Apteka.uz
SavatKirish

KORFLAM tabletkalari N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Claris Injectables Limited
Teglar:Bosh og'rig'idan, Tishlar sog'ligi uchun, Suyaklar uchun, Yuqori haroratda (shamollashda)
ATX kodi:N02BE51
Barcha KORFLAM dorilari
2 ta dorixonada bor
Narxi 6 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 2 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KORFLAM tabletkalari N10 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Parasetamol ichga qabul qilinganda yaxshi va tez so'riladi. Plazmadagi kontsentratsiya cho'qqisiga 30-90 daqiqadan so'ng erishiladi. Organizmning deyarli barcha to'qimalariga kirib boradi, yo'ldoshga oson o'tadi va ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlar farmakologik faol emas, ammo to'planganda jigar nekroziga hissa qo'shishi mumkin. Buyraklar orqali asosan metabolitlar ko'rinishida ajralib chiqadi. Yarim chiqarilish davri 1,5 dan 3 soatgacha o'zgarib turadi. Jigar funktsiyasi buzilganda preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu esa organizmda metabolitlarning to'planishiga yordam beradi. Ibuprofen ichga qabul qilinganda me'da-ichak traktida tez va to'liq so'riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 1-2 soatdan keyin, sinovial suyuqlikda – 3 soatdan keyin erishiladi. Jigarda faol bo'lmagan metabolitlar hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2 soat. Asosiy qismi siydik bilan, asosan metabolitlar ko'rinishida, qolgan qismi – safro bilan chiqariladi. Sut bilan deyarli ajralib chiqmaydi.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy preparat. Ibuprofen – nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita. Yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi arxidon kislotasini tsiklik endoperoksidlarga aylantiruvchi tsiklooksigeneza faolligini susaytirishga asoslangan bo'lib, bu keyinchalik prostaglandinlar sintezining to'xtashiga olib keladi. Preparat shuningdek yallig'lanish mediatorlarining ajralishiga va ta'sir ko'rsatishiga to'sqinlik qiladi. Paratsetamol og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi shuningdek asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish bilan bog'liq.

Nojo'ya samaralari

Oshqozon-ichak: ko'ngil aynishi, anoreksiya, qusish, epigastriyada noqulaylik hissi, diareya, meteorizm, oshqozon-ichak traktining eroziv – yarali shikastlanishlari, ba'zida qon ketish bilan asoratlangan. Markaziy asab tizimi: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyqu buzilishi, paresteziya, qaltirash, konvulsiyalar, epilepsiya va parkinsonizmning zo'rayishi, mialgiya, toliqish, hissiy labillik, quloqlarda jaranglash, ko'rishning buzilishi, ongning chalkashishi. Yurak-qon tomir: dimlangan yurak yetishmovchiligi, arterial bosimning pasayishi yoki oshishi, aritmiya, taxikardiya, venalarning kengayishi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, buyrak yetishmovchiligi. Buyrak: gematuriya, sistit, siydik yo'li infeksiyalari, azotemiya, nikturiya, proteinuriya, poliuriya, dizuriya, tez-tez siyish, oliguriya, anuriya, buyrak yetishmovchiligi. Qon yaratish tizimi tomonidan: alohida hollarda leykopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, metgemoglobinemiya, anemiya. Teri tomonidan: toshma, eritema, eshakemi, po'st tashlash, pufakchalar ko'rinishidagi toshmalar, qipiqlanuvchi dermatit, turli xil eritemalar. Yuqori sezuvchanlik: astma, anafilaksis, nafas olishning o'tkir buzilishi, shokga o'xshash holatni eslatuvchi qon bosimining tez pasayishi, angionevrotik shish, nafas olishning qiyinlashishi, angiit.

Maxsus saqlash sharoitlari

Qon ivishining tug'ma buzilishlari bo'lgan shaxslarga, buyrak va jigar yo'ldosh kasalliklari; surunkali yurak yetishmovchiligi; arterial gipertenziya, bronxial astma; preparat tayinlash vaqtida dispeptik simptomlar mavjud bo'lganda, anamnezida me'da-ichak yo'llaridan qon ketish va me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali kasalliklari (shu jumladan nospetsifik yarali kolit) haqida ma'lumotlar bo'lganda; keksa yoshdagi bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi. Preparat bilan davolash jarayonida jigar va buyrak funksiyasini, periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Zo'rayish bosqichidagi me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari, homiladorlik, ko'ruv nervi kasalliklari, nafas yo'llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi, anamnezda aspirin yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarga angionevrotik shish va bronxospastik reaktsiya («aspirin astmasi»), bronxial astma xurujlari, qon yaratishning buzilishi, jigar va buyrak faoliyatining yaqqol buzilishlari, bolalar yoshi (12 yoshgacha), rang ajratishning buzilishi, preparatga yuqori sezuvchanlik, tug'ma glyukoza – 6 – fosfatdegidrogenaza tanqisligi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Jigar mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dori vositalari – barbituratlar va ba'zi epilepsiyaga qarshi vositalar (fenobarbitol, fenitoin, karbamazepin, benzonal), alkogol, rifampitsin bilan bir vaqtda tayinlanganda preparatning gepatotoksikligi kuchayadi. Fenotiazinlar bilan birga qo'llanilganda haddan tashqari gipotermiya, azidotimidin bilan esa – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikol toksikligini kuchaytiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlar ta'sirini kuchaytirishi mumkin, «halqali» va tiazid diuretiklarning diuretik va natriyuretik samarasini susaytiradi. Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (indometatsin, aspirin va h.k.) bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki nojo'ya ta'sirlar tez-tezligi va kuchi oshadi.

Dozirovkasi

Ichga, ovqatdan keyin, oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kattalarga kuniga 3-4 marta 1 tabletkadan tayinlanadi. Maksimal bir martalik doza – 2 tabl. Maksimal sutkalik doza 2 tabl. kuniga 3 marta. Tana vazni 30 kg dan ortiq bo'lgan 12 yoshdan katta bolalarga kuniga 3 marta ½ tabl. tayinlanadi. Har bir navbatdagi qabul orasidagi interval – kamida 4 soat. Kattalar uchun davolashning maksimal davomiyligi 5-7 kun, bolalar uchun – 3 kun.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KORFLAM tabletkalari N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KORFLAM tabletkalari N10 o'xshash dorilari

Narxi
31 400 so'm dan
KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•115 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•60 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
Narxi
31 400 so'm dan

KORFLAM boshqa chiqarish shakllari

KORFLAM tabletkalari N100
Retseptli
KORFLAM tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Claris Injectables Limited
Narxi
60 000 so'm dan

KORFLAM tabletkalari N10 analoglari

IBUKLIN tabletkalari N20
Retseptsiz
IBUKLIN tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
Narxi
26 500 so'm dan
BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1
BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
Narxi
22 900 so'm dan
KYUPEN YUNIOR suspenziya 60ml
Retseptli
KYUPEN YUNIOR suspenziya 60ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Coral Laboratories Limited
Narxi
26 600 so'm dan
MIG 400 tabletkalari 400mg N10
Retseptsiz
MIG 400 tabletkalari 400mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Germaniya proizvedeno: Menarini-Von Heyden GmbH
Narxi
21 000 so'm dan
MIGRAFEN-400 tabletkalari N100
Retseptli
MIGRAFEN-400 tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
150 000 so'm dan
KORFLAM tabletkalari N100
Retseptli
KORFLAM tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Claris Injectables Limited
Narxi
60 000 so'm dan
MIG 400 tabletkalari 400mg N10
Retseptsiz
MIG 400 tabletkalari 400mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narxi
21 000 so'm dan

KORFLAM tabletkalari N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Feruza Nur Med
Shayxontoxur tumani, Taxtapul ko'ch., 341 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-18:00
65 000 so'm

KORFLAM tabletkalari N10 haqida savollar

KORFLAM tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil