URSOSAN 0,25 kapsulalar N100

URSOSAN 0,25 kapsulalar N100 qo'llanmasi
Qadoqda soni
Farmakokinetikasi
UDXK ingichka ichakda passiv diffuziya (taxminan 90%) hisobiga, yonbosh ichakda esa faol transport orqali so'riladi. 50 mg ichga qabul qilinganda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiya (Сmах) 30, 60, 90 daqiqadan so'ng - mos ravishda 3,8 mmol/l, 5,5 mmol/l va 3,7 mmol/l. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (ТСmах) 1-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi yuqori - 96-99% gacha. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Preparat muntazam qabul qilinganda UDXK qon zardobidagi asosiy o't kislotasiga aylanadi. Jigarda taurinli va glitsinli kon'yugatlarga metabolizmga uchraydi (jigar orqali "birlamchi o'tish"dagi klirens). Hosil bo'lgan kon'yugatlar safroga sekretsiya qilinadi. Preparat umumiy dozasining taxminan 50-70% i safro bilan chiqariladi. So'rilmagan UDXK ning oz miqdori yo'g'on ichakka tushadi, u yerda bakteriyalar tomonidan parchalanishga uchraydi (7-degidroksillanish); hosil bo'lgan litoxol kislotasi qisman yo'g'on ichakdan so'riladi, lekin jigarda sulfatlanadi va sulfolitoxolilglitsin yoki sulfolitoxoliltaurin kon'yugati ko'rinishida tez chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Diareya (dozaga bog'liq bo'lishi mumkin).
Kamdan-kam - o't toshlarining kalsinatsiyasi, "jigar" transaminazalari faolligining o'tkinchi (tranzitor) oshishi, ko'ngil aynishi, qusish, abdominal og'riq, allergik reaksiyalar.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatni o‘t toshlarini eritish maqsadida qabul qilishda quyidagi shartlarga rioya qilish zarur: toshlar xolesterinli (rentgenonegativ) bo‘lishi, ularning o‘lchami 15-20 mm dan oshmasligi, o‘t pufagi funksional bo‘lib qolishi va toshlar bilan yarmidan ko‘p to‘lmagan bo‘lishi, o‘t pufagi va umumiy o‘t yo‘li o‘tkazuvchanligi saqlangan bo‘lishi kerak.
Preparatni o‘t toshlarini eritish maqsadida uzoq muddat (1 oydan ortiq) qabul qilishda, davolashning dastlabki 3 oyida har 4 haftada, keyinchalik - har 3 oyda "jigar" transaminazalari faolligini aniqlash uchun biokimyoviy qon tahlilini o‘tkazish kerak. Davolash samaradorligi nazoratini har 6 oyda o‘t yo‘llarining ultratovush tekshiruvi ma'lumotlari bo‘yicha o‘tkazish kerak. Toshlar to‘liq erigandan so‘ng, aniqlash uchun o‘lchamlari juda kichik bo‘lgan toshlar qoldiqlarining erishiga yordam berish va tosh hosil bo‘lishi qaytalanishini oldini olish uchun preparatni qo‘llashni 3 oy davomida davom ettirish tavsiya etiladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, rentgenmusbat (tarkibida kalsiy miqdori yuqori) o‘t toshlari, faoliyat ko‘rsatmaydigan o‘t pufagi, buyrak, jigar, me'da osti bezi funksiyasining yaqqol buzilishlari, dekompensatsiya bosqichidagi jigar sirrozi, o‘t yo‘llarining o‘tkir infeksion-yallig‘lanish kasalliklari.
Ursodezoksixol kislotasini qo‘llashda yosh cheklovlari yo‘q, ammo 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ushbu dori shaklidagi preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlikda UDXK ni qo‘llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina mumkin. Ursodezoksixol kislotasining ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi to‘g‘risida ma'lumotlar hozirgi vaqtda yo‘q. Laktatsiya davrida UDXK ni qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Alyuminiy saqlovchi antatsidlar va ion almashinuvchi smolalar (kolestiramin) so'rilishni pasaytiradi. Gipolipidemik dori vositalari (ayniqsa klofibrat), estrogenlar, neomitsin yoki progestinlar safroning xolesterin bilan to'yinishini oshiradi va xolesterinli o't toshlarini eritish qobiliyatini pasaytirishi mumkin.
Dozirovkasi
Xolesterinli o't toshlarini eritish uchun preparatning o'rtacha sutkalik dozasi 10-15 mg/kg ni tashkil qiladi. Davolash kursi - toshlar to'liq eriguncha 6-12 oy va undan ortiq. O't tosh kasalligida preparatning butun sutkalik dozasi bir marta tunga qabul qilinadi.
Toshlar qayta hosil bo'lishini oldini olish uchun preparatni toshlar erigandan keyin bir necha oy davomida qo'llash tavsiya etiladi.
Xoletsistektomiyadan keyin qaytalauvchi xolelitiazni oldini olish uchun - 250 mg dan sutkasiga 2 marta bir necha oy davomida.
Turli genezli surunkali gepatitlar (toksik, dori vositalari ta'siridagi va b.), surunkali virusli gepatit, jigarning noalkogol yog'li kasalligi, shu jumladan noalkogol steatogepatit, jigarning alkogolli kasalligida o'rtacha sutkalik doza 10-15 mg/kg ni tashkil qiladi 2-3 qabulda. Terapiya davomiyligi 6-12 oy va undan ortiqni tashkil qiladi.
Turli genezli jigarning xolestatik kasalliklari, shu jumladan: birlamchi biliar sirroz, birlamchi sklerozlovchi xolangit, kistoz fibroz (mukovissidoz) da o'rtacha sutkalik doza 12-15 mg/kg ni tashkil qiladi; zarurat bo'lganda sutkalik doza 20-30 mg/kg gacha oshirilishi mumkin 2-3 qabulda. Terapiya davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.
Gipokinetik turdagi o't chiqarish yo'llari diskineziyasida o'rtacha sutkalik doza 10 mg/kg ni tashkil qiladi 2 qabulda 2 haftadan 2 oygacha davomida. Zarurat bo'lganda davolash kursini takrorlash tavsiya etiladi.
Biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagitda - sutkasiga 250 mg dan, uyqudan oldin. Davolash kursi - 10-14 kundan 6 oygacha, zarurat bo'lganda - 2 yilgacha.
Bemorning tana vazni va 1 kg tana vazniga tavsiya etilgan preparat dozasiga (mg/kg/sut) qarab kapsulalarning sutkalik miqdorini hisoblash
tana vazni 10 mg/kg/sut 12 mg/kg/sut 15 mg/kg/sut 20 mg/kg/sut 30 mg/kg/sut
19-25 kg 1 kaps 1 kaps 2 kaps 2 kaps 3 kaps
26-30 kg 1 kaps 1 kaps 2 kaps 2 kaps 4 kaps
31-35 kg 1 kaps 2 kaps 2 kaps 3 kaps 4 kaps
36-40 kg 2 kaps 2 kaps 2 kaps 3 kaps 5 kaps
41-45 kg 2 kaps 2 kaps 3 kaps 4 kaps 5 kaps
45-50 kg 2 kaps 2 kaps 3 kaps 4 kaps 6 kaps
51-55 kg 2 kaps 3 kaps 3 kaps 4 kaps 7 kaps
56-60 kg 2 kaps 3 kaps 4 kaps 5 kaps 7 kaps
61-65 kg 3 kaps 3 kaps 4 kaps 5 kaps 8 kaps
66-70 kg 3 kaps 3 kaps 4 kaps 6 kaps 8 kaps
71-75 kg 3 kaps 4 kaps 5 kaps 6 kaps 9 kaps
76-80 kg 3 kaps 4 kaps 5 kaps 6 kaps 10 kaps
81-85 kg 3 kaps 4 kaps 5 kaps 7 kaps 10 kaps
86-90 kg 4 kaps 4 kaps 5 kaps 7 kaps 11 kaps
91-95 kg 4 kaps 5 kaps 6 kaps 8 kaps 11 kaps
96-100 kg 4 kaps 5 kaps 6 kaps 8 kaps 12 kaps
101-105 kg 4 kaps 5 kaps 6 kaps 8 kaps 13 kaps
105-110 kg 4 kaps 5 kaps 7 kaps 9 kaps 13 kapsDozani oshirib yuborishPreparat dozasini oshirib yuborish hollari noma'lum.
URSOSAN 0,25 kapsulalar N100 o'xshash dorilari



URSOSAN 0,25 kapsulalar N100 xususiyatlari
Ursosan boshqa chiqarish shakllari





URSOSAN 0,25 kapsulalar N100 analoglari




{
"data": {
"id": 28182,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "ursosan-0-25-n100-kaps",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "URSOSAN 0,25 kapsulalar N100",
"brand_name": "URSOSAN 0,25",
"image": "uploads/iblock/575/575a901cfbd39472b58a745ded949031.webp",
"atx_code": "A05AA02",
"drug_form_id": 3,
"over_the_counter": true,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "PRO.MED.SS Praga a.o.",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 508,
"slug": "gepatoprotektory-fosfolipidy",
"name": "Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar",
"external_link_title": "Gepatolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/gepatolog"
},
"drug_group": {
"id": 5224,
"slug": "ursosan",
"name": "Ursosan"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 22,
"slug": "chexiya",
"name": "Chexiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 9298,
"slug": "ursodezoksikholevaya-kislota",
"name": "Ursodezoksixolevaya kislota"
}
],
"tags": [
{
"id": 696,
"slug": "dlya-zhelchnogo-puzyrya",
"name": "O't pufagi uchun"
}
]
}
}











