ASETILSALISILOVAYA KISLOTA 0,5 tabletkalari N20

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA 0,5 tabletkalari N20 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda so'rilish to'liq. So'rilish vaqtida ichak devorida va jigarda tizimli eliminatsiyaga uchraydi (deatsetillanadi). Rezorbsiyalangan qism maxsus esterazalar tomonidan tez gidrolizlanadi, shuning uchun yarim chiqarilish davri - 15-20 daqiqadan ko'p emas.
Organizmda aylanib yuradi (75-90 % albumin bilan bog'langan holda) va to'qimalarda salitsil kislotasi anioni ko'rinishida taqsimlanadi.
Maksimal kontsentratsiyaga erishish uchun zarur bo'lgan vaqt - 2 soat.
Salitsilatlarning zardobdagi darajasi juda o'zgaruvchan. Salitsilatlar organizmning ko'plab to'qimalari va suyuqliklariga, shu jumladan orqa miya, peritoneal va sinovial suyuqliklarga oson kiradi. Bo'g'im bo'shlig'iga kirish giperemiya va shish mavjud bo'lganda tezlashadi va yallig'lanishning proliferativ fazasida sekinlashadi.
Oz miqdorda salitsilatlar miya to'qimasida, izlari - safro, ter, fekaliylarda aniqlanadi. Atsidoz yuzaga kelganda salitsil kislotasining katta qismi ionlanmagan kislotaga aylanadi, u to'qimalarga, shu jumladan miyaga yaxshi kirib boradi. Yo'ldosh orqali tez o'tadi, ko'krak suti bilan oz miqdorda chiqariladi.
Asosan jigarda ko'plab to'qimalar va siydikda aniqlanadigan 4 ta metabolit hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Asosan buyrak naychalarida faol sekretsiya yo'li bilan o'zgarmagan holda (60 %) va metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. O'zgarmagan salitsilatning chiqarilishi siydik pH siga bog'liq (siydik ishqoriy qilinganda salitsilatlarning ionlanishi ortadi, ularning reabsorbtsiyasi yomonlashadi va chiqarilishi sezilarli darajada oshadi). Chiqarilish tezligi dozaga bog'liq: kichik dozalar qabul qilinganda yarim chiqarilish davri - 2-3 soat, doza oshirilganda 15-30 soatgacha uzayishi mumkin.
Nojo'ya samaralari
Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ko'rishning buzilishi, eshitish o'tkirligining pasayishi, quloqlarda shovqin, aseptik meningit.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan: ko'ngil aynishi, ishtahaning pasayishi, gastralgiya, diareya, oshqozon-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari, oshqozon-ichak traktidan qon ketish.
Buyraklar tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi; interstitsial nefrit, qonda kreatinin miqdori oshishi va giperkaltsiemiya bilan prerenal azotemiya, papillyar nekroz, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, nefrotik sindrom, shishlar.
Jigar tomonidan: jigar funktsiyasining buzilishi, Reye sindromi (entsefalopatiya va jigar yetishmovchiligining tez rivojlanishi bilan jigarning o'tkir yog'li distrofiyasi), "jigar" transaminazalari faolligining oshishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, anemiya, leykopeniya, gipokoagulyatsiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: surunkali yurak yetishmovchiligi simptomlarining kuchayishi.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, angionevrotik shish, bronxospazm.
Bunday simptomlar paydo bo'lganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va darhol davolovchi shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Bolalarga atsetilsalitsil kislotasini saqlovchi preparatlarni virusli infeksiyalar chaqirgan o'tkir respirator kasalliklarni istisno qiluvchi hollarda tayinlash mumkin, chunki virusli infeksiya holatida Reye sindromi yuzaga kelishi xavfi ortadi. Reye sindromi simptomlari: davomli qusish, o'tkir ensefalopatiya, jigar kattalashishi.
Atsetilsalitsil kislotasi bronxospazm rivojlanishini qo'zg'atishi va bronxial astma xuruji yoki boshqa allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.
Xavf omillari bemorda anamnezda bronxial astma, pichan isitmasi, burun polipozi, nafas a'zolarining surunkali kasalliklari, shuningdek boshqa preparatlarga allergik reaksiyalar (masalan, qichishish, eshakemi, boshqa teri reaksiyalari) mavjudligi hisoblanadi.
Atsetilsalitsil kislotasining trombotsitlar agregatsiyasini bostirish qobiliyati jarrohlik aralashuvlari vaqtida va undan keyin (shu jumladan kichik jarrohlik aralashuvlari, masalan, tish sug'urish) qon ketishining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Qon ketishlar xavfi atsetilsalitsil kislotasi yuqori dozada qo'llanilganda ortadi.
Past dozalarda atsetilsalitsil kislotasi siydik kislotasi ekskretsiyasini kamaytiradi, bu uning ekskretsiyasi dastlab past bo'lgan bemorlarda podagra rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida);
- me'da-ichakdan qon ketishi;
- gemorragik diatez;
- atsetilsalitsil kislotasiga, boshqa salitsilatlarga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- salitsilatlar va nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan induktsiyalangan bronxial astma;
- metotreksatni haftasiga 15 mg va undan ortiq dozada birgalikda qo'llash;
- homiladorlikning I va III trimestrlari va emizish davri;
- bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlari qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasini o'zlashtiraolmaslikning to'liq yoki qisman birikuvi;
- 6 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).
Rey sindromi (jigarning o'tkir yog'li distrofiyasi va jigar yetishmovchiligining o'tkir rivojlanishi bilan kechuvchi entsefalopatiya) rivojlanish xavfi tufayli virusli infektsiyalar chaqirgan o'tkir respirator kasalliklari bo'lgan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat buyurilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan:
- Antikoagulyantlar bilan yo'ldosh terapiyada, podagrada, me'da va/yoki o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (anamnezda), shu jumladan yara kasalligining surunkali yoki qaytalanuvchi kechishi yoki me'da-ichakdan qon ketish epizodlarida;
- buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida;
- giperurikemiya, bronxial astma, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, pichan isitmasi, burun polipozi, dori allergiyasi, metotreksatni haftasiga 15 mg dan kam dozada bir vaqtda qabul qilish, homiladorlik (II trimestr).
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo'llash mumkin bo'lmagan o'zaro ta'sirlar:
Metotreksat haftasiga 15 mg dan ortiq dozada: metotreksatning gematologik toksikligi oshadi, chunki nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar umuman metotreksatning buyrak klirensini pasaytiradi, salitsilatlar esa, xususan, uni plazma oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqaradi.
Ehtiyotkorlik bilan ishlatiladigan preparatlar kombinatsiyalari:
Metotreksat haftasiga 15 mg dan kam dozada: metotreksatning gematologik toksikligi oshadi, chunki nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar umuman metotreksatning buyrak klirensini pasaytiradi, salitsilatlar esa, xususan, uni plazma oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqaradi.
Antikoagulyantlar (geparin): trombotsitlar faoliyati bostirilishi, me'da va o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavati shikastlanishi va peroral antikoagulyantlar oqsillar bilan bog'lanishdan siqib chiqarilishi hisobiga qon ketish xavfi oshadi
Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar yuqori dozada (≥3 g/sutka) salitsilatlar bilan: sinergik samara oqibatida me'da-ichak trakti shilliq qavati yaralari hosil bo'lishi va qon ketishlar xavfi oshadi.
Urikozurik preparatlar (benzbromaron, probenetsid): siydik kislotasining raqobatli tubulyar chiqarilishi hisobiga urikozurik samara pasayadi.
Digoksin: buyrak ekskretsiyasi pasayishi oqibatida plazmada digoksin konsentratsiyasi oshadi.
Gipoglikemik preparatlar (insulin, sulfonilmochevina hosilalari): yuqori dozada asetilsalitsil kislotasi gipoglikemik xususiyatlarga egaligi va sulfonilmochevinani plazma oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarishi hisobiga gipoglikemik samara kuchayadi.
Trombolitiklar va antiagregantlar (tiklopidin): qon ketish xavfini oshiradi.
Diuretiklar asetilsalitsil kislotasi bilan 3 g/sutka va undan ortiq dozada kombinatsiyada: buyraklarda prostaglandinlar sintezi pasayishi oqibatida kalavalar filtratsiyasi pasayadi.
Tizimli glukokortikosteroidlar, gidrokortizondan tashqari, chunki glukokortikosteroidlar salitsilatlar eliminatsiyasini kamaytiradi, ular qo'llanilishi davrida qonda salitsilatlar konsentratsiyasi pasayadi, bekor qilingandan keyin esa salitsilatlar dozasini oshirib yuborish xavfi yuzaga keladi.
Angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari: 3 g/sutka va undan ortiq dozada asetilsalitsil kislotasi prostaglandinlar sintezi ingibitsiya qilinishi oqibatida kalavalar filtratsiyasi pasayishini chaqiradi. Keyinchalik angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlarining gipotenziv samarasi pasayishi kuzatiladi.
Valproat kislotasi: oqsillar bilan bog'lanishdan siqib chiqarilishi hisobiga valproat kislotasi toksikligini oshiradi.
Alkogol: asetilsalitsil kislotasi bilan birikmada me'da-ichak trakti shilliq qavatiga shikastlovchi ta'sir kuchayadi va qon ketish vaqti uzayadi.
Narkotik analgetiklar, trombolitiklar va trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari, sulfanilamidlar (shu jumladan ko-trimoksazol) samaralarini kuchaytiradi.
Plazmada barbituratlar, litiy tuzlari konsentratsiyasini oshiradi.
Magniy va/yoki alyuminiy saqlovchi antatsidlar asetilsalitsil kislotasi so'rilishini sekinlashtiradi va yomonlashtiradi.
Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligi ko'rinishlarini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga: bir martalik doza 0,25-0,5 g ni tashkil qiladi, kattalar uchun maksimal bir martalik doza 1,0 g (0,5 g dan 2 tabletka), maksimal sutkalik 3,0 g (0,5 g dan 6 tabletka), bir martalik doza zarurat bo'lganda sutkasiga 3-4 marta kamida 4 soat oraliq bilan qabul qilinishi mumkin.
6 yoshdan katta bolalarga, virusli infektsiyalar chaqirgan o'tkir respirator kasalliklardan tashqari, Reye sindromi (jigar yetishmovchiligining o'tkir rivojlanishi bilan kechuvchi entsefalopatiya va jigarning o'tkir yog'li distrofiyasi) rivojlanish xavfi tufayli bir martalik doza bir qabulga 0,25 g (0,5 g tabletkaning 1/2 qismi) ni tashkil qiladi, maksimal sutkalik doza - sutkasiga 1,5 g dan ko'p emas.
Shifokor maslahatisiz davolash davomiyligi og'riq qoldiruvchi vosita sifatida tayinlanganda 5 kundan va isitmani tushiruvchi vosita sifatida - 3 kundan oshmasligi kerak.Dozani oshirib yuborishSimptomlari:
Engil (bir martalik doza 150 mg/kg dan kam) va o'rtacha (150-300 mg/kg) og'irlikdagi dozani oshirib yuborish: ko'ngil aynishi, qusish, quloqlarda shovqin, eshitishning pasayishi hissi, ko'rishning buzilishi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tormozlanish, umumiy holsizlik, isitma. Bu simptomlar dozani kamaytirganda yoki preparatni bekor qilganda o'tib ketadi.
Og'ir darajadagi dozani oshirib yuborish: markaziy genezli o'pka giperventilyatsiyasi, respirator alkaloz, metabolik atsidoz, ongning chalkashishi, uyquchanlik, kollaps, tirishishlar, anuriya, qon ketishlar. Dastlab o'pkaning markaziy giperventilyatsiyasi nafas alkaloziga olib keladi - hansirash, bo'g'ilish, tsianoz, sovuq yopishqoq ter; intoksikatsiya kuchayishi bilan nafas falaji va oksidlovchi fosforillanishning ajralishi kuchayadi, bu respirator atsidozni keltirib chiqaradi.
Surunkali doza oshirib yuborilganda plazmada aniqlanadigan kontsentratsiya intoksikatsiya og'irligi darajasi bilan yomon korrelyatsiya qiladi. Surunkali intoksikatsiya rivojlanishining eng katta xavfi keksa yoshdagi shaxslarda bir necha kun davomida 100 mg/kg/sut dan ortiq dozada qabul qilinganda kuzatiladi. Bolalar va keksa yoshdagi bemorlarda salitsilizmning boshlang'ich belgilari har doim ham sezilavermaydi, shuning uchun vaqti-vaqti bilan qonda salitsilatlar miqdorini aniqlash maqsadga muvofiqdir: 70 mg% dan yuqori kontsentratsiya o'rtacha yoki og'ir zaharlanishdan dalolat beradi; 100 mg% dan yuqori - o'ta og'ir, prognostik jihatdan noqulay. O'rtacha va og'ir darajadagi zaharlanishda kasalxonaga yotqizish zarur.
Davolash: qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko'mir va surgilarni tayinlash, kislota-asos holati va elektrolitlar balansi ustidan doimiy nazorat; moddalar almashinuvi holatiga qarab - natriy gidrokarbonat, natriy tsitrat eritmasi yoki natriy laktat yuborish. Zaxira ishqoriyligini oshirish siydikni ishqorlash hisobiga atsetilsalitsil kislotasining chiqarilishini kuchaytiradi. Siydikni ishqorlash salitsilatlar kontsentratsiyasi 40 mg% dan yuqori bo'lganda ko'rsatilgan va natriy gidrokarbonatni vena ichiga infuziya qilish (1 l 5% li dekstroza eritmasida 88 mEkv, 10-15 ml/soat/kg tezlikda), siydik pH qiymatini 7,5-8 oralig'ida olguncha ishqoriy diurez (jadallashtirilgan ishqoriy diurez, agar qon plazmasidagi salitsilat kontsentratsiyasi kattalarda 500 mg/l (3,6 mmol/l) dan yoki bolalarda 300 mg/l (2,2 mmol/l) dan yuqori bo'lsa, erishilgan hisoblanadi) orqali ta'minlanadi; aylanib yuruvchi qon hajmini tiklash va diurez induktsiyasiga xuddi shu dozalarda va suyultirishda natriy gidrokarbonat yuborish orqali erishiladi, bu 2-3 marta takrorlanadi. Suyuqlikning intensiv infuziyasi o'pka shishiga olib kelishi mumkin bo'lgan keksa yoshdagi bemorlarda ehtiyot bo'lish kerak. Siydikni ishqorlash uchun atsetazolamidni qo'llash tavsiya etilmaydi (atsidozni chaqirishi va salitsilatlarning toksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin). Gemodializ salitsilatlar kontsentratsiyasi 100-300 mg% dan ortiq bo'lganda, surunkali zaharlanishi bo'lgan bemorlarda - ko'rsatmalar mavjud bo'lganda 40 mg% va undan past bo'lganda ko'rsatilgan (refrakter atsidoz, holatning progressiv yomonlashuvi, markaziy nerv tizimining og'ir shikastlanishi, o'pka shishi va buyrak yetishmovchiligi). O'pka shishida - kislorod bilan boyitilgan aralashma bilan o'pkaning sun'iy ventilyatsiyasi.
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA 0,5 tabletkalari N20 o'xshash dorilari


Atsetilsalitsilovaya Kislota boshqa chiqarish shakllari



ASETILSALISILOVAYA KISLOTA 0,5 tabletkalari N20 analoglari



{
"data": {
"id": 32601,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "atsetilsalitsilovaya-kislota-0-5-n20-tabl-dalkhimfarm",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "ASETILSALISILOVAYA KISLOTA 0,5 tabletkalari N20",
"brand_name": "ASETILSALISILOVAYA KISLOTA 0,5",
"image": "uploads/iblock/d2e/d2e03f34fd1d42f3ed8ede4f28637454.webp",
"atx_code": "N02BA01",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": true,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Dalximfarm, OAO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 488,
"slug": "obezbolivayushchie",
"name": "Og'riq qoldiruvchi",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 9488,
"slug": "atsetilsalitsilovaya-kislota",
"name": "Atsetilsalitsilovaya Kislota"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6425,
"slug": "atsetilsalitsilovaya-kislota",
"name": "Asetilsalisilovaya kislota"
}
],
"tags": []
}
}















