logo
SavatKirish

FLUKONAZOL ATM kapsulalar 50mg N7

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Faol modda:Flukonazol
Ishlab chiqaruvchi:ATM-Pharm
ATX kodi:J02AC01
Barcha Flukonazol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

FLUKONAZOL ATM kapsulalar 50mg N7 o'xshash dorilari

FLUASK kapsulalar  150 mg N 1
FLUASK kapsulalar 150 mg N 1
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•22 ta dorixonada bor
Narxi
9 300 so'm dan
TRINAZOL krem 15g
Retseptsiz
TRINAZOL krem 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
48 665 so'm dan
FUZAR tabletkalari 150mg N1
Retseptli
FUZAR tabletkalari 150mg N1
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•29 ta dorixonada bor
Narxi
17 000 so'm dan
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Retseptli
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Hindiston
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
M/S PEK PHARMA
•1 ta dorixonada bor
Narxi
38 000 so'm dan

FLUKONAZOL ATM kapsulalar 50mg N7 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Flukonazol farmakokinetikasi v/i yuborilganda va ichga qabul qilinganda o'xshash.

Ichga qabul qilingandan so'ng flukonazol yaxshi so'riladi, uning qon plazmasidagi darajalari (va umumiy biokiraolishligi) v/i yuborilgandagi flukonazolning qon plazmasidagi darajalarining 90% idan oshadi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish ichga qabul qilinganda absorbtsiyaga ta'sir qilmaydi. Cmax flukonazol och qoringa qabul qilingandan 0,5-1,5 soat o'tgach erishiladi. Qon plazmasidagi kontsentratsiya dozaga mutanosibdir.

ss terapiya boshlangandan 4-5-kunga kelib erishiladi (1 marta/sut ko'p marta qabul qilinganda).

O'rtacha sutkalik dozadan 2 baravar yuqori bo'lgan zarba dozasini yuborish (1-kuni), 2-kunga kelib Css>90% ga erishish imkonini beradi. Taxminiy Vd organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi past (11-12%).

Flukonazol organizmning barcha suyuqliklariga yaxshi kirib boradi. So'lak va balg'amdagi flukonazol darajalari uning qon plazmasidagi kontsentratsiyalariga o'xshash. Zamburug'li meningiti bo'lgan bemorlarda orqa miya suyuqligidagi flukonazol darajalari uning qon plazmasidagi darajalarining taxminan 80% ini tashkil qiladi.

Shox qavat, epidermis-derma va ter suyuqligida zardobdagidan yuqori bo'lgan yuqori kontsentratsiyalar erishiladi. Flukonazol shox qavatda to'planadi. 50 mg dozada 1 marta/sut qabul qilinganda flukonazol kontsentratsiyasi 12 kundan keyin 73 mkg/g ni tashkil qilgan, davolash to'xtatilgandan 7 kun o'tgach esa - atigi 5,8 mkg/g. Haftada 1 marta 150 mg dozada qo'llanilganda shox qavatdagi flukonazol kontsentratsiyasi 7-kuni 23,4 mkg/g ni tashkil qilgan, ikkinchi doza qabul qilingandan 7 kun o'tgach esa – 7,1 mkg/g.

Haftada 1 marta 150 mg dozada 4 oy qo'llanilgandan so'ng tirnoqlardagi flukonazol kontsentratsiyasi sog'lom tirnoqlarda 4,05 mkg/g va shikastlanganlarida 1,8 mkg/g ni tashkil qilgan; terapiya tugagandan 6 oy o'tgach flukonazol hamon tirnoqlarda aniqlangan.

Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; kiritilgan dozaning taxminan 80% i siydikda o'zgarmagan holda aniqlanadi. Flukonazol klirensi KK ga mutanosibdir. Aylanib yuruvchi metabolitlar aniqlanmagan.

Qon plazmasidan uzoq T vaginal kandidozda flukonazolni bir marta va boshqa ko'rsatmalarda 1 marta/sut yoki 1 marta/hafta qabul qilish imkonini beradi.

Farmakologik ta'siri

Zamburug'larga qarshi preparat, triazol hosilasi. Ta'sir mexanizmi zamburug' hujayrasining sitoxrom P450-ga bog'liq fermenti 14α-demetilazaning yaqqol ingibirlanishi va buning oqibatida zamburug' hujayra devorining asosiy komponenti – ergosterol sintezining bostirilishi bilan bog'liq. Candida spp., Miсrosporum spp., Trichoptyton spp., Cryptococcus neoformans, Blastomyces dermatitidis, Coccidioides immitis, Histoplasma capsulatum ga nisbatan yuqori faol.

Nojo'ya samaralari

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, talvasalar, ta'm bilishning o'zgarishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og'riq, diareya, meteorizm, ko'ngil aynishi, dispepsiya, qusish, gepatotoksiklik (shu jumladan o'lim bilan yakunlanuvchi kamdan-kam holatlar), IF, bilirubin, zardob aminotransferazalari (ALT va AST) darajasining oshishi, jigar funksiyasining buzilishi, gepatit, gepatotsellyular nekroz, sariqlik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: EKGda QT intervalining oshishi, qorinchalar hilpillashi/titrashi.

Dermatologik reaksiyalar: toshma, alopesiya, eksfoliativ teri kasalliklari, shu jumladan Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, shu jumladan neytropeniya va agranulotsitoz, trombotsitopeniya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: plazmada xolesterin va triglitseridlar darajasining oshishi, gipokaliemiya.

Allergik reaksiyalar: anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan angionevrotik shish, yuz shishi, eshakemi, qichishish).

Maxsus saqlash sharoitlari

Flukonazolni qo‘llash fonida jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari buzilishlarida, yuzaki zamburug‘li infeksiyasi va invaziv/tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda flukonazolni qo‘llash fonida toshma paydo bo‘lganda, terfenadin va flukonazolni sutkasiga 400 mg dan kam dozada bir vaqtda qo‘llashda, ko‘p sonli xavf omillari (organik yurak kasalliklari, elektrolit muvozanati buzilishlari va bunday buzilishlar rivojlanishiga yordam beruvchi yo‘ldosh terapiya) bo‘lgan bemorlarda potensial proaritmik holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

Flukonazolning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchan bo‘lgan; uning belgilari terapiya to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qolgan. Flukonazol bilan davolash vaqtida jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari buzilgan bemorlarning holatini jigar jiddiyroq shikastlanishi belgilarini aniqlash maqsadida nazorat qilish zarur. Flukonazol bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigar shikastlanishining klinik belgilari yoki simptomlari paydo bo‘lganda, uni bekor qilish kerak.

OITS bilan og‘rigan bemorlar ko‘pchilik preparatlarni qo‘llashda og‘ir teri reaksiyalari rivojlanishiga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Yuzaki zamburug‘li infeksiya bo‘yicha davolash olayotgan bemorda flukonazolni qo‘llash bilan bog‘lash mumkin bo‘lgan toshma paydo bo‘lganda, uni bekor qilish kerak. Invaziv/tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma paydo bo‘lganda ularni sinchkovlik bilan kuzatish va bullyoz shikastlanishlar yoki ko‘p shaklli eritema paydo bo‘lganda flukonazolni bekor qilish kerak.

Flukonazolni sutkasiga 400 mg dan kam dozalarda va terfenadinni bir vaqtda qo‘llashni sinchkov nazorat ostida o‘tkazish kerak.

Flukonazol qo‘llanilganda QT intervali uzayishi va qorinchalar hilpillashi/titrashi ko‘p sonli xavf omillari, masalan organik yurak kasalliklari, elektrolit muvozanati buzilishlari va bunday buzilishlar rivojlanishiga yordam beruvchi yo‘ldosh terapiya kabi omillari bo‘lgan og‘ir kasalliklari bor bemorlarda juda kam qayd etilgan.

Terapiyani ekma va boshqa laboratoriya tekshiruvlari natijalarini olguncha boshlash mumkin. Biroq infeksiyaga qarshi terapiyani ushbu tekshiruvlar natijalari ma'lum bo‘lganda tegishli ravishda to‘g‘irlash zarur.

Candida albicans dan boshqa, ko‘pincha flukonazolga sezgirlik namoyon qilmaydigan Candida shtammlari (masalan, Candida krusei) chaqirgan superinfeksiya holatlari haqida xabarlar mavjud. Bunday hollarda muqobil zamburug‘ga qarshi terapiya talab etilishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Flukonazolni sutkada 400 mg va undan ortiq dozada ko‘p marta qo‘llash vaqtida terfenadinni bir vaqtda qo‘llash; sizapridni bir vaqtda qo‘llash; flukonazolga yuqori sezuvchanlik; flukonazol bilan o‘xshash tuzilishga ega azol hosilalariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Varfarin bilan bir vaqtda qo'llanilganda flukonazol protrombin vaqtini oshiradi (12% ga), shu munosabat bilan qon ketishlar (gematomalar, burun va MTY dan qon ketish, gematuriya, melena) rivojlanishi mumkin. Kumarin antikoagulyantlarini qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqtini doimiy ravishda nazorat qilish kerak.

Midazolam ichga qabul qilingandan so'ng flukonazol midazolam kontsentratsiyasini va psixomotor samaralarni sezilarli darajada oshiradi, bunda bu ta'sir flukonazolni tomir ichiga qo'llashga qaraganda ichga qabul qilingandan keyin ko'proq namoyon bo'ladi. Flukonazol qabul qilayotgan bemorlarni benzodiazepinlar bilan yondosh davolash zarurati tug'ilganda, benzodiazepin dozasini tegishli ravishda kamaytirish maqsadida kuzatish kerak.

Flukonazol va sisaprid bir vaqtda qo'llanilganda yurak tomonidan nojo'ya reaktsiyalar, shu jumladan qorinchalar hilpillashi/titrashi ("piruet" turidagi aritmiya) bo'lishi mumkin. Flukonazolni 200 mg dozada sutkada 1 marta va sisapridni 20 mg dozada sutkada 4 marta qo'llash sisapridning plazma kontsentratsiyasining yaqqol oshishiga va EKG da QT oralig'ining uzayishiga olib keladi. Sisaprid va flukonazolni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Buyragi ko'chirib o'tkazilgan bemorlarda flukonazolni 200 mg/sut dozada qo'llash siklosporin kontsentratsiyasining sekin oshishiga olib keladi. Biroq, suyak ko'migi retsipientlarida flukonazolni 100 mg/sut dozada ko'p marta qabul qilganda siklosporin kontsentratsiyasining o'zgarishi kuzatilmagan. Flukonazol va siklosporin bir vaqtda qo'llanilganda qonda siklosporin kontsentratsiyasini monitoring qilish tavsiya etiladi.

Gidroxlorotiazidni flukonazol bilan bir vaqtda ko'p marta qo'llash plazmada flukonazol kontsentratsiyasining 40% ga oshishiga olib keladi. Bunday darajada namoyon bo'lgan samara bir vaqtda diuretiklar qabul qilayotgan bemorlarda flukonazolning dozalash tartibini o'zgartirishni talab qilmaydi, ammo buni hisobga olish kerak.

Kombinatsiyalangan peroral kontratseptivni flukonazol bilan 50 mg dozada bir vaqtda qo'llanilganda gormonlar darajasiga sezilarli ta'sir aniqlanmagan, holbuki har kuni 200 mg flukonazol qabul qilinganda etinilestradiol va levonorgestrelning AUC mos ravishda 40% va 24% ga oshadi, haftada 1 marta 300 mg flukonazol qabul qilinganda esa - etinilestradiol va noretindronning AUC mos ravishda 24% va 13% ga oshadi. Shunday qilib, flukonazolni ko'rsatilgan dozalarda ko'p marta qo'llash kombinatsiyalangan peroral kontratseptiv samaradorligiga ta'sir qilishi dargumon.

Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qo'llash fenitoin kontsentratsiyasining klinik ahamiyatli oshishi bilan kechishi mumkin. Ushbu kombinatsiyada fenitoin kontsentratsiyasini nazorat qilish va qon zardobida terapevtik kontsentratsiyani ta'minlash maqsadida uning dozasini tegishli ravishda to'g'irlash kerak.

Flukonazol va rifabutinni bir vaqtda qo'llash oxirgisining zardobdagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qo'llanilganda uveit holatlari tasvirlangan. Bir vaqtda rifabutin va flukonazol olayotgan bemorlarni diqqat bilan kuzatish kerak.

Flukonazol va rifampitsinni bir vaqtda qo'llash AUC ning 25% ga va flukonazolning T davomiyligining 20% ga kamayishiga olib keladi. Bir vaqtda rifampitsin qabul qilayotgan bemorlarda flukonazol dozasini oshirish maqsadga muvofiqligini hisobga olish kerak.

Flukonazol bir vaqtda qabul qilinganda peroral sulfonilmochil preparatlari (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamid) ning T davrini uzayishiga olib keladi. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarga flukonazol va peroral sulfonilmochil preparatlarini birgalikda qo'llash mumkin, ammo bunda gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Flukonazol va takrolimusni bir vaqtda qo'llash oxirgisining plazma kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Nefrotoksiklik holatlari tasvirlangan. Ushbu kombinatsiyada bemorlarning holatini diqqat bilan nazorat qilish kerak.

Azol guruhiga mansub zamburug'ga qarshi vositalar va terfenadin bir vaqtda qo'llanilganda QT oralig'ining uzayishi natijasida jiddiy aritmiyalar paydo bo'lishi mumkin. Flukonazolni 200 mg/sut dozada qabul qilganda QT oralig'ining uzayishi aniqlanmagan, biroq flukonazolni 400 mg/sut va undan yuqori dozalarda qo'llash plazmada terfenadin kontsentratsiyasining sezilarli oshishini keltirib chiqaradi. Flukonazolni 400 mg/sut va undan ortiq dozalarda terfenadin bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Flukonazol bilan 400 mg/sut dan kam dozalarda terfenadin bilan birgalikda davolashni qattiq nazorat ostida o'tkazish kerak.

Flukonazol bilan 200 mg dozada 14 kun davomida bir vaqtda qo'llanilganda teofillinning plazma klirensi o'rtacha tezligi 18% ga kamayadi. Yuqori dozalarda teofillin qabul qilayotgan bemorlarga yoki teofillinning toksik ta'siri rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarga flukonazol tayinlanganda teofillinning dozasini oshirib yuborish simptomlari paydo bo'lishini kuzatish va zarurat bo'lganda terapiyani tegishli ravishda to'g'irlash kerak.

Flukonazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda zidovudin kontsentratsiyasining oshishi qayd etiladi, bu ehtimol oxirgisining o'zining asosiy metabolitiga qadar metabolizmining pasayishi bilan bog'liq. OITS va ARC (OITS bilan bog'liq kompleks) bilan og'rigan bemorlarga 15 kun davomida 200 mg/sut dozada flukonazol qo'llash bilan terapiyadan oldin va keyin zidovudinning AUC sezilarli darajada oshishi (20%) aniqlangan.

OIV-infektsiyali bemorlarda zidovudinni 200 mg dozada har 8 soatda 7 kun davomida flukonazol bilan 400 mg/sut dozada yoki usiz ikki sxema o'rtasida 21 kunlik oraliq bilan qo'llanilganda, flukonazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda zidovudinning AUC sezilarli darajada oshishi (74%) aniqlangan. Bunday kombinatsiyani olayotgan bemorlarni zidovudinning nojo'ya ta'sirlarini aniqlash maqsadida kuzatish kerak.

Flukonazolni astemizol yoki metabolizmi P450 sitoxrom tizimi izofermentlari orqali amalga oshiriladigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash ushbu vositalarning zardobdagi kontsentratsiyasining oshishi bilan kechishi mumkin. Bunday kombinatsiyalarda bemorlarning holatini diqqat bilan nazorat qilish kerak.

Dozirovkasi

Flukonazol ATM sutkalik dozasi zamburug'li infeksiyaning tabiati va og'irligiga bog'liq. Ko'pchilik hollarda vaginal kandidozni davolash uchun bir martalik peroral doza yetarli bo'ladi. Kasallikning boshqa shakllarini davolash faol bosqichdagi zamburug'li infeksiya klinik va laboratoriya tasdig'i bilan yo'qolguncha preparatni ko'p marta qo'llashni talab qiladi. Kapsulalar ichga, chaynamasdan, suv yoki boshqa har qanday suyuqlik bilan ichiladi. Kattalarga kriptokokkli meningit va boshqa lokalizatsiyadagi kriptokokkli infeksiyalarda birinchi kuni 400 mg tayinlanadi, keyin esa davolash 200-400 mg dozada 1 marta/sut davom ettiriladi. Kriptokokkli infeksiyalarda davolash davomiyligi mikologik tekshiruv bilan tasdiqlangan klinik samaradorlikka bog'liq; kriptokokkli meningitda terapiya odatda, kamida 6-8 hafta davom ettiriladi. Kandidemiya, tarqalgan kandidoz va boshqa invaziv kandidoz infeksiyalarida doza o'rtacha 400 mg ni birinchi sutkada, keyin esa 200 mg/sut ni tashkil qiladi. Klinik samaradorlik yetarli bo'lmaganda doza 400 mg/sut gacha oshirilishi mumkin. Terapiya davomiyligi klinik samaradorlikka bog'liq. Orofaringeal kandidozda preparat o'rtacha 50-100 mg dan 1 marta/sut tayinlanadi; terapiya davomiyligi -7-14 kun. Zarurat bo'lganda, immuniteti yaqqol pasaygan bemorlarda davolash uzoqroq bo'lishi mumkin. Tish protezlarini taqish bilan bog'liq og'iz bo'shlig'i atrofik kandidozida preparat o'rtacha 50 mg dozada 1 marta/sut 14 kun davomida protezga ishlov berish uchun mahalliy antiseptik vositalar bilan birgalikda tayinlanadi. Kandidozning boshqa lokalizatsiyalarida (genital kandidozdan tashqari), masalan, ezofagit, noinvaziv bronxo-o'pka shikastlanishi, kandiduriya, teri va shilliq qavatlar kandidozida samarali doza o'rtacha 50-100 mg/sut ni tashkil qiladi, davolash davomiyligi 14-30 kun. OITS bilan og'rigan bemorlarda orofaringeal kandidoz qaytalanishini oldini olish uchun birlamchi terapiyaning to'liq kursi tugagandan so'ng flukonazol 150 mg dan 1 marta/hafta tayinlanishi mumkin. Vaginal kandidozda flukonazol bir marta ichga 150 mg dozada qabul qilinadi. Vaginal kandidoz qaytalanishi chastotasini kamaytirish uchun preparatni 150 mg dozada 1 marta/oy qo'llash mumkin. Terapiya davomiyligi individual belgilanadi; u 4 oydan 12 oygacha o'zgarib turadi. Ba'zi bemorlarga tez-tez qo'llash talab qilinishi mumkin. Candida spp. chaqirgan balanitda flukonazol bir marta 150 mg dozada ichga tayinlanadi. Kandidozni oldini olish uchun flukonazolning tavsiya etilgan dozasi zamburug'li infeksiya rivojlanish xavfi darajasiga qarab 50-400 mg 1 marta/sut ni tashkil qiladi. Umumlashgan infeksiya xavfi yuqori bo'lganda, masalan, kutilayotgan yaqqol yoki uzoq vaqt saqlanib turuvchi neytropeniya bo'lgan bemorlarda, tavsiya etilgan doza 400 mg 1 marta/sut ni tashkil qiladi. Flukonazol kutilayotgan neytropeniya paydo bo'lishidan bir necha kun oldin tayinlanadi; neytrofillar soni 1000/mkL dan oshgandan keyin davolash yana 7 sutka davom ettiriladi. Teri mikozlarida, shu jumladan oyoq panjalari, silliq teri, chov sohasi mikozlari va teri kandidozlarida tavsiya etilgan doza 150 mg 1 marta/hafta yoki 50 mg 1 marta/sut ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi odatdagi hollarda 2-4 haftani tashkil qiladi, biroq oyoq panjalari mikozlarida uzoqroq terapiya talab qilinishi mumkin (6 haftagacha). Kepaksimon temiratkida tavsiya etilgan doza 300 mg 1 marta/hafta 2 hafta davomida; ba'zi bemorlarga uchinchi doza 300 mg/hafta talab qilinadi, holbuki qisman hollarda preparatni bir marta 300-400 mg dozada qabul qilish yetarli bo'ladi. Muqobil davolash sxemasi preparatni 50 mg dan 1 marta/sut 2-4 hafta davomida qo'llash hisoblanadi. Onixomikozda tavsiya etilgan doza 150 mg 1 marta/hafta. Davolash infeksiyalangan tirnoq almashguncha (infeksiyalanmagan tirnoq o'sib chiqquncha) davom ettirilishi kerak. Qo'l va oyoq barmoqlarida tirnoqlarning qayta o'sishi uchun odatda mos ravishda 3-6 oy va 6-12 oy talab qilinadi. Bolalarda, kattalardagi o'xshash infeksiyalarda bo'lgani kabi, davolash davomiyligi klinik va mikologik samaraga bog'liq. Bolalarda preparatni kattalardagidan oshadigan sutkalik dozada qo'llash mumkin emas. Flukonazol ATM har kuni 1 marta/sut qo'llaniladi. Shilliq qavatlar kandidozida flukonazolning tavsiya etilgan dozasi 3 mg/kg/sut ni tashkil qiladi. Birinchi kuni doimiy muvozanat konsentratsiyalariga tezroq erishish maqsadi bilan 6 mg/kg zarb dozasi tayinlanishi mumkin. Umumlashgan kandidoz va kriptokokkli infeksiyani davolash uchun tavsiya etilgan doza kasallik og'irligiga qarab 6-12 mg/kg/sut ni tashkil qiladi. Sitotoksik kimyoterapiya yoki nur terapiyasi natijasida rivojlanadigan neytropeniya bilan bog'liq infeksiya rivojlanish xavfi bo'lgan immuniteti pasaygan bolalarda zamburug'li infeksiyalarni oldini olish uchun preparat induksiyalangan neytropeniyaning yaqqolligi va saqlanish davomiyligiga qarab 3-12 mg/kg/sut dozada tayinlanadi. Buyrak funksiyasi buzilgan bolalarda preparatning sutkalik dozasini (kattalardagi kabi xuddi shunday proportsional bog'liqlikda) buyrak yetishmovchiligining yaqqollik darajasiga muvofiq kamaytirish kerak. Keksa yoshdagi bemorlarda buyrak funksiyasi buzilmagan taqdirda preparat odatdagi dozalash rejimiga muvofiq qo'llaniladi. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda bir marta qabul qilinganda dozani o'zgartirish talab etilmaydi. Ko'p marta qo'llanilganda KK 50 ml/daq dan yuqori bo'lganda preparat o'rtacha dozada tayinlanadi. KK 11 dan 50 ml/daq gacha bo'lganda avval 50 mg dan 400 mg gacha zarb dozasini, keyin esa - tavsiya etilgan dozaning 50% ini tashkil qiluvchi dozani tayinlash kerak. Muntazam ravishda dializ o'tkaziladigan bemorlarga preparatning bitta dozasi har bir gemodializ seansidan keyin tayinlanadi.

Flukonazol boshqa chiqarish shakllari

FLUKONAZOL KANON 0,15 kapsulalar  N1
FLUKONAZOL KANON 0,15 kapsulalar N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
Narxi
7 000 so'm dan
FLUKONAZOL kapsulalar  150mg N2
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N2
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OZON FARM, OOO
•14 ta dorixonada bor
Narxi
6 500 so'm dan
FLUKONAZOL kapsulalar  100mg N7
FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•3 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
FLUKONAZOL kapsulalar  150mg N2
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N2
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «ASTRAFARM»
•14 ta dorixonada bor
Narxi
6 500 so'm dan
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
O´zkimyofarm, AO im. S.K. Islambekova
•76 ta dorixonada bor
Narxi
3 900 so'm dan
FLUKONAZOL kapsulalar  50mg N7
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•5 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
FLUKONAZOL kapsulalar  50 mg N10
FLUKONAZOL kapsulalar 50 mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar  N1
FLUKONAZOL 0,15 kapsulalar N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmproekt, AO
FLUKONAZOL KANON 0,05 kapsulalar  N7
FLUKONAZOL KANON 0,05 kapsulalar N7
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Kanonfarma prodakshn, ZAO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N4
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N4
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N20
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  150 mg N2
MR FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N2
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  50 mg N2
MR FLUKONAZOL kapsulalar 50 mg N2
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO
MR FLUKONAZOL kapsulalar  50 mg N5
MR FLUKONAZOL kapsulalar 50 mg N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
MERRYMED FARM, OOO

FLUKONAZOL ATM kapsulalar 50mg N7 analoglari

DIFLAZON 0,15 kapsulalar  N1
DIFLAZON 0,15 kapsulalar N1
Sloveniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d. Novo mesto AO/ Vektor-Medika, ZAO
MIKOSIST 0,15 kapsulalar  N4
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N4
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter - Rus ZAO
MIKOSIST 0,15 kapsulalar  N1
MIKOSIST 0,15 kapsulalar N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter - Rus ZAO

FLUKONAZOL ATM kapsulalar 50mg N7 haqida savollar

FLUKONAZOL ATM kapsulalar 50mg N7 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil