoʼlangandan keyin, okklyuzion bogʼlov ostiga ishlatilganda yoki koʼz atrofi terisiga qoʼyilgandan keyin).
Tizimli va maxalliy taʼsirga ega kortikosteroidlar qoʼllanganda (shu jumladan intranazal, ingalyatsion va koʼz ichiga yuborilganda) koʼrishni buzilishlari kuzatilishi mumkin. Аgar koʼrishni noaniqligi yoki koʼrish tomonidan boshqa buzilishlar kabi simptomlar paydo boʼlsa, katarakta, glaukoma yoki markaziy seroz xorioretinopatiya kabi kam uchraydigan kasalliklari kabi koʼrishni buzilishlari mumkin boʼlgan sabablarini baxolash uchun, patsient oftalьmolog koʼrigidan oʼtish kerak, bunday holatlar xaqida tizimli va mahalliy taʼsirga ega kortikosteroidlar qoʼllangandan keyin xabarlar berilgan.
Homiladorlik yoki emizish davrida qoʼllanishi
Homiladorlik
Preparatni homilador ayollarda qoʼllash xaqida maʼlumotlar yetarli emas. Taʼsir etuvchi moddalarni qoʼllash bilan hayvonlardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklik mavjudligini koʼrsatgan.
Gentamitsin yoʼldosh toʼsigʼi orqali oʼtadi va homila toʼqimalariga va amnotik suyuqligiga oʼlchab boʼladigan kontsentratsiyalarda yetib boradi. Xayvonlardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklik mavjudligini koʼrsatgan.
Betametazon hayvonlardagi tadqiqotlarda boshqa sinf glyukokortikoidlar vakillari bilan, tanglay nuqsonlarini rivojlanishi, skelet anomaliyalari, ona qornida oʼsishini kechikishiga va embrionni oʼlimi kabi tipik embriotoksik va teratogen samaralar kuzatilgan. Odamlarda homiladorlikni birinchi uch oyligi vaqtida kortikosteroidlar tizimli qoʼllanganda, lablar va tanglay yorigʼini yuqori xavfi xaqida maʼlumotlar bor. Hayvonlardagi tadqiqotlar, homiladorlik vaqtida glyukokortikoidlarni, subteratogen dozalarda yuborish, homilani ona qornida oʼsishni kechikishi, yurak tomir va/yoki yetuk yoshda metabolik kasalliklar, va glyukokortikoidlarni, neyromediatorlar metabolizmini va xulqi turgʼun oʼzgarishlari xavfini oshishi bilan bogʼliqligini koʼrsatgan. Shuning uchun Selestoderm-V® s Garamitsinom surtmaini homiladorlik vaqtida qoʼllash mumkin emas.
Homiladorlik vaqtida glyukokortikoidlarni qoʼllashning zarurati boʼlganida gidrokortizon, prednizon yoki prednizolon kabilarni qoʼllash kerak, chunki bu moddalar 11-beta-GSD fermenti yordamida yoʼldoshda nofaol shakllargacha metabolizmga uchraydi, shuning uchun ular koʼpchilik sintetik glyukokortikoidlarga nisbatan xavfsizroq.
Emizish
Betametazonni koʼkrak suti bilan chiqarilishi xaqida maʼlumotlar yoʼq. Boshqa glyukokortikoidlar va gentamitsin koʼkrak sutiga oʼtadi. Shuning uchun agar faqat potentsial foyda, potentsial xavfdan yuqori boʼlsagina, preparatni laktatsiya davrida qoʼllash mumkin. Ushbu sinf preparatlarini katta soxalarga yuqori dozalarda yoki uzoq vaqt davomida qoʼllash mumkin emas, bolani esa ishlov berilgan soxa bilan kontaktdan saqlash kerak.
Аvtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdagi reaktsiya tezligiga taʼsir etish qobiliyati
Preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga taʼsir qilmaydi.
Qo'llanilishi
Preparat gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial superinfektsiyalar mavjudligida, kuchli kortikosteroidlarni qoʼllash talab qilinadigan teri kasalliklarini davolashda qoʼllaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning faol va yordamchi komponentlariga, boshqa glyukokortikoidlarga yoki aminoglikozidlarga yuqori sezuvchanlik;
- virusli infektsiyalar (masalan gerpes va suvchechak );
- tuberkulez va sifilisni teri shakllari;
- vaktsinalarga teri reaktsiyalari;
- terining atrofik kasalliklari;
- rozatsea va rozatseaga-oʼxshash dermatit, perioral dermatit;
- dermatomikozlar;
- zoʼrayib boruvchi buyrak yetishmovchiligi;
- tizimli taʼsirga ega aminogikozid antibiotiklarni bir vaqtda qoʼllash (qon zardobida toksik darajalar xavfi sababli);
- chuqur jarohat sohalarida, eshitish yoʼllari, koʼz, shilliq qavatlarda, okklyuzion bogʼlov ostiga qoʼllanishi;
- homiladorlik;
- 1 yoshgacha boʼlgan bolalarda qoʼllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Oʼzaro potentsial faolsizlanishi tufayli, surtmani boshqa dermatologik vositalar bilan bir vaqtda qoʼllash mumkin emas.
Gentamitsin amfoteritsin V, geparin, sulьfadiazin va beta-laktam vositalari (masalan, sefalosporinlar kabi), anion yordamchi komponentlar bilan nomutanosib.
Yorugʼlik, oksidlovchilar va kuchliy ishqoriy birikmalar glyukokortikoidlarning parchalanishiga olib keladi.
Ta'rifi
deyarli oqdan och sariq rangacha boʼlgan, bir hil yumshoq konsistentsiyali, yot kiritmalar saqlamaydigan surtma.
Dozirovkasi
Dozalash
Surtmani sutkada 2-3 marta surtish kerak. Bolalarda preparat sutkada 1 marta qoʼllanadi. Patsientning holati yaxshilanganda, preparatni qoʼllash tez-tezligini kamaytirish mumkin.
Qoʼllash usuli
Surtmani shikastlangan teri soxalariga yupqa qavat qilib surtish kerak. Ishlov berilgan soxalarni tana yuzasidagi umumiy maydoni 10% dan oshmasligi kerak. Bolalarda preparatni qisqa vaqt davrida va kichik teri soxalarida qoʼllash kerak. Kortikosteroid saqlovchi preparatlar bilan davolash vaqtida bolalarni alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bola terisi orqali kortikosteroidlarni soʼrilishi kattalarga nisbatan jadalroqdir.
Betametazon valeratini soʼrilish xavfi mumkinligi tufayli, preparat okklyuzion bogʼlov ostiga qoʼllanmaydi.
Surtmani terini quruq, kepaklanuvchi va shox qavatiga surtish kerak.
Qoʼllashning davomiyligi
Preparat bilan davolashning davomiyligi 7-10 kundan oshmasligi kerak (bolalarda
7 kun), chunki uning tarkibiga gentamitsin kiradi.
Majmuaviy vositani qoʼllashni zarurati yoʼqligi tibbiy tasdiqlangandan keyin, (masalan, dermatoz, bunda kuchli taʼsir qiluvchi glyukokortikoidni qoʼllash talab etiladi yoki gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan superinfektsiya) davolashni bir komponentli davolash asosida yoki glyukokortikoid bilan (ehtimol kuchsiz taʼsir qiluvchi) yoki antibiotik bilan davom ettirish kerak.
Yengil hollarda surtmani sutkada 1 marta qoʼllash yetarli boʼladi.
Аgar preparat yuzga qoʼllansa, davolash iloji boricha qisqaroq boʼlishi, bir haftadan oshmasligi kerak.
Bolalarda qoʼllashning oʼziga xosligi
Maktabgacha yoshli bolalarda qoʼllash mumkin emas. 10-15 yoshdan kichik bolalarda kuchli kortikosteroidlarni jiddiy koʼrsatmalarsiz qoʼllash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni faqat tavsiya etilgan dozalarda qoʼllash kerak.
Simptomlari: mahalliy glyukokortikoidlarni keragidan koʼproq yoki uzoq muddat qoʼllash gipofizar-buyrak usti tizimi faoliyati susaytirish mumkin, bu buyrak usti bezlari faoliyatini ikkilamchi yetishmovchiligiga va glyukokortikoidlarni keragidan koʼproq qoʼllash koʼrinishlari, Kushing sindromini xam qoʼshib, olib keladi.
Gentamitsinni minimal miqdorda soʼrilishi tufayli, ehtimol dozani oshirib yuborilishi bilan bogʼliq boʼlgan boshqa toksiklik namoyon boʼlmaydi.
Mahalliy gentamitsinni xaddan ziyod yoki uzoq muddat qoʼllash zamburugʼlarni yoki sezuvchan boʼlmagan bakteriyani xaddan ziyod oʼsishiga olib kelishi mumkin.
Davolash: agar patsient tasodifan preparatni ichga qabul qilsa, yoki koʼp miqdorda preparatni qoʼllasa, yoki juda uzoq vaqt davomida qoʼllasa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Kortikosteroidlarni xaddan ziyod miqdorda qoʼllashni oʼtkir simptomlari odatda qaytuvchi boʼladi. Аgar kerak boʼlsa elektrolit muvozanatini toʼgʼrilash oʼtkaziladi.
Surunkali toksik taʼsiri holida kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi.
Sezuvchan boʼlmagan mikroorganizmlarni xaddan tashqari oʼsib ketgan hollarda preparat bilan davolashni toʼxtatish va tegishli davolashni buyurish tavsiya qilinadi.
Аgar patsient preparatni qabul qilishni unutgan boʼlsa, uni oʼtkazib yuborganligi yodiga tushishi bilan surtishi va keyinchalik odatdagi sxema boʼyicha qoʼllashni davom ettirish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Preparatni homilador ayollarda qoʼllash xaqida maʼlumotlar yetarli emas. Taʼsir etuvchi moddalarni qoʼllash bilan hayvonlardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklik mavjudligini koʼrsatgan.
Gentamitsin yoʼldosh toʼsigʼi orqali oʼtadi va homila toʼqimalariga va amnotik suyuqligiga oʼlchab boʼladigan kontsentratsiyalarda yetib boradi. Xayvonlardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklik mavjudligini koʼrsatgan.
Betametazon hayvonlardagi tadqiqotlarda boshqa sinf glyukokortikoidlar vakillari bilan, tanglay nuqsonlarini rivojlanishi, skelet anomaliyalari, ona qornida oʼsishini kechikishiga va embrionni oʼlimi kabi tipik embriotoksik va teratogen samaralar kuzatilgan. Odamlarda homiladorlikni birinchi uch oyligi vaqtida kortikosteroidlar tizimli qoʼllanganda, lablar va tanglay yorigʼini yuqori xavfi xaqida maʼlumotlar bor. Hayvonlardagi tadqiqotlar, homiladorlik vaqtida glyukokortikoidlarni, subteratogen dozalarda yuborish, homilani ona qornida oʼsishni kechikishi, yurak tomir va/yoki yetuk yoshda metabolik kasalliklar, va glyukokortikoidlarni, neyromediatorlar metabolizmini va xulqi turgʼun oʼzgarishlari xavfini oshishi bilan bogʼliqligini koʼrsatgan. Shuning uchun Selestoderm-V® s Garamitsinom surtmaini homiladorlik vaqtida qoʼllash mumkin emas.
Homiladorlik vaqtida glyukokortikoidlarni qoʼllashning zarurati boʼlganida gidrokortizon, prednizon yoki prednizolon kabilarni qoʼllash kerak, chunki bu moddalar 11-beta-GSD fermenti yordamida yoʼldoshda nofaol shakllargacha metabolizmga uchraydi, shuning uchun ular koʼpchilik sintetik glyukokortikoidlarga nisbatan xavfsizroq.
Emizish
Betametazonni koʼkrak suti bilan chiqarilishi xaqida maʼlumotlar yoʼq. Boshqa glyukokortikoidlar va gentamitsin koʼkrak sutiga oʼtadi. Shuning uchun agar faqat potentsial foyda, potentsial xavfdan yuqori boʼlsagina, preparatni laktatsiya davrida qoʼllash mumkin. Ushbu sinf preparatlarini katta soxalarga yuqori dozalarda yoki uzoq vaqt davomida qoʼllash mumkin emas, bolani esa ishlov berilgan soxa bilan kontaktdan saqlash kerak.
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.
SELESTODERM V S GARAMISINOM maz 30g o'xshash dorilari

SELESTODERM V S GARAMISINOM maz 30g xususiyatlari
Selektoderm boshqa chiqarish shakllari

SELESTODERM V S GARAMISINOM maz 30g analoglari







