MEKSIDOL 0,05/ML eritma 5ml N10

MEKSIDOL 0,05/ML eritma 5ml N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
M/i yuborilganda yuborilganidan so'ng 4 soat davomida qon plazmasida aniqlanadi. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti Tmax - 0,45-0,5 soat. 400-500 mg doza yuborilganda Cmax 3,5-4,0 mkg/ml ni tashkil qiladi. Meksidol® qon oqimidan organlar va to'qimalarga tez o'tadi va organizmdan tez eliminatsiya qilinadi. Preparatning ushlanib qolish vaqti (MRT) 0,7-1,3 soatni tashkil qiladi. Preparat asosan siydik bilan, asosan glyukuronokon'yugatsiyalangan shaklda va oz miqdorda o'zgarmagan holda chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Ko‘ngil aynishi va og‘iz shilliq qavati qurishi, uyquchanlik, allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Alohida hollarda, ayniqsa sulfitlarga yuqori sezuvchanlikda bronxial astmaga moyilligi bo'lgan bemorlarda og'ir o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Jigar va buyrak funksiyasining o'tkir buzilishlari, preparatga yuqori individual sezuvchanlik. Meksidol preparatini bolalarda, homiladorlikda va ko'krak suti bilan emizishda qo'llash xavfsizligi bo'yicha qat'iy nazorat qilingan klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Benzodiazepin anksiolitiklar, tirishishga qarshi vositalar (karbamazepin), antiparkinsonik vositalar (levodopa) ta'sirini kuchaytiradi. Etil spirtining toksik ta'sirlarini kamaytiradi.
Dozirovkasi
Oqim bilan Meksidol® sekin 5 - 7 daqiqa davomida, tomchilab - daqiqasiga 40 - 60 tomchi tezlikda yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 1200 mg dan oshmasligi kerak.
Miya qon aylanishining o'tkir buzilishlarida Meksidol® dastlabki 10 - 14 kunda - v/i tomchilab 200 -500 mg dan sutkasiga 2 - 4 marta, so'ngra m/i 200 - 250 mg dan sutkasiga 2 - 3 marta 2 hafta davomida qo'llaniladi.
Kalla-miya jarohati va kalla-miya jarohatlari oqibatlarida Meksidol® 10 - 15 kun davomida v/i tomchilab 200 - 500 mg dan sutkasiga 2 - 4 marta qo'llaniladi.
Distsirkulyator entsefalopatiyaning dekompensatsiya fazasida Meksidol® v/i oqim bilan yoki tomchilab 200 - 500 mg dozada sutkasiga 1 - 2 marta 14 kun davomida tayinlanishi kerak. So'ngra m/i 100 - 250 mg/sut dan keyingi 2 hafta davomida.
Distsirkulyator entsefalopatiyaning kursli profilaktikasi uchun preparat m/i 200 - 250 mg dozada sutkasiga 2 marta 10 - 14 kun davomida yuboriladi.
Keksa yoshdagi bemorlarda yengil kognitiv buzilishlarda va xavotirli buzilishlarda preparat m/i 100 - 300 mg/sut sutkalik dozada 14 - 30 kun davomida qo'llaniladi.
O'tkir miokard infarktida kompleks terapiya tarkibida Meksidol® vena ichiga yoki mushak ichiga 14 sutka davomida, miokard infarktining an'anaviy terapiyasi fonida, nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzin o'zgartiruvchi ferment (AOF) ingibitorlari, trombolitiklar, antikoagulyant va antiagregant vositalarni, shuningdek ko'rsatmalar bo'yicha simptomatik vositalarni o'z ichiga olgan holda yuboriladi.
Birinchi 5 sutkada, maksimal samaraga erishish uchun, preparatni vena ichiga yuborish maqsadga muvofiq, keyingi 9 sutkada Meksidol® mushak ichiga yuborilishi mumkin.
Preparatni vena ichiga yuborish tomchilab infuziya yo'li bilan, sekin (nojo'ya samaralardan qochish uchun) 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza (glyukoza) eritmasida 100 - 150 ml hajmda 30 - 90 daqiqa davomida amalga oshiriladi. Zarurat bo'lganda preparatni sekin oqim bilan, kamida 5 daqiqa davomida yuborish mumkin.
Preparatni yuborish (vena ichiga yoki mushak ichiga) sutkasiga 3 marta, har 8 soatda amalga oshiriladi. Sutkalik terapevtik doza sutkasiga tana vaznining 6 - 9 mg/kg ni, bir martalik doza - tana vaznining 2 - 3 mg/kg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan, bir martalik doza - 250 mg dan oshmasligi kerak.
Turli bosqichlardagi ochiq burchakli glaukomada kompleks terapiya tarkibida Meksidol® mushak ichiga 100 - 300 mg/sutkadan, sutkasiga 1 - 3 marta 14 kun davomida yuboriladi.
Alkogolli abstinent sindromda Meksidol® 200 - 500 mg dozada v/i tomchilab yoki m/i 2 - 3 marta sutkasiga 5 - 7 kun davomida yuboriladi.
Antipsixotik vositalar bilan o'tkir intoksikatsiyada preparat v/i 200 - 500 mg/sut dozada 7 - 14 kun davomida yuboriladi. Qorin bo'shlig'ining o'tkir yiringli-yallig'lanish jarayonlarida (o'tkir nekrotik pankreatit, peritonit) preparat birinchi sutkada operatsiyadan oldingi, shuningdek operatsiyadan keyingi davrda tayinlanadi. Yuboriladigan dozalar kasallikning shakli va og'irligiga, jarayonning tarqalishiga, klinik kechish variantlariga bog'liq. Preparatni bekor qilish faqat turg'un ijobiy klinik-laborator samaradan keyin asta-sekin amalga oshirilishi kerak.
O'tkir shishli (interstitsial) pankreatitda Meksidol® 200 - 500 mg dan kuniga 3 marta, v/i tomchilab (0,9 % natriy xlorid eritmasida) va m/i tayinlanadi. Nekrotik pankreatitning yengil darajasi - 100 - 200 mg dan kuniga 3 marta v/i tomchilab (0,9 % natriy xlorid eritmasida) va m/i. O'rtacha og'irlik darajasi - 200 mg dan kuniga 3 marta, v/i tomchilab (0,9 % natriy xlorid eritmasida). Og'ir kechishi - birinchi sutkada puls-dozirovkada 800 mg, ikki martalik yuborish rejimida; keyin 200 - 500 mg dan kuniga 2 marta sutkalik dozani asta-sekin kamaytirish bilan. O'ta og'ir kechishi - pankreatogen shok ko'rinishlari turg'un bartaraf etilgunga qadar boshlang'ich 800 mg/sut dozada, holat barqarorlashganda 300 - 500 mg dan kuniga 2 marta v/i tomchilab (0,9 % natriy xlorid eritmasida) sutkalik dozani asta-sekin kamaytirish bilan.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborishda uyquchanlik rivojlanishi mumkin.
MEKSIDOL 0,05/ML eritma 5ml N10 o'xshash dorilari


MEKSIDOL 0,05/ML eritma 5ml N10 xususiyatlari
Meksidol boshqa chiqarish shakllari






MEKSIDOL 0,05/ML eritma 5ml N10 analoglari




{
"data": {
"id": 29640,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "meksidol-0-05-ml-5ml-n10-amp-r-r-v-v-v-m-armavir",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "MEKSIDOL 0,05/ML eritma 5ml N10",
"brand_name": "MEKSIDOL 0,05/ML",
"image": "uploads/iblock/5a0/5a01d6c3d504fc8eb18c62c27871652d.webp",
"atx_code": "N07XX Прочие препараты для лечения заболеваний нервной системы",
"drug_form_id": 2,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "ARMAVIRSKAYA BIOFABRIKA, FKP",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 490,
"slug": "nervnaya-sistema",
"name": "Asab tizimi",
"external_link_title": "Nevropatolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/nevropatolog"
},
"drug_group": {
"id": 6329,
"slug": "meksidol",
"name": "Meksidol"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 9911,
"slug": "etilmetilgidroksipiridina-suktsinat",
"name": "Etilmetilgidroksipiridina suksinat"
}
],
"tags": [
{
"id": 153,
"slug": "dlya-mozga",
"name": "Miya uchun"
}
]
}
}













