AMBROKSOL VRAMED sirop 100 ml 0,015/5 ml

AMBROKSOL VRAMED sirop 100 ml 0,015/5 ml haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Preparat ichga qabul qilingandan so'ng so'rilish yuqori. Qon plazmasida Cmax ga 0,5-3 soatdan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 80%. GEB, yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Metabolizmi
Jigarda dibromantranil kislotasi va glyukuron konyugatlari hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
T1/2 1,3 soatni tashkil qiladi.
Buyraklar orqali chiqariladi: 90% - suvda eruvchan metabolitlar ko'rinishida, 5% - o'zgarmagan holda.
Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi
T1/2 og'ir surunkali buyrak yetishmovchiligida ortadi, jigar funktsiyasi buzilganda o'zgarmaydi.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; alohida hollarda - allergik kontakt dermatit, anafilaktik shok.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda - diareya, og'iz qurishi, qabziyat; yuqori dozalarda uzoq vaqt qo'llanilganda - gastralgiya, ko'ngil aynishi, qusish.
Nafas olish tizimi tomonidan: kam hollarda - nafas yo'llari shilliq qavatining quruqligi, rinoreya.
Boshqalar: kam hollarda - holsizlik, bosh og'rig'i, dizuriya, ekzantema.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparat me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligida klinik manzaraga ta'sir qilishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— homiladorlikning I trimestri;
— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
— bromgeksinga yuqori sezuvchanlik.
Buyrak yetishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ambroksol Vramedni boshqa preparatlar bilan kombinatsiyalash mumkin. Dori vositalari o'zaro ta'sirining nomaqbul ko'rinishlari haqida ma'lumotlar yo'q.
Yo'talga qarshi preparatlar bilan birga qo'llash yo'talning kamayishi fonida balg'am ko'chishining qiyinlashishiga olib keladi.
Amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsiklinning bronxial sekretga kirishini oshiradi.
Dozirovkasi
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga preparat birinchi 2-3 kun davomida 10 ml dan (2 choy qoshiq), so'ngra 5 ml dan (1 choy qoshiq) 3 marta tayinlanadi
5-12 yoshli bolalarga 5 ml dan (1 choy qoshiq) 2-3 marta tayinlanadi
2-5 yoshli bolalarga - 2,5 ml dan (1/2 choy qoshiq) 3 marta
Uzoq muddatli davolash kursida dozani 2 baravar kamaytirish mumkin.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.
Hajm/og'irlik
AMBROKSOL VRAMED sirop 100 ml 0,015/5 ml o'xshash dorilari



AMBROKSOL VRAMED sirop 100 ml 0,015/5 ml xususiyatlari
Ambroksol boshqa chiqarish shakllari


AMBROKSOL VRAMED sirop 100 ml 0,015/5 ml analoglari














