Apteka.uz
SavatKirish

Bisoprolol

Bisoprolol chiqarilish shakllari

BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek S.A.
•69 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek S.A.
•107 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Armaniston
Ishlab chiqaruvchi:
Arpimed, OOO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•69 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•107 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•100 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•69 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Retseptli
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•100 ta dorixonada bor
Narxi
3 000 so'm dan
- Bisoprolol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Bisoprololning tarkibi
- Bisoprolol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Bisoprolol narxi Toshkent dorixonalarida

Bisoprolol haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

Diqqat: ushbu sahifada Bisoprolol preparatining tabletkalar shakli bo‘yicha umumiy ma’lumot berilgan. Ishlab chiqaruvchiga qarab yordamchi moddalar, tabletkaning tashqi ko‘rinishi, bo‘linish chizig‘i, qobiq tarkibi, o‘rami, dozalari va yo‘riqnomadagi ayrim bandlar farq qilishi mumkin. Preparatni qo‘llashdan oldin aynan xarid qilingan dori vositasining yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing.

 

Preparatning savdo nomi: Bisoprolol

Dori shakli: Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Sotish shartlari: Retsept bo‘yicha beriladi.

Qo‘llash ko‘rsatmalari

Arterial gipertenziya. Stenokardiya.

AAF ingibitorlari, diuretiklar va fakultativ yurak glikozidlariga qo‘shimcha qorinchalarning sistolik funksiyasini pasayishi (yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmi: 35 %, exokardiografiya ma’lumotlari bo‘yicha) bilan kechuvchi o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi barqaror surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

• Bisoprololga yoki preparatning yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;

• O‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki inotrop vositalarni vena ichiga yuborish talab etiladigan yurak faoliyatini dekompensatsiyasini epizodlari;

• kardiogen shok;

• ikkinchi yoki uchinchi darajali atrioventrikulyar blokada;

• sinus tuguni zaifligi sindromi;

• sinoatrial blokada;

• simptomatik bradikardiya;

• simptomatik arterial gipotenziya;

• bronxial astma yoki o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining og‘ir shakli;

• periferik arteriyalarning obliteratsiyalanuvchi kasalliklarining og‘ir shakllari yoki Reyno sindromining og‘ir shakllari;

• davolanmagan feoxromotsitoma («Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang);

• metabolik atsidozda qo‘llash mumkin emas.

Tarkibi

Bisoprolol tabletkalari odatda faol modda sifatida bisoprolol fumarati saqlaydi. Dozasi ishlab chiqaruvchiga qarab 1,25 mg, 2,5 mg, 5 mg yoki 10 mg bo‘lishi mumkin.

Yordamchi moddalar ishlab chiqaruvchiga qarab farq qiladi. Tarkibida mikrokristall sellyuloza, kalsiy gidrofosfati, makkajo‘xori kraxmali, kroskarmelloza natriy, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, laktoza monogidrati, gipromelloza, titan dioksidi, makrogol va bo‘yoq moddalar bo‘lishi mumkin.

Farmakodinamikasi

Bisoprolol rag‘batlantiruvchi va ahamiyatli membranani barqarorlashtiruvchi ta’sirga ega bo‘lmagan, yuqori selektiv beta1-adrenoblokator bo‘lib hisoblanadi.

U bronxlar, qon-tomirlarning silliq mushaklaridagi beta2-retseptorlarga va metabolik boshqarishning beta2-retseptorlariga faqatgina katta bo‘lmagan yaqinlikka ega. Shuning uchun bisoprolol nafas yo‘llarining qarshiligiga va beta2-bog‘liq metabolik samaralarga ta’sir qilishi kutilmaydi. Bisoprololning beta1-selektivligi terapevtik diapazondan yuqori dozalarda tutib turiladi.

Boshqa beta1-adrenoblokatorlardagi kabi arterial gipertenziyada bisoprololning ta’sir mexanizmi noma’lum. Ammo bisoprolol plazmada reninning faolligini ahamiyatli pasaytirishi ma’lum.

NYHA bo‘yicha III va IV sinf barqaror sistolik yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda bisoprololni qabul qilganda umumiy o‘lim, to‘satdan o‘lim holatlari tez-tezligi, gospitalizatsiyani talab qiluvchi yurak yetishmovchiligi epizodlari soni kamaygan, shuningdek NYHA tasnifiga muvofiq funksional holatni ahamiyatli yaxshilanishi kuzatilgan.

Surunkali yurak yetishmovchiligisiz yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda bir marta qo‘llanilganda bisoprolol yurak qisqarishlari sonini va zarb hajmini kamaytiradi va shu orqali yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini va kislorodni iste’mol qilinishini kamaytiradi. Uzoq vaqt qo‘llanilganda dastlab yuqori bo‘lgan periferik qarshilik pasayadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan keyin bisoprolol so‘riladi va uning biokiraolishligi taxminan 90% ni tashkil qiladi. Plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi – taxminan 30%. Taqsimlanish xajmi - 3,5 l/kg. Umumiy klirensi – taxminan soatiga 15 l ni tashkil qiladi.

Plazmadan yarim chiqarilish davri – 10-12 soat, bu sutkalik dozani bir marta qabul qilgandan keyin 24-soatlik ta’sirni ta’minlaydi.

Dozaning 50% jigarda nofaol metabolitlarigacha metabolizmga uchraydi, ular so‘ngra buyraklar orqali chiqariladi. Qolgan 50% buyraklar orqal metabolizmga uchramagan ko‘rinishda chiqariladi. Buyrak va jigar orqali chiqarilishi bir xil darajada amalga oshganligi tufayli, jigar va buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda odatda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Barqaror surunkali yurak yetishmovchiligi va jigar yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetikasi o‘rganilmagan.

Bisoprololning kinetikasi proporsional va patsiyentning yoshiga bog‘liq emas.

Barqaror surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA bo‘yicha III sinf) bo‘lgan patsiyentlarda sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan bisoprololning plazmadagi darajasi va yarim chiqarilish davri yuqoriroq. Muvozanat holatida plazmadagi cho‘qqi konsentratsiyasi 10 mg sutkalik dozada 64±21 ng/ml, yarim chiqarilish davri esa - 17±5 soatni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Ichki simpatomimetik faollikka ega bo‘lmagan, membranani barqarorlashtiruvchi faollikka ega bo‘lmagan selektiv beta-adrenoblokator. Plazma renini faolligini pasaytiradi, miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi, YuKCh (tinch holatda va yuklamada) va yurakdan otilib chiquvchi qon hajmini kamaytiradi, bunda zarb hajmi sezilarli darajada kamaymaydi. AV-o‘tkazuvchanlikni susaytiradi. Antianginal va gipotenziv ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori dozalarda (200 mg va undan ortiq) asosan bronxlardagi va tomirlar silliq mushaklaridagi β-adrenoretseptorlar blokadasini ham chaqirishi mumkin.

Gipotenziv samara qonning daqiqalik hajmining, periferik tomirlar simpatik stimulyatsiyasining kamayishi, renin-angiotenzin tizimi faolligining (dastlabki renin gipersekretsiyasi bo‘lgan bemorlar uchun katta ahamiyatga ega), AQB pasayishiga javoban sezgirlikning tiklanishi va MNS ga ta’siri bilan bog‘liq.

Antianginal samara YuKCh siyraklashishi va qisqaruvchanlik pasayishi natijasida miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojining kamayishi, diastola uzayishi, miokard perfuziyasi yaxshilanishi bilan bog‘liq.

Antiaritmik samara aritmogen omillarni (taxikardiya, simpatik nerv tizimi faolligining oshishi, tsAMF miqdorining oshishi, arterial gipertenziya) bartaraf etish, sinusli va ektopik ritm boshqaruvchilari spontan qo‘zg‘alish tezligining kamayishi va AV-o‘tkazuvchanlikning (asosan antegrad va kamroq darajada retrograd yo‘nalishlarda AV-tugun orqali) va qo‘shimcha yo‘llar bo‘ylab sekinlashishi bilan bog‘liq.

Nojo'ya ta'sirlar

Juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1 000 va < 1/100), kam xollarda (≥ 1/10 000 va < 1/1 000), juda kam xollarda (< 1/10 000).

Ruhiy buzilishlar

Tez-tez emas: depressiya, uyquni buzilishi. 

Kam xollarda: tungi dahshatlar, gallyutsinatsiya.

Nerv tizim tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh aylanishi*, bosh og‘rig‘i*.

Kam xollarda: hushdan ketish.

Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar

Kam xollada: ko‘z yoshi ajralishini kamayishi.

Juda kam xollarda: kon’yunktivit.

Eshitish a’zosi va labirint tomonidan buzilishlar

Kam xollarda: eshitishni buzilishi.

Yurak tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: bradikardiya (surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda).

Tez-tez: mavjud yurak yetishmovchiligini yomonlashishi (surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda).

Tez-tez emas: atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi; mavjud yurak yetishmovchiligini yomonlashishi (arterial gipertenziya yoki stenokardiya bo‘lgan patsiyentlarda); bradikardiya (arterial gipertenziya yoki stenokardiya bo‘lgan patsiyentlarda).

Qon-tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: qo‘l-oyoqlarda sovush yoki uvishish hissi, arterial gipotenziya.

Tez-tez emas: ortostatik gipotenziya.

Nafas a’zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: anamnezida bronxial astma yoki o‘pkaning obstruktiv kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm.

Kam xollarda: allergik rinit.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat kabi MIY tomonidan shikoyatlar.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam xollarda: gepatit.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Kam xollarda: qichishish, qizib ketish, toshma kabi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Juda kam xolllarda: alopetsiya. Beta-blokatorlar psoriazni paydo bo‘lishi yoki zo‘rayishini chaqirishi yoki psoriazsimon toshma paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: mushak kuchsizligi, mushak spazmlari.

Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Kam xollarda: potensiyani buzilishi.

Tizimli buzilishlar

Tez-tez: asteniya (surukali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, toliqish*.

Tez-tez emas: asteniya (arterial gipertenziya yoki stenokardiya bo‘lgan patsiyentlarda).

Laborator tahlillar

Kam xollarda: triglitseridlar darajasini oshishi, jigar fermentlari (AlAT, AsAT) darajasini oshishi.

Faqat arterial gipertenziya yoki stenokardiyani davolash uchun qo‘llanilganda

* Ushbu simptomlar ayniqsa davolashni boshida xarakterli. Odatda ular kuchsiz namoyon bo‘ladi va odatda 1-2 xaftadan keyin o‘tib ketadi.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Bisoprololni pediatriyada qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun bolalarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Bisoprololning farmakologik xususiyatlari homiladorlik va (yoki) homila (yangi tug‘ilgan chaqaloq)ga shikastlovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Umuman olganda, beta-adrenoblokatorlar yo‘ldoshda qon aylanishini kamaytiradi, bu o‘sishni kechikishi, ona qornida nobud bo‘lish, bola tashlash yoki muddatidan oldin tug‘ruqqa olib kelishi mumkin. Homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqda noxush samaralar (gipoglikemiya, bradikardiya kabi) noxush samaralar kuzatilishi mumkin. Agar beta- adrenoblokatorlar bilan davolash zarur bo‘lsa, selektiv beta1-adrenoblokatorlar afzal hisoblanadi.

Bisoprolol Lek preparatini homiladorlik vaqtida mutloq zarur holatlardan tashqari qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar davolash zarur deb tan olinsa, bachadon-yo‘ldosh qon oqimi va homilani o‘sishi ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Agar homiladorlik yoki homilaga zararli ta’siri aniqlansa, davolashning boshqa sxemalariga o‘tishni ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Hayotining birinchi uch kuni davomida odatda gipoglikemiya va bradikardiya simptomlarini paydo bo‘lishini kutish mumkin.

Ushbu preparat bilan davolash vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.

Buyrak faoliyati buzilganida

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish odatda talab etilmaydi. Buyrak funksiyasini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi < 20 ml/minut) bo‘lgan patsiyentlarda sutkada 10 mg dozani oshirmaslik tavsiya etiladi. Dozani ikki marta qabul qilishga bo‘lish mumkin.

Jigar faoliyati buzilganida

Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish odatda talab etilmaydi, ammo sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Jigar funksiyasini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda sutkada 10 mg dozani oshirmaslik tavsiya etiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

7,5 mg o‘rniga 15 mg sutkalik doza qabul qilinganda uchinchi darajadagi atrioventrikulyar blokada, yurak urishini sekinlashishi va bosh aylanishi kuzatilgan. Umuman olganda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin: yurak urishini sekinlashishi, arterial bosimni pasayishi, bronxospazm, o‘tkir yurak yetishmovchiligi va qonda glyukoza miqdorini kamayishi.

Hozirgi vaqtgacha arterial gipertenziya va (yoki) yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda bisoprolol dozasini oshirib yuborilishi (maksimal 2000 mg) va bradikardiya va (yoki) arterial gipotenziya bilan namoyon bo‘lgan faqatgina bir necha holatlar haqida xabarlar olingan. Barcha patsiyentlarda simptomlar bartaraf etilgan.

Bisoprololning yuqori dozalarini bir marta qabul qilishga individlararo sezuvchanlikning yuqori o‘zgaruvchanligi kuzatiladi. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda bisoprololning yuqori dozalarini bir marta qabul qilishga yuqori sezuvchanlik ehtimoli mavjud. Shuning uchun ushbu toifadagi patsiyentlarda davolashni dozalash bo‘limida keltirilgan sxemaga muvofiq dozani asta-sekin oshirish yo‘li bilan boshlash kerak.

Doza oshirib yuborilganda bisoprolol bilan davolashni to‘xtatish va tutib turuvchi va simptomatik davolashni buyurish tavsiya etiladi. Bisoprolol dializ yordamida yomon chiqariladi. Bradikardiyada vena ichiga atropin buyurish tavsiya etiladi, javob yetarli darajada bo‘lganida esa izoprenalin yoki musbat xronotrop xususiyatlarga ega boshqa vositalarni ehtiyotkorlik bilan buyurish mumkin. Ayrim holatlarda ritm yurgizuvchisini transvenoz implantatsiyasi talab etilishi mumkin. Gipotenziyada vena ichiga suyuqliklarni va qon-tomirlarni yuborish tavsiya etiladi, vena ichiga glyukagonni yuborish foydali bo‘lishi mumkin. Ikkinchi yoki uchinchi darajali AV-blokadada patsiyentning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish va izoprenalin infuziyasi yoki vaqtincha kardiostimulyatsiya zarur. Yurak yetishmovchiligi zo‘rayganda vena ichiga diuretiklar, inotrop vositalar va vazodilatatorlar, bronxospazmda – izoprenalin, beta2-adrenoretseptorlarga ta’sir etuvchi simpatomimetiklar va (yoki) aminofillin, gipoglikemiyada – vena ichiga glyukoza buyuriladi.

Dori shaklining ta'rifi

5 mg: dumaloq shaklli, to‘rt qismga bo‘linadigan, bir tomonida «BIS 5» yozuvi bosib tushirilgan, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

10 mg: dumaloq shaklli, to‘rt qismga bo‘linadigan, bir tomonida «BIS 10» yozuvi bosib tushirilgan, o‘rik rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Maxsus ko‘rsatmalari

Bisoprolol bilan davolashni to‘satdan to‘xtatish tavsiya etilmaydi, ayniqsa yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda, chunki preparatni keskin bekor qilish stenokardiya xurujlarining kuchayishi, arterial bosim oshishi, yurak ritmi buzilishi yoki holatning vaqtincha yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda doza shifokor tavsiyasiga ko‘ra bosqichma-bosqich kamaytiriladi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda davolash odatda eng past dozadan boshlanadi va keyinchalik asta-sekin oshiriladi (titrlanadi). Dozani tanlash davrida arterial bosim, yurak urish tezligi va bemorning umumiy holatini muntazam nazorat qilish kerak.

Davolash boshida, doza oshirilganda yoki preparat bekor qilinayotganda surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda holat vaqtincha yomonlashishi, nafas qisishi, kuchsizlik, bradikardiya yoki arterial bosim pasayishi kuzatilishi mumkin. Shu sababli shifokor nazorati tavsiya etiladi.

Bisoprololni yurak yetishmovchiligida qo‘llash bo‘yicha tajriba quyidagi holatlarda cheklangan: I tip qandli diabet, og‘ir buyrak yetishmovchiligi, og‘ir jigar yetishmovchiligi, restriktiv kardiomiopatiya, tug‘ma yurak nuqsonlari, yurak klapanlarining gemodinamik ahamiyatli shikastlanishlari, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti.

Bronxial astma, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi yoki bronxospazmga moyillik bo‘lgan bemorlarda preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Zarurat bo‘lsa, shifokor qo‘shimcha bronxlarni kengaytiruvchi vositalarni buyurishi mumkin. Ayrim hollarda beta2-agonistlar dozasini o‘zgartirish talab etiladi.

Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda, ayniqsa qondagi glyukoza miqdori keskin o‘zgarib turadigan holatlarda, preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Bisoprolol gipoglikemiya belgilarini, xususan yurak urish tezlashishini va titrashni niqoblashi mumkin.

Qattiq dieta saqlayotgan yoki uzoq vaqt ochlik holatida bo‘lgan bemorlarda preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki bunday holatlarda gipoglikemiya va arterial bosim pasayishi xavfi ortadi.

Desensibilizatsiyalovchi davolash vaqtida bisoprolol allergenlarga sezuvchanlikni kuchaytirishi va anafilaktik reaksiyalar og‘irligini oshirishi mumkin. Bunday holatda adrenalin odatdagi samarani bermasligi ehtimoli bor.

Preparat birinchi darajali atrioventrikulyar blokada, Printsmetal stenokardiyasi, periferik qon aylanishi buzilishlari, Reyno sindromi yoki periferik arteriyalar kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Davolash boshida qo‘l-oyoqlarda sovuqlik yoki uvishish kuchayishi mumkin.

Psoriazi bo‘lgan yoki anamnezida psoriaz bo‘lgan bemorlarda bisoprolol faqat foyda va xavf nisbati baholangandan keyin buyuriladi, chunki beta-blokatorlar kasallikni kuchaytirishi mumkin.

Preparat tireotoksikoz belgilarini, ayniqsa taxikardiyani yashirishi mumkin. Qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan bemorlar shifokor nazoratida bo‘lishi kerak.

Feoxromotsitomasi bo‘lgan bemorlarga bisoprolol faqat oldindan alfa-adrenoblokatorlar buyurilgandan keyin qo‘llanadi.

Jarrohlik amaliyoti yoki umumiy narkoz oldidan anesteziologga bisoprolol qabul qilinayotgani haqida xabar berish kerak. Zarurat bo‘lsa, preparat bosqichma-bosqich bekor qilinadi va odatda operatsiyadan taxminan 48 soat oldin to‘xtatiladi.

Davolash vaqtida bosh aylanishi, holsizlik va reaksiyalar sekinlashishi mumkin, ayniqsa davolash boshida, doza o‘zgartirilganda yoki alkogol qabul qilinganda. Transport boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyot bo‘lish kerak.

Sportchilar preparat doping nazoratida musbat natija ko‘rsatishi mumkinligi haqida ogohlantirilishi kerak.

Preparat tarkibida laktoza bo‘lishi mumkin. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan bemorlar preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bisoprolol boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirga kirishishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin bemor qabul qilayotgan barcha preparatlar, shu jumladan retseptsiz vositalar haqida shifokorga ma’lum qilishi kerak.

I sinf antiaritmik preparatlar (masalan, xinidin, dizopiramid, lidokain, flekainid, propafenon) bilan birga qo‘llanganda yurak o‘tkazuvchanligi buzilishi, puls sekinlashishi va yurak qisqarish kuchi pasayishi mumkin.

Verapamil va diltiazem kabi kalsiy antagonistlari bilan birga qo‘llash arterial bosimning keskin pasayishi, bradikardiya va atrioventrikulyar blokada xavfini oshiradi. Bisoprolol qabul qilayotgan bemorlarga verapamilni vena ichiga yuborish tavsiya etilmaydi.

Markaziy ta’sirga ega antigipertenziv preparatlar (masalan, klonidin, metildopa, moksonidin, rilmenidin) yurak urish tezligini va yurakdan chiqayotgan qon hajmini kamaytirishi mumkin. Ularni to‘satdan bekor qilish arterial bosim keskin oshishiga olib kelishi mumkin.

Digidropiridin qatori kalsiy antagonistlari (masalan, nifedipin, amlodipin, felodipin) bisoprololning gipotenziv ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak faoliyati yomonlashishi ehtimoli bor.

III sinf antiaritmik preparatlar (masalan, amiodaron) yurak o‘tkazuvchanligiga ta’sirni kuchaytirishi mumkin.

Parasimpatomimetik preparatlar bradikardiya va yurak o‘tkazuvchanligi buzilishi xavfini oshirishi mumkin.

Mahalliy beta-blokatorlar, masalan glaukomada qo‘llanadigan ko‘z tomchilari, bisoprololning umumiy ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Insulin va ichga qabul qilinadigan qand tushiruvchi vositalarning samarasi kuchayishi mumkin. Shu bilan birga gipoglikemiya belgilari kamroq sezilishi mumkin.

Narkoz uchun vositalar va ayrim og‘riqsizlantiruvchi preparatlar arterial bosim pasayishi xavfini oshirishi hamda reflektor taxikardiyani susaytirishi mumkin.

Yurak glikozidlari (masalan, digoksin) bilan birga qo‘llanganda puls sekinlashishi va atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik buzilishi mumkin.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (ibuprofen, diklofenak, ketorolak va boshqalar) bisoprololning qon bosimini tushiruvchi ta’sirini kamaytirishi mumkin.

Beta-simpatomimetik preparatlar (masalan, izoprenalin, dobutamin) bilan birga qo‘llanganda ikkala preparatning samarasi pasayishi mumkin.

Bir vaqtning o‘zida alfa va beta-adrenoretseptorlarga ta’sir qiluvchi simpatomimetiklar (masalan, adrenalin, noradrenalin) arterial bosim oshishiga va periferik qon aylanishining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Arterial bosimni pasaytiruvchi boshqa preparatlar, jumladan diuretiklar, nitratlar, trisiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar va tomir kengaytiruvchi vositalar bilan birga qo‘llanganda gipotenziv ta’sir kuchayishi mumkin.

Mefloxin bradikardiya xavfini oshirishi mumkin.

Monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO-B dan tashqari) bisoprololning gipotenziv ta’sirini kuchaytirishi va yurak-qon tomir nojo‘ya reaksiyalar xavfini oshirishi mumkin.

Birgalikdagi davolash zarur bo‘lsa, preparat dozalari va bemorning holati shifokor tomonidan nazorat qilinishi kerak.

Saqlash sharoitlari

Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Tabletkalar ertalab qabul qilinadi, ovqat bilan birga qabul qilish mumkin. Tabletkalarni chaynamasdan va oz miqdordagi suyuqlik bilan birga yutib yuboriladi.

Barqaror surunkali yurak yetishmovchiligini davolash odatda uzoq muddatli hisoblanadi.

Ushbu preparat bilan davolashni to‘satdan to‘xtatish maqsadga muvofiq emas, chunki bu yurak yetishmovchiligini vaqtincha yomonlashishiga olib kelishi mumkin («Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang). Agar preparatni bekor qilish zarur bo‘lsa, doza asta-sekin, xaftasiga yarim dozaga pasaytirilishi kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Bisoprolol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Bisoprolol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №5
Mirobod tumani, Oltinko'l ko'ch., 10 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish

Bisoprolol haqida savollar

Bisoprolol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 2.8, 4 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil