Korvalol
Korvalol chiqarish shakllari

Korvalol qo'llanmasi
- Quyidagi kasalliklarda sedativ va tomir kengaytiruvchi vosita sifatida: — yurak-qon tomir tizimining funktsional buzilishlari (kardialgiya, sinusli taxikardiya, AB oshishi); — uyqusizlik (uyquga ketishning buzilishi); — nevrotik holatlar; — vegetativ labillik; — ta'sirchanlik; — ipoxondrik sindrom. Spazmolitik vosita sifatida: — MTY a'zolari mushaklari spazmi (ichak va o't sanchig'i).
- — yuqori sezuvchanlik; — og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish).
- Faol komponentlar: bromizovalerian kislotasi etil efiri 8,2 mg, fenobarbital 7,5 mg, yalpiz moyi 0,58 mg. Yordamchi moddalar: beta-tsiklodekstrin, kartoshka kraxmali , laktoza monogidrati, talk, magniy stearati 0.9 mg. a-bromizovalerian kislotasi etil efiri – 8,2 mg; fenobarbital – 7,5 mg; yalpiz moyi – 0,58 mg; yordamchi moddalar: b-tsiklodekstrin, kartoshka kraxmali, tabletoza, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati. a-bromizovalerian kislotasi etil efiri 20 g, fenobarbital 18,26 g, natriy gidroksidi 3,15 g, yalpiz moyi 1,42 g, rektifikatsiyalangan etil spirti 580 ml, tozalangan suv 420 ml. ?-bromizovalerian kislotasi etil efiri 20 mg fenobarbital 18.26 mg yalpiz moyi 1.42 mg Yordamchi moddalar: etanol 95%, natriy gidroksidi, tozalangan suv. ?-bromizovalerian kislotasi etil efiri 20 mg fenobarbital 18.26 mg Yordamchi moddalar: etanol 95%, natriy gidroksidi, yalpiz moyi, tozalangan suv.
- Uyquchanlik, bosh aylanishi, yurak ritmining sekinlashishi, diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi, allergik reaktsiyalar. Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Ko'rsatilgan holatlar preparat dozasi kamaytirilganda yoki preparat qabul qilish to'xtatilganda o'tib ketadi. Preparat uzoq muddat qo'llanilganda dori qaramligi, o'rganib qolish, «bekor qilish» sindromi, shuningdek organizmda brom to'planishi va bromizm hodisalari (depressiv kayfiyat, apatiya, rinit, kon'yunktivit, gemorragik diatеz, harakat koordinatsiyasining buzilishi) rivojlanishi mumkin.
- Ichish uchun tomchilar dumaloq, yassi, chetlari qiya, oq yoki deyarli oq rangli, dog'lari bo'lgan tabletkalar. Dumaloq, yassi-tsilindrik, oq yoki deyarli oq rangli, dog'lari bo'lgan, faskali va chiziqchali tabletkalar. Dumaloq, yassi-tsilindrik, oq yoki deyarli oq rangli, dog'lari bo'lgan, faskali va chiziqchali tabletkalar.
Stivens – Djonson va Layell sindromi rivojlanish xavfi davolashning birinchi haftalarida eng yuqori. Dori vositasiga qaramlik rivojlanishi xavfi, organizmda brom to'planishi va brom bilan zaharlanish rivojlanishi ehtimoli tufayli uzoq muddat qo'llash tavsiya etilmaydi. Yurak sohasidagi og'riq preparat qabul qilingandan keyin o'tib ketmagan hollarda, o'tkir koronar sindromni istisno qilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Giperkinezlar, gipertireoz, buyrak usti bezlari gipofunksiyasi, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, o'tkir va doimiy og'riq, dori vositalari bilan o'tkir intoksikatsiyada ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.
Bir vaqtning o'zida spirtli ichimliklar iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Arterial gipotenziyada preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Preparat laktoza monogidrati saqlaydi, shuning uchun agar Sizda ba'zi qandlarni ko'tara olmaslik mavjud bo'lsa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparatni mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslar, avtotransport haydovchilari va h.k. qabul qilmasliklari kerak.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KORVALOL®
CORVALOL®
Preparatning savdo nomi: Korvalol®.
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): α-bromizovalerian kislotasining etil efiri, fenobarbital, yalpiz moyi.
Dori shakli: tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 100% moddaga qayta hisoblaganda 12,42 mg α-bromizovalerian kislotasining etil efiri, 100% quruq moddaga qayta hisoblaganda 11,34 mg fenobarbital, 0,88 mg yalpiz moyi;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati, β-siklodekstrin, kaliy asesulfam.
Ta‘rifi: oq rangli, ikki tomonlama qavariq yuzali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Uxlatuvchi va sedativ preparatlari. Barbituratlarning majmuaviy preparatlari.
ATX kodi: N05CB02.
Farmakologik xususiyatlari
Korvalol® – tinchlantiruvchi va spazmolitik preparat, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan belgilanadi.
α-bromizovalerian kislotasining etil efiri asosan og‘iz bo‘shlig‘i va burun tomoqdagi reseptorlarni ta‘sirlanishi, nerv tizimining markaziy bo‘limlarida reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni pasayishi va bosh miya po‘stlog‘i neyronlarida va po‘stloq osti tuzilmalarda tormozlanish ko‘rinishlarini kuchayishi, shuningdek markaziy tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning faolligini pasayishi va qon tomirlarning silliq mushaklariga bevosita mahalliy spazmolitik ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lgan reflektor tinchlantiruvchi va spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.
Fenobarbital katta yarimsharlar po‘stlog‘iga o‘rta va uzinchoq miyaning retikulyar formasiyasi markazlarining faollashtiruvchi ta‘sirini bostiradi va shu bilan bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalariga qo‘zg‘atuvchi oqimlarning ta‘sirini kamaytiradi. Faollashtiruvchi ta‘sirlarni kamayishi, dozaga qarab tinchlantiruvchi, trankviziyalovchi yoki uxlatuvchi samara ko‘rsatadi. Korvalol® umumiy arterial bosimni pasaytirib, qon tomirlarning, ayniksa yurak, spazmlarini yo‘qotib va oldini olib, tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarga, koronar va periferik tomirlarga qo‘zg‘atuvchi ta‘sirni kamaytiradi.
Yalpiz moyi katta miqdorda efir moylarini, shu jumladan taxminan 50% mentol va 4-9% mentol efirlarini saqlaydi. Ular silliq mushaklarning spazmlarini yo‘qotib, og‘iz bo‘shlig‘ining «sovuqli» reseptorlarini ta‘sirlash va asosan yurak va miya tomirlarini reflektor kengaytirish, tinchlantiruvchi va yengil o‘t haydovchi ta‘sir chaqirish qobiliyatiga ega. Qalampiryalpiz moyi antiseptik va spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, meteorizm ko‘rinishlarini bartaraf qilish qobiliyatiga ega.
Sublingval qabul qilinganida til osti sohasidayoq so‘rilishi boshlanadi, faol moddaning biokiraolishi yuqori (taxminin 60-80%). Samarasi tez namoyon bo‘ladi (5-10 minut o‘tgach). Ichga qabul qilinganida ta‘siri 15-45 minut o‘tgach rivojlanadi va 3-6 soat davom etadi. Ilgari barbiturat kislotasining preparatlarini qabul qilgan shaxslarda, jigarda fenobarbitalning qisqargan metabolizmi hisobiga ta‘sirining davomiyligi qisqaradi, u yerda barbituratlar fermentlarning induksiyasini chaqiradi. Keksa yoshdagi odamlarda va jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda Korvalol®ning metabolizmi pasaygan, shuning uchun ularda yarim chiqarilish davri uzayadi, bu dozani kamaytirishni va preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni uzaytirishni talab qiladi.
Qo‘llanilishi
- yuqori ta‘sirchanlik bilan kechuvchi nevrozlar;
- uyqusizlik;
- gipertoniya kasalligi va vegetotomirli distoniyani majmuaviy davolashda;
- koronar tomirlarning yaqqolligi keskin bo‘lmagan spazmlari, taxikardiya;
- neyrovegetativ buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan ichak spazmlari (spazmolitik preparat sifatida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari.
Korvalol® sublingval (til ostiga) yoki ichga, kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Zarurati bo‘lganida (yaqqol taxikardiya va koronar tomirlarning spazmi) bir martalik doza 3 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
Preparatni qo‘llash davomiyligini, klinik samarasi va preparatni o‘zlashtirilishiga qarab shifokor belgilaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Korvalol® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Alohida hollarda quyidagi nojo‘ya samaralari kuzatilishi mumkin:
ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat, epigastral sohada og‘irlik hissi, uzoq vaqt qo‘llaganda – jigar funksiyasini buzilishi, ko‘ngil aynishi, me‘da va ichak sohasida diskomfort;
nerv tizimi tomonidan: holsizlik, ataksiya, harakat koordinasiyasini buzilishi, nistagm, gallyusinasiyalar, paradoksal qo‘zg‘alish, diqqatni jamlashni pasayishi, toliqish, reaksiya tezligini sekinlashishi, bosh og‘rig‘i, kognitiv buzilishlar, ongni chalkashishi, uyquchanlik, yengil bosh aylanishi;
qon yaratish a‘zolari tomonidan: anemiya, trombositopeniya, agranulositoz;
immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, allergik reaksiyalar;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, bradikardiya; yurak ritmini sekinlashashi;
teri va shilliq qavatlar tomonidan: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz;
boshqalar: nafas olishni qiyinlashishi.
Brom saqlovchi preparatlarni uzoq vaqt qabul qilish quyidagi simptomlar: markaziy nerv tizimini susayishi, depressiv kayfiyat, depressiya, ongni chalkashishi, ataksiya, apatiya, kon‘yunktivit, rinit, ko‘z yoshi oqishi, akne yoki purpura kabi simptomlar bilan xarakterlanuvchi brom bilan zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga, bromga yuqori sezuvchanlik;
- jigar va/yoki buyrak funksiyasini yaqqol buzilishlari;
- jigar porfiriyasi;
- og‘ir darajali yurak yetishmovchiligi;
- yaqqol arterial gipotenziya;
- o‘tkir miokard infarkti;
- qandli diabet;
- depressiya;
- miasteniya;
- alkogolizm;
- narkotik yoki doriga qaramlik;
- hansirash, obstruktiv sindrom bilan kechuvchi respirator kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Markaziy susaytiruvchi ta‘sirga ega preparatlar Korvalol®ning ta‘sirini kuchaytiradi.
Preparatning tarkibida fenobarbitalni mavjudligi jigar fermentlarini induksiya qilishi mumkin, va bu uni jigarda metabolizmga uchrovchi ayrim dori vositalari (shu jumladan bilvosita antikoagulyantlar, yurak glikozidlari, mikroblarga qarshi, viruslarga qarshi, zamburug‘larga qarshi, tutqanoqqa qarshi, tirishishga qarshi, psixotrop, peroral qand darajasini pasaytiruvchi, gormonal, immunosupressiv, sitostatik, antiaritmik, antigipertenziv dori vositalari, grizeofulvin, glyukokortikoidlar, peroral homiladorlikka qarshi preparatlar) nng metabolizmini tezlashtirishi mumkin, chunki metabolizmning yuqori darajasi tufayli, ularning samaradorligi pasayadi.
Korvalol® analgetiklar, maxalliy anestetiklar va va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi.
MAO ingibitorlari fenobarbitalning samarasini uzaytiradi. Rifampisin fenobarbitalning samarasini pasaytirishi mumkin.
Fenobarbitalni oltin preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda buyrakni shikastlanishi xavfi oshadi.
Fenobarbitalni nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda uzoq muddat qo‘llaganda me‘da yarasini paydo bo‘lishi va qon ketishi xavfi mavjud.
Valproat kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida, uning samarasi kuchayadi.
Metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganida, metotreksatning toksikligi kuchayadi.
Alkogol preparatning samarasini kuchaytiradi, shuningdek uning toksikligini oshiradi. Preparatni qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.
Qo‘llashdagi muvofiq xavfsizlik choralari
Bir vaqtda spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.
Preparatga qaramlik shakllanishi mumkinligi tufayli, preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Arterial gipotenziyada preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat laktoza monogidrati saqlaydi, shuning uchun agar Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, bu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashning birinchi xaftasida Stivens-Djonson va Layell sindromi rivojlanishi xavfi yuqori. Medikamentoz qaramlik rivojlanishi xavfi, organizmda bromni to‘planishi va brom bilan zaharlanish mumkinligi tufayli, uzoq vaqt qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qabul qilgandan keyin yurak sohasidagi og‘riq o‘tib ketmagan hollarda o‘tkir koronar sindromni inkor etish uchun shifokorga murojaat etish kerak. Giperkinezlar, gipertireoz, buyrak usti bezi gipofunksiyasi, dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi, o‘tkir va doimiy og‘riq, dori vositalari bilan o‘tkir intoksikasiyada ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanmasin.
Bolalar
Bolalarni davolash uchun qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.
Avtotransport xaydovchilari va shunga o‘xshash mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslar preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin preparat qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi preparat tez-tez yoki uzoq muddat qo‘llanganida kuzatilishi mumukin, bu uni tashkil qiluvchilarining to‘planishi bilan bog‘liq. Uzoq muddat va doimiy qo‘llash qaramlik, abstinent sindrom, psixomotor qo‘zg‘alishi chaqirishi mumkin. Preparatni qabul qilishni keskin to‘xtatish bekor qilish sindromini chaqirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: nafas markazini susayishi, hatto uni to‘xtashigacha; markaziy nerv tizimini susayishi, ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ataksiya, hatto chuqur uyqugacha bo‘lgan uyquchanlik; yurak-qon tomir tizimini susayishi, shu jumladan yurak ritmini buzilishi, taxikardiya, arterial bosimni hatto kollaptoid holatgacha pasayishi; ko‘ngil aynishi, holsizlik, tana haroratini pasayishi, diurezni kamayishi.
Davolash: simptomatik.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 1, 3 yoki 5 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Korvalol®, odatda, yaxshi o'zlashtiriladi. Ayrim hollarda quyidagi nojo'ya ta'sirlar kuzatilishi mumkin:
ovqat hazm qilish trakti tomonidan: qabziyatlar, epigastral sohada og'irlik hissi, uzoq muddat qo'llanilganda – jigar faoliyatining buzilishi, ko'ngil aynishi, me'da va ichak sohasida diskomfort;
asab tizimi tomonidan: holsizlik, ataksiya, harakatlar muvofiqlashtirilishining buzilishi, nistagm, gallyutsinatsiyalar, paradoksal qo'zg'alish, diqqatni jamlashning pasayishi, toliqish, reaksiyalarning sekinlashishi, bosh og'rig'i, kognitiv buzilishlar, ongning chalkashishi, uyquchanlik, yengil bosh aylanishi;
qon yaratish organlari tomonidan: anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz;
immun tizimi tomonidan: o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, bradikardiya; yurak ritmining sekinlashishi;
teri va shilliq qavatlar tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Stivens – Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz;
boshqalar: nafas olishning qiyinlashishi.
Brom saqlovchi preparatlarni uzoq muddat qabul qilish brom bilan zaharlanishga olib kelishi mumkin, u quyidagi simptomlar bilan tavsiflanadi: markaziy asab tizimining susayishi, depressiv kayfiyat, depressiya, ongning chalkashishi, ataksiya, apatiya, kon'yunktivit, rinit, ko'z yoshlanishi, akne yoki purpura.
Korvalol narxlari
Korvalol barcha rasmlari

















