Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Og'riq qoldiruvchi  / ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari so vkusom meda N10

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari so vkusom meda N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:Medisorb, AO
ATX kodi:N02BA01
Barcha Atsetilsalitsilovaya Kislota dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari so vkusom meda N10 o'xshash dorilari

FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•1 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
Narxi
34 800 so'm dan
Narxi
85 000 so'm dan

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari so vkusom meda N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ichga qabul qilinganda so'rilish to'liq. So'rilish vaqtida ichak devorida va jigarda tizimli eliminatsiyaga uchraydi (deatsetillanadi).

Taqsimlanishi

Rezorbsiyalangan qism maxsus esterazalar tomonidan tez gidrolizlanadi, shuning uchun yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 15-20 daqiqadan ko'p emas.

Organizmda aylanib yuradi (75-90% albumin bilan bog'langan holda) va to'qimalarda salitsil kislotasi anioni ko'rinishida taqsimlanadi.

Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Тmax) - 2 soat. Salitsilatlarning zardobdagi darajasi juda o'zgaruvchan. Salitsilatlar organizmning ko'plab to'qimalari va suyuqliklariga, shu jumladan orqa miya, peritoneal va sinovial suyuqliklarga oson kiradi. Bo'g'im bo'shlig'iga kirish giperemiya va shish mavjud bo'lganda tezlashadi va yallig'lanishning proliferativ fazasida sekinlashadi. Oz miqdorda salitsilatlar miya to'qimasida, izlari - safro, ter, fekaliylarda aniqlanadi. Atsidoz yuzaga kelganda salitsil kislotasining katta qismi ionlanmagan kislotaga aylanadi, u to'qimalarga, shu jumladan miyaga yaxshi kirib boradi. Yo'ldosh orqali tez o'tadi, ko'krak suti bilan oz miqdorda chiqariladi.

Metabolizmi

Asosan jigarda ko'plab to'qimalar va siydikda aniqlanadigan 4 ta metabolit hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi

Asosan buyrak naychalarida faol sekretsiya yo'li bilan o'zgarmagan holda (60 %) va metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. O'zgarmagan salitsilatning chiqarilishi siydik pH siga bog'liq (siydik ishqoriy qilinganda salitsilatlarning ionlanishi ortadi, ularning reabsorbtsiyasi yomonlashadi va chiqarilishi sezilarli darajada oshadi). Chiqarilish tezligi dozaga bog'liq: kichik dozalar qabul qilinganda Т1/2 - 2-3 soat, doza oshirilganda 15-30 soatgacha uzayishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: atsetilsalitsil kislotasining trombotsitlar agregatsiyasiga ta'siri oqibatida qon ketish xavfining oshishi, trombotsitopeniya, anemiya, leykopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: teri toshmasi, anafilaktik reaksiyalar, bronxospazm, Kvinke shishi;

Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: ishtahaning pasayishi, qorinda og'riqlar, jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, qusish, oshqozon-ichakdan qon ketishning yaqqol (qon qusish, qatronsimon axlat) yoki yashirin belgilari, bu temir tanqisligi anemiyasiga olib kelishi mumkin, oshqozon-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan perforatsiya bilan), yakka holatlar - jigar funktsiyasining buzilishi (jigar transaminazalarining oshishi), diareya.

Asab tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi, quloqlarda shovqin (odatda doza oshirib yuborilganining belgilaridir); uzoq muddat qo'llanilganda - bosh og'rig'i, ko'rishning buzilishi, eshitish o'tkirligining pasayishi, aseptik meningit.

Yurak tomonidan buzilishlar: uzoq muddat qo'llanilganda - surunkali yurak yetishmovchiligi simptomlarining kuchayishi.

Buyraklar va siydik yo'llari tomonidan buzilishlar: buyrak funktsiyasining buzilishi; uzoq muddat qo'llanilganda - interstitsial nefrit, qonda kreatinin miqdori oshishi va giperkaltsiemiya bilan prerenal azotemiya, papillyar nekroz, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, nefrotik sindrom, shishlar;

Reye sindromi (entsefalopatiya va jigar yetishmovchiligining tez rivojlanishi bilan jigarning o'tkir yog'li distrofiyasi);

Bunday simptomlar paydo bo'lganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va darhol davolovchi shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Atsetilsalitsil kislotasi bronxospazm, bronxial astma xuruji yoki boshqa yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini chaqirishi mumkin. Xavf omillari: bronxial astma, burun poliplari, isitma, surunkali bronx-o'pka kasalliklari, anamnezda allergiya holatlari (allergik rinitlar, teridagi toshmalar) mavjudligi.

Atsetilsalitsil kislotasi qon ketishga moyillikni oshirishi mumkin, bu uning trombotsitlar agregatsiyasiga ingibirlab ta'sir qilishi bilan bog'liq. Buni jarrohlik aralashuvlari zarur bo'lganda, shu jumladan tish sug'urish kabi kichik aralashuvlarda hisobga olish kerak. Jarrohlik aralashuvidan oldin, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi davrda qon ketishini kamaytirish uchun preparat qabul qilishni 5-7 kun oldin bekor qilish va shifokorni xabardor qilish kerak.

Bolalarga atsetilsalitsil kislotasini saqlovchi preparatlarni tayinlash mumkin emas, chunki virusli infeksiya holatida Reye sindromi yuzaga kelishi xavfi ortadi. Reye sindromi simptomlari davomli qusish, o'tkir ensefalopatiya, jigar kattalashishi hisoblanadi.

Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak.

Qon tomir kasalliklarini davolashda atsetilsalitsil kislotasining sutkalik dozasi 75 dan 300 mg gachani tashkil qiladi.

Atsetilsalitsil kislotasi organizmdan siydik kislotasi chiqarilishini kamaytiradi, bu moyilligi bo'lgan bemorlarda podagra o'tkir xuruji sababi bo'lishi mumkin.

Preparat qabul qilishning avtotransport vositasini va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ta'siri aniqlanmagan.

Atsetilsalitsil kislotasi teratogen ta'sirga ega; I trimestrda qo'llanilganda yuqori tanglay bitishmasligi ("bo'ri og'iz") rivojlanishiga olib keladi; III trimestrda tug'ruq faoliyatini tormozlanishini (prostaglandinlar sintezini ingibirlash), homilada arterial yo'lning muddatidan oldin yopilishi, o'pka tomirlari giperplaziyasi va qon aylanishining "kichik" doirasida gipertenziyani chaqiradi. Ko'krak suti bilan ajraladi, bu trombotsitlar funksiyasi buzilishi oqibatida bolada qon ketishlar yuzaga kelishi xavfini oshiradi.

Davolash davrida etanol qabul qilishdan saqlanish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- atsetilsalitsil kislotasiga, boshqa NYQP larga (shu jumladan anamnezda) va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

- me'da-ichak traktining (MIChT) eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida);

- me'da-ichakdan qon ketishi;

- gemorragik diatezlar;

- metotreksatni haftasiga 15 mg va undan ortiq dozada birgalikda qo'llash;

- bronxial astma, burun va burun yondosh bo'shliqlari qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasini o'zlashtiraolmaslik birikuvi;

- salitsilatlar va NYQP qabul qilish bilan induktsiyalangan bronxial astma;

- homiladorlik (I va III trimestr), emizish davri;

- bolalar yoshi (6 yoshgacha; isitma tushiruvchi sifatida qo'llashda - 15 yoshgacha).

- laktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi va/yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.

Rey sindromi (jigarning o'tkir yog'li distrofiyasi va jigar yetishmovchiligining o'tkir rivojlanishi bilan kechuvchi entsefalopatiya) rivojlanish xavfi tufayli virusli infektsiyalar chaqirgan o'tkir respirator kasalliklari bo'lgan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat buyurilmaydi.

Antikoagulyantlar bilan yo'ldosh terapiyada, podagrada, me'da va/yoki o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (anamnezda), shu jumladan yara kasalligining surunkali yoki qaytalanuvchi kechishi yoki me'da-ichakdan qon ketish epizodlarida; buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida; giperurikemiya, bronxial astma, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, pichan isitmasi, burun polipozi, dori allergiyasi, metotreksatni haftasiga 15 mg dan kam dozada bir vaqtda qabul qilish, homiladorlik (II trimestr) da ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Birgalikda qo'llash:

Metotreksat bilan haftasiga 15 mg yoki undan ortiq dozada: metotreksatning gemolitik tsitotoksikligi oshadi (metotreksatning buyrak klirensi pasayadi va metotreksat qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishda salitsilatlar bilan o'rin almashadi);

Antikoagulyantlar bilan, masalan, geparin: trombotsitlar faoliyati ingibitsiya qilinishi, me'da-ichak trakti shilliq qavati shikastlanishi, antikoagulyantlar (peroral) qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarilishi oqibatida qon ketish xavfi oshadi;

Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan: sinergik o'zaro ta'sir natijasida me'da yarasi va qon ketishi yuzaga kelish xavfi oshadi;

urikozurik dori vositalari bilan, masalan, benzbromaron: urikozurik samara pasayadi;

Digoksin bilan: buyrak ekskretsiyasi pasayishi oqibatida digoksin konsentratsiyasi oshadi;

Gipoglikemik preparatlar bilan: asetilsalitsil kislotasining gipoglikemik ta'siri oqibatida gipoglikemik preparatlarning gipoglikemik ta'siri oshadi;

trombolitiklar guruhi preparatlari bilan: qon ketishlar yuzaga kelish xavfi oshadi;

Tizimli glukokortikosteroidlar bilan, Addison kasalligida o'rinbosar terapiya sifatida ishlatiladigan gidrokortizon bundan mustasno: glukokortikoidlar qo'llanilganda salitsilatlar chiqarilishi oshishi hisobiga qonda ularning darajasi pasayadi;

angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari bilan: prostaglandinlar ingibitsiya qilinishi hisobiga kalavalar filtratsiyasi pasayadi va natijada antigipertenziv samara pasayadi;

Valproat kislotasi bilan: valproat kislotasi toksikligi oshadi;

Glukokortikosteroidlar, etanol (alkogolli ichimliklar) va etanol saqlovchi dori vositalari bilan: me'da-ichak trakti shilliq qavatiga shikastlovchi ta'sir xavfi ortadi, me'da-ichakdan qon ketishlar rivojlanish xavfi oshadi;

Narkotik analgetiklar, bilvosita antikoagulyantlar va trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari, sulfanilamidlar (shu jumladan ko-trimoksazol), triyodtiroksin samaralarini kuchaytiradi;

gipotenziv dori vositalari, diuretiklar (spironolakton, furosemid) samarasini pasaytiradi;

Qon plazmasida barbituratlar, litiy tuzlari konsentratsiyasini oshiradi;

magniy va/yoki alyuminiy saqlovchi antatsidlar asetilsalitsil kislotasi so'rilishini sekinlashtiradi va yomonlashtiradi;

Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligi ko'rinishlarini kuchaytiradi.

Dozirovkasi
DozalashIchga, kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga: bir martalik doza 0,25-0,5 g ni tashkil qiladi, maksimal bir martalik doza - 1,0 g (0,5 g dan 2 tabletka), maksimal sutkalik 3,0 g (0,5 g dan 6 tabletka), bir martalik doza zarurat bo'lganda sutkasiga 3-4 marta kamida 4 soat oraliq bilan qabul qilinishi mumkin.

6 yoshdan boshlab bolalar uchun, virusli infektsiyalar chaqirgan o'tkir respirator kasalliklar fonida qo'llashdan tashqari, Reye sindromi (jigar yetishmovchiligining o'tkir rivojlanishi bilan kechuvchi entsefalopatiya va jigarning o'tkir yog'li distrofiyasi) rivojlanish xavfi tufayli bir martalik doza bir qabulga 0,25 g (0,5 g tabletkaning 1/2 qismi).

Qo'llash usuli: preparatni ovqatdan keyin, suv, sut yoki ishqorli mineral suv bilan ichilgan holda qabul qilish kerak.

Qabul qilish chastotasi va vaqti: bir martalik doza zarurat bo'lganda sutkasiga 3-4 marta kamida 4 soat oraliq bilan qabul qilinishi mumkin. Preparatni qabul qilish rejimiga muntazam rioya qilish haroratning keskin ko'tarilishidan qochishga va og'riq sindromi intensivligini kamaytirishga imkon beradi.

Shifokor maslahatisiz davolash davomiyligi og'riq qoldiruvchi vosita sifatida tayinlanganda 7 kundan va isitmani tushiruvchi vosita sifatida - 3 kundan oshmasligi kerak.Dozani oshirib yuborishSimptomlari:

O'rtacha og'irlikdagi dozani oshirib yuborish: ko'ngil aynishi, qusish, quloqlarda shovqin, eshitishning buzilishi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi va ongning chalkashishi. Bu simptomlar preparat dozasini kamaytirishda o'tib ketadi.

Og'ir dozani oshirib yuborish: isitma, giperventilyatsiya, ketoatsidoz, respirator alkaloz, metabolik atsidoz, koma, kardiogen shok, nafas olish yetishmovchiligi, yaqqol gipoglikemiya.

Surunkali doza oshirib yuborilganda qon plazmasida aniqlanadigan kontsentratsiya intoksikatsiya og'irligi darajasi bilan yomon korrelyatsiya qiladi. Surunkali intoksikatsiya rivojlanishining eng katta xavfi keksa yoshdagi bemorlarda bir necha kun davomida 100 mg/kg/sut dan ortiq dozada qabul qilinganda kuzatiladi. Bolalar va keksa yoshdagi bemorlarda salitsilizmning boshlang'ich belgilari har doim ham sezilavermaydi, shuning uchun vaqti-vaqti bilan qonda salitsilatlar kontsentratsiyasini aniqlash maqsadga muvofiqdir: 70 mg% dan yuqori daraja o'rtacha yoki og'ir zaharlanishdan dalolat beradi; 100 mg% dan yuqori o'ta og'ir, prognostik jihatdan noqulay. O'rtacha og'irlikdagi zaharlanishda 24 soatga kasalxonaga yotqizish zarur.

Davolash:

Kasalxonaga yotqizish, oshqozon lavaji, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, kislota-ishqor balansini monitoring qilish, siydik rN qiymatini 7,5-8 oralig'ida olish uchun ishqoriy diurez (jadallashtirilgan ishqoriy diurez, agar qon plazmasidagi salitsilat kontsentratsiyasi kattalarda 500 mg/l (3,6 mmol/l) dan yoki bolalarda 300 mg/l (2,2 mmol/l) dan yuqori bo'lsa, erishilgan hisoblanadi), gemodializ, suyuqlik yo'qotilishini qoplash, simptomatik terapiya. Suyuqlikning intensiv infuziyasi o'pka shishiga olib kelishi mumkin bo'lgan keksa yoshdagi bemorlarda ehtiyot bo'lish kerak. Siydikni ishqorlash uchun atsetazolamidni qo'llash tavsiya etilmaydi (atsidemiyani chaqirishi va salitsilatlarning toksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin). Gemodializ salitsilatlar darajasi 100 - 130 mg% dan ortiq bo'lganda, surunkali zaharlanishi bo'lgan bemorlarda - ko'rsatmalar mavjud bo'lganda 40 mg% va undan past bo'lganda ko'rsatilgan (refrakter atsidoz, holatning progressiv yomonlashuvi, markaziy nerv tizimining og'ir shikastlanishi, o'pka shishi va buyrak yetishmovchiligi). O'pka shishida - kislorod bilan boyitilgan aralashma bilan o'pkaning sun'iy ventilyatsiyasi.

Atsetilsalitsilovaya Kislota boshqa chiqarish shakllari

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500 mg N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500 mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT, OOO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Irbitskiy XFZ,OAO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
TatXimFarmPreparati, AO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 500mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
1 800 so'm dan

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari so vkusom meda N10 analoglari

KARDIASK 0,1 tabletkalari N60
KARDIASK 0,1 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
KARDIASK 0,05 tabletkalari N30
KARDIASK 0,05 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
KARDIASK 0,1 tabletkalari N30
KARDIASK 0,1 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
ASEKARDOL 0,1 eritma N30
ASEKARDOL 0,1 eritma N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
ASEKARDOL 0,05 eritma N30
ASEKARDOL 0,05 eritma N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
ASEKARDOL 0,3 eritma N30
ASEKARDOL 0,3 eritma N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari so vkusom meda N10 haqida savollar

ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari so vkusom meda N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil