METROGIL DENTA gel 10g

METROGIL DENTA gel 10g o'xshash dorilari


METROGIL DENTA gel 10g qo'llanmasi
Mahalliy qo'llanilganda Metrogil Denta® geli amalda so'rilmaydi.
Majmuaviy mikroblarga qarshi preparat, uning samaradorligi tarkibidagi ikki antibakterial komponent bilan belgilanadi.
Metronidazol parodont kasalliklarini keltirib chiqaradigan anaerob bakteriyalarga nisbatan faol: Porphyromonas gingivalis, Prevotella intermedia, Fusobacterium fusiformis, Wolinella recta, Eikenella corrodens, Borrelia vincentii, Bacteroides melaninogenicus, Selenomonas spp.
Xlorgeksidin - antiseptik va mikroblarga qarshi vosita, grammanfiy va grammusbat aerob va anaerob bakteriyalarga nisbatan faol: Treponema spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas spp., Chlamydia spp., Ureaplasma spp., Bacteroides fragilis. Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ba'zi shtammlari xlorgeksidinga kam sezgir, shuningdek bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriya sporalari rezistent. Laktobakteriyalarning funktsional faolligini buzmaydi.
Ehtimol: bosh og'rig'i, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok).
Metrogil Denta® gelini qo'llash tishlarni gigienik tozalash o'rnini bosmaydi, shuning uchun preparat bilan davolash kursi davomida tishlarni tozalashni davom ettirish kerak.
Preparat bola tomonidan tasodifan yoki qasddan yutib yuborilganda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.
Agar dori vositasi yaroqsiz holga kelsa yoki yaroqlilik muddati o'tgan bo'lsa, uni oqava suvlarga yoki ko'chaga tashlamaslik kerak. Dori vositasini paketga solib, chiqindi konteyneriga joylashtirish zarur. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.
- qon tizimi kasalliklari, shu jumladan anamnezda;
- periferik va markaziy nerv tizimi kasalliklari;
- 18 yoshgacha bo'lganlar;
- metronidazolga, xlorgeksidinga, nitroimidazol hosilalariga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Metrogil Denta® gelini tavsiya etilgan dozalarda mahalliy qo'llashda boshqa dori vositalari bilan tizimli o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Mahalliy, faqat stomatologiyada qo'llash uchun.
Gingivitda Metrogil Denta® milk sohasiga kuniga 2 marta yupqa qatlam bilan (barmoq yoki paxtali tayoqcha yordamida) surtiladi, gelni yuvib tashlash tavsiya etilmaydi. Terapiya kursi davomiyligi o'rtacha 7-10 kunni tashkil qiladi. Gel qo'llanilgandan so'ng 30 daqiqa davomida ichimlik va ovqat qabul qilishdan saqlanish kerak.
Parodontitda tish toshlari olib tashlangandan so'ng parodontal cho'ntaklarga preparat bilan ishlov beriladi va milk sohasiga gel applikatsiyasi qilinadi. Ekspozitsiya vaqti - 30 daqiqa. Muolajalar soni kasallikning og'irligiga bog'liq. Kelajakda bemor gel applikatsiyasini mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin: preparatni milk sohasiga 7-10 kun davomida kuniga 2 marta surtish kerak.
Aftoz stomatitda gel og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining zararlangan sohasiga 7-10 kun davomida kuniga 2 marta surtiladi.
Surunkali gingivit va parodontit zo'rayishini oldini olish uchun gel milk sohasiga 7-10 kun davomida kuniga 2 marta surtiladi. Profilaktik kurslar yiliga 2-3 marta o'tkaziladi.
Postekstraktsion alveolitni oldini olish uchun tish olib tashlangandan so'ng tish katagiga preparat bilan ishlov beriladi, so'ngra gel ambulator sharoitda 7-10 kun davomida kuniga 2-3 marta qo'llaniladi.
Xususiyatlar METROGIL DENTA gel 10g
Metrogil boshqa chiqarish shakllari









METROGIL DENTA gel 10g analoglari













