Apteka.uz
SavatKirish

LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5%

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Levofloksasin
Ishlab chiqaruvchi:Samarkand England Ecomedical, SP OOO
ATX kodi:J01MA12 Левофлоксацин
Barcha Levofloksatsin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5% haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganda MIY dan tez va deyarli to'liq so'riladi. Ovqat qabul qilish absorbsiya tezligi va to'liqligiga kam ta'sir qiladi. Biokiraolishligi 99% ni tashkil qiladi. Cmax ga 1-2 soatdan keyin erishiladi va 250 mg va 500 mg qabul qilinganda mos ravishda 2.8 va 5.2 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 30-40%. Organlar va to'qimalarga yaxshi kirib boradi: o'pka, bronxlar shilliq qavati, balg'am, siydik-tanosil tizimi organlari, polimorf yadroli leykotsitlar, alveolyar makrofaglar. Jigarda kichik qismi oksidlanadi va/yoki dezasetillanadi. Buyrak klirensi umumiy klirensning 70% ini tashkil qiladi.

T - 6-8 soat. Organizmdan asosan buyraklar orqali kalavachalar filtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi yo'li bilan chiqariladi. Levofloksatsinning 5% dan kamrog'i metabolitlar ko'rinishida ekskretsiya qilinadi. Siydik bilan o'zgarmagan holda 24 soat ichida 70% va 48 soat ichida - 87% chiqariladi; axlatda 72 soat ichida ichga qabul qilingan dozaning 4% aniqlanadi. 500 mg 60 daqiqa davomida v/i infuziya qilingandan so'ng Cmax - 6.2 mkg/ml. V/i bir marta va ko'p marta yuborilganda o'sha doza yuborilgandan so'nggi taxminiy Vd 89-112 l ni, Cmax - 6.2 mkg/ml ni, T - 6.4 soatni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Ftorxinolon, keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi bakteritsid vosita. DNK-giraza (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNK o'ta spirallanishini va uzilishlari tikilishini buzadi, DNK sintezini bostiradi, bakteriyalar sitoplazmasi, hujayra devori va membranalarida chuqur morfologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Levofloksatsin in vivo va in vitro sharoitda quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faol: Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium diphtheriae, Enterococcus spp. (shu jumladan Enterococcus faecalis), Listeria monocytogenes, Staphylococcus spp. (leykotoksin saqlovchi va koagulazomanfiy metitsillinga sezgir/o'rtacha sezgir shtammlar), shu jumladan Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlar), Staphylococcus epidermidis (metitsillinga sezgir shtammlar); C va G guruh Streptococcus spp., Staphylococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae (penitsillinga sezgir/o'rtacha sezgir/rezistent shtammlar), Streptococcus pyogenes, viridans guruhi Streptococcus spp. (penitsillinga sezgir/rezistent shtammlar). Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter spp. (shu jumladan Acinetobacter baumannii), Actinobacilus actinomycetemcomitans, Citrobacter freundii, EikeneIla corrodens, Enterobacter spp. (shu jumladan Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter cloacae), Escherichia coli, Gardenella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae (ampitsillinga sezgir/rezistent shtammlar), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Klebsiella spp, (shu jumladan Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae), Moraxella catarrhalis (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlar), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlar), Neisseria meningitidis, Pasteurella spp, (shu jumladan Pasteurella canis, Pasteurella dagmatis, Pasteurella multocida), Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp. (shu jumladan Providencia rettgeri, Providencia stuartii), Pseudomonas spp. (shu jumladan Pseudomonas aeruginosa), Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens), Salmonella spp. Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragillis, Bifidobacterium spp., Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus spp., Propionibacterium spp., Veillonella spp. Boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp., Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Mycobacterium spp. (shu jumladan Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis), Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Rickettsia spp., Ureaplasma urealyticum. O'rtacha sezgir mikroorganizmlar (minimal bostiruvchi kontsentratsiya 4 mg/ml dan ortiq): Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium urealyticum, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermis (metitsillinga rezistent shtammlar), Staphylococcus haemolyticus (metitsillinga rezistent shtammlar). Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Burkholderia ceracia, Campylobacter jejuni, Campilobacter соli. Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgaris, Bacteroides status, Prevotella spp., Porphyromonas spp. Chidamli mikroorganizmlar (minimal bostiruvchi kontsentratsiya 8 mg/ml dan ortiq): Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium jeikeium, Staphylococcus aureus (metitsillinga rezident shtammlar), boshqa Staphylococcus spp, (koagulazomanfiy metitsillinga rezident shtammlar). Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Alcaligenes xylosoxidans. Boshqa mikroorganizmlar: Mycobacterium avium.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, anoreksiya, abdominal og‘riqlar, soxtamembranoz enterokolit, jigar transaminazalari faolligining oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: qon bosimining pasayishi, tomir kollapsi, taxikardiya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (ishtahaning oshishi, terlash, qaltirash).

MNS va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, uyquchanlik, uyqusizlik, paresteziyalar, xavotirlik, qo‘rquv, gallyutsinatsiyalar, ongning chalkashishi, depressiya, harakat buzilishlari, talvasalar.

Sezgi a'zolari tomonidan: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish va taktil sezuvchanlikning buzilishi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: artralgiya, mialgiya, paylarning uzilishi, mushak zaifligi, tendinit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, interstitsial nefrit.

Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombositopeniya, pantsitopeniya, gemorragiyalar.

Dermatologik reaksiyalar: fotosensibilizatsiya, qichishish, teri va shilliq qavatlar shishi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Allergik reaksiyalar: eshakemi, bronxospazm, bo‘g‘ilish, anafilaktik shok, allergik pnevmonit, vaskulit.

Boshqalar: porfiriyaning kuchayishi, rabdomioliz, turg‘un isitma, superinfektsiya rivojlanishi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Keksa yoshdagi bemorlarga levofloksatsin ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi (yo'ldosh buyrak funktsiyasi pasayishi mavjudligi ehtimoli yuqori).

Harorat normallashgandan so'ng davolashni kamida 48-78 soat davom ettirish tavsiya etiladi. 500 mg (100 ml infuzion eritma) v/i quyish davomiyligi kamida 60 daqiqani tashkil qilishi kerak. Davolash vaqtida teri qoplamalari shikastlanishini (fotosenzibilizatsiya) oldini olish uchun quyosh va sun'iy UB nurlanishdan saqlanish kerak. Tendinit belgilari paydo bo'lganda levofloksatsin darhol bekor qilinadi. Shuni yodda tutish kerakki, anamnezida bosh miya shikastlanishi (insult, og'ir travma) bo'lgan bemorlarda tirishishlar rivojlanishi mumkin, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligida - gemoliz rivojlanish xavfi mavjud.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Gipersezuvchanlik, epilepsiya, ilgari xinolonlar bilan davolashda paylarning shikastlanishi, homiladorlik, laktatsiya, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Levofloksatsin siklosporin T ni oshiradi.

Levofloksatsin samarasini ichak motorikasini susaytiruvchi preparatlar, sukralfat, magniy va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalar va temir tuzlari kamaytiradi (qabul qilish orasida kamida 2 soatlik tanaffus zarur).

NYQPV, teofillin bilan bir vaqtda qo'llanilganda tirishishga tayyorgarlikni oshiradi, GKS - paylar uzilishi xavfini oshiradi.

Simetidin va naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari levofloksatsin chiqarilishini sekinlashtiradi.

Vena ichiga yuborish uchun levofloksatsin eritmasi 0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% dekstroza eritmasi, 2,5% dekstrozali Ringer eritmasi, parenteral oziqlantirish uchun kombinatsiyalangan eritmalar (aminokislotalar, uglevodlar, elektrolitlar) bilan mos keladi.

Vena ichiga yuborish uchun levofloksatsin eritmasini geparin va ishqoriy reaktsiyaga ega eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Dozirovkasi

Preparat vena ichiga tomchilab yuboriladi. 500 mg levofloksatsin (100 ml infuzion eritma) vena ichiga quyish davomiyligi kamida 60 daqiqani tashkil qilishi kerak.

Dozalar infeksiyaning xususiyati va og'irligi, shuningdek taxmin qilingan qo'zg'atuvchining sezgirligi bilan belgilanadi.

Buyrak funksiyasi normal bo'lgan bemorlarga (kreatinin klirensi > 50 ml/min) preparatning quyidagi dozalash rejimi tavsiya etiladi:

- surunkali bronxit zo'rayganda: 250-500 mg levofloksatsin sutkasiga 1 marta 7-10 kun davomida;

- shifoxonadan tashqari pnevmoniya: 500 mg levofloksatsin sutkasiga 1-2 marta 7-14 kun davomida;

- o'tkir yuqori jag' sinusiti: 500 mg levofloksatsin sutkasiga 1 marta 10-14 kun davomida;

- siydik chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infeksiyalari: 250 mg levofloksatsin sutkasiga 1 marta 3 kun davomida;

- siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan o'tkir pielonefrit): 250 mg levofloksatsin sutkasiga 1 marta 7-10 kun davomida;

- teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalari: 500 mg levofloksatsin sutkasiga 2 marta 7-14 kun davomida;

- septitsemiya/bakteriemiya: 500 mg levofloksatsin sutkasiga 1-2 marta 10-14 kun davomida;

- surunkali bakterial prostatit: 500 mg levofloksatsin sutkasiga 1 marta 28 kun davomida;

- intraabdominal infeksiya: 500 mg levofloksatsin sutkasiga 1 marta 7-14 kun davomida (anaerob floraga ta'sir qiluvchi antibakterial preparatlar bilan kombinatsiyada);

- silning dori vositalariga chidamli shakllarini kompleks davolash: 500 mg levofloksatsin sutkasiga 1-2 marta 3 oygacha.

Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga (kreatinin klirensi < 50 ml/min) preparatning quyidagi dozalash rejimi tavsiya etiladi:

Kreatinin klirensi, ml/min

Vena ichiga yuborish uchun dozalar

250 mg/24 soat

500 mg/24 soat

500 mg/12 soat

Boshlang'ich doza 250 mg

Boshlang'ich doza 500 mg

Boshlang'ich doza 500 mg

50-20

Keyin 125 mg/24 soat

Keyin 250 mg/24 soat

Keyin 250 mg/12 soat

≤19-10

Keyin
125 mg/48 soat

Keyin 125 mg/24 soat

Keyin 125 mg/12 soat

<10 (shu jumladan gemodializ va doimiy ambulator
peritoneal dializda)

Keyin 125 mg/48 soat

Keyin 125 mg/24 soat

Keyin 125 mg/24 soat

Gemodializ yoki doimiy ambulator peritoneal dializ (DAPD) dan so'ng qo'shimcha dozalarni yuborish talab etilmaydi.

Jigar funksiyasi buzilganda dozani to'g'irlash talab etilmaydi, chunki levofloksatsin jigarda sezilmas darajada metabolizmga uchraydi.

Bemorning holatiga qarab bir necha kunlik davolashdan so'ng vena ichiga tomchilab yuborishdan ichga qabul qilish uchun mo'ljallangan shakldagi preparatning xuddi shu dozasini qabul qilishga o'tish mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5% preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5% o'xshash dorilari

BISEPTOL tabletkalari 960mg N10
Retseptli
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed-Polfa S.A
Narxi
47 400 so'm dan
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
Retseptli
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•86 ta dorixonada bor
Narxi
64 900 so'm dan
SIPROFLOKSASIN ADJIO tabletkalari 500mg N100
Retseptli
SIPROFLOKSASIN ADJIO tabletkalari 500mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•2 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
XIKONSIL poroshok 100ml 250mg/5ml
Retseptli
XIKONSIL poroshok 100ml 250mg/5ml
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•27 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan

Levofloksatsin boshqa chiqarish shakllari

LEVOFLOKSASIN kapsulalar  250mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•4 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN kapsulalar  250mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•4 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN tabletkalari 500 mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN tabletkalari 500 mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Promomed Rus,OOO proizvedeno Bioximik, AO
•24 ta dorixonada bor
Narxi
18 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN kapsulalar  500mg N10
Retseptli
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 500mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•18 ta dorixonada bor
Narxi
15 640 so'm dan
LEVOFLOKSASIN eritma 100 ml 5 mg/ml N1
Retseptli
LEVOFLOKSASIN eritma 100 ml 5 mg/ml N1
Qozog’iston
Ishlab chiqaruvchi:
Kelun-Kazpharm TOO, (Kelun-Kazfarm)
•7 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
Retseptli
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•2 ta dorixonada bor
Narxi
7 609 so'm dan

LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5% analoglari

SIGNISEF ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Retseptli
SIGNISEF ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sentiss Farma Pvt. Ltd.
•31 ta dorixonada bor
Narxi
63 000 so'm dan
OFTAKVIKS ko'z tomchilari 5mg 0,5%
Retseptli
OFTAKVIKS ko'z tomchilari 5mg 0,5%
Finlyandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Santen Oy
•26 ta dorixonada bor
Narxi
90 900 so'm dan
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
Retseptli
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•2 ta dorixonada bor
Narxi
7 609 so'm dan
ALFAFLOKS ANT infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Retseptli
ALFAFLOKS ANT infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Bioindustria Laboratorio Italiano Medicinali S.P.A.
•9 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
VELKUIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5% N1
Retseptli
VELKUIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5% N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Unosourse Pharma LTD, Indiya proizvedeno: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
•19 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1
Retseptli
LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1
Bolgariya
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Belinda Laboratories LLP, Velikobritaniya proizvedeno: Balkanpharma-Razgrad AD
•24 ta dorixonada bor
Narxi
61 900 so'm dan
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Retseptli
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•13 ta dorixonada bor
Narxi
8 500 so'm dan
LEVODEKS eritma 100ml 500mg/100ml
Retseptli
LEVODEKS eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•11 ta dorixonada bor
Narxi
33 000 so'm dan
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Retseptli
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Aishwariya Healthcare
•9 ta dorixonada bor
Narxi
58 500 so'm dan
LEVOFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
Retseptli
LEVOFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
•13 ta dorixonada bor
Narxi
49 800 so'm dan
MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Retseptli
MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Mefar Ilach Sanayi A. Sh
•5 ta dorixonada bor
Narxi
70 600 so'm dan
TAYGERON infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Retseptli
TAYGERON infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•22 ta dorixonada bor
Narxi
51 990 so'm dan

LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5% haqida savollar

LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil