Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Anestetik vositalar  / LIDOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10

LIDOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Lidokain
Ishlab chiqaruvchi:Dalximfarm, OAO
ATX kodi:N01BB02
Barcha Lidokain dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LIDOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Lidokain me'da-ichak yo'lidan tez so'riladi, biroq jigar orqali «birlamchi o'tish» effekti tufayli uning faqat oz miqdori tizimli qon oqimiga yetib boradi.

Lidokainning tizimli absorbsiyasi yuborish joyi, dozasi va uning farmakologik profili bilan belgilanadi. Qondagi maksimal konsentratsiyaga qovurg'alararo blokadadan keyin, so'ngra (konsentratsiya pasayishi tartibida) bel epidural bo'shlig'iga, yelka chigaliga va teri osti to'qimalariga yuborilgandan keyin erishiladi. So'rilish tezligi va qondagi konsentratsiyani belgilovchi asosiy omil yuborish joyidan qat'i nazar, yuborilgan umumiy doza hisoblanadi. Yuborilgan lidokain miqdori va qon plazmasidagi natijaviy maksimal konsentratsiya o'rtasida chiziqli bog'liqlik mavjud.

Taqsimlanishi

Lidokain plazma oqsillari, shu jumladan α1-kislotali glikoprotein (AKG) va albumin bilan bog'lanadi. Bog'lanish darajasi o'zgaruvchan, taxminan 66 % ni tashkil qiladi.

Tez taqsimlanadi (yarim taqsimlanish davri - 6-9 daqiqa), avval qon bilan yaxshi ta'minlangan to'qimalarga (yurak, o'pka, bosh miya, jigar, taloq), so'ngra yog' va mushak to'qimasiga tushadi. Gematoensefalik to'siq, yo'ldosh to'sig'i orqali va ko'krak sutiga (ona plazmasidagi konsentratsiyaning 40 % i) o'tadi.

Metabolizmi

Lidokain jigarda metabolizmga uchraydi, yuborilgan dozaning taxminan 90 % monoetilglitsinksilidid (MEGX) va glitsinksilid (GX) hosil bo'lishi bilan N-dezalkillanishga uchraydi, ikkalasi ham lidokainning terapevtik va toksik samaralariga hissa qo'shadi. MEGX va GX ning farmakologik va toksik samaralari lidokainniki bilan taqqoslanadi, ammo kuchsizroq ifodalangan. GX lidokainga qaraganda uzoqroq yarim chiqarilish davriga (T1/2) (taxminan 10 soat) ega va ko'p marta yuborilganda to'planishi mumkin.

Chiqarilishi

Keyingi metabolizm natijasida hosil bo'lgan metabolitlar buyraklar orqali chiqariladi, siydikdagi o'zgarmagan lidokain miqdori 10 % dan oshmaydi. Surunkali

buyrak yetishmovchiligida metabolitlarning to'planishi mumkin. Siydikni kislotalash lidokain chiqarilishining oshishiga yordam beradi.

Sog'lom katta yoshli ko'ngillilarga vena ichiga bolyus yuborilgandan so'ng lidokainning terminal T1/2 i 1-2 soatni tashkil qiladi. GX ning terminal T1/2 i taxminan 10 soatni, MEGX niki - 2 soatni tashkil qiladi.

Nojo'ya samaralari

Noxush reaksiyalar MedDRA tizim-a'zolar sinflariga muvofiq tavsiflangan.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (allergik yoki anafilaktoid reaksiyalar, anafilaktik shok) - shuningdek, Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlarga qarang. Lidokainga teri allergik sinamasi ishonchsiz hisoblanadi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar va ruhiy buzilishlar Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, harakat bezovtaligi, asabiylik, nistagm, tremor, og‘iz atrofida paresteziya, til uvishishi, uyquchanlik, ko‘rish va eshitish buzilishlari, ongning chalkashishi yoki yo‘qolishi, talvasalar (ularning rivojlanish xavfi giperkapniya va atdidoz fonida ortadi), koma, nafas mushaklari falaji, sezgirlikning pasayishi, motor bloki, nafas yetishmovchiligi.

Nerv tizimi tomonidan reaksiyalar uning qo‘zg‘alishi yoki susayishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. MNS stimulyatsiyasi belgilari qisqa muddatli bo‘lishi yoki umuman yuzaga kelmasligi mumkin, buning natijasida toksiklikning birinchi ko‘rinishlari koma va nafas yetishmovchiligi bilan almashadigan ongning chalkashishi va uyquchanlik bo‘lishi mumkin.

Bel, dumba va oyoqlarda og‘riq kabi kam uchraydigan o‘tkinchi nevrologik simptomlar bo‘lishi mumkin. Ushbu simptomlar odatda anesteziyadan keyin 24 soat ichida rivojlanadi va bir necha kun ichida yo‘qoladi. Lidokain spinal bo‘shliqqa noto‘g‘ri yuborilganda turg‘un paresteziya, ichak va siydik chiqarish yo‘llari disfunktsiyasi yoki pastki oyoq-qo‘llar falaji bilan araxnoidit va ot dumi sindromining alohida holatlari bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik holatlar lidokainning giperbarik kontsentratsiyasi yoki uzoq muddatli spinal infuziya bilan bog‘liq. Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar Ko‘rishning xiralashishi, diplopiya va o‘tkinchi amavroz.

Ikki tomonlama amavroz oftalmologik muolajalar davomida tasodifan ko‘rish nervi to‘shagiga yuborish oqibati bo‘lishi ham mumkin.

Eshitish a'zosi va labirint tomonidan buzilish Shovqin quloqlarda, giperakuziya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Bradikardiya, miokard susayishi (manfiy inotrop ta'sir), aritmiyalar, yurak to‘xtashi yoki qon aylanishi yetishmovchiligi, arterial gipotenziya bo‘lishi mumkin.

Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar

Hansirash, bronxospazm, nafas olishning susayishi, nafas to‘xtashi.

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi, qusish.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Toshma, eshakemi, angionevrotik shish, yuz shishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Lidokainni yuborishni tajribali mutaxassislar tegishli ravishda jihozlangan xonada, yurak faoliyati monitoringi va reanimatsiya tadbirlarini o'tkazish uchun zarur bo'lgan, darhol foydalanishga tayyor uskunalar va preparatlar mavjud bo'lganda amalga oshirishlari kerak. Lidokainni yuborishni bajaruvchi xodimlar malakali va anesteziyani bajarish texnikasiga o'qitilgan bo'lishi, tizimli toksik reaktsiyalar, noxush ko'rinishlar va reaktsiyalar hamda boshqa asoratlarni tashxislash va davolash bilan tanish bo'lishi kerak.

Lidokainni miasteniya gravis, epilepsiya, shu jumladan anamnezida, surunkali yurak yetishmovchiligi (I-II C funktsional sinf), bradikardiya va nafas susayishi bo'lgan bemorlarda, shuningdek lidokain bilan o'zaro ta'sirlashuvchi va uning biokiraolishini oshishiga, samaralarini potentsiyalanishiga (masalan, fenitoin bilan) yoki chiqarilishini uzayishiga (masalan, jigar yoki terminal buyrak yetishmovchiligida, bunda lidokain metabolitlari to'planishi mumkin) olib keluvchi preparatlar bilan kombinatsiyada, homiladorlikda va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Lidokain hayvonlarda porfiriyani chaqirishi mumkinligi ko'rsatilgan, uni porfiriyasi bo'lgan shaxslarda qo'llashdan saqlanish kerak.

III sinf antiaritmik preparatlarni (masalan, amiodaron) olayotgan bemorlar ustidan sinchkovlik bilan kuzatuv va EKG-monitoringni o'rnatish zarur, chunki yurakka ta'siri potentsiyalanishi mumkin.

Operatsiyadan keyin mahalliy anestetiklarning uzoq muddatli bo'g'im ichiga infuziyasi amalga oshirilgan bemorlarda xondroliz haqida ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi xabarlar kelib tushgan. Ko'pchilik hollarda xondroliz yelka bo'g'imida qayd etilgan. Ko'plab hissa qo'shuvchi omillar va samarani amalga oshirish mexanizmi bo'yicha ilmiy adabiyotlarning ziddiyatliligi tufayli sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan. Uzoq muddatli bo'g'im ichiga infuziya lidokainni qo'llash uchun ruxsat etilgan ko'rsatma hisoblanmaydi.

Lidokainni mushak ichiga yuborish kreatinfosfokinaza faolligini oshirishi mumkin, bu o'tkir miokard infarkti diagnostikasini qiyinlashtirishi mumkin.

Yallig'langan yoki infektsiyalangan to'qimalarga yuborilganda lidokain samarasi pasayishi mumkin.

Lidokainni vena ichiga yuborishni boshlashdan oldin gipokaliemiya, gipoksiya va kislota-asos holati buzilishini bartaraf etish zarur.

Ba'zi mahalliy anesteziya protseduralari qo'llanilayotgan mahalliy anestetikdan qat'i nazar, jiddiy noxush reaktsiyalarga olib kelishi mumkin.

Orqa miya nervlari o'tkazuvchan anesteziyasi yurak-qon tomir tizimini susayishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa gipovolemiya fonida, shuning uchun yurak-qon tomir buzilishlari bo'lgan bemorlarga epidural anesteziya o'tkazishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Epidural anesteziya arterial gipotenziya va bradikardiyaga olib kelishi mumkin. Xavfni kristalloid yoki kolloid eritmalarni oldindan yuborish bilan kamaytirish mumkin. Arterial gipotenziyani darhol bartaraf etish zarur.

Ba'zi hollarda homiladorlikdagi paratservikal blokada homilada bradikardiya yoki taxikardiyaga olib kelishi mumkin, shu munosabat bilan homilada yurak urishi chastotasini sinchkovlik bilan monitoring qilish talab etiladi ("Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo'llanilishi" bo'limiga qarang).

Bosh va bo'yin sohasiga yuborish hatto past dozalarda ham tserebral simptomatika rivojlanishi bilan arteriyaga bexosdan tushib qolishga olib kelishi mumkin.

Retrobulbar yuborish kamdan-kam hollarda kalla suyagi subaraxnoidal bo'shlig'iga tushib qolishga olib kelishi mumkin, bu jiddiy/og'ir reaktsiyalarga, shu jumladan yurak-qon tomir yetishmovchiligi, apnoe, tirishishlar va vaqtinchalik ko'rlikka olib keladi. Mahalliy anestetiklarni retro- va peribulbar yuborish turg'un ko'z harakati disfunktsiyasi past xavfini tashiydi. Asosiy sabablarga travma va (yoki) mushaklar va (yoki) nervlarga mahalliy toksik ta'sir kiradi.

Bunday reaktsiyalar og'irligi travma darajasi, mahalliy anestetik kontsentratsiyasi va uning to'qimalardagi ekspozitsiyasi davomiyligiga bog'liq. Shu munosabat bilan har qanday mahalliy anestetikni eng kichik samarali kontsentratsiya va dozada qo'llash zarur.

Lidokain in'ektsiya uchun eritmasini yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda tirishishlar va aritmiyalar kabi toksiklikni oldini olishga imkon beruvchi optimal zardob kontsentratsiyasi aniqlanmagan.

Agar bevosita ko'rsatilmagan bo'lsa, tomir ichiga yuborishdan saqlanish kerak. Qon tomirlariga boy a'zolarni mahalliy anesteziya qilishda alohida ehtiyotkorlik ko'rsatish kerak. Vaskulyarizatsiyalangan to'qimalarga yuborilganda aspiratsion sinama o'tkazish tavsiya etiladi.

O'tkir miokard infarkti bo'lgan barcha bemorlarga istisnosiz profilaktik tayinlash tavsiya etilmaydi (lidokainni muntazam profilaktik tayinlash asistoliyalar yuzaga kelish chastotasi ortishi hisobiga o'lim xavfini oshirishi mumkin).

Lidokain angiaritmik vosita sifatida samarasiz bo'lganda birinchi navbatda gipokaliemiyani istisno qilish kerak. Shoshilinch vaziyatlarda: MNT tomonidan nojo'ya ta'sirlar (sekinlashish, nutq qiyinlashishi) paydo bo'lguncha dozani ehtiyotkorlik bilan oshirish; yoki IA sinf preparatlarini (prokainamid) tayinlash, III sinf preparatlariga (amiodaron, bretiliya tozilati) o'tish mumkin.

Vena ichiga tez yuborilganda arterial qon bosimining keskin pasayishi yuz berishi va kollaps rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda mezaton, efedrin va boshqa tomir toraytiruvchi vositalar qo'llaniladi.

Ehtiyotkorlik bilan qo'llash:

- koagulopatiyasi bo'lgan bemorlarda. Antikoagulyantlar (masalan, geparin), NYQP yoki plazma o'rnini bosuvchilar bilan terapiya qon ketishlarga moyillikni oshiradi. Tomirlarning tasodifiy shikastlanishi og'ir qon ketishlarga olib kelishi mumkin. Zarurat bo'lganda qon ketish vaqti, faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti va trombotsitlar miqdorini tekshirish kerak;

- yurak ichki o'tkazuvchanligining to'liq va to'liq bo'lmagan blokadasi bo'lgan bemorlar, chunki mahalliy anestetiklar AV - o'tkazuvchanlikni susaytirishi mumkin;

- tirishish buzilishlari bo'lgan bemorlarni MNT tomonidan simptomatika yuzasidan sinchkovlik bilan kuzatish zarur. Lidokainning past dozalari ham tirishishga tayyorgarlikni oshirishi mumkin. Melkersson-Rozental sindromi bo'lgan bemorlarda mahalliy anestetiklar yuborilishiga javoban MNT tomonidan allergik va toksik reaktsiyalar tez-tez rivojlanishi mumkin.

Lidokain in'ektsiya uchun eritma 10 mg/ml va 20 mg/ml intratekal yuborish (subaraxnoidal anesteziya) uchun ruxsat etilmagan.

Dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Dozasi va yuborish usuliga qarab lidokain harakat qobiliyati va koordinatsiyaga vaqtinchalik ta'sir ko'rsatishi mumkin. Davolash davrida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparat komponentlariga, shuningdek amid tipidagi anestetiklarga yuqori sezuvchanlik;

- III darajali atrioventrikulyar (AV) blokada;

- gipovolemiya.

Ehtiyotkorlik bilan

Surunkali yurak yetishmovchiligi (I-II funksional sinf), buyrak yoki jigar funksiyasi yetishmovchiligi, miasteniya gravis, epilepsiya, anamnezda

epileptiform talvasalar (shu jumladan lidokain chaqirgan), qon tomirlariga boy sohalarning mahalliy anesteziyasi; lidokain bilan o'zaro ta'sir qiluvchi va uning

biodolilligini oshiradigan, samarani kuchaytiradigan yoki chiqarilishini uzaytiradigan preparatlar bilan kombinatsiyada; bradikardiya va nafas olish susayishi, koagulopatiya, porfiriya, Melkersson-Rozental sindromi bo'lgan bemorlarda; homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida; og'ir va zaiflashgan bemorlar, keksa bemorlar (65 yoshdan katta).

Epidural anesteziya uchun - markaziy asab tizimi (MNS) kasalliklari (shu jumladan infektsiyalar, o'smalar), paresteziya, psixoz, umurtqa deformatsiyasi, periferik neyropatiya, aortal stenoz, antiagregantlar bilan terapiya (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi).

Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlik

Lidokainni homiladorlik vaqtida va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila va yangi tug'ilgan chaqaloq uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa mümkin. Tayinlangan dozalash tartibiga qat'iy rioya qilish kerak.

Anamnezda asoratlar yoki qon ketish bo'lganda akusherlikda lidokain bilan epidural anesteziya o'tkazish mumkin emas.

Homiladorlarda lidokainni qo'llash bo'yicha nazorat qilingan tadqiqotlar o'tkazilmagan. Klinik qo'llash tajribasi lidokainning teratogen ta'siri yo'qligidan dalolat beradi. Lidokain yo'ldosh orqali tez o'tadi. Qon plazmasida lidokain kontsentratsiyasi yuqori bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda MNS susayishi va mos ravishda Apgar shkalasi bo'yicha ballar pasayishi kuzatilishi mumkin.

Paratservikal blokada homilada mahalliy anestetiklarning yuqori kontsentratsiyasiga potentsial erishilishi oqibatida homiladorlikda homilada bradikardiya yoki taxikardiya xavfini oshiradi, shu munosabat bilan homilaning yurak urish tezligini nazorat qilish zarur.

Shu munosabat bilan lidokain 1% dan yuqori kontsentratsiyada akusherlikda qo'llanilmaydi.

Ko'krak suti bilan emizish davri

Lidokain oz miqdorda ko'krak sutiga o'tadi, uning peroral biodolilligi juda past. Shunday qilib, ko'krak suti bilan

tushadigan kutilayotgan miqdor juda oz, demak, bola uchun potentsial zarar juda past. Ko'krak suti bilan emizish davrida lidokainni qo'llashda ehtiyot bo'lish kerak. Ko'krak suti bilan emizish davrida lidokainni qo'llash imkoniyati to'g'risidagi qarorni shifokor qabul qiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Lidokain toksikligi simetidin bilan bir vaqtda qo'llanilganda lidokain kontsentratsiyasining oshishi oqibatida ortadi, bu lidokain dozasini kamaytirishni talab qiladi. Ikkala preparat ham jigar qon oqimini kamaytiradi. Bundan tashqari, simetidin jigar fermentlarining mikrosomal faolligini ingibirlaydi. Simetidin qabul qilayotgan bemorlarga lidokain vena ichiga yuborilganda karaxtlik holati, uyquchanlik, bradikardiya, paresteziyalar va boshqalar kabi istalmagan ta'sirlar bo'lishi mumkin. Bu qon plazmasida lidokain kontsentratsiyasining oshishi bilan bog'liq bo'lib, bu lidokainning qon oqsillari bilan bog'lanishidan ozod bo'lishi, shuningdek uning jigarda inaktivatsiyasi sekinlashishi bilan izohlanadi.

Ranitidin, diltiazem, verapamil, propranolol va boshqa β-adrenoblokatorlar lidokain klirensini kamaytiradi va uning qondagi kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Qon plazmasida lidokain kontsentratsiyasini antiretrovirus vositalar (masalan, amprenavir, atazanavir, darunavir, lopinavir) ham oshirishi mumkin. Diuretiklar keltirib chiqaradigan gipokaliemiya bir vaqtda qo'llanilganda lidokain ta'sirini kamaytirishi mumkin ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Lidokainni boshqa mahalliy anestetiklar yoki amid turidagi mahalliy anestetiklarga tuzilishi jihatidan o'xshash vositalarni (masalan, meksiletin, tokainid kabi antiaritmik vositalar) qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki tizimli toksik ta'sirlar additiv xarakterga ega.

Lidokain va III sinf antiaritmik vositalari (masalan, amiodaron) o'rtasida dori o'zaro ta'siri bo'yicha alohida tadqiqotlar o'tkazilmagan, ammo ularni birga qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

QT intervalini uzaytiruvchi yoki uzaytirishi mumkin bo'lgan antipsixotik vositalarni (masalan pimozid, sertindol, olanzapin, kvetiapin, zotepin), prenilamin, epinefrin (tasodifan vena ichiga yuborilganda) yoki 5-HT3-serotonin retseptorlari antagonistlarini (masalan, tropisetron, dolasetron) bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda qorinchalar aritmiyalari rivojlanish xavfi oshishi mumkin.

Xinupristin/dalfopristinni bir vaqtda qo'llash lidokain kontsentratsiyasini oshirishi va shu tariqa qorinchalar aritmiyalari rivojlanish xavfini oshirishi mumkin; ularni bir vaqtda qo'llashdan qochish kerak.

Boshqa antiaritmik preparatlar, β-adrenoblokatorlar va "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlarini bir vaqtda qo'llash AV o'tkazuvchanlikni, qorinchalar bo'ylab o'tkazuvchanlikni va miokard qisqaruvchanligini qo'shimcha ravishda kamaytirishi mumkin.

Lidokain miorelaksantlar ta'sirini kuchaytiradi va uzaytiradi; miorelaksantlarni (masalan, suksametoniy) qabul qilayotgan bemorlarda kuchaygan va uzaygan nerv-mushak blokadasi xavfi oshishi mumkin.

Verapamil va timolol qabul qilgan bemorlarda bupivakain qo'llanilgandan so'ng yurak-qon tomir yetishmovchiligi rivojlanishi haqida xabar berilgan; lidokain o'zining tuzilishi jihatidan bupivakainga yaqin.

Dopamin va 5- gidroksitriptamin lidokain qabul qilayotgan bemorlarda tirishishga tayyorgarlik bo'sag'asini pasaytiradi.

Opioidlar, ehtimol, protirishish ta'siriga ega, bu lidokain odamda fentanilga nisbatan tirishish bo'sag'asini pasaytirishi haqidagi ma'lumotlar bilan tasdiqlanadi. Bolalarda sedatsiya maqsadida ba'zan qo'llaniladigan opioidlar va qusishga qarshi vositalar kombinatsiyasi lidokainga nisbatan tirishish bo'sag'asini pasaytirishi va uning MNSga susaytiruvchi ta'sirini oshirishi mumkin. Epinefrinni lidokain bilan birga qo'llash tizimli absorbsiyani kamaytirishi mumkin, ammo tasodifan vena ichiga yuborilganda qorinchalar taxikardiyasi va qorinchalar fibrillyatsiyasi xavfi keskin ortadi.

Tomirlarni toraytiruvchi vositalarni bir vaqtda qo'llash lidokain ta'sir davomiyligini oshiradi.

Lidokain va shoxkuya alkaloidlarini (masalan, ergotaminni) bir vaqtda qo'llash og'ir arterial gipotenziyani chaqirishi mumkin.

Tutqanoqqa qarshi vositalar (fenitoin), barbituratlar va boshqa jigar mikrosomal fermentlari ingibitorlarini uzoq vaqt qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bu samaradorlikning pasayishiga va natijada lidokainga bo'lgan ehtiyojning oshishiga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, fenitoinni vena ichiga yuborish lidokainning yurakka susaytiruvchi ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Mahalliy anestetiklarning analgetik samarasini opioidlar va klonidin kuchaytirishi mumkin.

Lidokainni prokainamid bilan birga qo'llash MNS qo'zg'alishi, gallyutsinatsiyalar chaqirishi mumkin.

Aymalin, amiodaron, verapamil va xinidin lidokainning manfiy inotrop ta'sirini kuchaytiradi.

Monoaminooksidaza ingibitorlarini qabul qilayotgan bemorlarga lidokainni parenteral tayinlamaslik kerak.

Lidokain va polimiksin-B bir vaqtda qo'llanilganda bemorning nafas olish funktsiyasini kuzatish kerak.

Lidokainni uxlatuvchi yoki sedativ vositalar, narkotik analgetiklar, geksenal yoki tiopental natriy bilan birga qo'llaganda MNS va nafasga susaytiruvchi ta'sir kuchayishi mumkin.

Lidokain digitoksinning kardiotonik samarasini pasaytiradi; antimiastenik vositalar (prozerin, oksazil va boshqalar) samarasini pasaytiradi. Antikoagulyantlar (shu jumladan ardeparin natriy, dalteparin natriy, danaparoid natriy, enoksaparin natriy, geparin, varfarin va boshqalar), nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYQPV) yoki plazma o'rnini bosuvchilar bilan birga qo'llanilganda qon ketish rivojlanish xavfini oshiradi.

Vazokonstriktorlar (epinefrin, metoksamin, fenilefrin) lidokainning mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sirini uzaytiradi va arterial qon bosimining oshishini va taxikardiyani chaqirishi mumkin.

Guanadrel, guanetidin, mekamilamin, trimetafan kamzilat yaqqol arterial qon bosimining pasayishi va bradikardiya xavfini oshiradi.

Etil spirti, ayniqsa uzoq vaqt suiiste'mol qilinganda, mahalliy anestetiklar ta'sirini kamaytirishi mumkin.

Lidokain amfoteritsin B, metogeksiton va nitroglitserin bilan mos kelmaydi. Lidokainni boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.

Dozirovkasi

DozalashDozalash rejimi bemorning reaksiyasi va yuborish joyiga asoslangan holda tanlanishi kerak. Preparatni talab qilinadigan samarani beruvchi eng kichik konsentratsiyada va eng kichik dozada yuborish kerak. Kattalar uchun maksimal doza 300 mg dan oshmasligi kerak.

Yuborilishi kerak bo'lgan eritma hajmi anesteziya qilinadigan sohaning o'lchamiga bog'liq. Agar past konsentratsiyali katta hajmni yuborishga ehtiyoj bo'lsa, unda standart eritma tuzli eritma (0,9% li natriy xlorid eritmasi) bilan suyultiriladi. Suyultirish bevosita yuborishdan oldin amalga oshiriladi.

Bolalar, keksa va holsizlangan bemorlarga preparat ularning yoshi va jismoniy holatiga mos keladigan kichikroq dozalarda yuboriladi.

Kattalar va 12-18 yoshli bolalarda lidokainning bir martalik dozasi 5 mg/kg dan, maksimal dozada - 300 mg dan oshmasligi kerak.

Infiltratsion anesteziya uchun: teri ichiga, teri ostiga, mushak ichiga.

Kattalar uchun tavsiya etilgan dozalar:

10 mg/ml 20 mg/ml

Infiltratsion anesteziya:

Kichik aralashuvlar 2-10 ml (20-100 mg)

Katta aralashuvlar 10-20 ml (100-200 mg) 5-10 ml (100-200 mg)

O'tkazuvchan anesteziya 3-20 ml (30-200 mg) 1,5-10 ml (30-200 mg)

Qo'l/oyoq barmoqlari anesteziyasi 2-4 ml (20-40 mg) 2-4 ml (40-80 mg)

Epidural, lyumbal 25-30 ml (250-300 mg)

Kaudal, ko'krak blokadasi 20-30 ml (200-300 mg)

Regionar anesteziya 5 ml (50 mg) dan ko'p emas 2,5 ml (50 mg) dan ko'p emas

I yoshdan kichik bolalar

1 yoshdan kichik bolalarda qo'llash tajribasi cheklangan. 1-12 yoshli bolalarda maksimal doza 1% li eritmaning 5 mg/kg tana vaznidan ko'p emas.Dozani oshirib yuborishBelgilari

MNS tomonidan toksiklik og'irligi ortib boruvchi simptomlar bilan namoyon bo'ladi. Dastlab og'iz atrofida paresteziya, tilning uvishishi, bosh aylanishi, giperakuziya va quloqlarda shovqin rivojlanishi mumkin. Ko'rishning buzilishi va mushak tremori yoki mushaklarning tortishishi jiddiyroq toksiklikdan dalolat beradi va tarqalgan tirishishlardan oldin kuzatiladi. Ushbu belgilarni nevrotik xulq-atvor bilan adashtirmaslik kerak. Keyin hushdan ketish va bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadigan katta tirishish xurujlari sodir bo'lishi mumkin. Tirishishlar mushak faolligining oshishi va nafas olishning buzilishi oqibatida gipoksiya va giperkapniyaning tez o'sishiga olib keladi. Og'ir holatlarda apnoe rivojlanishi mumkin. Atsidoz mahalliy anestetiklarning toksik samaralarini kuchaytiradi.

Og'ir holatlarda yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar yuzaga keladi. Yuqori tizimli konsentratsiyada arterial gipotenziya, bradikardiya, aritmiya va yurak to'xtashi rivojlanishi mumkin, bu o'limga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborishning bartaraf etilishi mahalliy anestetikning MNS dan qayta taqsimlanishi va uning metabolizmi oqibatida sodir bo'ladi, u yetarlicha tez kechishi mumkin (agar preparatning juda katta dozasi yuborilmagan bo'lsa).

Davolash

Dozani oshirib yuborish belgilari yuzaga kelganda lidokainni yuborish darhol to'xtatilishi kerak. Bemor gorizontal holatda bo'lishi kerak. Tirishishlar, MNS ning susayishi va kardiotoksiklik tibbiy aralashuvni talab qiladi. Terapiyaning asosiy maqsadlari oksigenatsiyani saqlash, tirishishlarni to'xtatish, qon aylanishini saqlash va atsidozni bartaraf etishdan (u rivojlangan taqdirda) iborat. Tegishli hollarda nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash va kislorod tayinlash, shuningdek o'pkaning yordamchi ventilyatsiyasini (niqobli yoki Ambu qopi yordamida) yo'lga qo'yish zarur. Qon aylanishini saqlash plazma yoki infuzion eritmalarni quyish orqali amalga oshiriladi. Qon aylanishini uzoq muddat saqlash zarurati bo'lganda vazopressorlarni (norepinefrin, fenilefrin) yuborish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak, ammo ular MNS ning qo'zg'alish xavfini oshiradi; bradikardiyada - m-xolinoblokatorlar (atropin). Tirishishlarni nazorat qilishga vena ichiga diazepam (0,1 mg/kg) yoki tiopental natriy (1-3 mg/kg) yuborish orqali erishish mumkin, bunda tirishishga qarshi vositalar nafas olish va qon aylanishini ham susaytirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Uzoq muddatli tirishishlar o'pka ventilyatsiyasi va bemor oksigenatsiyasiga to'sqinlik qilishi mumkin, shu munosabat bilan erta endotraxeal intubatsiya imkoniyatini ko'rib chiqish lozim. Yurak to'xtaganda standart yurak-o'pka reanimatsiyasiga kirishiladi. Markaziy ta'sir qiluvchi analeptiklar qo'llash mumkin emas. Lidokain bilan o'tkir dozani oshirib yuborishni davolashda dializning samaradorligi juda past.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LIDOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LIDOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10 o'xshash dorilari

OSTATIN inyektsiya uchun eritma 0,1 mg / ml 1ml N5
OSTATIN inyektsiya uchun eritma 0,1 mg / ml 1ml N5
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
"Wuhan Humanwell Pharmaceutical Co., Ltd."
•14 ta dorixonada bor
Narxi
244 000 so'm dan
LONGOKAIN XEVI inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N5
Retseptli
LONGOKAIN XEVI inyeksiya uchun eritma 5ml 5mg/ml N5
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Yuriya-Farm, OOO
•32 ta dorixonada bor
Narxi
169 800 so'm dan
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 0,5% N10
Retseptli
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 0,5% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
•27 ta dorixonada bor
Narxi
3 100 so'm dan
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N10
Retseptli
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dentafill Plyus YaTT
•116 ta dorixonada bor
Narxi
3 300 so'm dan

Lidokain boshqa chiqarish shakllari

MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N50
Retseptli
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N10
Retseptli
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N30
Retseptli
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N40
Retseptli
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 2% N40
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10
Retseptli
LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
LIDOKAIN eritma 5 ml 10 mg/ml N20
LIDOKAIN eritma 5 ml 10 mg/ml N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Reka-Med Farm, SP OOO
LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 1% N5
Retseptli
LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 1% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
O'zkimyofarm, AO im. S.K. Islambekova
MER LIDOKAINA GIDROXLORID eritma 5 ml 1% N50
Retseptli
MER LIDOKAINA GIDROXLORID eritma 5 ml 1% N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey
LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 2% N10
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 2% N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
LIDOKAIN ko'z tomchilari 1,5ml 2% N5
LIDOKAIN ko'z tomchilari 1,5ml 2% N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Moskovskiy endokrinniy zavod, FGUP
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N20
Retseptli
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N50
Retseptli
MR LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 1% N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO

LIDOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10 analoglari

LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
LIDOKAIN 38,0 sprey 10%
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Egis Farmasevticheskiy zavod OAO
LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey
LIDOKAIN 0,0046/DOZA 38,0 sprey
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
PROKTO GLIVENOL rektal suppozitorialar N10
PROKTO GLIVENOL rektal suppozitorialar N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Delfarm Uninj SAS
•3 ta dorixonada bor
Narxi
115 000 so'm dan
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 2% N10
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 2% N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
LIDOKAIN 0,02/ML eritma 2ml N10
LIDOKAIN 0,02/ML eritma 2ml N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
LIDOKAIN ko'z tomchilari 1,5ml 2% N5
LIDOKAIN ko'z tomchilari 1,5ml 2% N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Moskovskiy endokrinniy zavod, FGUP
LIDOKAIN POLITVIST 0,02/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10
LIDOKAIN POLITVIST 0,02/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
LIDOKAIN 0,02/ML eritma 2ml N10
LIDOKAIN 0,02/ML eritma 2ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Organika, AO
LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10
LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Organika, AO
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 10% N10
LIDOKAIN BUFUS eritma 2ml 10% N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO

LIDOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10 haqida savollar

LIDOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 20mg/ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil