logo
SavatKirish

KORFLAM

KORFLAM chiqarilish shakllari

KORFLAM tabletkalari N100
Retseptli
KORFLAM tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Claris Injectables Limited
•8 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan
KORFLAM tabletkalari N10
Retseptli
KORFLAM tabletkalari N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Claris Injectables Limited
•2 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
- KORFLAM qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- KORFLAMning tarkibi
- KORFLAM ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- KORFLAM narxi Toshkent dorixonalarida

KORFLAM qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari zo'rayish bosqichida, homiladorlik, ko'rish nervi kasalliklari, nafas yo'llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi, anamnezda aspirin yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarga angionevrotik shish va bronxospastik reaktsiya ("aspirinli astma"), bronxial astma xurujlari, qon yaratish buzilishlari, jigar va buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari, bolalar yoshi (12 yoshgacha), rang ajratishning buzilishi, preparatga yuqori sezuvchanlik, tug'ma glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol ichga qabul qilinganda yaxshi va tez so'riladi. Plazmadagi konsentratsiya cho'qqisiga 30-90 daqiqadan so'ng erishiladi. Organizmning deyarli barcha to'qimalariga kirib boradi, yo'ldoshga oson o'tadi va ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlar farmakologik jihatdan nofaol, ammo to'planganda jigar nekroziga olib kelishi mumkin. Buyraklar orqali asosan metabolitlar ko'rinishida ajralib chiqadi. Yarim chiqarilish davri 1,5 dan 3 soatgacha o'zgarib turadi. Jigar funksiyasi buzilganda preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu organizmda metabolitlarning to'planishiga olib keladi. Ibuprofen ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo'lida tez va to'liq so'riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyaga 1-2 soatdan keyin, sinovial suyuqlikda – 3 soatdan keyin erishiladi. Jigarda nofaol metabolitlar hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri taxminan 2 soat. Asosiy qismi siydik bilan, asosan metabolitlar ko'rinishida, qolgan qismi – safro bilan chiqariladi. Sut bilan deyarli ajralib chiqmaydi.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy preparat. Ibuprofen – nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita. Yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi arxidon kislotasini siklik endoperoksidlarga aylantiruvchi siklooksigenaza faolligini susaytirishga asoslangan bo'lib, bu keyinchalik prostaglandinlar sintezining tormozlanishiga olib keladi. Preparat shuningdek, yallig'lanish mediatorlarining ajralib chiqishi va ta'sir ko'rsatishiga to'sqinlik qiladi. Paratsetamol og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi shuningdek, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibirlash bilan bog'liq.

Dozirovkasi

Ovqatdan keyin, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi. Kattalarga 1 tabletkadan sutkasiga 3-4 marta tayinlanadi. Maksimal bir martalik doza – 2 tab. Maksimal sutkalik doza 2 tab. sutkasiga 3 marta. 12 yoshdan oshgan, tana vazni 30 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga ½ tab. dan sutkasiga 3 marta tayinlanadi. Har bir navbatdagi qabul orasidagi interval – kamida 4 soat. Kattalarni davolashning maksimal davomiyligi 5-7 kun, bolalar uchun – 3 kun.

Maxsus saqlash sharoitlari

Qon ivishining tug'ma buzilishlari bo'lgan shaxslarga, buyrak va jigar yo'ldosh kasalliklari mavjud bo'lganda; surunkali yurak yetishmovchiligida; arterial gipertenziya, bronxial astmada; preparat tayinlash vaqtida dispeptik simptomlarda, anamnezida oshqozon-ichak traktidan qon ketishlar va oshqozon-ichak traktining eroziv-yarali kasalliklari (shu jumladan nospesifik yarali kolit) bo'lganda; keksa yoshdagi bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi. Preparat bilan davolash jarayonida jigar va buyrak funktsiyasi, periferik qon manzarasi ustidan muntazam nazorat zarur.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Jigar mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dori vositalari – barbituratlar va ba'zi tutqanoqqa qarshi vositalar (fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), alkogol, rifampitsin bilan bir vaqtda tayinlanganda preparatning gepatotoksikligi kuchayadi. Fenotiazinlar bilan birga qo'llaganda haddan tashqari gipotermiya, azidotimidin bilan esa - neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning toksikligini kuchaytiradi, bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlar ta'sirini kuchaytirishi mumkin, "halqali" va tiazidli diuretiklarning diuretik va natriyuretik samarasini susaytiradi. Nojo'ya ta'sirlarning tezlashishi va kuchayishi tufayli boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (indometatsin, aspirin va h.k.) bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi.

Nojo'ya samaralari

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, anoreksiya, qusish, epigastriyada noqulaylik hissi, diareya, meteorizm, me'da-ichak yo‘llarining eroziv – yarali shikastlanishlari, ba'zida qon ketish bilan asoratlangan. Markaziy nerv tizimi: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi, paresteziya, qaltirash, konvulsiyalar, epilepsiya va parkinsonizmning kuchayishi, mialgiya, toliqish, hissiy labillik, quloqlarda jaranglash, ko‘rishning buzilishi, ongning chalkashishi. Yurak-qon tomir tizimi: dimlanishli yurak yetishmovchiligi, qon bosimining pasayishi yoki oshishi, aritmiya, taxikardiya, venalarning kengayishi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, buyrak yetishmovchiligi. Buyrak tomonidan: gematuriya, tsistit, siydik yo‘li infektsiyalari, azotemiya, nikturiya, proteinuriya, poliuriya, dizuriya, tez-tez siydik chiqarish, oliguriya, anuriya, buyrak yetishmovchiligi. Qon yaratish tizimi tomonidan: alohida hollarda leykopeniya, anemiya, trombositopeniya, agranulotsitoz, metgemoglobinemiya, anemiya. Teri tomonidan: toshma, eritema, eshakemi, po‘st tashlash, pufakchalar ko‘rinishidagi toshmalar, po‘st tashlovchi dermatit, turli xil eritemalar. O‘ta yuqori sezuvchanlik: astma, anafilaksis, o‘tkir nafas buzilishi, shokka o‘xshash holatni eslatuvchi qon bosimining tez tushib ketishi, angionevrotik shish, nafas olishning qiyinlashishi, angiit.

KORFLAM barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

KORFLAM haqida savollar

KORFLAM haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil